Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 1.79 Mb.
bet34/116
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1514322
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   116
Bog'liq
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted

Yechish. t=0, t = 1

Trellisning S0 (t=0) tugunidan boshlab olingan kod kombinatsiyasiga mos yoyni tanlaymiz. Birinchi juft simvol 11. Trellisda bu S0 dan chiquvchi pastki yoyga mos keladi. Demak, S2 tugunga keldik.






Ikkinchi qadamda trellisning S2 (t=1) tugunidan Z ning ikkinchi juftiga mos keluvchi 11 salmoqli yoyni tanlashimiz lozim. Bunday salmoqli yoy bo‗lmaganligi sababli, ikkita variantni ko‗ramiz. Yuqori yoy uchun 10 salmoq mos keladi. 10 va 11 orasidagi masofani S1 (t=2) tugunga yozamiz. Pastki yoy uchun 01 salmoq mos keladi. 01 va 11 orasidagi masofani S3 (t=2) tugunga yozamiz.


Qabul qilingan kombinatsiyaning uchinchi jufti 00. Uchinchi qadamda ikkita marshrut mavjud. S1 (t=2) tugundan 11 va 00 salmoqlarga ega bo‗lgan ikkita yoy chiqadi. Ular va qabul qilingan qiymatlar orasidagi masofalarni mos tugunlarga yozamiz. S3 (t=2) tugundan ham 01 va 10 salmoqlarga ega bo‗lgan ikkita yoy chiqadi. Ular va qabul qilingan qiymatlar orasidagi masofa S1 va S0 tugunlarga yozamiz.



To‗rtinchi qadamda maksimal salmoqqa ega bo‗lgan tugunlarni tashlab yuborish lozim. Chunki ular uzatiladigan ketma – ketlikdan ko‗proq farqlanuvchi ketma – ketlikka mos keladi. Keyingi yo‗l uchun faqat S2 tugunini qoldiramiz. Qabul qilingan kombinatsiyaning to‗rtinchi jufti 10. Trellisning S2 (t=3) tugunidan 10 salmoqli yuqori yoy chiqadi va ushbu yoy orqali S1 tugunga o‗tamiz.

Oxirida masofalar yig‗indisi minimal bo‗lgan tugunlardan o‗tuvchi yo‗lni aniqlash lozim. Har bir qadamda yuqori yoyga 0 qiymati, pastki yoyga 1 qiymati beriladi. Dekodlangan axborotni ketma – ketligi quyidagi ko‗rinishga ega: A = (1010).



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling