Ta’lim tugrisida


A.Yassaviy “Xikmatlari”ning ta’limiy-axloqiy axamiyati


Download 1.09 Mb.
bet48/58
Sana31.01.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1142501
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
pedagogika jami

A.Yassaviy “Xikmatlari”ning ta’limiy-axloqiy axamiyati.

XII asrda etishib chiqqan Ahmad Yassaviy turkiy tasavvuf adabiyotining yirik vakili, Yassaviya (yoki jahriya) tariqatining asoschisidir. Ahmad Yassaviyning hayoti afsona va rivoyatlarga qarishib ketgan. Uning to’g’risida shu qadar ko’p va qisman bir-biriga zid afsona va rivoyatlar yaratilganki, Markaziy Osiyo, Qozog’iston, Tatariston, Turkiya va boshqa o’lkalarda o’tmishda keng shuhrat topgan bu shayxning shaxsiga doir tarixiy haqiqatni aniqlab olish nihoyatda mushkuldir. Ahmad ssaviy Yassi hozirgi (Turkiston)da ruhoniy shayx oilasida dunyoga keldi, uning otasi Ibrohim ismli kishi bo’lib, Yassi va Sayrem shaharlarida uzoq yillar shayxlik qiladi va ko’p muridlari bo’lgan. Rivoyatlar shayx Ibrohimni va uning otasi Mahmud, bobosi Iftixor va boshqalar orqali Muhammad payg’ambarning qizi-Fotima bog’laydi. Ahmad Yassaviyning onalarini Qorasoch momo deganlar, uning aka-ukalari Latif ota va Mustafoquli otalarining hamda qizlari Jamolxonim va Gavxar Xushtariylarining ismi bizga ma’lum. Yosh Ahmadning bolalik yillari sayramda o’tadi, go’daklik chog’ida otasi o’lib, Arslonbobo degan eshonning qo’lida qoladi. Bu haqda Yassaviy o’z hikmatlarida ishoralar ham qiladi:
Etti yoshda Arslon bobom berdim salom,
Haq Mustafo omonatin qildi in’om
Etti yoshda Arslon bobom izlab topdi,
Har sir kutib parda birla bukib yopdi.
Yassaviy hikmatlari orasida:
Arslon bobom so’zlarin eshitingiz tabarruk,-naqoratli o’ttiz bandli (har bandi to’rt misrali) she’r mavjud.
Arslon bobo vafotidan so’ng Yassaviy Buxorogo borib, mashhur mutasavvir Yusuf Xamadoniy (vaf. 1148)dan tasavvuf bo’yicha ta’lim oladi. Yusuf Xamadoniy qazo qilgach, Yassaviy uning o’rnida xalifa (o’rinbosar)lik qiladi, nihoyat yirik mutasavvir sifatida Turkiston muzofotiga qaytib keladi. Bu erda Yassaviyning shayxlik faoliyati avj oladi va katta obro’-e’tibor qozonadi.

Ahmad Yassaviydan ulkan adabiy meros etib kelgan, ushbu badiiy obida rang-barang, diniy-falsafiy mazmunga boy, uning diniy falsafasi sirli, sehrli qirralarga ega, uning insonlarga ta’sir kuchi behad. Yassaviy dunyoqarashi bilan hozirgi kishisi dunyoqarashi, o’rtasida keskin tafovut mavjud, zero shoir yashagan davr bilan hozirgi davr ijtimoiy hayot tarzi bir-biridan mutlaq farq qiladi. Lekin Yassaviy she’riyatining hozirgi zamon kishisiga ta’siri beqiyos, sababi, u kishilarning dilidagini topib yozgan, bu jihatlar biz bilan Yassaviyni ancha yaqinlashtiradi. Yassaviy she’rlarining tili sodda, samimiy, o’qilishi ravon, tushunilishi oson, chunki har bir so’z, ibora, misra, bayt chuqur hikmatona g’oyalar yo’g’rilgan. Yassaviy she’riyatida ziddiyatli tomonlar ham sezilarli, darajada bu hodisalar zamon va zamin murakkabliklari bilan bog’liqliklar kasb etadi. Shoir yashagan hayot muammolari hayot va muhit murakkabliklari, turmush injiqliklari, diniy va dunyoviy falsafaga doir munozaralar ilohiy ishq va dunyoviy ishq bahslari hamda boshqa masalalar uning ijodida to’kis in’ikos topadi. Har bir xalqning o’z tarixi, o’z madaniyati, o’z an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlari bor, badiiy adabiyot shu zaminda, ana shu zamonda vujudga kelib, uni o’zida aks ettiradi. Shunga ko’ra Yassaviy hikmatlari o’z xalqi, o’z davri va o’z muhitining adabiy hujjati hamdir.




        1. Download 1.09 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling