Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 14.27 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.27 Kb.
#1597142
Bog'liq
Amaliyot rahbar xulosasi


A.Qodiriy nomidagi JDPU “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” mutaxassisligi II-bosqich magistranti Yadgarova Irodaga biriktirilgan amaliyot rahbari G.Jumanazarova tomonidan berilgan
XULOSA
Ilmiy-pedagogik faoliyat magistratura o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchisi sifatida tayyorlanayotgan magistrantlarning egallagan ilmiy-nazariy bilimlarini bevosita amaliyotga tadbiq etish, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, talabalar bilimini baholash borasida xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifatini ta’minlash borasidagi faoliyat turlari bilan amaliy tanishish va ilmiy-pedagogik ishning maqsadini belgilab beradi.
6-fevral oyidan 20-may oyiga qadar bo‘lib o‘tgan amaliyot mobaynida magistrant tomonidan quyidagilar amalga oshirildi:

  • kafedraning yetakchi professor o‘qituvchilarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashdi;

  • yetakchi professor o‘qituvchilar ishtirokida akademik guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazdi;

  • masofaviy ta’lim platformalari va tizimlarini o‘rgandi;

  • belgilangan o‘quv fani bo‘yicha pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, o‘quv uslubiy majmualarni tayyorlashda ishtirok etdi;

  • bakalavriat talabalari bilan o‘quv, mustaqil ishlar va tarbiyaviy ishlarni o‘tkazdi;

  • pedagogik mahoratni oshirish maqsadida nazariy bilimlarga ega bo‘ldi;

  • pedagogik kasbga bo‘lgan qiziqishni oshirish, pedagogik kasbga xos ilmiy tushunchalarni o‘rganish va pedagogik izlanish g‘oyalarini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘ldi;

  • ixtisoslik fanlari bo‘yicha turli mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha malaka orttirdi;

  • yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rgandi va qo‘lladi, ular asosida ma’ruza matnlari va mashg‘ulotlar o‘tkazdi;

  • ma’ruza matnlari va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash usullarini, ishchi dastur va taqvim rejalarini tuzishni va shu kabi ishlarni o‘rgandi.

Bundan tashqari fakultet aro o‘tkazilgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib keldi,amaliyot hujjatlarini o‘z vaqtida va tartibli yuritdi.
Xulasa o‘rnida shuni aytish mumkinki, II-kurs magistranti I.Yadgarova amaliyot jarayonida o‘zining tirishqoqligi hamda mas’uliyatliligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘la oldi. Oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajardi. Kelajakda o‘z ustida ishlashni davom etsa, pedagogik va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonch bildiraman.


Amaliyot rahbari: G.Jumanazarova
Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling