Таълим вазирлиги и. Каримов номидаги тошкент давлат техника университети мухандислик технологияси


Download 435.76 Kb.
bet4/17
Sana18.06.2023
Hajmi435.76 Kb.
#1567993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
nnnn

H2S+ O2→H2O+S
Hosil bo'lgan oltingugurt moddasi esa qayta ishlashga yuboriladi. Shu bilan bir qatorda aktivlangan ko'mirda ekzotermik katalitik jarayon ham boradi:

H2S+ 2O2→H2SO4





Aktivlangan ko'mir yordamida mavhum qaynash rejimida ishlovchi H2S ni tozalash qurilmasining texnologik sxemasi.


Ushbu sxema asosida gaz tarkibidagi H2S ni tozalash uchun aktivlangan ko'mir ishlatiladi. Bunda tozalash jarayonida aktivlangan ko'mir tarqibida hosil bo'luvchi sulfat kislotani neytrallash uchun natriy karbonat yoki ammiak eritmasi ishlatiladi. Ammiakni neytrallash uchun ishlatish maqsadga muvofiq, chunki aktivlangan ko'mirda hosil bo'lgan (NH4)2S04 ni suv yordamida osongina yuvib ajratsa bo'ladi.
H2S+2NH3+2O2=(NH4)2SO4
Agar gaz tarkibida CO2 gazi ham uchrasa, unda u ham quyidagi reaksiya asosida birikadi:
CO2+2NH3+H2O=(NH4)2CO2

Tozalash jarayonida hosil bo'lgan (NH4)2SO4 va (NH4)2CO2 tuzlari suv yordamida yuviladi, keyin ushbu yuvuvchi suvlar qayta ishlashga yuboriladi. Shundan keyin tozalangan aktivlangan ko'mir 5-quritgichda quritilib qayta tozalash reaktoriga yuboriladi. Vaqti-vaqti bilan sistemaga yangi aktivlangan ko'mir berib turiladi. Tozalash jarayonida hosil bo'lgan chang (aqtivlangan qo'mir changi) 1-chang ushlagichda ushlab qolinadi.


Sintetik seolitlar ham H2S ni ushlab qolishda keng qo'llaniladi. (Nax, CaA, NaA)









Imzo

Sana

Kurs loyihasi

Bеt

Bаjardi;

Mustafaeva N









8

Раhbar;:

Muxamedjanov M








Seolit yordamida vudorod sulfidni absorbsion usulda tozalash texnologik sxemasi: 1-kompressor; 2-desorberlar; 3-issiqlik almashtirgichi.


Bunda adsorberlardan biri doimo rezervda turadi, qaysi adsorberdagi seolit to'yinsa, u regeneratsiya qilish uchun to'xtatiladi va rezervdagi adsorber ishlatiladi. Tozalash jarayonida hosil bo'lgan desorbsiya gazlari esa xomashyo sifatida qayta ishlashga yuboriladi.
Viskoz sun'iy tola ishlab chiqarishda hosil bo'ladigan ventilatsion tashlamalar tarqibida CS2 gazlari uchraydi. Ushbu gazlarni ART, SQT markali aktivlangan ko'mir yordamida ushlab qolish mumqin.
Ventilatsion tashlamalar avval 1-issiqlik almashtirgichiga qizdirish uchun beriladi, keyin adsorberga yuboriladi. Bu yerda aktivlangan qo'mirning mavhum qaynash rejimida CS2 gazlari adsorbentga yutiladi. Shundan keyin CS2 gazlaridan tozalangan ventilatsion tashlamalar gaz bilan chiqib ketgan adsorbent (aktivlangan ko'mir) changlaridan xalos bo'lishi uchun siklonga yuboriladi va so'ngra atmosferaga chiqarib yuboriladi. Ushlab qolingan adsorbent changlari shnek yordamida qayta adsorberga beriladi. Tozalash jarayonida CS2 gazlariga to'yingan adsorbent regeneratsiyaga bug'latish kolonnasi (desorber)ga uzatiladi. Bu yerda 120°C da CS2 gazlari desorbtsiya qilinadi. Keyin regeneratsiyalangan aktivlangan ko'mir quritiladi va sovitiladi, so'ngra transportyor va elevator yordamida adsorberga qaytariladi. Bug'latish kolonnasidan ajralgan suv va CS2 bug'lari avval sovitiladi. Bunda qondensatsiyalangan CS2 ni separatorda ajratib, yig’gichga yuboriladi, suv esa sistemaga qaytariladi.
Adsorbsiya usuli gazlar tarqibida tozalanuvchi komponent uncha yuqori bo'lmaganda qo'llaniladi. Bunda yutuvchi modda adsorbent, yutuluvchi komponent esa absorbent deb ataladi.
Adsorbsiya fizik va kimyoviy turlarga bo'linadi. Adsorbent sifatida g'ovaksimon qattiq materiallar qo'llaniladi.









Download 435.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling