Таълим вазирлиги и. Каримов номидаги тошкент давлат техника университети мухандислик технологияси
Download 435.76 Kb.
|
nnnn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seolitlar sintetik
- Adsorbsiya jarayonining muvozanati
Seolitlar asosan alumosilikatlardan iborat bo'lib, ular tarkibida ishqoriy va ishqoriy-yer metallar ham uchraydi. Seolitlarning strukturasi doimiy bo'lib, ulardagi g'ovaklarning diametri molekulalar diametrga to'g'ri keladi. Shuning uchun ba'zan seolitlar «molekulalar elagi» deb ham nomlanadi. Umumiy formulasi-Me2∕nO∙Al2O∙xSiO2∙yH2O (Me - ishqoriy metall, n - valentligi). Seolitlarda qat'iy kirish tuynuklari bo'ladi. Tuynuk orqali faqat o'lchami kichikroq, molekula diametri tuynuk diametridan sal kichik keladigan molekulalar o'tadi.
Seolitlar sintetik ravishda, hamda tabiiy konlardan olinadi. Gazlami tozalashda ko’pincha sintetik ravishda olinadigan seolitlar qo'llaniladi. Ularga NaA, CaA, NaX, CaX markalari kiradi. Har bir markada kiruvchi tuynuklarning diametri angstryom (1A0 = 21∙10-9 m) o'lchov birligida ko'rsatilgan bo'ladi. Seolitlar yaxshi adsorbsiyalash xususiyatga ega bo'ladi. Na markali seolit chiqindi gazdagi molekula diametri 4 ∙ 10-9 m dan oshmaydigan gazli chiqindilarni tozalashda qo'llaniladi. Ularga H2O, CS2, CO2 , NH3 , diyen va atsetilen qatorli uglevodorodlar, C2H6, C2H4 , C3H6 bitta metall guruhli organik birikmalar, CH4, Ne , Ar, Qr , Xe , O2, N2, CO kabi moddalar kiradi. Ca markali seolit kuchsiz kislotali muhitga chidamli bo'lib, S - birikmali gazli moddalardan tozalashda qo'l keladi. Ushbu seolit normal strukturadagi uglevodorodlarni va spirtlarni ham ushlashda ishlatiladi. X - markali seolitlar barcha tipdagi uglevodorodlarni, S, N va O H birikmalarni, galogenli moddalarni ushlashda ishlatiladi. Ularning gravimetrik zichligi 600-900 kg/m3 ni tashqil etadi. Ionitlar - yuqori molekulali moddalar bo'lib hozircha sanoat chiqindi gazlarini tozalashda qeng ishlatilmaydi. Lekin hozirgi kunda ulardan gaz tarkibidagi kislotali xususiyatga ega bo'lgan moddalarni (azot va oltingugurt oksidlari, galogenlar va shu kabilar) ushlab qolish uchun ishlatish yo'llari tekshirilmokda. Adsorbsiya jarayonining muvozanati. Adsorbentlarning absorbsion yoki yutuvchanlik qobiliyati massa yoki hajm birligida yutilgan modda miqdori, yutilayotgan modda tabiati, harorat, bosimi va fazadagi aralashma miqdoriga bog'liq. Jarayondagi kattik va gaz yoki suyuqlik fazalarida yutilayotgan moddaning muvozanat konsentratsiyalari o'rtasida quyidagi bog'lik bor: Download 435.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling