Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 80 Xikoya metodi deb geografik borliq, voqea va xodisalarni jonli tasvirlashga aytiladi, bunda o‘qituvchining jonli so‘zi muhim o‘rin tutadi. Xikoya metodi bilan o‘quvchi geografik vaqea va xodisalarni, borliqni o‘quvchilar ongida jonli tasvirlarni shakillantirishda, o‘quvchilar geografik kashfiyotlar bilan, turli hil landshaftlar bilan, turli xil davlatlardagi axolining xayot iva faoliyati bilan tanishtirishda foydalanadi. Xikoya metodi quyidagi talablarga javob berishi zarur: -xikoya qilinishi lozim bo‘lgan geografik borliq, voqea va xodisalar oldindan tanlab olinishi lozim; -xikoya o‘kuvchilar ongida o‘rganilayotgan geografik borliq, voqea va xodisalar haqida aniq tasavvur xosil qilishi lozim; - xikoya ishonchli bo‘lishi lozim, asosiy ma‘lumotlar ikkinchi darajali ma‘lumotlardan ajralib turishi zarur; - xikoya davomida turli xil ko‘rgazmali qurollardan foydalanish kerak; - quyi sinflarda ko‘proq o‘qituvchi o‘zi ko‘rgan geografik voqea va xodisalar xaqida xikoya qilib berishi kerak; -xikoya geografiya fanining eng so‘ngi yutuqlaridan foydalangan xolda bayon qilinishi lozim; - xikoya g‘oyaviy siyosiy jixatdan to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Unda kundalik matbuotda e‘lon qilingan ma‘lumotlardan foydalanmoq zarur. Xikoyaning samaradorligi ko‘p xollarda o‘quv materialini tanlashga dalillar va umumlashmalarni to‘g‘ri nisbatiga bog‘liq. Xikoya davomida o‘qituvchi turli xil ma‘lumotlarni bayon qilish davomida asosiy va eng muxim narsalarni, ya‘niy geografik tushunchalarni shakillantirishni esdan chiqarmasligi kerak. Beriladigan ma‘lumotlar qancha ko‘p va qiziqarli bo‘lmasin agar ular bir tizimga solinmagan bo‘lsa, ular orasidagi aloqalar va bog‘liqliklar ochilmasa va tegishli xulosalar qilinmasa xikoya ko‘zda tutilgan samarani bermaydi. Xikoya metodi aloxida mamlakatlar va o‘lkalar geografiyasini o‘rganishda katta foyda beradi. 5-7 sinfarda mavzular ko‘proq tasviriy tarzda xikoya qilib beriladi. Masalan yirik shar-sharalardan Niagara va Vektoriya yangi Kongo xavzasidagi nam ekvatorial o‘rmonlarni yoki baland tog‘ o‘lkasi tabiat manzarasini tasvirlab berish mumkin. 6-7 sinflarda geografik borliq va xodisalarni tasvirlash, sharxlash ilmiy dalillar bilan qo‘shib olib boriladi, 5-6 sinflarda 3-10 minut, 6-7 sinflarda 10-15 minut, 8-9 sinflarda15-20 minut bo‘lishi lozim. 3. Suxbat metodi Suxbat metodi- o‘qitishning savol-javob shaklidir. Bu metoda o‘qituvchining savoli va o‘quvchilarning javobi asosiy o‘rin tutadi. O‘qituvchi suxbat davomida o‘kuvchilar fikrini o‘rganiladigan geografik borliq va xodisalarni asosiy belgilariga yo‘naltiradi va ularni bilish faoliyatini boshqarib boradi. O‘qituvchi darsda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling