Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 69 4. Atrof muhitni muhofaza uchun hamma befarq qaramoqda. 5. Insonlar atrof muhitni ifloslashdan to‘xtamasalar, tabiatni hozirgidek kuchli ifloslashda davom etsalar qanday ekologik muammolar yuzaga kelishi mumkin? Ushbu savolga quyidagicha javoblar olindi: 1. Juda ko‘plab kasalliklar yuzaga keladi 2. Insonlarning umri qisqarib, o‘lim miqdori ortadi 3. Barqaror taraqqiyot xavf ostida qoladi 4. Atrof muhitni muhofaza uchun hamma befarq qaramoqda Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, aholining ekologik savodxonligi juda yomon ham juda yaxshi ham emasligi ma‘lum bo‘ldi. Insonlar bor bilimlariga ham amal qilmay, atrof-muhitga salbiy munosabatta bo‘layotganliklarini, tabiat muhofazasiga vijdonan yondoshmayotganliklarini o‘zlari so‘rovnomalarda tan oldilar. Aholining ekologik savodxonligini, aniqrog‘i, qishloq hududlari aholisining atmosfera havosini ifloslanishi va ularni oldini olish imkoniyatlari bo‘yicha savodxonlik darajasini baholash hamda qilinishi kerak boʻlgan ishlar haqida fikr almashish maqsadida Namangan viloyati Chust tumanining Chustnon qishlog‘ida ham maxsus tadqiqotlar olib borildi. Ya‘ni, bu bo‘yicha qishloq aholisi o‘rtasida ekologik soʻrovnoma tashkil qilindi. Soʻrovnoma Chust tumanining Chustnon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 58 nafar, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining Naymancha qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 28 nafar hamda viloyatning yana bir qator qishloqlarida istiqomat qiluvchi 12 nafar fuqarolar o‘rtasida tashkil qilindi. So‘rovnomada ishtirok etgan fuqarolarga ―Fuqarolarning atrof muhitga boʻlgan muhabbatini oshirib, atmosfera havosini ifloslantirmaydigan qilib tarbiyalash va ekologik madaniyatini oshirish uchun nimalar qilish zarur deb oʻylaysiz?‖ deb berilgan 3-savolga ishtirokchilarning 70% i insonlarga yoshligidan boshlab ekologik ta‘lim berish kerakligini, shunda ekologik savodxonlik yuksalishini aytishgan. Yana 10%i aholi hududlar boʻylab tushuntirishlar olib borish lozim ekanligi aytilgan. Ishtirokchilarning yana 10%i ekologiya sohasida kadrlar sonini koʻpaytirish lozimligini bildirishdi. Qolgan 10 % ishtirokchilar tomonidan esa maktabgacha ta‘lim muassasalarida ekologik tarbiyani yanada rivojlantirish kerak deya fikr bildirdi. Olib borilgan tadqiqotlar, so‘rovnomalar natijasida atrof-muhit muhofazasiga doir juda ko‘plab, ya‘ni 20 ga yaqin an‘analar aniqlandiki, ularga har bir inson amal qilsa tabiat yanada go‘zallashib borishi, yanada sog‘lomlashishi mumkin bo‘ladi. Ushbu an‘analar quyidagilardir: 1. Suvga supurma 2. Hazonlarni yoqma |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling