Ta’lim va taraqqiyot
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surdopedagogika
surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so‗zidan olingan) —
eshitishida nuqsoni bo‗lgan bolalarning ta‘lim-tarbiyasi bilan shug‗ullanadigan fan; 2. tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‗r, so‗qir so‗zidan olingan) —ko‗zi ojiz bolalarning ta‘lim-tarbiyasi bilan shug‗ullanadigan fan; 3. oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‗zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta‘lim-tarbiyasi bilan shug‗ullanadigan fan; 4. logopediya (yunoncha logos — so‗z, padeo — tarbiya so‗zlaridan olingan) — og‗ir nutq nuqsonlarini o‗rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‗llari, usullarini o‗rganadigan fan. Surdopedagogika – kar va zaif eshituvchi bolalarning ta‘lim-tarbiya olishlari bilan shug‗ullanuvchi maxsus pedagogikaning bir tarmog‗i. Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali 2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 109 Surdopedagogika kar yoki zaif eshituvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini o‗rganib, maxsus o‗quv-tarbiya jarayoni tuzilishining asoslarini, maxsus o‗quv- tarbiya muassasalarini tashkil etish qonun-qoidalarini ishlab chiqadi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan so‗ng yaxshi eshitmaydigan bo‗lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo‗lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so‗ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo‗laveradi. Turg‗un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‗ra tug‗ma va orttirilgan bo‗lishi mumkin. Kar-soqov bolalarning 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug‗ma bo‗ladi. Bunga sabab sifatida onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallinishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning homiladorlik davrida bilib-bilmay dori-darmonlarni iste‘mol qilishi (ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni), homilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o‗zgarishlar bo‗lishi, masalan, eshitish yo‗li atreziyasi — bituvi) kabilarni sanab o‗tish mumkin. Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o‗tkazuvchi yo‗llar yoki quloqning o‗zidagi o‗zgarishlar sabab bo‗ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba‘zi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalalarning keng o‗rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharli kimyoviy dorilar juda kuchli ta‘sir etib, ayniqsa analizatorning o‗tkazuvchi nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo‗lib qoladi. Eshitish nuqsonlariga ega bo‗lgan bolalar anomal bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‗zlashtirishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o‗qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, bog‗cha va maktab dasturlarining o‗zlashtirishda bir qator o‗ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Ko‗rishda nuqsoni bo‗lgan bolalarga ta‘lim va tarbiya berish, ularning hayotda o‗z o‗rinlarini topishlari bilan tiflopedagogika fani shug‗ullanadi. Bu fan o‗z oldiga bolalarning aqliy va jismoniy faoliyatlarini rivojlanitirishni, umumiy o‗rta ma‘lumotga ega bo‗lishlarini, hayot va mehnatga tayyorlashni maqsad qilib qo‗yadi. Tiflopedagogika ko‗r va zaif ko‗ruvchi bolalar uchun ta‘limni takomillashtirish yo‗llarini, o‗quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etish metodlarini, maxsus maktab va maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tuzilmasini, ulardagi ta‘lim-tarbiyaning tashkiliy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling