Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
158 
Shahrisabz, Xiva, Qo'qon, Toshkent, Termiz, Navoiy va boshqa shaharlarda ham 
restavratsiya ishlari rivojlanib ketdi. Toshkent shahrida tarixiy Baroqxon 
madrasasi joylashgan hududda milliy uslubdagi ulug‗vor inshoot – Hazrati Imom 
arxitekturaviy ansambli xalqimizga taqdim etildi [2]. Ta‘kidlash joizki, ushbu yangi 
masjid binosi atigi 100 kun ichida qurib bitkazildi. YUNESKO ning butun insoniyat 
uchun bebaho bo‘lgan tarixiy shaharlari ro‗yxatidan o‗rin egallagan Buxoro va Xiva 
shaharlari qatoriga Samarqand va Shahrisabz kiritildi. 2007-yilda Toshkent shahri 
islom madaniyatining poytaxti deb e‘lon qilindi. 
Toshkent, Shahrisabz va Samarqand shaharlariga Amir Temur haykallari 
o‗rnatildi.
Imom al-Buxoriy, al-Farg‗oniy, al-Moturdiy, al-Marg‗inoniy, at-Termiziylarga 
bag‗ishlangan me‘moriy majmualar, Toshkentda «Shahidlar xotirasi» yodgorligi va 
boshqa obidalar barpo etildi. 
Bu inshootlarning bunyod etilishida an‘anaviy shakllar (arka, qobiqli hajm, 
gumbaz va hokazo) qo‗llanildi va rivojlantirildi, bog‗-rog‗lar yaratish san‘ati 
takomillashdi, arxitektura va san‘atning tarixiy an‘anaviy bog‘liqligi rivoj topdi 
(ornamentli pardozlash, fasadlarga plastik ishlov berish, ganch, yog‗och 
o‗ymakorligi va hokazo).
2005-yilda Shohi Zinda, Bibixonim majmualari orasidagi buyum bozori 
o‗rnida obodonlashtirilgan yangi xiyobon tashkil etildi. Samarqand viloyat 
hududida joylashgan boshqa tarixiy, me'moriy obidalarga ham, katta hajmdagi 
ilmiy izlanishlar va ta'mirlash ishlari olib borildi. 
Zamonaviy me‘morchilikda milliy me‘morchilik tarixiy an‘analari qator 
jamoat binolarining arxitekturaviy badiiy qiyofasida o‗z o‗rnini topdi. Toshkentdagi 
Oqsaroy, Temuriylar muzeyi, Qatag‗on qurbonlari 
muzeyi (2001-yil), O‗zbekiston milliy akademik drama 
teatri (2001-yil), Nukusdagi Berdaq muzeyi (2001-yil) 
va boshqalar ana shular jumlasidandir.
Mumtoz yo‗nalishdagi milliy me‘morchilikning 
o‗ziga xos yechimi Toshkent shahari hokimiyati binosi, 
Oliy Majlis binosi, Toshkentdagi forumlar binosi 
(2009-yil) arxitekturasida o‗z o'rnini topgan. Birinchi 
ikkala binoda bayroq shtokli yirik gumbazlar 
qo‘llanilgan. Binolarning intereridan ganch, yog‗och 
o'ymakorlik ishlari va tasviriy san‘at namunalari o‗z o‗rnini topgan. 
Mustaqillik davrida zamonaviy arxitekturada yangicha uslub yuzaga keldi. 
1998-2001-yillarda bunyod etilgan «Interkontinental» mehmonxonasi, biznes 
markazi, O‗zbekistonning milliy banki, «Radisson» mehmonxonasi va qator boshqa 
binolarda yangicha stil o‗z ifodasini topgan[3].



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling