Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 160 Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog'ni tashkil etilishi munosabati bilan (1991-1994-yillar) Toshkent shahrining markaziy maydonlaridan biri to'la rekonstruksiya qilindi. Bu yerda Mustaqillik va Navro'z bayramlari tadbirlari tantanali ravislida o‗tkaziladigan bo‗ldi. Bog‗ manzarasi sun‘iy ko‗l bilan yanada go‗zallashdi va so‗limlashdi. Bog‗ni rekonstruksiya qilishdan maqsad aholi va shahar mehmonlarini dam olishi uchun odatiy qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat edi. Davlatimiz Prezidenti takliflariga ko‗ra bog‗ning g‗arb tomonida, ya‘ni tinch dam olish joyida tasviriy va amaliy san‘at, kiyimlar modelini ko'rgazma qilish va boshqa maqsadlar uchun ko'rgazma paviloni bunyod etildi. Pavilon to‗g‗ri burchakli ayvon tipidagi inshoot bo‗lib, perimetrlari bo‗yicha yog‗och ustunlarga o‗rnatilgan. Atrof-muhit bilan aloqani yaxshilash va xonalarni yorug‗ qilish maqsadida inshootning tashqi devorlari o‗rniga vitraj qo‗llanildi. Bog‗-rog‗ yaratish san'atining an‘anaviy yechim usullariga murojaat qilish boshqa joylar shaharsozligidan ham o'rin egalladi. Andijonda «Bog‗i Bobur», Urganchda Amir Temur va shoirlar boglari, Namanganda Bobur skveri, Qo‗qonda Muqimiy va Furqat nomli bog'lar, Navoiy shahrida Alisher Navoiy nomli, Buxoroda Somoniy nomli bog‗ va Madaniy markaz shular jumlasidandir. O‗zbekistonning zamonaviy shaharlarida, xususan ularning loyihalarida sifat jihatdan yangicha yechim - tabiiy muhitni landshaft bilan boyitish masalasiga katta e‘tibor berildi. Vatanimizda ko'plab oromgohlar yaratildi. Me‘morlar shaharlarni yanada ko‗rkam qilish, binolar va inshootlarning zamonaviy va an‘anaviy yechimlarini uyg‗unlashtirish yo‗lida tinimsiz ijod qildilar. Ular izlanishlar olib borib, betakror loyihalar yaratdilar va yaratmoqdalar. Arxitektorlar, muhandislar, binokorlar va xalq ustalarining ijodiy hamkorligi yangi pag‗onaga ko‗tarildi. Yurtimizda haqiqiy arxitektura asarlarini, binolar va ularning komplekslarini barpo etib, Vatanimizning yanada obod bo‗lishida kattadan katta hissa qo‗shmoqdalar. Kelgusida O'zbekiston milliy me‘morchiligini yanada rivojlantirish, arxitekturada mahalliy shart-sharoitlarni to'la hisobga olish, qadimiy shaharlarimizning afsonaviy qiyofalarini tiklash maqsadida Yurtboshimizning bevosita tashabbuslari bilan avval ochilgan Toshkent arxitektura-qurilish va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari qatorida, Xiva davlat universiteti va Buxoro texnologiya instituti tarkiblarida arxitektura - qurilish univerasitetlari tashkil qilindi. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar arxitekturasi yutuqlarini hisobga olgan holda, zamonaviy qurilish materiallari (metall, beton, g‗isht, yog‘och, plastik, shisha singari zamonaviy materiallardan) va konstruksiyalaridan oqilona foydalanib, yangicha binolar va inshootlar barpo etilmoqda, rekonstruksiya ishlari rivojlanmoqda, me‘morchiliklar restravratsiyasi tubdan yaxshilanmoqda[4]. Milliy shart –sharoitlar, demografik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling