Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Download 1.79 Mb.
|
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted
Yo„qotishli siqish. Ma‘lum bir usulda siqilgan (kompressiyalangan) ma‘lumot dekompressiyalanganida birlamchi ma‘lumotdan ma‘lum bir darajada farqlanadi, ya‘ni dekompressiyalangan ma‘lumotdan keyinchalik foydalanish mumkin. Bu turdagi siqish algoritmlari audio, video ma‘lumotlarni, statik tasvirlarni, internet ma‘lumotlarini, ma‘lumot oqimlarini uzatishda va raqamli telefoniyada qo‗llaniladi.
Yo‗qotishli siqishning ikki xil sxemasi mavjud: transformatsiya qiladigan kodeklarda tasvir yoki tovush freymlari yangi bir muhitga transformatsiyalanadi va kvantlash operatsiyasi bajariladi. Transformatsiyalash jarayoni butun freym doirasida amalga oshirilishi mumkin (wavelet - algoritmi asosida transformatsiyalash); freymni bloklarga bo‗lib, bloklar doirasida transformatsiyalash (JPEG – algoritmi bo‗yicha). Transformatsiyalangan ma‘lumot entropiya usullari negizida siqiladi. Yo‗qotishli siqish algoritmlarining kamchiliklari.Yo‗qotishli siqish algoritmi asosidagi dekompressiyalangan ma‘lumot ikkinchi marta siqilganida sifat darajasi pasayishi mumkin, shuning uchun bunday holatlarda birlamchi ma‘lumotning asl nusxasini saqlab qo‗yish kerak. 2.6-rasmda yo‗qotishli siqish algoritmi asosida sifat darajasi pasayishi keltirilgan. Kam siqilgan axborot: 84% siqilgan O‗rtacha siqilgan axborot: 92% siqilgan Yuqori siqilgan axborot: 98% siqilgan 2.6-rasm. Yo‗qotishli siqish algoritmi asosida sifat darajasining pasayishi Yo‗qotishli va yo‗qotishsiz siqish algoritmlarining tahlili. Yo‗qotishli siqish algoritmlarining yo‗qotishsiz siqish algoritmlaridan afzalligi shundan iboratki, bunda qo‗yilgan talablarga javob bergan holda ma‘lumotni siqish darajasi ancha yuqori, ya‘ni dekompressiyalangan ma‘lumot inson sezgirlik darajasida bo‗ladi. Yo‗qotishli siqish algoritmlari ko‗pincha analog ma‘lumotlarni siqishda qo‗llaniladi, ya‘ni tovush va tasvir ma‘lumotlarini. Bunda dekompressiyalangan ma‘lumot birlamchi ma‘lumotdan bitga bit solishtirilganida ancha farq qilishi mumkin, ammo bunday o‗zgarishlar inson eshitish va ko‗rish organlarida deyarli sezilmaydi. Siqish koeffitsienti o‗zgarmas va o‗zgaruvchan bo‗lishi mumkin: ma‘lumotni siqish darajasi o‗rtacha (ma‘lum bir test ma‘lumotlari orqali aniqlanadi); ma‘lumotni siqish darajasi maksimal (eng yaxshi natija); ma‘lumotni siqish darajasi minimal (eng yomon holat). Yo‗qotishli siqish algoritmlarida Kning qiymati yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xato darajasiga bog‗liq bo‗ladi, shu orqali uning sifati belgilanadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling