Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 112 rivojlanishi hamda ruhiy kamolotga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi. Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada sodir bo‗lishi haqidagi, nutq faoliatida ishtirok etadigan analizatorlarning tuzilishi va harakatga kelishi toʻgʻrisidagi bilimlardan foydalanadi. Nutqdagi nuqsonlarning alomatlarini, ularning etiologiyasi, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibida nutqiy alomat bilan nutqsiz alomatning munosabatini bilish uchun logopediya boshqa fanlar bilan hamkorlikda ish yuritadi. Jumladan, u tilshunoslik, otorinolaringologiya, psixolingvistika, umumiy psixologiya va maxsus psixologiya, psixodiagnostika, nevropatologiya, psxiopatologiya, oligofreniya klinikasi, pediatriya bilan uzviy aloqada ishlaydi. 2001 yilda YUNESKO ―Ta‘lim hamma uchun‖ dasturini qabul qiladi. Birlashgan Millatlar tashkilotiga a‘zo bo‗lgan barcha mamlakatlar, shu jumladan O‗zbekiston Respublikasi ham, ushbu dasturga imzo chekkan. Global, keng miqyosda ―Ta‘lim hamma uchun‖ (―Обучение для всех‖) dasturining joriy etilishi YUNESKO tomonidan boshlab yuborildi. O‗zbekistonda «Ta‘lim hamma uchun» milliy dasturi 2005-yili dekabr oyida qabul etildi. Shu davrdan beri uni joriy qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda davlat tomonidan inklyuziv ta‘lim haqidagi hujjatlar rasmiylashtirilmoqda, hayotiy zaruriyatlardan kelib chiqqan holda turli nodavlat tashkilotlar chet ellarda bu ishlarning ahvolini o‗rganib chiqib, inklyuziv ta‘limning ayrim turlarini joriy etmoqdalar. O‗zbekistonda YUNESKOning ta‘lim bo‗yicha maslahatchisi yordamida Respublika ta‘lim markazining maxsus ta‘lim bo‗limi a‘zolari, ―Oila‖ Ilmiy pedagogik markazi, ―Nogiron farzandli ayyollar‖ jamiyatlari, ‖Umr‖ markazi, ‖Улыбки детям‖ xalqaro jamiyatining O‗zbekistondagi guruxi (Lorans Mirelett – direktori), ‖Umid‖ markazi, (Maxmudova N.M – direktor), xalqaro ―Operation Mercy‖ tashkiloti (direktor – Andreya Vogt), ―Кенес – центр реабилитации и трудовой адаптации‖ (direktor – Suleyeva M.M.), ―Beg‗uborlik – ijtimoiy birlashma‖ (raisi – Abdubekova D.N), ―PEGAS AL-FALAK‖ markazi (direktor – Aminova V.Y.) ―KRIDI‖, ―Feniks‖ markazi (direktor – Yusupova G.S. Navoi viloyatida), Respublika Ijtimoiy adaptatsiya markazi va boshqalar talaygina muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar [3] . Surdopedagogika boʻyicha ilmiy tadqiqotlar Oʻzbekistonda Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining defektologiya fakultetida olib boriladi. Oʻzbekistonda oligofrenopedagoglarni Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti va Toshkent Davlat Pedagogika Institutlarining defektologiya fakultetlari tayyorlaydi. Oligofrenopedagogikaga oid tadqiqot ishlari Oʻzbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy Tadqiqot Institutida,Tohkent Pedagogika Instituti va ayrim pedagogik institutlarning defektologiya kafedralarida olib boriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling