Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
120 
qaror topadi. [1] An‘analar barhayot bo‘lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz 
bunyodkorlari yoshlar egallashi lozim. An‘anaviy xalq bayramlarining tiklanishi 
o‘zbek madaniyati tarixida o‘ta muhim voqea bo‘lib qolmoqda. Chunki bayramlar 
hayotning eng yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan madaniyatning yirik 
va muhim shakli hisoblanadi. Shu yo‘l bilan azaliy bayramlarning tiklanishi, xalq 
madaniyatining eng qimmatli tomonlarini jonlantirishga zamin yaratildi. Xalq 
an‘analarining tiklanishi borasida so‘z borganda, yoshlar kamolotida muhim o‘rin 
tutadigan xalq o‘yinlariga alohida to‘xtalish lozim. Ajdodlarimizning eng qadimiy 
an‘anaviy, ko‘pgina madaniyat shakllari raqs, teatr va sportga xos marosimlar shu 
o‘yinlar zaminidan kelib chiqqan va tarixiy jarayonda avlod ajdodlarimizning 
sog‘lomlashtiruvchi vositasi bo‘lib kelgan.[5] Qolaversa,o‘zbek xalq bolalar 
o‘yinlarini ham qadimdan bugungi kunga qadar qadriyat darajasiga ko‘tarilmoqda. 
Masalan, kurash, arqon tortish, oq terakmi ko‘k terak, guldur-guplar, ma‘naviy so‘z 
o‘yinlari,shaxmat kabilar misol bo‘ladi. Bu haqidagi ma‘lumotlarni O. Safarovning ― 
O‘zbek xalq bolalar o‘yinlari‖kitobidan bilib olishingiz mumkin. Xalq og‘zaki ijodi 
namunalari ertak va rivoyatlar, hikmatli so‘zlar, musiqa asarlari me‘morchilik 
yodgorliklari va tasviriy san‘at asarlari, she‘r va dostonlar, islomiy tarbiya, milliy 
qadriyatlarning har biri bebaho ma‘naviyat xazinasidir. [3] Har bir xalqning o`zi 
uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida 
avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham o`zining ahamiyati va qadrini 
yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, 
qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, fransuzlar 
Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqand-u Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda 
faxrlanadilar. Milliy g`oyani ob`ektiv anglashda qadriyatlar va ma`naviyat olamini 
bilish va uni amaliy o`rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning 
mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy 
umumlashtirish, ijtimoiy va ma`naviy taraqqiyotga ta`sir etish imkoniyatlari 
asosida belgilanadi. 
Qadriyatning quyidagi turlari majud: 
1. 
Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar. 
2. 
An`analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo`ladigan axloqiy 
qadriyatlar. 
3. 
Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat 
malakalari va ko`nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste`dodlarida 
namoyon bo`ladigan qadriyatlar. 
4. 
Odamlar 
o`rtasidagi 
jamoatchilik, 
hamkorlik, 
xayrixohlik, 
hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo`ladigan qadriyatlar. 
5. 
Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog`lik 
bo`lgan qadriyatlar[2]. 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling