Ta’lim tugrisida


Ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari


Download 1.09 Mb.
bet9/58
Sana31.01.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1142501
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
pedagogika jami

9. Ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari.
Dars – о‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli. Ta’limning turli shakllaridan samarali foydalanish muhim didaktik vazifa sanaladi. Ta’lim amaliyotida ta’limning jamoaviy (ommaviy), guruhli va individual shakllaridan foydalaniladi.
Noan’anaviy darslar. XX asrning 70-yillarida о‘quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga e’tibor qaratildi. Noan’anaviy darsning kо‘plab turlari bо‘lib, asosiylari quyidagilardir:Rolli о‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi о‘yinlar, tanlovlar, teatrlashtirilgan darslar, binar darslar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va b.sh.
Ta’limning noan’anaviy shakllariafzalliklari: O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi  O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi  Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi  O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi  Motivatsiya yuqori darajada bo’lishi . O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi  Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi  O’z-o’zini baholashning o’sishi  O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati  Mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi  Tanqidiy va mantiqiy fikrlashning rivojlantirishi  Muammolar yechish ko’nikmalarining shakllanishi
kamchiliklari: Ko’p vaqt talab etilishi  O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi  Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi  “Kuchsiz” o’quvchilar bo’lganligi sababli “kuchli” o’quvchilarning ham past baho olishi. O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlanganfikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi.

10.O‘quvchilar bilimini tashxis etish - didaktik tushuncha sifatida


Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sbaroitlami oydinlashtirish,
uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni
samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga
erishish mumkin emas.
Didaktik tashxislashning maqsadi о‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlami uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistic ma’lumotiar to‘plash, ulami tahlil qilish, dinamika,
tendensiyalami aniqlash, voqealaming keyingi rivojini taxminlashni o'z ichiga oladi.
O'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri - nazorat. va hisobga olishdir. Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlami o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat 0‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling