ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (MAKTABGACHA ta‘lim) mutaxassisligi magistranti quvondiqova madina
Nazmning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati
Download 117.41 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tirilgan murda” asarida mehnatning tarbiyaviy ahamiyati.
Nazmning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati.
Tarbiya haqida gapirishdan oldin A Avloniyning fikrlari keltirib o’tish maqsad muvofiqdir.“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo halokat; yo saodat, yo falokat masalasidir.” Tarbiya inson hayotida shu qadar muhim o’rin tutar ekan demaki bugungi kunda nafaqat bugungi kunda balki umuman qaysi davrda va zamonda bo’lmasin adabiyotda yaratiladigan har qanday asar, she’r, ijodiy namunalarning tarbiyaviy ahamiyati benihoya katta bo’lmog’i lozim. Buyuk bobokalonimiz she’riyat sultoni Alilshеr Navoiy o‘zining juda ko‘p asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarni ilgari surdi. Ayniqsa, «Xamsa» ga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dostonlarining ba'zi boblarini bola tarbiyasi egallaganini ko‘ramiz. Bular orasida «Hayratul-abror» (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) dostonida falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta'limiy masalalarni qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Shoir bolalarni o‘qimishli, odobli, rostgo‘y, halol, pok, saxiy bo‘lishga ota-onani, o‘zidan kattalrni hurmat qilishga, insofli va adolatli kishilar bo‘lib kamol topishga undaydi. «Hayratul-abror» asarining bir nеcha boblari odob-axloq va ta'lim-tarbiya masalasiga bag‘ishlangan. Navoiy bu dostonini oltinchi maqolatida odob va kamtarlikni ulug‘lab, ta'lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr va mulohazalarni bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonini bu maqolatida bola tarbiyasi, uni o‘stirish, o‘qitish va uni balog‘atga еtkazish to‘g‘risida hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onani xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mеxr-muhabbatli bo‘lishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh dеb ta'riflaydi. «Farhod va Shirin» dostonida shoir chin sеvgi va vafo, do‘stlik va sadoqat, mеhnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik g‘oyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lеkin asarning ko‘pgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bag‘ishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chog‘laridanoq ilm-hunarga, mеhnatga bo‘lgan muhabbatini zo‘r mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta e'tibor bilan qaraganligini ko‘rsatadi. «Mahbubul-qulub» uch qismdan iborat. Kitobning 1-qismi «Xaloyiq ahvoli va afg‘oni va ahvolining kayfiyatida», ya'ni kishilarning ahvoli, fе'l-atvori va gap so‘zlarining ahamiyati haqida bo‘lib, bunda Navoiy donishmand va murabbiy, ulkanmadaniyat arbobi sifatida ilm-fan, san'at va adabiyotning ahamiyatini targ‘ib qiladi, malakali, iqtidorli o‘qituvchilarni, olimlarni, shoirlarni, san'atkorlarni maqtaydi, ularni hurmat qilishga va qadrlashga chaqiradi. O‘qish ham, o‘qitish ham og‘ir va ma'suliyatli ish, u qunt, havas va mеhnat talab qiladi, dеb uqtiradi. Navoiy bu o‘rinda murabbiylarning halol xizmatlarini alohida ta'kidlaydi. A. Avloniyning yaratgan darsliklarining har bir bo`lim ta‘lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag‘ishlangan bo`lib, ularning biri ikkinchisini to`ldiradi, takmillashtiradi. Har bir bo`limda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she‘riy parchalarda yoki hikmatli so`zlarda «qissadan hissa” chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og‘zaki ijodidan keng foydalangan. Avloniyning “Bahor keldi”, “Bulbul”, “Bola ila gul”, “Yolg‘onchi chupon”, “Tulki ila qarg‘a” kabi juda ko`p she‘rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan.”Maktab bolasi” she‘ri boshlang‘ich sinf o`quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o`qishga muhabbat uyg‘otishi umumiy yo`sinda bayon qilingan: Yo`lga soldi til ila yo`ldosh Maktabga moyil ayladi boshin. Soldi o`rtog‘ining so`zina quloq, Bosdi ul ham o`quv yo`lina oyog‘. Ikkisi birga bo`ldilar mullo, Chiqdi xatu savod ham imlo. O’zining yaratgan she’rlarida adob – axloq qoidalariga alohida e’tibor bergan ijodkorlardan biri bu Hamzadir. U o’zing “To`g‘ri so`zla” she‘rida har qanday holatda ham to`g‘ri so`z bo`l, deb o`z o`quvchisini, yosh kitobxonni to`g‘ri so`z bo`lisha undaydi: To`g‘ri so`zla ey o`g‘il, Til bilmag‘il yolg‘onga hech. Bir masal bor:tug‘ri so`zlar Boshini kechmas qilich Hamzaning “Yengil adabiyot”ga kiritgan she‘rlaridagi bosh qahramonlarning belgili xususiyatlaridan biri – to`g‘ri so`zlik. Shoir bolalarni to`g‘ri va rostgo`y bo`lishga, zararli va foydasiz ishlardan qochib ijobiy ishlar bilan shug‘ullanishga, kishilarning yaxshi sifatlaridan ibrat olishga chaqiradi.”To`g‘ri so`z bola”da bu fikr yanada jonli chiqqanini ko`ramiz. Hamza bu she‘rida barcha narsa pul va boylik bilan o`lchangan jamiyatda hamma narsadan ko`ra haqiqatni ustun qo`ygan ijobiy qahramon-bola obrazini yaratadi. Bir bola o`qishdan qaytayotganida ikki kishi uning oldini to`sib, biri dedi: «Tanga berurman senga, so`zla bir ozgina yolg‘on manga”. Shunda bola unga juda donolik bilan javob beradi: So`zlang, aka, qomatingizga qarab, Bu so`zingiz aslida yolg‘on erur. Tangaga yolg‘onni kim olgan erur. Sizda ko`p erkan o`zi yolg‘on aka, Siz ani avval sotib aylang ado. Qolsa kamib, yetmay agar sizdan, O`rtog‘ingizga kup erur bizdanam Ofarin aytdilar uning so`ziga Tangani xolis berubon o`ziga. Xissa : kimki to`g‘ri so`zni har qachon, Teguzadur doimiy bo`yla hison. Hamza bu she‘rida bolalarni yoshligidanoq rostgo`ylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi,ularni yolg‘onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi. Shu kitobda «Qimorning boshi” degan bir she‘r bor. Bu asarda Hoshimjon degan bolaning ayanchli qismatidan to`g‘ri xulosa chiqariga chaqiradi. Hoshimning “To`ptosh”, “Juftmi-toq” degan o`yinlarni o`ynashdan asta-sekin qimor o`ynashga o`rganganini, bora-bora qimorga mukkasidan ketib, oxirida bor-yo`g‘ini qimorga boy berganini, nihoyat uning go`lohlikka tushib, xorlikda o`lib ketganini ifoa etadi. “O`qish kitobi” Hamzaning ikkinchi darsligidir.Unda to`qqizta dars bo`lib, ularning har biri axloqiy masalaga bag‘ishlangan.Shuningdek,bir necha she‘rlar o`qi, ilm, maktab hamda kitbning ta‘rifiga bag‘ishlangan. Jumladan, «O`qi” she‘rida shoir o`qish natijasida kambag‘al-bechoralarning asoratdan qutilib, madaniyat va san‘atdan bahramand bo`lishi turgan gap, deb uqtiradi.O`qishning qadrini muallif o`qituvchi – ustozlar tilidan shunday ta‘riflaydi: Gar dilingda o`ylagan orzuga yetmq istasang, Qimmat umring qilmag‘il behudaga bekor, o`qi!... Ey o`g‘il! Dunyoda bo`lmoq istasang olijanob, O`qig‘il maktab kelib, zinhor o`qi, ming bor o`qi! U «Maktab”she‘rida “O`qub ilmu adab bo`lg‘ay garang xushyor maktabdin” deb “Insonni inson qatoriga qo`shish”, insonni kamolotga yetkazish va uni olijanob, fazilatli kishi qilib yetishtirishda maktabning roli katta ekanligini ko`rsatadi. Shoir maktab tarbiyasining ahamiyatini yuksak baholaydi, uni sirlarning xazinasi, odamni odam qiladigan joy deb ko`rsatadi. Bugungi kunda nafaqat nazmda balki nasrda yaratilgan asarlarning ham tarbiyaviy ahamiyati juda katta “Tirilgan murda” asarida mehnatning tarbiyaviy ahamiyati. G‘afur G‘ulomning “Tirilgan murda” asarida jamiyatga dog‘ bo‘lib tushadigan dangasalik bilan mehnat o‘rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalovchi qudrati tasvir etiladi. Muallif ijodiy maqsadini Mamajonning boshidan kechirganlari va uning o‘z tomonidan yozilgan kundalik sahifalari vositasida, kulgili tarzda hikoya qiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, olti fasldan iborat bo‘lib, ularda mulla Mamajonning 1925-yildan to 1933-yilgacha o‘tgan davrda boshidan kechirganlari yozilgan. Asarda G‘.G‘ulom o‘z qahramoniga “so‘z” berib, uning o‘ziga xos xarakterini yaratadi. Ishyoqmaslik va yalqovlikda afsonaviy dangasalarni ham “bir cho‘qishda qochiradigan” mulla Mamajonning bugungi kunda mehnatkashlarning ijobiy ta‘sirida asta-sekin yalqovlikni tashlab, ilg‘or mehnatkashga aylanganligini hayotiy, tipik sharoitda, hajviy va kulgili ifodalarga boy lavhalarda ko‘rsatiladi. Mamajon timsoli asta-sekin o‘sib, izchil xarakter darajasiga ko‘tariladi. Adibning “Tirilgan murda” asari ikki qismdan iborat.Ikkinchi qismda uning jamoa xo‘jaligiga kirishi va qayta tarbiyalanishi, farovon hayotga erishishi tasvirlanadi. Yozuvchi Mamajonning yalqovligi va erinchoqligini chuqurroq ochish uchun, avval uni “Ming bir kecha”ertaklaridagi Abutanbalning yalqovligi bilan taqqoslaydi: “Xo‘sh desangiz, Bag‘dod degan shaharda Abutanbal degan bir yalqov yigit o‘z onasi qoshida yashar ekan. Abutanbal hech qanday ish qilmas ekan. Onasi topib kelgan ovqatni chaynab og‘ziga solsa ham yutgani erinar ekan. Doimo yonboshlab yotar ekan-u, o‘rnidan turishga hafsalasi kelmas ekan. Mabodo qo‘ltig‘idan ko‘tarib, tika turg‘izib qo‘ysangiz, qadam qo‘yishga botinolmas, zo‘rlab qadam qo‘ydirgan chog‘ingizda ham, oyoqlari bir-biroviga chalishib yiqilar ekan... ” Mamajon sarguzashtlarining uning o‘z tilidan so‘zlatilishi bolalarga asar g‘oyaviy mazmunini yaxshi tushunishga va ularning qiziquvchanligini oshirishga xizmat qilgan. Mamajon shu qadar yalqovki, u otasi ekib ketgan yarim tanobcha yerdagi jo‘xorini qayirib olishga va buni pishirib tiriklik o‘tkazishga ham erinadi. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi:”Qaddimni ko‘tarishdan ko‘ra chollarning koyishlarini eshitish osonroq ko‘rinar edi”. Xatto, yurishga ham hafsalasi kelmagan yalqov Mamajon birdaniga ilg‘or mehnatkash bo‘lib qolmaydi. Davr voqeligi, mehnatning shon-sharaf va qahramonlik ishiga aylanib, yalqovlikning tag-tomiri bilan yemirib tashlanishi Mamajon ongida illatlarni yo‘qotib, uning o‘zgarib borishida haqqoniy, aniq va hayotbaxsh kuch rolini o‘taydi. Mamajonni mehnatga jalb qilishda yaxshi odamlarning ko‘rsatgan ijobiy namunalari Sattorqul obrazida mujassamlashtiriladi. “Sattorqul akam qo‘yarda-qo‘ymay shudgorga olib chiqdi. –Bas endi, yotaverma. Sal mehnatga ham qayish. Ranging joyiga kelib qolibdi. To‘lishibsan. Yur men bilan, -dedi. Erinib uning ketidan keta boshladim. U qo‘sh haydadi. Men otboshi yetakladim. Shudgor odamlar bilan to‘la edi: birisi haydayotir, birisi mola bsayotir, boshqalari ketmon chopayotir.Bunday jo‘shqin hayot, daladagi qaynoq mehnat sururi Mamajonda asta-sekin mehnatga havas tuyg‘usini uyg‘ota boshlaydi. Mamajon yalqovlikdan, qoloqlikdan qutilib, ilg‘or ongli mehnatkashga aylanadi. Uning qayta tarbiyalanishida jamoa va erkin mehnat katta rol o‘ynaganligi haqqoniy ravishda tasvirlab berilgan. Yozuvchi bu obraz orqali mehnatsevarlik g‘oyalarini ilgari suradi.Asarning tuzilishi o‘ziga xos, qiziqarli, tili ravon va soddadir. Mamajon tushida ko‘rgan ayol: “G‘unchaday tugilib kelgan qip-qizil lab, havoda uchib yurgan qaldirg‘ochning muttasil qanotiday payvasta qora qosh, sochlarining uchi qung‘iroq boylanganday jingalak, yuzlari atirgulga o‘xshagan tiniq pushti rang” tarzida chizilgan. XULOSA Bugungi kunda bolajonlarimizni har tomonlama yetik, barkamol bo’lib voyaga yetishlarida adabiyot beniya katta ro’l o’ynashi haqida fikrlarni ko’rib chiqdik. Nazm, nasr bolalar hayotida shu qadar ro’l o’ynaydiki uning qiysoni topish mushkuldir.Shu sababli ham bolajonlarimizni maktabgacha yoshdan kitobga mehr qo’ydirmog’imiz lozimdir.1- Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek ,,Farzandlarimiz bidan ko’ra kuchli,bilimli, dono,va albatta baxtli bo’lishlari lozimdir’’ bugun jajji qo’lchalariga kitob olib o’qishga intilayotgan bolajon kun kelib yurt koriga yaraydigan asli inson bo’lib yetishadi. Shu bois ham barkamol avlodni tarbiyalash mustaqqil O‘zbеkistonimiz oldida turgan eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi. Bu masala «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunda ham, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ham, yurtboshimizning majlislarda, sеssiyalarda qilgan ma'ruzalarida ham alohida ta'kidlanmoqda. Dеmak,barkamol avlod tarbiyasida badiiy adabiyot, ayniqsa,bolalar adabiyoti katta rol o‘ynaydi. Bolalar adabiyoti so‘z san'ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularni yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, yosh kitobxonlar qalbida o‘y fikrlar uyg‘otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g‘oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo‘lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kеrak. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e'tiqodli kishilar qilib va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda davrimizning qudratli qurolidir. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblarda yosh avlodning hayotga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ona-diyorimizga, mеhnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ular yurtimizning munosib farzandlari bo‘lishga chaqiradi. Bolalar kitobxonligini pеdagogik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhga ajratish mumkin: Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kitobxonligi(2 yoshdan 7 yoshgacha.) Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 12 yoshgacha.) O‘rta va katta maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi(13-14 yoshdan 15-17 yoshgacha.) Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kitobxonligi. Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o‘qish, yozish-chizishni bilmaydigan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan boxabar bo‘ladilar. Shunga qaramay, ular o‘z atroflarini qurshagan olamni tеzroq bilib olishga, uni o‘rganishga intiladilar. Bunga ota-onalar, bog‘chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam bеrishi, ya'ni ularga badiiy asarlardan parchalar o‘qib bеrishlari lozim. Download 117.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling