Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
121 
Umuminsoniy ma‘naviy qadriyatlarga barcha millatlar, elatlar va 
xalqlarning maqsad va intilishlari birligi va umumiyligi o‘z aksini topishi lozim. 
―Umuminsoniy qadriyatlar barcha xalq va elatlarga xos bo‘lgan, ularning insoniy 
fazilatlarini ifodalaydigan an‘analar, urf – odatlar, intilishlar, g‘oyalar, sog‘lom fikr, 
yuksak did bilan baholash qobiliyati, shu asosida qilinadigan harakat va faoliyat va 
hokazolar bo‘lib, undan unumli foydalanish lozim. [4] O'qituvchi o'quvchi-yoshlarni 
o'z millatiga, ona Vataniga, yurtiga sadoqatli bo'lishga, ularda sog'lom kuch-quvvat, 
tafakkur, iymon-e'tiqod va pok vijdonni shakllantirish, millat manfaati yo'lida 
yashash, Vatan oldidagi mas'uliyatni tarbiyalash, o'z ongiga singdirish, har 
tomonlama sog'lom turmush tarzini shakllantirishga o'rgatishi kerak.Ularning 
insonparvar 
bo‘lishlari 
uchun 
o‘quvchilarda 
Vatanparvarlik 
tuyg‘usini 
shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Vatanparvarlik xalqning teran 
tarixiy ildizlarini, milliy meros va qadriyatlarini anglash bilan ham bog'liq bo'lishi 
darkor. O'z tarixini bilmagan, tarixiy xotiraga ega bo'lmagan xalq ertangi kunini 
ham to'g'гi tasavvuг qilish imkoniga ega bo'lmaydi. Vatanpaгvaгlik o'z vatanining 
tarixini, milliy meros va qadriyatlarini bilish bilangina cheklanmaydi. Bu o'rinda 
jahon sivilizatsiyasining ilk yutuqlarini bilish, ulaгdan oqilona foydalana olish ham 
zarurdir. Shu ma'noda milliy vatanparvarlik umuminsoniy meros va qadriyatlarga 
tayanadi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: "Vatanga 
muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug'iladi. Ya'ni, inson o'zligini 
anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usi 
ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo'lsa, tug'ilib o'sgan Vatanga 
muhabbat ham shu qadar cheksiz bo'ladi" 0 ‗zbek xalqining qadimiy tarixi, urf-
odatlari, qadriyatlari haqida hozirgi avlod ko‗proq bilishni istaydi. Milliy va 
umuminsoniy qadriyatlardagi vatanparvarlik, insonparvarlik g‗oyalarining 
chambarchas bog‗liqligi va farqlarini tushuntirishda «Ma‘naviyat asoslari» fanidan 
foydalaniladi. [6]. I.A.Karimov aytganidek: "Vatanga muhabbat hissi odamning 
qalbida tabiiy ravishda tug'iladi. Ya'ni, inson o'zligini anglagan, nasl-nasabini 
bilgani sari yuragida vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usi ildiz otib, yuksala boradi. 
Bu ildiz qanchalik chuqur bo'lsa, tug'ilib o'sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar 
cheksiz bo'ladi" Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash bo‘yicha jiddiy 
tadbirlarning amalga oshirilayotganligi ma‘naviyatimizning tiklanishida juda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy qadriyatlarimizning tiklanayotganligini 
bugungi kunda jahon tan olmoqda. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo 
Ulug‘bek, Bahouddin Naqshband kabi ulug, siymolarga, Buxoro, Xiva shaharlari 
yubileylariga bag‘ishlangan tadbirlar, simpoziumlarda dunyoning 50 dan ortiq 
davlatlaridan vakillarning qatnashganligi buning yorqin misolidir. O‗z buyuk 
ajdodlarini e‘zozlagan, ularning ilmiy merosi, bunyodkor g‗oyalarini o‗zining 
ma‘naviy taraqqiyoti mayog‗i o‗laroq tutgan xalq hech qachon kam bo‗lmaydi. 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling