Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
65 
buyon maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini 
mukammal bilishlari shart. Bu qat‘iy talab har bir ta‘lim muassasasi rahbari 
faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim», — dedi mamlakatimiz rahbari.
Bugungi kunda ruhshunoslar xorijiy tillarni o‘rganish inson dunyoqarashini 
qisman 
bo‘lsa-da 
o‘zgartirish 
xususiyatiga 
ega 
degan 
fikrni 
ilgari 
surmoqdalar.Bilamizki, xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida o‘sha xalqning turmush 
tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishib borish imkoniyati borligi 
paydo bo‘ladi. Dunyodagi ilk sinxron tarjimonlardan biri bo‘lmish Kato Lomb asl 
mutaxassisligi kimyo fani bo‘lishiga qaramay, 8 tildan qiyinchiliksiz tarjima qilgan, 
16 tilda erkin muloqot qilishni uddalagan. Uning ―Men tilni qanday o‘rganaman?‖ 
nomli bestseller asarida xorijiy til o‘rganishning oddiy va oson usullari 10 ta 
qoidaga asosan keltirib o‘tilgan.[3] Statistik ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi 
kunda til o‘rganuvchilarning asosiy qismini 17-35 yosh oralig‘idagilar tashkil 
etadi.Chet tilini nafaqat o‘qituvchi ko‘magida, balki mustaqil ravishda ham 
o‘rganish mumkin. Buning uchun esa ozgina qunt, mustahkam iroda va qat‘iy 
tartibga asoslangan kun rejasi bo‘lishi yetarli. 
Xorijiy til o‘rganishning oddiy va oson usullari 
1.Til o‘rganish bilan imkon qadar har kuni shug‘ullaning. 
Bu xuddi sport mashg‘ulotlaridek, ma‘lum bir tizimga asoslangan mashq 
qilish muddatlaridan iborat bo‘lishi lozim. Hech bo‘lmaganda kun davomida 10-15 
daqiqani yangi so‘zlar o‘rganish va qaytarish uchun sarflash kerak. 
2.O‘qishni rejalashtirib oling. 
Bu huddi sport mashg‘ulotlaridek, ma‘lum bir tizimga asoslangan mashq 
qilish muddatlaridan iborat bo‘lishi lozim. Hech bo‘lmaganda kun davomida 10-15 
daqiqani yangi so‘zlar o‘rganish va qaytarish uchun sarflash kerak. 
3.So‘z birikmalaridan foydalaning. 
Alohida so‘zlarni emas, ularning bir-biriga qo‘shilgan variantini, kontekst 
shaklida yodlashga harakat qiling. 
4.Yon daftarcha tuting. 
Yon daftarchaga qo‘shimcha so‘zlar va tayyor gaplarni yozib boring. 
5.Xotira bilan ishlang.
Xayolan 
barcha ko‘ringan narsalar – reklama, qo‘shiq so‘zlari, dialoglar, gazetadagi 
maqolalarni tarjima qilishga harakat qiling. 
6.Yod oling. 
Lug‘atdan tekshirilgan so‘zlarni yodda saqlang. 
7.Iboralarni o‘rganing. 
Muomalada keng qo‘llaniladigan so‘zlar, idioma, ibora va hikmatli so‘zlarni 
o‘rganib boring. 
8.Nazariya bilan cheklanib qolmang. 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling