Ta’lim tugrisida
Ta’limiy-axloqiy asarlarning tarjima qilinishi
Download 1.09 Mb.
|
pedagogika jami
Ta’limiy-axloqiy asarlarning tarjima qilinishi.
Arab halifaligida yuz bergan ijtimoiiy-siyosiy o‘zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy xayotga xam ta’sir etdi. IX asrda Sharq mamlakatlarida boshlangan va madaniy xayotda yuz bergan ko‘tarinkilik ma’naviy xayotda ham o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda hind, eron, arab-yunon tillaridan tibbiyot, astronomiya, matematika, mantiq, psixologiya, falsafaga oid asarlar tarjima qilinishi shu soxaga oid bilimlarning rivojlanishiga ta’sir etdi. Eronlik Abdulla ibn al-Mukaffo (724-750) yozuvchi, pedagog, olim va tarjimon sifatida salmoqli ishlar qildi- U «Buyuk ishlar uchun nasixatlar» va «Kichik ishlar uchun nasixatlar» asarlarini yaratgan, paxlaviy tilidan xindlarning «Kalila va Dimna» didaktik asarini, «Shoxlar kitobi», «Mazdak», «Oynoma»ni arab tiliga tarjima qilgan. Aristotelning «Kategoriya», «Talqin xaqida« va boshqa asarlarini xam arab tiliga tarjima qilgan. Ibn al-Mukaffo 750 yilda Moniy targ‘iboti tarifdorlari sifatida qatl etiladi.Qadimgi yunoniston olimlari Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Evklid, Ptolomey, Arximed va boshqalarning asarlari, fors tilidan badiiy-didaktik asarlar «Kalila va Dimna», «Fors shoxlari xayoti», xind tilidan «)Hind dorilari va ularning nomlari», «Saorad», «Siddxanta», «Nabotiy dexqonchiligi to‘g‘risida kitob» va boshqa kitoblar tarjima qilindi. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, Al-Xorazmiy, Al - Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod etganlar.X asrning ikkinchi yarmidan tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ba’zi xonlar o‘z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va xatto G‘arbiy Yevropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. Yusuf Hos Hojib, Maxmud Qoshg‘ariy kabi olimlar jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan asarlarini yaratdilar. XI asr boshida G‘aznaviylar davlati, keyinroq Saljuqiylar. Xorazmshoxlar davlati ham tashkil topdi. G‘aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoy fikrlar rivojlandi. Maxmud G‘aznaviy o‘z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to‘playdi, olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayxon Beruniyning mashxur «Hindiston» asari shu yerda yaratilgan edi.Saljuqiylar davrida Ali-Arslon Muxammad xokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizom ul-Mulk o‘z davrining mashxur siyosiy arbobi va eng ma’rifatparvar kishilaridan bo‘lgan. Saljuqiylar xokimiyati xarbiylashgan bo‘lib, bu xokimiyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi.U G‘aznaviylar ish uslubiga bir oz o‘zgartirishlar kiritib, xokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va o‘zining «Siyosatnoma» asarini yaratadi. Bu asarda davlatni boshqarish tamoyillari bayon etiladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling