Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 121 Umuminsoniy ma‘naviy qadriyatlarga barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlari birligi va umumiyligi o‘z aksini topishi lozim. ―Umuminsoniy qadriyatlar barcha xalq va elatlarga xos bo‘lgan, ularning insoniy fazilatlarini ifodalaydigan an‘analar, urf – odatlar, intilishlar, g‘oyalar, sog‘lom fikr, yuksak did bilan baholash qobiliyati, shu asosida qilinadigan harakat va faoliyat va hokazolar bo‘lib, undan unumli foydalanish lozim. [4] O'qituvchi o'quvchi-yoshlarni o'z millatiga, ona Vataniga, yurtiga sadoqatli bo'lishga, ularda sog'lom kuch-quvvat, tafakkur, iymon-e'tiqod va pok vijdonni shakllantirish, millat manfaati yo'lida yashash, Vatan oldidagi mas'uliyatni tarbiyalash, o'z ongiga singdirish, har tomonlama sog'lom turmush tarzini shakllantirishga o'rgatishi kerak.Ularning insonparvar bo‘lishlari uchun o‘quvchilarda Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Vatanparvarlik xalqning teran tarixiy ildizlarini, milliy meros va qadriyatlarini anglash bilan ham bog'liq bo'lishi darkor. O'z tarixini bilmagan, tarixiy xotiraga ega bo'lmagan xalq ertangi kunini ham to'g'гi tasavvuг qilish imkoniga ega bo'lmaydi. Vatanpaгvaгlik o'z vatanining tarixini, milliy meros va qadriyatlarini bilish bilangina cheklanmaydi. Bu o'rinda jahon sivilizatsiyasining ilk yutuqlarini bilish, ulaгdan oqilona foydalana olish ham zarurdir. Shu ma'noda milliy vatanparvarlik umuminsoniy meros va qadriyatlarga tayanadi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: "Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug'iladi. Ya'ni, inson o'zligini anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo'lsa, tug'ilib o'sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo'ladi" 0 ‗zbek xalqining qadimiy tarixi, urf- odatlari, qadriyatlari haqida hozirgi avlod ko‗proq bilishni istaydi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlardagi vatanparvarlik, insonparvarlik g‗oyalarining chambarchas bog‗liqligi va farqlarini tushuntirishda «Ma‘naviyat asoslari» fanidan foydalaniladi. [6]. I.A.Karimov aytganidek: "Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug'iladi. Ya'ni, inson o'zligini anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo'lsa, tug'ilib o'sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo'ladi" Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash bo‘yicha jiddiy tadbirlarning amalga oshirilayotganligi ma‘naviyatimizning tiklanishida juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy qadriyatlarimizning tiklanayotganligini bugungi kunda jahon tan olmoqda. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bahouddin Naqshband kabi ulug, siymolarga, Buxoro, Xiva shaharlari yubileylariga bag‘ishlangan tadbirlar, simpoziumlarda dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan vakillarning qatnashganligi buning yorqin misolidir. O‗z buyuk ajdodlarini e‘zozlagan, ularning ilmiy merosi, bunyodkor g‗oyalarini o‗zining ma‘naviy taraqqiyoti mayog‗i o‗laroq tutgan xalq hech qachon kam bo‗lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling