Таълим вазирлиги бухоро муҳандислик – технология институти
Download 200.13 Kb.
|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бух-hozir.org
Qobiqlarni ta`mirlash.
Emirilish xarakteri. Ko`pgina kolonna qurilmalari yuqori temperaturada va bosim ostida yoki vakuum ostida ishlaydi va portlashga xavfli muhitlardan tarkib topgan. Kolonna qurilmalarining qobiqlari va ularning ichki qurilmalari korrozion, erozion va termik muhit ta`siri natijasida emirilishi mumkin. Emirilish tezligi ko`pgina faktorlarga bog’liq, birinchi navbatda - muhitning fizik-kimyoviy xususiyatlariga, jarayon olib borilishi sharoitlariga, qobiq metallning sifati va konstruktivlanishi, tegishli korroziya ingibitorlarini qo`llanilishiga bog’liq.Kolonnalar narxi odatda juda yuqori, ularni montaj va demontaj qilish - ko`p mehnat talab etadigan, uzoq davom etadigan jarayon.Kolonna qurilmalarini almashtirish ko`p hollarda qobiq emirilishi natijasida amalga oshiriladi. SHuning uchun ekspluatatsiya vaqtida qobiqlarni muddatidan avvalroq emirilishdan asrash uchun puxta chora-tadbirlarni qabul qilish kerak. Rektifikatsion kolonna qobiqlari korrozion chidamliligi o`n balli shkala bo`yicha baholanganda, etti balldan oshmasligi kerak. Kolonnalar diametri va balandligi katta bo`lganda esa, besh balldan kichik bo`lmasligi kerak, ya`ni korroziya tezligi 0,1 mm/yil dan oshmasligi kerak.Kolonna qurilmalari turli ko`rinishdagi korroziyalarga uchraydi. U qobiq yuzasining hammasini yoki uning alohida uchastkalarini qamrab oladi. Neftni qayta ishlash zavodlarining rektifikatsion kolonnalarida, yuqori temperaturalar sharoitida ishlovchi asosiy uchastkalar korroziyaga duch keladi. Kolonnalarda muhitning agressiv tashkil etuvchilari - bular oltingugurt birikmalari va ularning parchalanish mahsulotlari hisoblanadi. Ular neftlarda naften kislotalaridan tashkil topgan bo`ladi. SHuningdek, degidratorlarda turib qolgan burg’ulash suvlari tuzlaridan tarkib topadi.Gal’vanik bug’ hosil bo`lishi mumkin bo`lgan va korrozion elektr toki yuzaga keladigan rektifikatsion kolonna uchastkalari elektrokimyoviy korroziyaga uchraydi. Bunday korroziya, aksari hollarda neftni qayta ishlash uchun atmosfera qurilmalarining rektifikatsion kolonnalarining yuqori qismida kuzatiladi. Bu erda uglevodorod bug’lari bilan birga suv bug’lari intensiv ravishda kondensatsiyalanadi. Suv xom-ashyo va distillyat tarkibidagi kal’tsiy va magniy xloridlarni gidrolizlaydi, buning natijasida hosil bo`lgan vodorod xlorid suv muhitida elektrolitni xlorid kislotasini hosil qiladi. Kolonna qobiqlarining errozion emirilishi suyuqlikning kuchli oqimi va bug’ oqimi ta`siri natijasi hisoblanib, ularning tarkibida abraziv qo`shimchalari mavjud bo`ladi. erroziyaga uchragan qobiq uchastkalarini proektorlar va suyuqlik va bug’ning kinetik energiyasini kamaytiradigan, maxsus qurilmalar bilan muhofaza qilinadi (ulitalar, matochniklar, va h.). Kolonna qurilmalarining emirilishi faqatgina ularning puxtaligi, buzilganida xavfli bo`lib kolmaydi; hosil bo`lgan korroziya mahsulotlari, kichik oqimli truba kuvurlarini, issiqlik almashinish qurilmalarini va kondensatorlarni ifloslantirish yoki jipslab berkitib qo`yish mumkin. Download 200.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling