Ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm
Download 84.34 Kb.
|
Kapital bozori to\'g\'rilangan
Kapital bozori va uning shakllanish yo’nalishlari
Mundarija:1.Kapital bozori haqida tushuncha 5 2. Kapital bozori va uning turlari. 12 2. Kapital bozorining turlari va uning ishlash xususiyatlari 16 3. Kapital bozori: iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi va raqobatbardoshlikni oshiradi 26 Xulosa 30 Foydalanilgan adabiyotlar 31 Qaror 31 Farmon 31 Murojaatnoma 31 strategiya 31 1. “Kapital bozori: iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi va raqobatbardoshlikni oshiradi” to’g’risidagi anjumani 31 Bozor munosabatlari sharoitida kapital bozori juda muhim, chunki u uzoq muddatli moliyaviy resurslarning muhim manbai hisoblanadi. Kapital bozori qimmatli qog'ozlar bozori va moliya tizimining to'lov qobiliyatiga yordam beradigan bank xizmatlari bozorini o'z ichiga oladi. Moliya bozorining eng muhim vazifasi - bo'sh pulni ssuda kapitaliga aylantirish, so'ngra turli xil iqtisodiy sub'ektlar o'rtasida qayta taqsimlash, bu o'z oldiga bitta maqsad - kapitalni ko'paytirishni qo'yadi. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, hozirgi paytda kapital bozoriga qiziqish u yoki bu tomondan kuchaygan. Kurs ishining maqsadi kapital bozorining xususiyatlarini o'rganish va ochib berishdir. Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalarni hal qilish kerak: kapital va foizlarning mohiyatini ochib berish, kapitaldan foydalanish narxi sifatida. Ta’kidlash joizki, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish moliya-bank tizimi, shu jumladan kapital bozori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni hamda ushbu tizimni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishni talab qiladi. Shu maqsadda, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida asosiy vaziflaradan biri etib belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri ekanligi qayd etilgan. Bu boradagi islohotlarning dastlabki bosqichi sifatida jahon davlatlari tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2019 yildagi 5630-sonli Farmoni bilan mustaqil davlat organi - Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tuzilib, uning asosiy vazifalari etib qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish belgilangan. Kapital bozorini rivojlantirish agentligining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda emissiya qilingan aksiyalarning umumiy nominal qiymati 100 trillion so‘mdan ortiq bo‘lib, ulardan faqatgina 1,5 foizigina erkin muomalada harakat qilmoqda. Bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan hisoblaganda 1 foizdan kam hisoblanib, ushbu ko‘rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz va Rossiyada 34 foizni tashkil etadi. Mazkur holat O‘zbekistonda kapital bozori mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasida vositachilik rolini sifat va miqdor jihatdan yuqoriga ko‘tarish uchun katta potensialga egaligini ko‘rsatadi. Buning uchun, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va muomalada bo‘lishini, investitsiyalarni keng jalb etish, korportiv boshqaruvni rivojlantirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi kapital bozori rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish taqozo etiladi. Mazkur strategiyada fond bozorini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish, uni tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlarni bozori rivojlanayotgan davlatlar talablariga (“frontiers market” ) muvofiqlashtirish, tarkibiga brokerlar, pensiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar kiruvchi moliya bozorining eko-tizimini yaratish, aholining bo‘sh turgan mablag‘larini fond bozoriga jalb qilishning jahon tajribasida qo‘llanilgan samarali institutlarni shakllantirish nazarda tutilishi kerak. E’tiborlisi, 2019 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa qator xalqaro ekspertlar ko‘magida 2020-2025 yillarda O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish strategiyasining loyihasi ishlab chiqildi va keng jamoatchilik o‘rtasida muhokamaga qo‘yildi. Mazkur strategiyaning asosiy vazifalaridan biri - erkin muomaladagi jami qimmatli qog‘ozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatini 2025 yil oxirigacha kamida 10-15 foizga yetkazish hisoblanadi. Belgilangan vazifalarga erishish uchun investorlar bazasini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, moliyaviy savodxonlikni yaxshilash orqali qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talabni oshirish, emitentlar sonini ko‘paytirish va yangi moliyaviy instrumentlar orqali qimmatli qog‘ozlar taklifini kengaytirish, qonunchilik va nazorat tizimini takomillashtirish, kapital bozori infratuzilmasini yaxshilash va kapital bozorini muvofiqlashtiruvchi organning institutsional salohiyatini mustahkamlash strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanishi maqsadga muvofiq. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, kelusi yil uchun asosiy vazifalardan biri mazkur strategiyani qabul qilish va unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning uzviyligini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar ulushini yalpi ichki mahsulotning 10-15 foiziga yetkazish, investitsiya loyihalarni moliyalashtirishning muqobil manbasi sifatida fond bozori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kabi yangi mexanizmlarni keng joriy etish, iqtisodiyotning bank sektoriga bog‘liqligini va davlatning bank sektoridagi ishtirokini kamaytirish, yashirin aylanmadagi qo‘shimcha mablag‘larni iqtisodiyotga jalb qilish va pirovardida O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal sur’atlarda o‘sishini ta’minlash kabi muhim va dolzarb masalalarni hal etishi kutilmoqda. Download 84.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling