Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
miloddan avvalgi III ming yillikning
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
miloddan avvalgi III ming yillikning birinchi yarmiga tegishli bo‘lgan Lagash bilan Umma shaharlari o‘rtasida yuz bergan chegara mojarolarini aks ettirgan ikkita loy silindrlarga bitilgan yozuvlar hisoblanadi. Bundan tashqari miloddan avvalgi XXIII asrda Aqqod podshosi bilan Elam podshosi o‘rtasida imzolangan teng huquqli Shartnoma hamda Mari podshosi Zimrilim saroyi xarobalarini qazish vaqtida (II ming yillik boshlarida) topilgan arxivda ham muhim diplomatik hujjat mavjud. Arxivda Bobil, Mari davlat arboblarining Suriya va Finikiya hokimlari o‘rtasidagi juda ko‘p yozishmalari saqlangan. Mesopotamiya hududidagi davlatlarning miloddan avvalgi II ming yillik tarixi va o‘sha davr xalqaro munosabatlarini o‘rganish 1 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма «Восточная литература» РАН 2002 128 uchun favqulodda ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat qadimgi Misrda topilgan El - Amarna arxividir. Bunda Mitanni, Ossuriya, Bobil podsholarining Misr fir'avnlari Amenxotep III va Exnatonga yozgan maktublari saqlangan. 1955-yilda topilgan Ossuriya podshosi Asarxaddon bilan unga tobe Midiya hukmdorlari o‘rtasida imzolangan Shartnoma hamda Ashshurbanipalning Bobil shahri bilan olib borgan muzokaralari bayoni ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shumer, Aqqod, Bobil, Ossuriya va boshqa davlat hukmdorlarining tarixiy bitiklari muhim manba hisoblanadi. Miloddan avvalgi XXV asrda Lagash davlatining oyoqqa turishi, tashqi siyosati, qudratli qo‘shnisi Umma davlati bilan olib borgan keskin kurashlari Eannatum bitiklarida keng yoritilgan. Miloddan avvalgi VIII - VII asrlarda Sargoniylar sulolasi podsholari zamonida yozilgan bitiklar faqat tarixiy tusga ega bo‘lmay, shu bilan birga adabiy-tarixiy asar ham hisoblanadi. Ular chiroyli uslubi, original va mazmundorligi, voqyealarni batafsil tasvirlashi bilan ajralib turadi. Ana shunday bitiklardan biri “Sargon II ning xudo Ashshurga yozgan maktubi” o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Tarixda yangi Bobil podsholarining 140 dan ziyod bitiklari mavjud. Bularning aksariyat qismi mashhur Navuxodonosor II va Nabonidga tegishli. Ularda harbiy yurishlar, saroy, ibodatxona, shahar qurilishlari, sovg‘alar, qurbonliklar va boshqalar haqida tarixiy ma'lumot beriladi. Ayniqsa, podsholarning diniy yozuvlari jiddiy ahamiyatga ega. Bu yozuvlar ibodatxona, xudo va podsholarga bag‘ishlab yozilgan madhiyalardan iborat. Miloddan avvalgi VIII-VII asrga oid Nineviya, Kalxu va boshqa shaharlarda 1,5 mingdan ortiq ana shunday bitik topilgan. Bundan tashqari qadim zamonlarda Shumer, Bobil, Ossuriya hukumdorlariga oid ro‘yxatlar ham tarixiy asar hisoblangan. Ana shu ro‘yxatlar yordamida qadimgi Mesopotamiya podsholarining yashagan, hukmronlik qilgan va taxtdan tushgan vaqtlarini aniq bilish mumkin. Antik mualliflar Mesopotamiyaning tabiati, ob-havosi, aholisi, diniy qarashlari, urf-odatlari, madaniyati, tarixi haqida o‘ziga xos ma'lumotlarni berishadi. Yunon tarixchisi Gerodot o‘z asarlarida 129 qadimgi Mesopotamiya haqida batafsil ma'lumot beradi. U bu mamlakat bo‘ylab sayohat qilgan. Gerodot asarlari asosini muallifning kohin, zodagon, tarjimonlardan eshitgan hikoyalari tashkil qiladi. Uning Mesopotamiya haqidagi hikoyalari o‘ta nodir, chunki u sayohat vaqtida ko‘rgan, bilgan va eshitganlarini yozgan. Geograf Strabon Gerodotdan so‘ng 500 yil o‘tgach Mesopotamiyaga ta'rif beradi 1 . Uning “Geografiya” asari Mesopotamiya to‘g‘risida qiziqarli materialga boy manbadir. Gerodot zamondoshi, ko‘p yillar Eronda yashagan Knidlik Ktesiy ham o‘zining “Eron tarixi” nomli 22 kitobini Mesopotamiyaga bag‘ishlagan. Biroq uning bu tarixiy asari ko‘proq an'anaviy afsonalarga asoslangan bo‘lib, voqyealarni yoritishda ko‘plab xatolar va buzib ko‘rsatishlarga yo‘l qo‘yilgan. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda yashagan yunon tarixchisi Ksenofont Mesopotamiyada bo‘lib, u ham o‘zidan so‘ng “Kiropsidiya” va “Anabasis” asarlarini qoldirgan. Unda muallif Dajla va Frot daryolari vodiylarida yashagan xalqlar, ularning urf-odatlari haqida ancha-muncha narsalarni yozadi. Iosif Flaviy o‘zining “Qadimiy Iudeya” asarida Ossuriya bilan Bobilning Falastin davlati bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini yoritadi. Rim tarixchisi Pompey Trogning kitobida Mesopotamiya tarixi to‘g‘risida qator ma'lumotlar mavjud. U Bobil va Ossuriya tarixini an'anaviy afsonalarga asoslangan holda tasvirlaydi. Pompey Ossuriyaning bosqinchilik siyosati sabablari, qadimda yirik imperiyalarning vujudga kelish Sharoitlari, bosib olingan yerlarni boshqarish usullari, yirik imperiyalarning halokatga uchrashi sabablarini tushuntirishi katta qiziqish uyg‘otadi. Mesopotamiya tarixi haqida yunon mualliflari Xeril, Kratet, Mark Anney va Lukan kabi Rim shoirlari ham o‘z asarlarida muayyan ma'lumotlar keltirganlar. Mixxat yozuvlari va ularning ahamiyati. Mesopotamiyaning qadimgi yodgorliklari bilan yaqindan tanishish maqsadida XVIII asrda Daniya olimi K.Niburo ilmiy maqsadda birinchi marta 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 130 Mesopotamiyaga sayohat qildi, bu yerdagi moddiy yodgorliklar bilan tanishib, ulardan nusxalar ko‘chirdi. 1802-yilda nemis olimi, falsafa va qadimiy tillar o‘qituvchisi G.F.Grotefend mixxatlarni deshifrovka qilish sohasida katta ish qildi. U Persepol mixxatlari sirini ochib, ularning Ahamoniylar sulolasi podsholariga tegishli ekanligini aniqladi. Grotefend 13 fors mixxat belgilarini aniqladi. XIX asrning 30-40-yillarida Yaqin Sharqda uzoq vaqt ishlagan ingliz zobiti va diplomati G.Roulinson mixxatlar ma'nosini ochishga katta hissa qo‘shdi. U Hamadon yaqinida joylashgan Behistun qoyasiga Eron podshosi Doro I tomonidan bitilgan ko‘plab yozuvni o‘qishga muyassar bo‘ldi. 1847-yilda Roulinson ulardagi 600 belgidan 250 tasini aniqlab, 1855-yilda Behistun mixxatlarining elam tilida yozilgan uchinchi qismining ma'nosini anglashga musharraf bo‘ldi 1 . Qator fransuz olimlari, chunonchi, F. de Solsi, J. Oppert hamda irlandiyalik E.Xinks va boshqalar Aqqod mixxatlarini tadqiq etdilar. Ularni o‘qishda ingliz olimi E.Norris, daniyalik N.Vestergard ishtirok etishdi. Bu ishlar natijasida ossuriologiya fanida yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi. Mesopotamiya mixxatlar tizimidan bobilliklar, shumerliklar, ossuriyaliklardan tashqari hurritlar, keyinchalik, elamiy, xett va urartuliklar foydalanishgan. Yuqorida zikr etilgan kashfiyotlar tufayli ossuriologiya fanidan shumerologiya, elamitologiya, xettologiya kabi sohalar paydo bo‘ldi. Mixxat ma'lumotlarini mustaqil o‘rgangan Britaniya muzeyi naqqoshi J. Smitning nomi tarixda buyuk olim sifatida qoldi. U mixxat usulida yozilgan ko‘plab adabiy asarlar, ilmiy, diniy matnlarni, Aqqod tilida yozilgan xo‘jalikka oid hujjatlarni topdi va tarjima qildi. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida nemis olimi K.Betsold besh tomlik mixxat taxtachalari katalogini nashrdan chiqardi. E.Shreder esa - olti tomlik ossur - bobil matnlari to‘plamini chop etdi. XIX asrning oxirida Mesopotamiya tarixini o‘rganish sohasida katta ilmiy ishlar yuzaga keldi. 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 131 Xorijiy mualliflarning tarixiy asarlari. Mesopotamiyadagi ichki siyosiy voqyealarni hamda tashqi siyosat tarixini o‘rganishga ko‘plab chet ellik olimlar, chunonchi, D.O.Edsard, R.Borger, A.Fine va boshqalar katta hissa qo‘shdilar 1 . Mesopotamiyaning siyosiy davlat tuzumini o‘rganishda Daniya- Amerika shumerologi T.Yakobsenning “Qadimgi Mesopotamiyada ibtidoiy demokratiya” va «Mesopotamiyaning ilk siyosiy taraqqiyoti» mavzusidagi asarlari alohida o‘rin tutadi. Chet el olimlari qadimgi Mesopotamiya madaniyati va dinini o‘rganishga katta e'tibor berib, jumladan, K.Betsold, B.Maysner, F. Delich, G.Vinkler, G.Shmekel, S.Kramer kabi tadqiqotchilar o‘z ishlarida Mesopotamiya madaniyatining turli jihatlarini: uning vujudga kelishi muammolari, shumerliklar, bobilliklar va ossuriyaliklarning qadimgi Sharq xalqlari madaniy rivojiga qo‘shgan hissalarini yoritib berdilar. G‘arb va Amerika olimlari qadimiy Mesopotamiya huquqshunosligini o‘rganishga ham salmoqli hissa qo‘shdilar. Bu sohada - V.Sheyl, G.Koler, F.Payzer, G.Vinkler kabi tadqiqotchilar jiddiy ishlarni amalga oshirishdi. Mesopotamiya tarixini o‘rganishga rus shumerolog, ossurolog olimlari ham o‘z ulushlarini qo‘shdilar. Mashhur rus olimi M.V.Nikolskiy rus ossurologiyasiga asos solib, 1908-1915-yillarda ikki tomdan iborat “Eng qadimgi Xaldeyada xo‘jalik hisobotlariga oid hujjatlar” nomli ilmiy asarini nashr etdi. Bu kitobda Nikolskiy xo‘jalikka oid 500 dan ziyod hujjatlarni (miloddan avvalgi III ming yillikka doir) tahlil qildi. B.A.To‘rayev “Qadimgi Sharq tarixi” nomli yirik asarini nashr etdi. XX asrning 20-60-yillarida akademiklar N.M.Nikolskiy, A.I.Tyumenev, V.V.Struve va boshqalar Mesopotamiya tarixi, uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, xususiy mulk muammolari, davlat tuzumi va boshqa sohalarni o‘rganish borasida katta ishlar qilishdi. I.M.Dyakonovning ilmiy faoliyati markazida Mesopotamiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o‘rganish turadi. I.M.Dyakonov 1967-1968-yillarda 1 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма «Восточная литература» РАН 2002 132 “Xususiy mulk muammolari”, “Iqtisodiyot muammolari haqida” deb nomlangan nazariy maqolalarni chop etdi 1 . XX asrning 50-70-yillarida Mesopotamiyani tadqiq etish yuksak darajaga ko‘tarildi. 1971-yilda yirik olim M.A.Dandamayevning “Vaviloniyada quldorlik” nomli fundamental asari bosmadan chiqdi. Mashhur olim M.Ye.Masson Mesopotamiyada ibtidoiy jamoadan ilk sinfiy jamiyatga o‘tish muammolari bilan shug‘ullandi. N.B.Yankovskaya, R.A.Gribov, N.V.Kozireva, V.I.Avdiyev va boshqalar Mesopotamiya tarixi va madaniyatining turli jihatlarini tadqiq qilishga yirik hissa qo‘shishdi. Miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklarda Mesopotamiyada turli madaniyat o‘choqlari paydo bo‘la boshlaydi. III ming yillik boshlarida turli tillarda so‘zlashuvchi etnik guruhlar, shahar - davlatlar vujudga keladi. Qadimgi Mesopotamiyada yashagan xalqlar, etnik guruhlar o‘ziga xos noyob madaniyatga, din, urf- odatlarga ega bo‘lganlar. Ularning bir-birlari bilan aralashib, o‘zaro ta'sir ko‘rsatishlari natijasida Mesopotamiya sivilizatsiyasi vujudga keladi. Uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida Mesopotamiya mintaqasi xalqlari turli-tuman etnik guruhlar madaniyatini rivojlantirishda generator rolini o‘ynagan. Ana shunday qadimiy madaniyatlardan biri Ossuriya madaniyatidir. Ossuriya davlati paydo bo‘lish (miloddan avvalgi XX-XVI asrlar), rivojlanish (miloddan avvalgi XV-XVI asrlar), gullab - yashnash (miloddan avvalgi X-IX asrlar) hamda yemirilish (miloddan avvalgi VIII-VII asrlar) jarayonlarini boshidan kechirdi. Ana shu tarixiy jarayonlar davomida Ossuriya madaniyati va mafkuraviy hayoti shakllandi va rivojlandi. Ossuriya madaniyati Mesopotamiyada yashagan qadimgi xalqlar, ayniqsa, Shumer, Aqqod va Bobil madaniy meroslari bilan bog‘liq holda rivojlandi. Ossuriyaning mafkuraviy hayoti ham Mesopotamiyada yashagan qadimiy xalqlarning diniy qarashlari, aqidalari, urf-odatlari, rasm-rusumlari ko‘p xudolik tamoillariga asoslangan edi. Din va diniy qarashlarda, aqidalarda fol ochish, tush ko‘rish, oldindan aytib berish - bashorat qilish kabilarga ishonish 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 Qadimgi Ossuriya madaniyati 133 muhim o‘rin egallagan. Qadimgi Ossuriyaliklar turli kasalliklarni oldini olish, baxtsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik, notavonlikni oldini olish maqsadida turli diniy urf-odatlarga, afsonalarga ishonishar va amal qilishar edi. Diniy aqidalar, qarashlarni shakllantirish va mustahkamlashda turli xudolar (Yer, Suv, Quyosh, hosildorlik va hokazolarga ishonish) va ibodatxonalar ilohiylashtirilgan, podsholar, tabiat hodisalari muhim rol o‘ynagan. Umuman olganda ossuriyaliklar ikkinchi ming yillikda (xristian erasidan oldin) adabiyot, ilm-fan, san'at soxasida amalda original biror narsa yaratishmagan. Ular bobil va xurrit - xettlarning bu sohada erishgan yutuqlarini to‘la-to‘kis qabul qilishgan. Ularda badiiy adabiyot bo‘lmagan. O‘sha davrning eng qiziq muhim tarixiy va ijtimoiy-madaniy yodgorliklaridan biri “O‘rta Ossuriya qonunlari” hisoblanadi. U aslida davlat qonunlari bo‘lmay, aksincha, o‘ziga xos huquq majmualari, qonuniy normalar va hujjatlarning ilmiy to‘plamidan iborat, xolos. “O‘rta Ossuriya qonunlari” Ashshur jamoasining amaliy ehtiyojlariga javob berish maqsadida tuzilgan. Bu qonunlardan jami bo‘lib 14 ta taxtacha va lavha saqlanib qolgan. Masalan, “A” harfi bilan belgilangan taxtachada (ellik to‘qqizta paragraf bor) erkin ayollarning huquqiy holatining turli jihatlari, ularga belgilangan jazolarning (agar ular huquq normalarini buzishsa, jinoyat sodir qilishgan bo‘lsa) turli xillari aks ettirilgan. Bu qonunlar miloddan avvalgi XIV-XIII asrlarga tegishli bo‘lib, Ossuriyada huquqiy tafakkurning ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ossuriyaning mafkuraviy hayotida qadimgi xalqlar tomonidan ishlab chiqilgan turli-tuman afsonalar tizimi ham jiddiy ahamiyat kasb etgan. Bu afsonalarda real hayot va borliqning ko‘plab muhim falsafiy masalalari, jumladan, olamning paydo bo‘lishi, insonning yaratilishi haqidagi g‘oyalar ilgari surilgan. Ossuriyaliklar qadimgi Mesopotamiya xalqi dinining ko‘p jihatlari, mixxatlar tizimi, adabiy asarlari, san'ati hamda ilmiy bilimlarini o‘zlashtirishgan. Shuningdek, Ossuriyaliklar qadimgi shumerliklardan ba'zi bir xudolarning nomi va ularga ishonishni qabul qilishgan. Ibodatxona va qasrlar qurishda shumerliklarning turli me'moriy shakllaridan, hatto qurilish materiali-g‘ishtdan foydalanishgan. 134 Miloddan avvalgi 729-yilda Ossuriya podshosi Tiglatpalasar III tomonidan Bobilning butunlay bosib olinishi 1 va uni Ossuriya davlati tarkibiga kiritilishi tufayli Bobil madaniyatining Ossuriya madaniyatiga ko‘rsatgan ta'siri kuchaydi. Ossuriyaliklar bobilliklardan o‘sha davrda keng tarqalgan diniy asarlar, jumladan, olamning yaratilishi haqidagi epik poema va qadimgi xudolar - Enlil va Mardukka bag‘ishlangan madhiyalarni o‘rganishgan. Bundan tashqari, ossuriyaliklar bobilliklardan davlatni boshqarishdagi ba'zi jihatlarni, o‘lchov va pul tizimini, Hammurapi zamonida ishlab chiqilgan huquqlarning ko‘p o‘rinlarini qabul qilishgan edi. Ossuriya madaniyati yuksalgan davrini Ossuriya hukmdori Ashshurbanipal saroyining vayronalari ostidan topilgan “Ashshurbanipal” kutubxonasi misolida ko‘rish mumkin. Kutubxonada juda ko‘p turli-tuman diniy yozuvlar, adabiy asarlar, ilmiy matnlar bo‘lgan. Bular orasida astronomiya kuzatuvlari, tibbiyotga oid matnlar, grammatika va leksikaga oid ma'lumotnomalar, shuningdek, yer hamda qullarning soni, soliqlar, harbiy hizmatga jalb qilish xaqidagi ma'lumotlar alohida ahamiyatga ega. Ossuriyalik mutaxassislar - mirzalar (kotiblar) shohning ko‘rsatmasiga binoan, turli-tuman adabiy asarlarni, qadimgi yozuvlarni diqqat bilan tartibga solishgan, qadimgi Sharq xalqlari madaniy durdonalar xazinalarini kutubxonaga to‘plashgan. Mirzalar o‘ziga to‘q kishilar bo‘lgan. Mirzalik unvonini egallash osonlikcha bo‘lmagan. Bu kasbni egallash uchun ko‘p vaqt va mashaqqatli mehnat talab qilingan. Chunki mixxatlarni yozish hamda ularda o‘ziga xos ma'no va mazmunlarni ifoda etish oson kechmagan. Shuning uchun mirzalar jamiyatning Yuqori tabaqalari safidan joy olgan. Mirzalarning yeri, mol-mulki bo‘lgan. Shohdan mukofotlar - turli hadya va tortiqlar olishgan. Ossuriyaliklarning me'morchilik sohasida erishgan yutuqlarini podsho Ashshurnazirpalning Kalahda hamda podsho Sargon II hukmdorlik davrida Durr - Sharrukinda (hozirgi Xorsobod) barpo etilgan qasr vayronalarida ko‘rish mumkin. Sargon II barpo etgan saroy 210 ta zal va 30 hovlidan iborat bo‘lgan. Hashamatli saroyning 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 135 kiraverishida odam kallasi tasvirlangan qanotli buqa yoki sherlarni aks ettirgan juda katta bahaybat haykallar o‘rnatilgan. Ossuriyada qurilgan qasrlar, saroylar Ossuriya me'morchiligining mahobatli haykaltaroshlik, badiiy relyeflar hamda nafis naqshlar bilan uyg‘unlashib ketganligidan darak beradi. Saroy zalining devorlari saroy hayotini, urushlar va ovlarni aks ettirgan turli - tuman naqshlar bilan bezatilgan. Bularning hammasi ulkan harbiy davlatni boshqargan podsholarni ulug‘lashga xizmat qilgan va Ossuriya davlati qudratini namoyish qilishga qaratilgan. Qasr va saroy devorlariga solingan ajoyib naqshlar, yovvoyi hayvonlar ovini aks ettirgan sahnalar Ossuriya san'atining ravnaq topganligini ko‘rsatadi. Ossuriya haykaltaroshlarining yovvoyi hayvonlarni haqqoniy qilib jonli tarzda tasvirlashlari kishilarni hayratda qoldiradi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qadimgi Sharq mamlakatlari tarixi va madaniyatini o‘rganishda manbashunoslik va tarixnavislik fanlarining ahamiyati va ularning farqi nimada? 2. Qadimgi Mesopotamiyani o‘rganishda qanday manbalar ustuvor ahamiyatga ega? 3. Qadimgi Bobil yozuvi qanday paydo bo‘lgan? 4. Qadimgi Bobilning ijtimoiy-siyosiy hayotida din qanday rol o‘ynagan? 5. Ossuriya madaniyatining rivojlanish jarayonlarini ayting. 136 8-mavzu.Yaqin Sharqda Qadimgi davlatlar: Xettlar davlati, Falastin, Frigiya va Lidiya, Finikiya davlatlarining vujudga kelishi. Reja: 1. Qadimi Xett davlati. 2. Qadimgi Falastin davlati. 3. Qadimgi Falastin madaniyati. 4. Qadimgi Finikiya davlati. 5. Qadimgi Suriya davlati. Tayanch iboralar: Anitta”dengiz xalqlari” “tosh uylar” “iyexer” “Dovud shahri” “Vasiyatlar qutisi” “Tavrot” Tir – Sidon “Kart Xadaiy” “Rosh-Melkart”, “Melkart boshi”, Tingiz, Selis, Adonis, “Ipuver (Ipuser) nasihati”, “mushklar davlati”, Ardis, Aliatt, Krez, likiya, kilikiya. Xett davlatining vujudga kelishi, rivoji, buyuk davlatga aylanishi tarixi ikki davriy bosqichdan iborat: 1. Qadimgi Xett saltanati (miloddan avvalgi XVIII-XVI asrlar) davri. 2. Yangi Xett saltanati (miloddan avvalgi XIV-XIII asrlar) davrida Buyuk Xett davlati. Miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Kichik Osiyoda, qabilalar ittifoqi asosida hududiy jihatdan uncha katta bo‘lmagan shahar - davlatlar vujudga keldi. Bu davlatlar safiga Kanes, Kussar (Kushshar), Burusxand (Burushxand), Nesa (Nesha), Xalpa (Zalpuva) va Xattusa (Xattushash) shaharlari kirardi. Bunday shahar - davlatlar shakllanishida Kichik Osiyoda miloddan avvalgi XX-XVIII asrlarda paydo bo‘lgan savdo koloniyalari muhim rol o‘ynagan. Xalqaro savdo aloqalari shu kabi koloniyalar orqali amalga oshirilar edi. Savdo ishlarida oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, mis kabi tabiiy boyliklar asosiy o‘rin tutgan. Xalqaro savdo aloqalari - Kichik Osiyoning iqtisodiy rivojida muhim omil bo‘lgan. Shuningdek, bu yerda sudxo‘rlikning turli shakllari mavjud bo‘lgan. Shahar-davlatlar shohlar tomonidan boshqarilishiga qaramay, ularning ichki ishlari ozod aholining umumiy majlislarida hal qilingan. Ozod aholi o‘rtasida boy savdogarlar, sudxo‘rlar katta mavqyega ega bo‘lgan. 137 Kichik Osiyoda ilk bor alohida yirik davlat tuzishga intilish miloddan avvalgi XVIII asrning birinchi yarmidan boshlanganini ko‘ramiz. Kussar shahri hokimi Pitxan (Putxan) qo‘qqisdan tunda Nesa shahriga hujum qilib uni bosib oladi. Pitxanning vorisi shoh Anitta poytaxtni Nesaga ko‘chirib, bu yerda istehkomlar, ibodatxonalar barpo etadi. Ko‘p o‘tmay, Xalpa shiddatli janglardan so‘ng, Xattusa shahrini bosib oladi. Bundan xabar topgan Burusxand shahri hokimi Anittaga o‘z xohishi bilan taslim bo‘ladi va taxtni topshiradi. Tez orada Kanes shahri ham Anitta ixtiyoriga o‘tadi. Shunday qilib, Anitta yirik davlat hokimi - shohi bo‘lib qoladi. Tadqiqotchilar bu davlatga Qadimgi Xett saltanati deb nom berganlar Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling