Ta’lim tugrisida
-1945 yillarda O’zbekistonda ta’lim jarayoni
Download 1.09 Mb.
|
pedagogika jami
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asrning 70-80 yillarida O’zbekistonda xalq ta’limi
1941-1945 yillarda O’zbekistonda ta’lim jarayoni.
Urush davrida barcha moddiy resurslar va xalqning ma’naviy kuchlari frontga jalb etildi. O`zbekiston ham himoyaga o`z hissasini qo`shdi. Dushman bosib olgan yerlardagi ko`plab ishlab chiqarish korxonalari O`zbekistonga ko`chirildi. O`zbekiston ularni joy va ishchi kuchi bilan ta’minladi. Armiyani oziq - ovqat, kiyim bilan ta’minlashga hissa qo`shdi. Urush davrida barcha sohadagi kabi maorif sohasida ham qiyinchilik bo`ldi. Ko`plab o`qituvchilar armiyaga chaqirildi, maktab binolari gospitallarga aylantirildi, o`quv qurollari yetishmasdi. O`quv dasturlari sharoitga moslashtirildi. 1943 yil 8 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni hisobga olish va ularni majburiy ta’limga tortish haqida qaror chiqdi. Shu yili o`g`il va qizlarni alohida o`qitish ham joriy etildi. Maktabga qatnovchi qizlar soni ortdi. O`zbekistonga evakuatsiya qilinganlar soni ortib bordi. Ular 1942 yili 716 minga yetdi. 1943 yil 154 ta, 1945 yili 242 ta bolalar uyi bor edi. Urush davri qiyinchiliklaridan yana o`qish 3 smenada olib borildi, darslar 40 minut bo`ldi, ashula, rasm darslari o`tilmadi. O`qituvchilar kamayib, xotin - qizlardan o`qituvchilar tayyorlashga katta e’tibor qaratildi. Yana bir qiyinchilik esa urushdan oldin rus grafikasiga o`tilgan edi, lekin hali o`tib ulgurilmagan, kitoblar chop etilmagan edi. 1944 yildan bolalar bilimi va xulqini 5 ballik tizim asosida baholashga o`tildi. XX asrning 70-80 yillarida O’zbekistonda xalq ta’limi. Xalq ta’limi tizimida muhim o‘rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari respublikamiz hayoti bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun ham respublikamizda hukumati, xalq ta’limi vazirligi joylardagi hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta’limi tizimini, jumladan, umumiy ta’lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta’minlash, o‘quv moddiy va texnika bazasini mustahkamlash hamda ularni yuqori bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan ta’minlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jamiyatimizdagi mavjud maorif tizimining barcha bo‘g‘inlarida jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh avlodning kamolotga yetishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga nihoyatda kam e’tibor berilar edi. Natijada umumiy ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari, yosh avlodni har tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga mos kelmay qoldi. Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarni isloh qilishni taqozo etdi. Islohotda umumiy o‘rta ta’lim o‘n bir yillik bo‘lib, I—IV sinflar — boshlang‘ich maktab, V—IX sinflar esa to‘liqsiz o‘rta va X—XI sinflar — barchasi umumta’lim maktabini tashkil qiladi. Shuningdek, o‘rta hunar-texnika bilim yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur tuzilishga binoan o‘rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o‘qitish nazarda tutiladi. Hunar-texnika ta’limi esa qayta tubdan o‘zagrtirilib, “O‘rta hunar-texnika bilim yurtlari”ga aylantirildi. O‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarishdagi faol yoshlar uchun kechki (smenali) va sirtqi maktablar saqlanib qolindi. Umumiy o‘rta va hunar ta’limi tizimining o‘zgarishi bilan, oliy o‘quv yurtlari, bilim dargohlariga qabul qilishning yangi qoidalari, talablari ishlab chiqiladi. Umumiy o‘rta va hunar ta’limi bilan unda beriladigan ta’limning mazmuni, shakllari, metodlari va usullarini ham tashkil etilishini o‘zgartirishni taqozo etadi. Buning uchun islohot taqozo etganidek, ta’limning mazmunini takomillashtirish zarur. Ta’limning mazmunini takomillashtirishning muhim shartlari o‘quv dasturlari va darsliklari materiallarini o‘quvchilarning yoshiga mos holda soddalashtirish, ortiqcha ikkinchi darajali materiallardan xalos etish zarur edi. O‘quv fanlarining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish, mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim mazmunining politexnik yo‘nalishini ta’minlash masalasi asosan amalga oshiriladi. O‘quv darsliklari, metodik qo‘llanmalar yaratildi; o‘quv rejasiga “Atrof muhit bilan tanishish” (I—II sinflarda), “Informatika fa hisoblash texnikasi asoslari” (X—XI sinflarda), “Oila etikasi va psixologiyasi” (X—XI sinflarda), “Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash” (VIII—X sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi va o‘qitilmoqda, o‘qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib haq to‘lash joriy etildi, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qaytadan tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasining mazmuni takomillashtirildi; hunar-texnika ta’limi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining munosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o‘zgarishlar ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun yetarli emas edi, albatta. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling