Ta’lim va taraqqiyot
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali 2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
Kalit so‟z va iboralar. Registon ansambli, ―Chor ‖ uslubi, Eron,
Mesapotomiya, Ibn Xavqal, Istahriy, ―Naukanda‖ arig‘i, Narshahiyning ―Buxoro tarixi‖ asari, ―Sharqning me‘moriy durdonasi‖, ―Butunjahon madaniy merosi‖ , Chingizxon hujumi. Somoniylar sulolasi davri me‘morchiligi durdonasi hisoblangan Ismoil Somoniy maqbarasi Somoniylar sulolasining yirik vakili Ismoil Somoniy tomonidan qurilgan. Ismoil Somoniy maqbarasi Buxoro shahrining g‘arbiy qismida Registon yaqinidagi madaniyat va istirohat bog‘ining hududida joylashgan. Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali 2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 123 Markaziy Osiyodagi qabr vazifasini o‘tagan birimchi maqbara hisoblangan. Ismoil Somoniy maqbarasi mo‘g‘ullar hujumi chog‘ida sahrodagi bo‘ronlar paytida qumga ko‘milgan edi. Shu tufayli hujumlardan hech qanday zarar ko‘rmasdan omon qolgan maqbara bugungi kungacha saqlanib qolgan. Chingizxon shaharga yaqinlashaytganda Buxoro ahli Somoniylar maqbarasini butunlay yer bilan ko‘mib yuborishdi. Ular Chingizxonning qo‘shini o‘z yo‘lidagi barcha narsalarni vayron qilib ketishini bilardilar. Shuning uchun qo‘shin chiroyli inshoot o‘rnida kichkinagina tepalik ko‘rdi va yonidan o‘tib ketdilar. Xavf – xatar ortda qolganidan so‘ng Buxoroliklar maqbarani ehtiyotkorlik bilan qazib oldilar. Bu yodgorlik xalq orasida va ilmiy adabiyotda Somoniylar sulolasining eng atoqli namoyondasi Ismoil Somoniy maqbarasi nomi bilan ma‘alumdir. Mozorning bu qismida Ismoilning otasi Ahmad dafn qilinganligi Ismoilning qabri ham shu yerda ekanligi haqida ma‘lumotlar bor. Bundan tashqari, maqbara peshtoqining ravog‘i tepasidagi tosh taxtada Ismoilning nabirasi Nosirning ismi ham zikr qilingan. Narshaxiyning ―Buxoro tarixi‖da keltirilgan ma‘lumotga ko‘ra, o‘rta asrlarda bu yerda Naukanda qabristoni bo‘lgan. Arxeologik qazilmalar natijasida shu narsa aniqlandiki, ilgari Ismoil Somoniy maqbarasidan shimoli – sharqda yana bir nechta maqbaralar bo‘lib, ularda Somoniylar oilasining azolari va ularga yaqin bo‘lgan odamlar dafn etilgan. Ana shularning hammasi bu joy Somoniylar sulolasining oilaviy maqbarasi ekanligini O‘rta aslarda Buxoroda Naukanda nomli ariq ham bo‘lib, u X asrda yashagan al – Istaxriy va Ibn Xavqalning geografik asarlarida ham qayd etilgan. Yodgorlikning qurilishi arab istilosidan so‘ng Markaziy Osiyo me‘morchiligining tiklanish davriga to‘g‘ri keladi. Inshoot shakli bejizga tanlanmagan. Kub yerning ramzidir, Gumbaz esa osmonning. Birgalikda esa dunyoning birligini anglatuvchi ramzdir. Shunday qilib maqbara dunyoning kichraytirilgan nusxasidir. XX asrning birinchi yarmida yashagan buxorolik tarixchi M. Saidjonovning ma‘lumotiga ko‘ra, Ismoil Somoniy maqbarasi turgan yer ilgari Ku – yi Chahor gumbazon, ya‘ni To‘rt gumbaz ko‘chasi deb atalgan. Ismoil Somoniy maqbarasining to‘rt tomoni bir xil chordara shaklida jimjima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning intereri uch pog‗onali (to‗rtlik – to‗rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‗tish qismi va gumbaz – tom ko‗rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan. Uning qurilishida pishgan g‗isht, tosh va yog‗ochdan foydalanilgan. Ayrim manba va rivoyatlarga ko‘ra, g‘ishtni terishda orasiga tuya sutiga qorilgan loy ishlatilgan. Boshqa afsonalarda aytilishcha esa obidaning qurilishidagi loy uchun qizil xo‘rozning qonidan foydalanilgan, shu sabab maqbara g‘ishtlari hech qanday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling