Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oligofrenopedagogika
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 110 shakllarini ishlab chiqadi. Tiflopedagogikaning eng muhim vazifasi bolalarda saqlanib qolgan ko‗rish imkoniyatlaridan o‗quv jarayonida to‗g‗ri foydalanish va rivojlantirish, ko‗rish imkoniyatlarini saqlash uchun sharoit vujudga keltirish, ta‘limning texnik vositalarini qo‗llashdan iborat. Oligofrenopedagogika – aqli zaif bolalarni o‗qitish, tarbiyalash, korreksiyalash (tuzatish), ijtimoiy hayotga jalb etish masalalarini o‗rganuvchi defektologiya tarmog‗i. Oligofrenopedagogikaning asosiy vazifasi aqli zaif bolalarning rivojlanishida korreksion tarbiyaning mohiyatini ochib berish, ulardagi nuqsonning rivojlanishini va nuqsonning o‗zini bartaraf etish yo‗llarini, maxsus maktab va maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida aqli zaif bolalar uchun maxsus ta‘lim-tarbiya va korreksion rivojlantiruvchi ish va metodlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat. Oligofrenopedagogika umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, psxiologiya, anatomiya, fiziologiya, genetika, nevropatalogiya, pediatriya,oligofreniya klinikasi yutuqlariga asoslanadi. Oligofrenopedagogikada bolaning his-tuyg‗ularini boyitishga, nutqini rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, taʼlim-tarbiyaviy jarayonda ko‗rgazmali qurollar va turli xildagi metodlardan keng foydalaniladi. Aqli zaif bolalarni psixologik-pedagogik o‗rganish asosida har bir bolaga individual ravishda yondashiladi. Logopediya — pedagogika fanining bir tarmog‗i; nutqida kamchilik (duduqlik, til rivojlanmaganligi, o‗qish va yozishdagi nuqson va boshqalar)ning sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yo‗llarini hamda nutq buzilishi faoliyati mexanizmlari, alomatlarini maxsus ta‘lim va tarbiya vositasida o‗rganadi. Nutqdagi nuqsonlarni tuzatish masalalari dastlab XVII asrda Yevropa mamlakatlarida surdopedagogikaga oid ilmiy ishlarda tadqiq etila boshlandi. XIX arsning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogikaning bu tarmog‗iga alohida fan sifatida, ammo tibbiyot nuqtai nazaridan yondashildi. Asta-sekin nutq faoliyatining tabiati haqidagi tasavvur kengaya borib, logopediya yo‗nalishi tubdan o‗zgardi, pedagogik mazmun birinchi o‗ringa qo‗yiladigan bo‗ldi. XX asrga kelib logopediya mustaqil fan sifatida shakllandi, uning maqsad va vazifalari, metodik asos va tamoyillari, boshqa fanlar bilan aloqasi masalalri ishlab chiqildi. Zamonaviy logopediya maktabgacha yoshdagi bolalar logopediyasi, maktab yoshidagi bolalar logopediyasi, o‗smirlar va katta yoshdagi bolalar logopediyasi kabi turlarga boʻlinadi. Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bo‗lgan bolalarni o‗qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling