Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
117 
marta takrorlaganida, nechta so‘z yodlagan bo‘lsa, shuncha yodlab olishini bilib 
oladi. [2] 
Takrorlash orqali nafaqat og‘zaki balki yozma nutqni ham rivojlantirish
so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini eslab qolishga erishiladi. Masalan, tarjima 
lug‘atlaridagi so‘zlarni o‘quvchi kuniga 10 marta takrorlashi natijasida so‘zning 
ma‘nosi, talaffuzi, kundalik hayotda qanday va qay holatda qo‘llanishini ham 
o‘zlashtiradi. Bu jarayonni o‘qituvchi ham avvalo, o‘zida shakllantirishi kerak.
Shuningdek, o‘qituvchi kundalik faoliyatida turli imlo, izohli va tarjima 
lug‘atlaridan ham unumli foydalanishi o‘rinli. Birgina adabiyot darslarida 
bolalarning savollariga sabab bo‘ladigan, ularga notanish so‘zlarni qidirib 
yurmasdan, ana shu so‘zlarning mazmunini ochib berish maqsadida izohli va imlo 
lug‘atidan topib, xatto turli tillarda qanday ma‘noga ega bo‘lishini ham 
tushuntirishi maqsadga muvofiq. Masalan, dunyo madaniyati mavzusida fikr 
yuritayotganda ―Chehralar‖ o‘yinidan foydalanishni aytaylik. Madaniyat so‘zi rus 
tilida - культура, ingliz tilida culture deb yuritiladi. Madaniyatning ham o‘z 
navbatida turli ko‘rinishlari mavjud. Masalan, etnik madaniyat – этническая 
культура, biznes madaniyat – деловая культура, uy madaniyati – дом культуры. 
Shu kabi mavzuga oid ma‘lumotlar va terminlar tushuntirilgach, o‘quvchilarga 3 xil 
ko‘rinishdagi chehralar taqdim etiladi. Bolalar mavzu bo‘yicha bilgan, bilib olgan va 
bilishni istaydigan yangiliklari haqida chehralardan birini tanlash orqali ifodalab
beradilar. Eng muhimi o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qituvchi ham izlanadi va 
yangiliklarni bir-biri bilan bo‘lishishga harakat qiladi. Natijada har ikkala tomon 
yangi so‘zlarning mazmuni, takaffuzi va ifoda etilishi bilan bog‘liq yangilikni o‘ziga 
singdiradi. Eng muhimi bu nutq qobiliyatini yanada yuksaltirishga turtki beradi. 
[3] 
Bugungi kunda o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi orqali nutqining 
ta‘sirchanligini oshirishi mumkin. Bunda albatta, mustaqil ishlashi, she‘r va 
qo‘shiqlar yodlashi, mutolaa va muhokamalar qilishi, mutaxassisdan maslahatlar 
olishi shu bilan birgalikda audioyozuvlar tinglashi va bilimlarni takrorlab turishi 
maqsadga muvofiqdir. Shundagina o‘zidagi o‘qituvchilik mahorati va nutq qobiliyati 
yanada yuksaladi, ko‘zlangan natijaga erishiladi.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling