Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 116 Ish qog`ozlarga xos bo`lgan xususiyatlar. Yozma nutq ham huddi og`zaki nutq kabi tinglovchi uchun yaratiladi. Uning qulayligidan, o`quvchiga tez va butun mohiyati bilan yetib borishidan yozuvchi ham, o`quvchiga ham minnatdor. Shuni nazarda tutganda yozma nutq texnikasi quyidagilarni o`z ichiga oladi: a) har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, har bir gap mazmunan nisbatan tugallangan bo`lishi, yorqin fikr anglatishi kerak; - keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo`lgan darajasi); - havodorlik (erkin so`zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo`lish); - ixchamlik va harakatchanlik; - chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo`lish); - moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikani eshitilish sharoitida moslasha olish); - qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik; - suggestivlik (ovozni hayajon ifodalash va bu orqali tinglovchining hulqiga ta‘sir qilish xususiyati. a) ma‘lum bir fikr bayon etilgandan so`ng, nutqni tarkibiy qismi bo`lgan boshqa fikr xat boshidan boshlanishi zarur. Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan mantiqiy bog`langan bo`lishi lozim. b) Dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda har bir shaxsni gapi teri orqali yoziladi; c) ko`chirma gaplar, ko`chirmalar, o`z ma‘nosida ishlatilmagan so`zlar, birikmalar qo`shtirnoq ichiga olinadi; d) nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy qismi hisoblanmaydigan narsalar teri yoki qavs bilan ajratiladi; e) ot kesim, izohlovchi, undalma, ajratiladigan bo`laklar tegishli tinish belgilari bilan ajratiladi; f) nutq xat boshidan yirik qismlarga boblarga bo`lib ko`rsatiladi. Ish qog`ozlari ham yozma nutq hisoblanadi. Ularning yozilishi ham nutqqa xos umumiy talablardan chetga chiqmaydi.[1] Nutqni rivojlantirishning yana bir muhim xususiyati bu- takrorlashdir. Takrorlash orqali har qanday nutqni, nutq qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin. Bunda ko‘r-ko‘rona, mehanik yodlash kerak emas. Ongli takrorlash ayrim o‘ziga xosliklar bilan tegishli tarzda idrok qilish – ana shular biz uchun juda zarur. Masalan, professor Ebbingxauz o‘z talabalariga eslab qolish uchun ma‘noga ega bo‘lmagan ―dekyus‖, ―koli‖ kabi so‘zlardan iborat uzundan – uzoq ro‘yhat bergan va hokazo. U talabalar 3 kun ichida 38 marta takrorlaganidan keyin, 1 kun ichida 68 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling