Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 120 qaror topadi. [1] An‘analar barhayot bo‘lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari yoshlar egallashi lozim. An‘anaviy xalq bayramlarining tiklanishi o‘zbek madaniyati tarixida o‘ta muhim voqea bo‘lib qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan madaniyatning yirik va muhim shakli hisoblanadi. Shu yo‘l bilan azaliy bayramlarning tiklanishi, xalq madaniyatining eng qimmatli tomonlarini jonlantirishga zamin yaratildi. Xalq an‘analarining tiklanishi borasida so‘z borganda, yoshlar kamolotida muhim o‘rin tutadigan xalq o‘yinlariga alohida to‘xtalish lozim. Ajdodlarimizning eng qadimiy an‘anaviy, ko‘pgina madaniyat shakllari raqs, teatr va sportga xos marosimlar shu o‘yinlar zaminidan kelib chiqqan va tarixiy jarayonda avlod ajdodlarimizning sog‘lomlashtiruvchi vositasi bo‘lib kelgan.[5] Qolaversa,o‘zbek xalq bolalar o‘yinlarini ham qadimdan bugungi kunga qadar qadriyat darajasiga ko‘tarilmoqda. Masalan, kurash, arqon tortish, oq terakmi ko‘k terak, guldur-guplar, ma‘naviy so‘z o‘yinlari,shaxmat kabilar misol bo‘ladi. Bu haqidagi ma‘lumotlarni O. Safarovning ― O‘zbek xalq bolalar o‘yinlari‖kitobidan bilib olishingiz mumkin. Xalq og‘zaki ijodi namunalari ertak va rivoyatlar, hikmatli so‘zlar, musiqa asarlari me‘morchilik yodgorliklari va tasviriy san‘at asarlari, she‘r va dostonlar, islomiy tarbiya, milliy qadriyatlarning har biri bebaho ma‘naviyat xazinasidir. [3] Har bir xalqning o`zi uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, fransuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqand-u Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Milliy g`oyani ob`ektiv anglashda qadriyatlar va ma`naviyat olamini bilish va uni amaliy o`rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma`naviy taraqqiyotga ta`sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. Qadriyatning quyidagi turlari majud: 1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar. 2. An`analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo`ladigan axloqiy qadriyatlar. 3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko`nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste`dodlarida namoyon bo`ladigan qadriyatlar. 4. Odamlar o`rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo`ladigan qadriyatlar. 5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog`lik bo`lgan qadriyatlar[2]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling