Таълим вазирлиги бухоро муҳандислик – технология институти
Download 200.13 Kb.
|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бух-hozir.org
VI. Xulosa.
Mening bajargan bitiruv ishim “Moylarni furfurol yordamida tozalash tizimidagi quvvati 15 kg/sek bo`lgan ekstraktsion kolonnani texnologik xisoblash va o`rnatish – ta`mirlash ishlarini tashkil etish ” mavzusida bo`lib, malaka ishini tayyorlash davomida Neft moylarini tozalashda ishlatiladigan erituvchilar ; Moyni furfurol bilan tozalash texnologik tizimi , xom ashyo va olinadigan mahsulotlar; ekstraktsiyalash asosiy usullari va ekstraktorlar tavsifi; hamda bu tizimlarda ishlatiladigan jihozlar turlari, tuzilishi va ishlash printsiplarini ixtisoslik fanlarida olgan bilimlar asosida bitiruvoldi amaliyoti davrida bilim va ko`nikmalarimni mustahkamlanishiga va tasavvurlarim boyishiga erishdim.Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida neft qoldiqlarini katalitik krekinglash orqali yonaki mahsulotlar qatori yoqilg’i fraktsiyalarini ishlab chiqarish texnologiya tizimlari keng qo`llanilmoqda. Bitiruv ishim loyiha konstruktorlik qismining hisoblash topshirig’iga binoan, berilgan shartlar buyicha .Moyli fraktsiyalarni selektiv tozalash jarayoni moddiy balans hisobi , ekstraktsion kolonnani geometrik o`lchamlari va kolonnani mustahkamlik hisoblarini amalga oshirdim. Hisoblangan konstruktiv o`lchamlar asosida Moyni furfurol bilan tozalash texnologik tizimi hamda Falvirsimon tarelkali ekstraktor chizmasi umumiy ko`rinish asosida jihoz detallari loyihalanishini o`rgandim.Texnologik tizimda ro`y beradigan nosozliklar va ularni bartaraf qilish yo`llarini o`rgandim. Neft qoldiqlarini katalitik krekinglash qurilmasida xavfsizlikni ta`minlash asosiy qoidalari keltirildi.Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash neftni qayta ishlash zavodlarida jarayon va jihozlarni to`g’ri tanlash hamda yangi texnika- texnologiyalarni yanada mukammal o`rganishga ko`maklashadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi bizga ishlab chikarish korxonalarida qo`llanilayotgan jarayonlarni borishi hamda ularni amalga oshiruvchi qurilmalarni ishlash printsiplari, qurilmalarda jarayon davomida kelib chiqadigan nosozliklarini oldini olish, bartaraf etish, uskuna va qurilmalarni hisoblash usullari kabi bilimlarni berdi. Men ushbu olgan bilimlarimni kelajakda ishlab chiqarishda qo`llay olishimga ishonaman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling