Axborot turlari. Bugungi kunda axborot uzatishning 5-ta turi mavjud (1.1-rasm):
matn;
ovoz;
tasvir;
video;
ma‘lumotlar.
Har bir turdagi xabarlar uchun ma‘lum o‗tkazish maydoni mavjud.
1.1-rasm. Axborot turlari
Xabar - axborot taqdim qilish shakli hisoblanadi. Bitta xabar bir necha shaklda taqdim qilinishi mumkin. Masalan, telefon orqali berilayotgan axborot uzluksiz ko‗rinishda yoki telegramma ko‗rinishida, ya‘ni diskret ko‗rinishda taqdim qilinishi mumkin. Telegraf orqali ma‘lumot uzatilganda axborot xarflar yig‗indisi, ya‘ni so‗z ko‗rinishida va sonlarda taqdim qilinadi.
Xabar tarkibidagi axborot qabul qiluvchiga diskret xabar uzatish (DXU) kanali orqali uzatiladi (1.2-rasm).
1.2 - rasm. Diskret xabar uzatish trakti.
Xabarning asosiy axborot tavsiflariga alohida xabar tarkibidagi axborot miqdori, entropiya hamda xabar manbasi unumdorligi kiradi.
Diskret xabar tarkibidagi axborot hajmini o‗lchov birligi bit hisoblanadi. U yoki bu xabar paydo bo‗lish ehtimolligi qanchalik kam bo‗lsa, uning qabulida olinadigan axborot shunchalik ko‗p bo‗ladi. Agar xabar manbai xotirasida bir – biridan holi (x1 va x2) xabarlar bo‗lib, ulardan birinchisining P(x1)=1 ehtimollik bilan uzatiladigan bo‗lsa, u holda x1 xabar axborot tashimaydi, chunki u oldindan xabar oluvchiga ma‘lum deb hisoblanadi.
Bitta xabarga (xi) to‗g‗ri keladigan axborot hajmi quyidagicha aniqlanadi:
I (ai ) log 2[
1
P(ai )
] log 2
P(ai )
bu yerda P(xi) – xabardagi xi belgining paydo bo‗lish ehtimolligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |