Topshiriqlar 1:
«Мастерфункций» ni ishga tushuring.
«Мастерфункций» (Funktsiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchaga ega.«Категория» darchasida 11 ta funktsiyalarning kategoriyalari berilgan.Funktsiyalardan biri tanlansa, «Выберитефункцию» muloqot oynasida shu fonktsiya kategoriyasiga tegishli ro‘yxat chiqadi. Ruyxatlar darchasidan funktsiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro‘yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot paydo bo‘ladi. Bu quyidagi rasmda keltirilgan:
Funktsiyalar tanlangandan so‘ng «Ok» tugmasini bosing.
Ish kitobi va ish varao‘ida natijalarni tekshirish uchun tajriba uchun biror funktsiyani hisoblab ko‘ring.
«Мастерфункций» bilan ishlash haqida tavsiyanomalar:
Agar tanlangan funktsiya haqida qo‘shimcha ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, unda sichqoncha ko‘rsatkichini «Справка» (Ma’lumot) tugmasiga olib borib bosing.
Yangi funktsiyani kiritishda «Мастерфункций» avtomatik ravishda qator boshiga «=» (teng) belgisini qo‘yadi.
«Мастерфункций» ni chaqirishda yacheyka bo‘sh bo‘lmasa, unda yacheykadagi ma’lumotlar o‘chirib tashlanadi.
«Мастерфункций» ni mavjud bo‘lgan formulaga yangi funktsiyani kiritishda qo‘llash mumkin. Buning uchun formulani tahrirlashda funktsiya kiritilishi kerak bo‘lgan joyga kursorni qo‘yish, keyin esa kiritishni amalga oshirish uchun «Мастерфункций» ni ishga tushirish kerak.
Nazorat uchun savollar:
Elektron jadvallar qanday masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan?
Excelning asosiy tavsiyanomasi qanday bo‘limlarni o‘z ichiga oladi?
Ma’lumotlarni tartiblash usullari.
Jadvalni formatlash turlari?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
B.Mo‘minov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-bo‘stoni”, 2014 y.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O’zbekiston”, 2001 y.
A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.
A.Norov, L.Safarov, B.Shovaliyev. Informatika va informatsion texnologiyalardan laboratoriya ishlari. -Qarshi “Nasaf’ nashriyoti, 2004.
www.ziyonet.uz - ZiyoNet axborot ta’lim portal
Do'stlaringiz bilan baham: |