Ta’lim va zamon
Download 0.55 Mb.
|
2 5402425545281505458
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paronim so‘zlar
ZID MA’NOLI SO‘ZLAR (ANTONIMLAR)
Qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga zid ma`noli so‘zlar deyiladi. Antonimlarga misollar: katta-kichik, bor-yo‘q, yaxshi-yomon, achchiq-shirin, oq-qora, oz-ko‘p, yolg‘on-rost, yosh-qari, xursand-xafa, do‘st-dushman, achchiq-chuchuk va boshq. Yaxshi topib so‘zlar, yomon qopib so‘zlar. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan – dog‘. Dono so‘ziga bino qo‘yadi, nodon – o‘ziga. Zid ma’noli so‘zlar doimo ikki qarama-qarshi a’zodan iborat bo‘ladi. Birini aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. Masalan: achchiq deyishimiz bilan shirin esimizga tushadi. Zid ma’noli so‘zlar birgalikda qo‘llanib, yangi so‘z hosil qilishi mumkin. Masalan:, yosh-u qari-bari, achchiq-chuchuk-ovqat turi, uzoq-yaqindan-hamma yoqdankabi. Eslatma: Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar yonma-yon kelganda, ular orasiga chiziqcha qo‘yiladi: kecha-kunduz, katta-kichik, yosh-qari (hamma). Agar antonimlar orasida va bog‘lovchisi kelsa, chiziqcha ishlatilmaydi, agar -u, -yu yuklamalari kelsa, chiziqcha ishlatiladi: Bunda yondosh shodlik va qayg‘u. Yer-u osmon, kecha-yu kunduz. (E. V) Paronim so‘zlar Faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi, lekin bir xil talaffuz qilinadigan so‘zlarga paronimlar deyiladi.Ularda birgina tovush so‘z mohiyatini ochishga xizmat qiladiMisol: abzal-afzal, daho-daha, dovon-devon, tub-tup, bob-bop, yod - yot, xiyla - hiyla, ahil - ahl, ijobiy -ijodiy Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling