Ta’lim va taraqqiyot
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotation.
- Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali 2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
Ключевые слова: творчество, способность, искусство, эбру, эффект,
нематериальное, культурное наследие, техника эбру, фантазия, воображение, чувство, бумага, краска, вода, гевея, образ, абстракция, нестандартность, изобразительная деятельность. Annotation. This article is about marbling art, its origin, its essence, and the creation of non-specific forms in the imagination through the marbling technique in increasing students' creativity, students independently use non-traditional methods, find non-standard methods of artistic representation, enjoy their work. consists of opinions about. Keywords: creativity, ability, art, marbling, effect, intangible, cultural heritage, marbling technique, fantasy, imagination, feeling, paper, paint, water, heveya, image , abstract, non-standard, visual activity. Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali 2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 138 O‗quvchi shaxsidagi ko‗pgina jarayonlar va xususiyatlarning ayniqsa kuchli rivojlanishi, o‗quvchining umumiy ravishda har tomonlama layoqatli bo‗lishiga olib keladi. Qobiliyatlar shaxsning faqat bir tomoni, uning psixik xususiyatlaridan biridir. Agar talantli kishi axloqiy jihatdan qat‘iyatli bo‗lmasa, u ijobiy shaxs deb hisoblanishi mumkin emas. Aksincha, yuksak ma‘naviy darajaga, prinsipiallikka, axloqiy xis-tuyg‗ularga va kuchli irodaga ega bo‗lgan kishilar jamiyatga katta foyda keltiradilar. Qobilyatlar faoliyat dovomida rivojlanadi. Ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish muammosi, iqtidor, talant, sifatlari, ularni tarbiyalash va rivojlantirish bilan bog‗liq masalalar barcha davrlarda insoniyatni qiziqtirib, to‗lqinlantirib kelgan va bugungi kunda ham u o‗z jozibasi bilan barchani o‗ziga jalb qilib kelmoqda. Ijodkorlikka intilish, mehnatga bo‗lgan munosabatni faqat moddiy mukofot olish vositasigina emas, balki hayotning mazmuniga, o‗zlikni namoyon qilish usuliga aylanishi shart. Ijod – insonning moddiy va ma‘naviy ne‘matlarini yaratish faoliyatidir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasovvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste‘dodi namoyon bo‗ladi. Ijod dastlab inson tasovvurida tug‗iladi. Ishlashni yoqtirmaydigan, aqliy mehnatni ham, jisoniy mehnatdan ham o‗zini olib qochadigan dangasa o‗quvchilarda qobilyat rivojlanmaydi. Albatta xozirgi kunda ijodkorlikning ham milliy ham xorijiy uslublari ko‗p, ulardan biri zamonaviy tilda aytganda ―Ebru‖ san‘atidir. Uning afsonaviyligi, go‗zalligi, natijasi insonlarga ijobiy hissiyot berishi bilan o‗zgacha o‗ringa ega. Ebru - suv ustida rasm chizish san‘ati. Qadim zamonlardan beri suv insonni o‗zining ajoyib fazilatlari bilan o‗ziga jalb qilgan. Suvga rasm chizish shunchalik qadimiyki, uning qachon paydo bo‗lganini hech kim aniq bilmaydi, ammo aniq aytishimiz mumkinki, bu texnika Osiyoda (Turkiston, Hindiston, Turkiya, keyin esa asta-sekin Evropada paydo bo‗lgan). Ebru 2014-yilda YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‗yxatiga kiritilgan bo‗lib. Hozirgi kunda u butun dunyoda turk san‘ati sifatida tanitiladi va targ‗ib qilinadi. Bizning tilda abru yoki turkcha aytganda, ebru san‘ati suv yuzasidagi bo‗yoqlar yordamida turli shakllar yasash orqali qog‗ozda abstrakt yoki gulsifat bezaklarni aks ettirish demakdir. Ba‘zi manbalarda abruni hozirgi Turkiya hududiga buxorolik yoki samarqandlik ustalar olib kelgani qayd etilgan. Izmir shahrilik rassom Nuri Pinar ham abru san‘ati dastlab Markaziy Osiyoda paydo bo‗lgan degan fikrda. ―Abru so‗zi forschadan olingan bo‗lib, abr – bulut, abri – bulutsimon degan ma‘noni bildiradi. Abru Turkistonda paydo bo‗lgan deyishadi, chunki qog‗oz ishlab chiqarish o‗sha hududda rivojlangan. Menimcha, o‗sha paytlarda qog‗oz ishlab chiqarganlar uni bezash bilan, abru bilan ham shug‗ullanishgan. Abru Samarqanddan Eron orqali Onado‗liga kelgan deb hisoblanadi. Yurtimizdagi eng qadimiy abru namunasi 1539-yilda bir devonning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling