Ta’lim va taraqqiyot


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

Korreksion pedagogika — alohida yordamga muhtoj, jismoniy yoki ruhiy 
kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini 
o‗rganadiga, ularning ta‘lim-tarbiyasi bilan shug‗ullanadigan fan bo‗lib, umumiy 
pedagogikaning bir tarmog‗idir. 


 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
108 
Korreksion so‗zi lotincha ―korreksiya‖ so‗zidan olingan bo‗lib, ―tuzatish‖, 
―to‗g‗rilash‖, ―bartaraf etish‖ degan ma‘noni anglatadi.
Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar “anomal bolalar” deb ataladi. 
Bu so‗z yunoncha ―odatdan tashqari‖, ―noraso‖ degan ma‘nolarni anglatuvchi 
“anomalos” so‗zidan olingan.
Korreksion pedagogikaning asosiy vazifasi – anomaliyalarning kelib chiqish 
sabablarini, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi 
xususiyatlarini o‗rganish, shular asosida integratsiyalashgan, inklyuziv yoki 
differensial ta‘limni tashkil etish, ularning ta‘lim-tarbiyasi bilan shug‗ullanishdir. 
Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va 
(mavjud 
kamchilik) 
faoliyat 
o‗rtasidagi 
nomuvofiqlikni 
yo‗qotish 
yoki 
kamaytirishdan iborat. Bola nutqida qo‗pol kamchiliklar bo‗lsa, to‗g‗ri tashkil 
etilgan logopedik choralarni o‗z vaqtida qo‗llash yo‗li bilan ularni to‗liq bartaraf 
etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo‗lgan 
bo‗lsa (masalan olegofreniya shunday nuqsonlar jumlasiga kiradi), uni to‗liq 
bartaraf etib bo‗lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika 
amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham, 
korreksialab ham bo‗lmaydi. Masalan, tug‗ma ko‗rlik yoki karlik shular 
jumlasidandir. Bunda ko‗rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish 
analizatorining 
vazifasini 
esa 
ko‗rish 
analizatoriga 
yuklash, 
ya‘ni, 
kompensatsiyalash, o‗rnini bosish mumkin. Ko‗rish qobiliyati zaif bo‗lgan bolalar 
sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. 
Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif 
bolalar esa, imo-ishora, ya‘ni, daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan 
anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil 
fan sifatida ajralib chiqdi:
1. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling