Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


Individual yondoshish jazo


Download 68.11 Kb.
bet21/21
Sana18.06.2023
Hajmi68.11 Kb.
#1562551
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning psixologik asosi {5-mavzu)

10.Individual yondoshish jazo choralari va formalarini qo’llanishda ham ifodalanadi. Bir xil o’quvchilarga oddiygina qoralash ta`sir etsa (ba`zan istehzo bilan qarab qo’yishning o’zi kifoya qiladi), boshqa xil o’quvchilarga qoralashning bunga o’xshash formalari ta`sir qilmaydi va buni ular tarbiyachining muruvvati yoki bo’shangligi deb tushunadilar. Bunday o’quvchilarga nisbatan qattiqroq jazo choralari qo’llanish kerak. Ammo ayni vaqtda ancha qattiq jazo choralari qo’llanilishi (o’quvchilarda o’qituvchining odilligi va adolatli emasligi to’g’risidagi fikr paydo bo’lmasligi uchun) aniq asoslangan bo’lishi zarur.Oxirida hammaga ma`lum bo’lgan (lekin hamma vaqt ham hisobga olinavermaydigan) quyidagi fikrni ta`kidlab o’tamiz: individual yondoshishda tarbiyaviy ishda har bir o’quvchi shaxsidagi mavjud ijobiy fazilatlarga, chunonchi uning qiziqish havaslariga (sport, muzika, rasm chizish, tabiat hamda boshqa narsalarni sevishiga), sog’lom axloqiy intilishlariga (garchi ular hatto qo’llanib bo’lmaydigan formalarda bo’lsa ham), o’rtoqlariga nisbatan hatto hazil tariqasidagi do’stona munosabatlarga tayana olish nazarda tutiladi. O’qituvchi o’quvchilardagi mavjud ijobiy xislatlarni taraqqiy ettirish, ularning xulq atvorida ana shunday xislatlarni yuzaga keltirish, ularning ijobiy xatti-harakatlarini rag’batlantirish yo’li bilan o’z oldiga qo’ygan maqsadiga oson erishishi mumkin.
Download 68.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling