Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
97
Annotation: This article analyzes the foreign economic relations of
Namangan region as of January-December 2022, which countries are increasing the
amount of TSA and the future 10-year TSA amount of the region.
Keywords: Namangan region, foreign trade turnover (TSA), export, import,
Commodity structure, Russian Federation, China, Kazakhstan and others.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab tashqi iqtisodiy aloqalarni
kengaytirish, respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini
rivojlantirish va
rag‘batlantirish maqsadida butun tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish uchun
huquqiy asoslari yaratib berildi hamda asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi.Bir
qator qaror va farmonlar chiqdi. Xususan: O‗zbekiston
Respublikasining birinchi
Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ―O‗zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy
faoliyati to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirishlar va
qo‘shimchalar
kiritish haqida,«Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar hamda boshqa qonuniy va me‘yoriy
hujjatlar bo‘lib, ular tashqi iqtisodiy
aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy
faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart
- sharoitni yaratishga imkon berdi.
Hozirgi kunda Namangan viloyati jahonning ko‘plab
mamalakatlari bilan
faol, ochiq-pragmatik tashqi iqtisodiy aloqalarni olib bormoqda.Viloyat istiqlolning
dastlabki yillaridanoq tashqi iqtisodiy
aloqalar olib bora boshlab,respublikaning
tashqi iqtisodiy aloqalariga(TSA)o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda.Shu o‘rinda aytish
joizki,viloyat 2022-yil yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha 12176.1
mln AQSH
dollarilik tashqi savdo aylanmasi tashkil etdi.Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga
nisbatan 117.0%ga oshganligini ko‘rish mumkin.(1-jadval)
1-jadval