Ta’lim va taraqqiyot


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

Kalit so‟z va iboralar. Registon ansambli, ―Chor ‖ uslubi, Eron, 
Mesapotomiya, Ibn Xavqal, Istahriy, ―Naukanda‖ arig‘i, Narshahiyning ―Buxoro 
tarixi‖ asari, ―Sharqning me‘moriy durdonasi‖, ―Butunjahon madaniy merosi‖ , 
Chingizxon hujumi.
Somoniylar sulolasi davri me‘morchiligi durdonasi hisoblangan Ismoil 
Somoniy maqbarasi Somoniylar sulolasining yirik vakili Ismoil Somoniy tomonidan
qurilgan. Ismoil Somoniy maqbarasi Buxoro shahrining g‘arbiy qismida Registon 
yaqinidagi madaniyat va istirohat bog‘ining hududida joylashgan. 


 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
123 
Markaziy Osiyodagi qabr vazifasini o‘tagan birimchi maqbara hisoblangan.
Ismoil Somoniy maqbarasi mo‘g‘ullar hujumi chog‘ida sahrodagi bo‘ronlar paytida 
qumga ko‘milgan edi. Shu tufayli hujumlardan hech qanday zarar ko‘rmasdan 
omon qolgan maqbara bugungi kungacha saqlanib qolgan.
Chingizxon shaharga yaqinlashaytganda Buxoro ahli Somoniylar 
maqbarasini butunlay yer bilan ko‘mib yuborishdi. Ular Chingizxonning qo‘shini 
o‘z yo‘lidagi barcha narsalarni vayron qilib ketishini bilardilar. Shuning uchun 
qo‘shin chiroyli inshoot o‘rnida kichkinagina tepalik ko‘rdi va yonidan o‘tib ketdilar. 
Xavf – xatar ortda qolganidan so‘ng Buxoroliklar maqbarani ehtiyotkorlik bilan 
qazib oldilar.
Bu yodgorlik xalq orasida va ilmiy adabiyotda Somoniylar sulolasining eng 
atoqli namoyondasi Ismoil Somoniy maqbarasi nomi bilan ma‘alumdir. Mozorning 
bu qismida Ismoilning otasi Ahmad dafn qilinganligi Ismoilning qabri ham shu 
yerda ekanligi haqida ma‘lumotlar bor. Bundan tashqari, maqbara peshtoqining 
ravog‘i tepasidagi tosh taxtada Ismoilning nabirasi Nosirning ismi ham zikr 
qilingan. Narshaxiyning ―Buxoro tarixi‖da keltirilgan ma‘lumotga ko‘ra, o‘rta 
asrlarda bu yerda Naukanda qabristoni bo‘lgan. Arxeologik qazilmalar natijasida 
shu narsa aniqlandiki, ilgari Ismoil Somoniy maqbarasidan shimoli – sharqda yana 
bir nechta maqbaralar bo‘lib, ularda Somoniylar oilasining azolari va ularga yaqin 
bo‘lgan odamlar dafn etilgan. Ana shularning hammasi bu joy Somoniylar 
sulolasining oilaviy maqbarasi ekanligini O‘rta aslarda Buxoroda Naukanda 
nomli ariq ham bo‘lib, u X asrda yashagan al – Istaxriy va Ibn Xavqalning 
geografik asarlarida ham qayd etilgan.
Yodgorlikning qurilishi arab istilosidan so‘ng Markaziy Osiyo 
me‘morchiligining tiklanish davriga to‘g‘ri keladi. Inshoot shakli bejizga 
tanlanmagan. Kub yerning ramzidir, Gumbaz esa osmonning. Birgalikda esa 
dunyoning birligini anglatuvchi ramzdir. Shunday qilib maqbara dunyoning 
kichraytirilgan nusxasidir. 
XX asrning birinchi yarmida yashagan buxorolik tarixchi M. Saidjonovning 
ma‘lumotiga ko‘ra, Ismoil Somoniy maqbarasi turgan yer ilgari Ku – yi Chahor 
gumbazon, ya‘ni To‘rt gumbaz ko‘chasi deb atalgan. Ismoil Somoniy maqbarasining 
to‘rt tomoni bir xil chordara shaklida jimjima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki 
qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli
uning intereri uch pog‗onali (to‗rtlik – to‗rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‗tish 
qismi va gumbaz – tom ko‗rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan. 
Uning qurilishida pishgan g‗isht, tosh va yog‗ochdan foydalanilgan. Ayrim 
manba va rivoyatlarga ko‘ra, g‘ishtni terishda orasiga tuya sutiga qorilgan loy 
ishlatilgan. Boshqa afsonalarda aytilishcha esa obidaning qurilishidagi loy uchun 
qizil xo‘rozning qonidan foydalanilgan, shu sabab maqbara g‘ishtlari hech qanday 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling