Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Miloddan avvalgi 326 yili iyul oyida
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi 317-yilda
- Chandraguptaga qo‘l keladi. Miloddan avvalgi 317 yilda
- Chandragupta
- Chandragupta Selevkka 500
- «yunonlarni hurmat qilgan hukmdor»
- (miloddan avvalgi 317-293) boshqargan. So‘ng taxtga uning o‘g‘li Bindusara
- «Sharqiy okeandan G‘arbiy okeanga»
- Dionis
- Afiniy
- «Sakkiz yil ichida shoh Piyadasi tomonidan Kalinga bosib olindi. 150 ming kishi asir olindi. 100 ming odam qatl etildi. Bundan ham ko‘prog‘i urushda
- Ptolemey
- Mauriylar
- Chakravartin g‘oyasi bilan birlashgan imperiya tayanchi bo‘lib qoldi. Ashokaning
- Ashoka farmonlarida imperiya chegaralari bo‘ylab joylashgan Janubiy Hindiston davlatlari - Panda, Chola, Chera, Satyaputra va Keralaputralar sanab o‘tiladi. Megasfenning
- II-III asr
- «Janubiy mamlakat sohibi»
- Fa Syan
Miloddan avvalgi 326 yili iyul oyida Gidasp daryosi qirg‘og‘ida bo‘lgan jang Iskandarnning Hindiston yurishi tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Hind shohlari qo‘shini nafaqat miqdor, balki mahorat bobida ham ajralib turardi. Arrianning ma'lumot berishicha, hal qiluvchi jangda 4000 suvoriy, 300 harbiy arava, 200 fil, 30000 ming piyoda qo‘shin qatnashgan. Iskandar hiyla yo‘li bilan birinchi hamladayoq Po‘rularning harbiy aravalarini tor-mor qildi. Porning asosiy kuchlari bilan jang kun bo‘yi davom etdi va oqibatda Po‘rularning deyarli butun harbiy qo‘shini qirib tashlandi. Po‘rular shohining jasorati Iskandarni hayratga soldi va u hukmdor jonini saqlab, hokimiyatini ham uning ixtiyorida qoldirdi. Yunon-makedon qo‘shinlarining ayrim qismlari bir necha yilgacha Hindistonda qolib ketdi. Ba'zi viloyatlarda ularning hukmronligi oz muddat davom etdi. Miloddan avvalgi 317-yilda Iskandarning noiblaridan Evmen boshchiligidagi qo‘shin Hindiston hududini tark etdi. Hind tarixiy manbalariga qaraganda, Nandalar kshatriylarni tugatib, taxt tepasiga kelgan shudralar avlodidan hisoblanadi. Nandalar sulolasiga Maxapadma asos solgan. Brahman manbalar bo‘lmish puronlarda Nandalar yomon fazilatli va pastkash deb ta'riflanadi. Bu ta'rif antik mualliflar asarlarida ham saqlanib qolgan. Tarixchi Plutarx so‘ziga binoan o‘sha davrda Pataliputra 1 The Cantino Planisphere, http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/0/07/ Cantino Planisphere.png, accessed 29 March 2011. 203 taxtida «zoti past hukmdor» o‘tirgan. Jayn asarlarida aytilishicha, Nandalarning ko‘pchiligi jaynizm diniga e'tiqod qilganlar. Bindusara va Chandragupta hukmronligi. Bir qancha olimlar buddizm manbalari va hind an'analarini o‘rganib chiqib, Chandragupta Magadxa kshatriylari sulolalaridan biri - mauriylarga mansub degan xulosaga keldilar. Shoh yoshligida ustozi va maslahatchisi Kautilya (boshqa manbalarda Chanakya) bilan uchrashgan. Magatxa taxtini o‘z qo‘liga olish rejasini Taksilada tuzganligi haqida qaydlar mavjud. Qadimgi manbalarda ko‘rsatilishicha, Chanakya Taksila brahmanining o‘g‘li bo‘lgan. Shri-Lanka yilnomasi orqali Chandragupta tahsil olishni tugallab, Chanakya bilan birga qo‘shin to‘plagani bizga ma'lum. Ular turli tumanlardan askar yollab, qisqa vaqt ichida katta qo‘shin to‘plaganlar. Hind manbalarida aytilishicha, Chandraguptaning taxtni egallash niyati amalga oshgach, u shoh Por bilan ittifoq tuzadi. Chandragupta va Por birgalikdagi g‘alabadan so‘ng imperiyani bo‘lib olishga kelishganliklari haqida ma'lumotlar saqlangan. U davrda Hindistonda Iskandar qo‘shini kuchli mavqyega ega bo‘lgani sababli yunon- makedoniyaliklarga qarshi kurashish amri mahol bo‘lgan. Vaziyat qisqa fursatda o‘zgarib, Iskandar o‘z qo‘shini bilan mamlakat hududini butkul tark etadi. Istilo qilingan yerlar esa satraplar hamda hind hukmdorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Keyingi voqyealar keskin tus oladi. Makedoniyaliklarga qarshi kurash, satraplarning o‘zaro to‘qnashuvlari, Filippning o‘ldirilishi, ularning vaqtincha Evdem va Ambxi hukmiga berilishi, va nihoyat, Iskandarning vafoti siyosiy maydonda o‘z aksini topadi. Panjobdagi vaziyat qo‘shini tobora kuchayib borayotgan Chandraguptaga qo‘l keladi. Miloddan avvalgi 317 yilda Evdem Porni sirli ravishda o‘ldiradi va uning jangovar fillarini olib, Hindistonni tark etadi. Porning o‘limi bilan Hindiston qudratli hukmdordan judo bo‘ladi. Qotillik Chandraguptaning ishtirokisiz yoki xohishisiz amalga oshmaganligi ayon. Asosiy e'tibor endi bir qancha davlatlar ittifoqiga tayangan holda, Magadxa taxtini egallashga qaratilgan edi. Hindistonda yunonlarga qarshi kurash, asosan, Iskandar o‘limidan keyin boshlandi. Mauriylar imperiyasining tashkil topishi. 204 Chandragupta miloddan avvalgi 317 yildan keyin toju taxtga ega bo‘ldi. Yustin, Strabon, Plutarx va boshqa yunon mualliflarining asarlarida Chandraguptaning Makedoniyalik Iskandar lashkarboshisi Selevk bilan o‘zaro aloqalari haqida aytiladi. Ularning o‘zaro to‘qnashuvlaridan so‘ng tinchlik o‘rnatish maqsadida Selevk Chandragupta saroyiga elchi Megasfenni yo‘llaydi. Ikki o‘rtada tuzilgan sulhga binoan Chandragupta Selevkka 500 jangovar fil taqdim etgan. Mauriylar ixtiyoriga esa Paropamisada, Araxosiya va Gedrosiya (hozirgi Pokiston va Eron hududida) o‘tadi. Bu voqyea Megasfenning «Indika» asarida o‘z aksini topgan. Bizga bu asarning ayrim parchalarigina yetib kelgan. Antik mualliflardan Diodor Chandraguptani «yunonlarni hurmat qilgan hukmdor» deb tasvirlaydi. Chandragupta davlatining poytaxti Pataliputra bo‘lgan. Uni antik mualliflar katta, go‘zal va hashamatli shahar deb tasvirlaydilar. Chandragupta Hindistonning eng mashhur shohlaridan bo‘lib, turli afsonalar, rivoyatlar turkumi uning nomi bilan bog‘liq. Chandragupta taxtni taxminan 24 yil (miloddan avvalgi 317-293) boshqargan. So‘ng taxtga uning o‘g‘li Bindusara o‘tiradi. Qadimiy rivoyatlarda u «o‘z dushmanlariga qiron keltiruvchi 1 » nomini olib, miloddan avvalgi 293-268 yillarda hukmronlik qilgan. Shu bilan birgalikda Bindusaraning Janubiy Hindiston xalqlari bilan aloqalari haqida mavjud ma'lumotlar ham ahamiyatga ega. Bindusara 16 poytaxt - shaharni egallab, davlati hududini «Sharqiy okeandan G‘arbiy okeanga» qadar yoydi. Yunon va Rim mualliflari Mauriy shohining Misr va Selevk imperiyalari bilan o‘rnatgan diplomatik munosabatlari haqida ma'lumotlar qoldirganlar. Strabon Mauriy elchilari haqida yozib qoldirgan. Pliniy elchi yo‘llagan Misr shohining ismini Filadef deb ataydi. Bindusara hududiga Megasfendan so‘ng elchi Dionis yuborilgan. Antik davri tarixchilaridan Hindistonning bu hukmdori G‘arb bilan aloqani kuchaytirib, Chandragupta siyosatini davom ettirgani ma'lum. 1 Ferro M., The Use and Abuse of History, or how the past is taught to children, London - New York 2003. History of the Communist Party of the Soviet Union (Bolsheviks), Short Course, 1939, URL http://www. marx2mao.com/Other/HCPSU39NB.html, accessed on 23 March 2011. 205 Yunon tarixchilaridan Afiniy Selevk shohi Antiox bilan Bindusaraning bir-biriga maktub yo‘llaganini qayd etadi. Hind shohi Antioxdan o‘z saroyiga shirin musallas, quritilgan xurmo va shu bilan birga faylasuf yuborishini iltimos qiladi. Antiox xatga javoban xurmo bilan musallas yuborishimiz mumkin, ammo bizda faylasuflar sotilmaydi, deb yozadi. Turli manbalarda Bindusara davlatida braxman diniga e'tiqod qilinganligi ta'kidlangan. Bindusara vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari orasida taxt uchun kurash boshlanib, pirovardida Pataliputra taxtini Ashoka egallaydi. Ashoka imperiyasi. Ashoka davrida mauriylar sulolasi buyuk qudratga ega bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Ashoka hokimiyat uchun uzoq vaqt kurash olib borgan. Shu sababli u toj kiyish marosimini hokimiyatni qo‘lga olganidan 4 yil keyin o‘tkazgan. Mauriylar imperiyasi qadimgi Hindistonning mashhur davlat arboblaridan biri, sulolaning uchinchi hukmdori Ashoka davrida gullab yashnadi. Uning davrida imperiya hududi shimolda Kashmir va Himolay, janubda Maysurgacha, shimoliy-g‘arbda hozirgi Afg‘onistondan Sharqda Bengal ko‘rfazigacha yoyilgan edi. Imperiya G‘arb va Sharq mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Bu davlat o‘sha davrning yirik imperiyasiga aylanib, shon-shuhrati olamga yoyildi. Mamlakatda budda dini ham rivoj topdi. Bizgacha yetib kelgan Ashoka farmonlarida mauriylar siyosati, imperiyani boshqarish usullari va o‘sha davr tarixi haqida muhim ma'lumotlar bor. Farmonlarda mauriy shohi «Piyadasi Devanampiya» deb ataladi. Bu nom sanskritcha «Xudoga maqbul hukmdor» ma'nosini bildiradi. Piyadasi Ashokaning shaxsiy ismi bo‘lganligi ehtimoli ham mavjud. Ashoka ismi esa «g‘amdan xoli» degan ma'nosini bildirib, Kosambi o‘z monografiyasida Ashoka yoki Asoka nomini «g‘am bilmas» deb tarjima qiladi. Shri-Lanka yilnomalariga ko‘ra Ashoka 37 yil, Purana ma'lumotlariga ko‘ra 36 yil davomida hukmdorlik qilgan. Uning davrida Bengal ko‘rfazining janubiy sohilidagi Kalinga davlati bilan bo‘lgan urush eng katta hodisa bo‘lgan. Shoh bu to‘g‘rida quyidagilarni o‘n uch qoyaga o‘ydirib yozdirgan: «Sakkiz yil ichida shoh Piyadasi tomonidan Kalinga bosib olindi. 150 ming kishi asir olindi. 100 ming odam qatl etildi. Bundan ham ko‘prog‘i urushda halok bo‘ldi». Kalinga qo‘lga kiritilishi bilan mauriylar imperiyasi 206 yanada qudratli bo‘ldi. Bu hudud nafaqat strategik jihatdan, balki savdo-sotiq nuqtai nazaridan ham qulay edi. Kalinga urushidan so‘ng Ashoka faol tashqi siyosat yuritdi. Katta qudratga ega Ashoka ba'zan harbiy kuch, ba'zan siyosiy usullar bilan g‘alabaga erishgan. Zabt etilgan yurtlarga maxsus elchilar yo‘llab, mahalliy hukmdorlarga ulkan va'dalar bergan. Rus olimi G.M.Bongard-Levin uzoq izlanishlardan so‘ng Ashokaning budda dini va dharmaning keng yoyilishiga e'tibor berganini aniqladi. Yuqorida aytilganidek, u ko‘p davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Jumladan, Selevk shohi Antiox, Misr hukmdori Ptolemey, Makedoniya shohi Antigon Tonat, Kirena shohi Mak va Epir shohi Iskandar huzuriga o‘z elchilarini yo‘llagan. Ashoka Seylon bilan ham yaqin munosabat o‘rnatgan 1 . U o‘z o‘g‘li boshchiligidagi elchilarni Seylonga budda dinini yoyish maqsadida jo‘natganida, Seylon shohi unga taqlidan Devanampiya nomini oladi. U ham Magadxaga o‘z elchilarini yuborgan. Mauriylar davrida shoh hokimiyati. Mauriylar davrida monarxiya kuchaydi. Qabilalar boshqaruvi yoki respublika tizimining roli asta sekin tushib bordi. Mazkur jarayon Ashoka farmonlarida va «Artxashastra» 2 da aytilgani kabi, davlatchilikning asosiy shiori «Davlat bu shohdir» ma'nosini anglatadi. Vorislik qoidasiga qat'iyan rioya qilinar, shoh hayotligidayoq o‘g‘illaridan biri, odatda to‘ng‘ich o‘g‘lini taxt vorisi etib tayinlardi. Ammo ko‘pincha shahzodalar o‘zaro qizg‘in kurashdan so‘ng taxtga erishardilar. Taxtga chiqish uchun maxsus marosim - abxisheka o‘tkazilgan. Mauriylar hokimiyati davrida Himolaydan Janubiy dengizlargacha yoyilgan hududning yagona hokimi - Chakravartin - ya'ni «hokimiyat g‘ildiragini aylantiruvchi» tushunchasi shakllandi. Bu to‘g‘rida «Artxashastra»da mufassal aytib o‘tilgan. Binobarin, mazkur jarayon ulkan imperiyaning barpo bo‘lishi bilan bog‘liq hind davlatchiligi tarixidagi yangi davrni ifoda etadi. Ashoka bitiklariga ko‘ra, mauriy shohi davlat tepasida turib, qonun chiqarish huquqiga ega bo‘lgan. U yirik davlat 1 Romek Z., Cenzura a nauki historyczne w Polsce 1944-1970 [Censorship and Historical Science in Poland 1944-1970], Warsaw 2010. 2 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 207 arboblarini o‘zi tayinlagan. U xazinabon hamda oliy sud boshqaruvchisi bo‘lgan. Parishad va sabha. Davlatni boshqarishda shoh a'yonlari kengashi - parishad katta rol o‘ynagan. «Artxashastra»da mazkur kengash - mantriparishad (shoh vazirlari mantrinlar majlisi) deb atalgan. Kengash barcha buyruqlarni bajarish va tizimni tekshirish bilan shug‘ullangan. Parishaddan tashqari bir necha ishonchli shaxsdan iborat tor doiradagi maxfiy kengash mavjud edi. Parishad tarkibi davlat ehtiyojidan kelib chiqib tayinlangan. Ashoka davrida parishad dharma qonun-qoidalari bajarilishini nazorat qilgan va mamlakat o‘lkalarini boshqarish usullari bilan tanish amaldorlar vazifalarini belgilagan. Parishadda qizg‘in tortishuvlar bo‘lib turar, goho hukmdor va parishad a'zolari o‘rtasida ham kelishmovchiliklar chiqardi. Ayniqsa, Ashoka davrida bunday qarama-qarshiliklar keskin tus oldi. Sabha muhim siyosiy vazifalarni ado etar, Mauriylar davrida uning tarkibi ham ancha qisqardi. Parishadga nisbatan roja sabha ko‘proq vakolatga ega bo‘lib, uning hay'atiga shahar va qishloq aholisining ayrim vakillari kirar edi. Podsho ko‘pincha ko‘mak istab roja sabhaga murojaat qilardi. Ashokaning roja sabha a'zolari oldida ma'ruza qilgani ma'lum. Sabha Chandragupta davrida ham mavjud bo‘lgan. Soliqlar. Shohning muhim vazifalaridan biri soliq yig‘ishni tashkil etishdan iborat bo‘lgan. Kuchli hokimiyat asosini xazina tashkil qiladi. Shu sababli hukmdor hamisha xazina to‘lishidan manfaatdor bo‘lgan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 1/6 qismiga teng bo‘lgan shoh ulushi - bxaga soliqning asosiy turi edi. Shohni hatto shadbxagin, ya'ni “oltidan bir qismini oluvchi” deb ham ataganlar. Hosil yaxshi bo‘lgan mavsumlarda bxaga 1/4 va 1/3 hajmiga qadar ham olingan. Taqchillik vaqtida bu ulush yanada ortishi va shoh ehrom boyliklarini ham o‘zlashtirishi mumkin edi. Soliqlarning asosiy qismi hukmdor xazinasiga kelib tushgan va ularning katta qismini dehqonlar - katta yerga ega bo‘lmagan erkin jamoa a'zolari to‘lardilar. Bundan tashqari savdogar, kosib va chorvadorlardan ham soliq olingan. Aholining ayrim qatlamlari soliqdan ozod qilingan. Shahar boshqarmasi. Mauriylar davrida o‘z-o‘zini boshqarishning ayrim xususiyatlari shaharlarda ham saqlanib qolgan. Ashoka 208 yozuvlarida ichki, ya'ni vijita ichkarisi va tashqi shaharlar haqida so‘z boradi. Imperiya poytaxti - Pataliputra edi. Megasfen o‘z asarida maxsus shahar amaldorlari - astinomlar haqida yozib qoldirgan. Mazkur amaldorlar shahar hayotining ma'lum sohalari ustidan nazorat qilganlar. Shahar kengashi amalda shahar bosh tashkiloti hisoblanardi. Uning a'zolari markaz yoki viloyat amaldorlari tomonidan tayinlangan. Ashokaning diniy siyosati. Mauriylar davrida Budda dini Hindistonda keng tarqaldi. Miloddan avvalgi III asrda buddizm qadim hind jamiyati ma'naviyatida asosiy yo‘nalish bo‘lib qoldi. Bu vaqtda budda jamoasi - Sangxa mavjud bo‘lib, bu dinga oid muhim asarlar yaratildi. Aynan shu davrda buddaviylik keng tarqalib, taraqqiy etdi. Budda dini kuchli davlat tepasidagi yakka hokim - Chakravartin g‘oyasi bilan birlashgan imperiya tayanchi bo‘lib qoldi. Ashokaning dxarma - axloq-odobga oid farmonlari. Dxarma - axloq-odob qoidalari, insoniy hayot tarzidir. Shuningdek, bu so‘z umumiy budda ta'limotini ham anglatadi. Axloqiy qoidalar ota-onaga itoat, kattalarga hurmat, saxiylik, jonivorlarga ozor bermaslik kabilardir. Bunday qoidalar barcha uchun barobar. Ba'zi olimlar fikriga ko‘ra bu qoidalar dxarmadan kelib chiqqan. To‘g‘ri, dxarma podsho farmonlari uchun asos vazifasini o‘tagan va unga hurmat bilan boqqanlarga podsho marhamat ko‘rsatgan. Ashoka farmonlarida keltirilgan dxarma turli varna va ijtimoiy guruhlardan iborat aholi uchun umumiy qoida bo‘lgan. Shunisi e'tiborliki, amaldorlar budda brahmanlarining faoliyatini nazorat qilgan, bu esa ularning haddidan oshib ketmasliklarini ta'min etardi. Magadxa - mauriylar davrida Janubiy Hindiston. Ashoka farmonlarida imperiya chegaralari bo‘ylab joylashgan Janubiy Hindiston davlatlari - Panda, Chola, Chera, Satyaputra va Keralaputralar sanab o‘tiladi. Megasfenning 1 ilk asarlarida ham Panda davlati nomi mavjud (miloddan avvalgi IV asr oxiri). Janubiy Hindiston va Shri-Lanka haqidagi ma'lumotlar Iskandar yurishi qatnashchilari bo‘lmish tarixchilar qalamiga mansub. Ulardan biri - Onisikrit yozuvlarida Shri-Lanka oroliga sayohati haqida hikoya 1 Romek Z., Cenzura a nauki historyczne w Polsce 1944-1970 [Censorship and Historical Science in Poland 1944-1970], Warsaw 2010. 209 qilinadi. Janubiy viloyatlar Mauriylar imperiyasiga qo‘shilganidan keyingina Shimoliy Hindiston bilan madaniy aloqalar o‘rnatildi. Buddizm janubga tomon tarqala boshladi. Dekan viloyatidan topilgan II-III asr yozuvlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mazkur yozuvlarda bxoji, andxra, pulindi kabi Ashoka davri xalqlari nomi zikr etib o‘tilgan. Mauriylardan keyin Dekanda kuchli Satavaxanlar davlat 1 i nom qozondi. Puranada Satavaxanlar andxralar nomi bilan atalgan. Andxra xalqi Gvadari va Krishna daryolari o‘rtasidagi telegular mamlakatida yashagan. Satavaxanlar haqida ma'lumot berilgan dastlabki manbalar Markaziy Hindiston va Shimoliy Dekandan topilgan. Sulola asoschisi Simuka (Puranada Shimuka), Satavaxanlar tarixining avvalgi davridagi ko‘zga ko‘ringan hukmdori shoh Satakani yoki Shatakarni bo‘lgan. Uning hukmronligida davlat hududi kengaytirilib, shoh «Janubiy mamlakat sohibi» nomiga sazovor bo‘lgan. Mauriylar davrida Hindistonning iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy tuzumi. Bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum ravnaq topib, keyinchalik yanada rivojlandi. Kautilyaning «Artxashastra» asari dehqonchilik, chorvachilik, savdogarlikka oid mulohazalardan iborat. Hindistonda temir azaldan ma'lum bo‘lgan. Taksila, Ujayan shaharlardan topilgan metall buyumlar mazkur davrda temirchilik yaxshi rivojlanganidan dalolat beradi. Temirning miloddan avvalgi I ming yillikda ma'lum bo‘lgani haqida antik mualliflar ham ma'lumot beradilar. Masalan, Kursiy Ruf: Shoh Iskandar Taksila (miloddan avvalgi 326 yilda) ustidan g‘alaba qozongan Pordan ancha miqdorda po‘lat oldi, deb hikoya qiladi. Iskandar bu tuhfani qadrlagan. Bundan o‘sha davr Hindiston po‘lati sifatining qay darajada ekanligini bilish mumkin. Temir Shimoliy Hindistondan asta-sekin janubiy viloyatlarga ham tarqala borgan. Megasfenga ko‘ra, hindlarning asosiy taomi guruch bo‘lib, “Jataka”da Magadxa yerlarida guruch ko‘p ekilgani aytiladi. Bundan tashqari, ular turli sabzavot iste'mol qilganlar. Dehqonchilikning asosiy quroli omoch bo‘lib, Panini u bilan yer ikki-uch marotaba haydalganligi haqida so‘zlaydi. «Artxashastra»da qayd etilishicha, qoramol o‘ldirgan yoki o‘g‘irlagan kishi o‘limga mahkum etilgan. Ot 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 210 va fillar shohning mulki bo‘lib, boshqa hech kimga ularni boqishga ruxsat berilmagan. Shaharlarning o‘sishi, hunarmandchilik. Bu davrda hunarmandchilik markazlashib, savdo-sotiq ancha rivojlandi. Mazkur jarayon, dastavval, Gang vodiysidan boshlandi. O‘sha davr hind me'morlari bunyod etgan qator shaharlar hozirga qadar saqlangan. Shuni aytish kerakki, yuzlab yillar davomida davlat to‘ntarilishlari va urushlarga boy bo‘lgan bu zaminda shaharlar nomlari o‘zgarib turgan. Masalan, Pataliputra, Taksila, Matxura, Banoras, Radjagrixa kabi shaharlar ilgari boshqa nom bilan atalgan. Arxeologik qazilmalar miloddan avvalgi VI-III asrlarda Shrivasti, Champa, Radjagrixa, Kaushambi, Kushinagar, Varonasi shaharlari ulkan mavqyega ega bo‘lganidan dalolat beradi. Manbalarda bu shaharlar qiyofasi, boshqaruv tizimi haqida ma'lumotlar bor. Ularning ko‘pchiligi oldindan belgilangan reja asosida qurilgan «Artxashastra»da binolar qurilishiga alohida e'tibor berilgan. Qadimgi shaharlarning aholisi ko‘p bo‘lgan. Ilk buddaviy asarlarda Champadan tortib to Baxaruchakxigacha - oltmishdan ortiq shahar borligi tilga olingan. Magadxa - mauriylar davrida hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lgan shaharlar yanada rivojlandi. Arxeologik materiallarga ko‘ra, miloddan avvalgi VI-III asrlarda shaharlar turli shakllarda barpo etildi. Poytaxtning 570 ta minorasi va oltmishdan ortiq darvozasi bo‘lgan. Shahar asosan yog‘ochdan bunyod etilib, ba'zan tosh ham ishlatilgan. Ashoka buyrug‘i bilan saroydagi yog‘ochlarga maxsus ishlov berilgan. Arxeologlarning fikricha, yuzta ustunli katta zalda Ashoka majlislar o‘tkazgan. Saroyni topgan mashhur arxeolog D.Spunerning yozishicha, saroy shu qadar yaxshi saqlanganki, bunga aql bovar qilmaydi. Zal ustunlari 2000 yil avvalgi ko‘rinishini hamon yo‘qotmagan. Mauriylardan keyin qariyb 600 yil o‘tgach Hindistonga safar qilgan xitoylik sayyoh Fa Syan saroy mahobatidan hayratga tushib, u «ilohiy kuch tomonidan bunyod etilgan», deb yozadi. Miloddan avvalgi IV asrga kelib, Pataliputra Gang vodiysida savdo markazi sifatida jiddiy mavqye egallaydi. Manbalarda shahar manzilgohlari pura, nigama va durga deb nomlangan. Katta shaharlar esa alohida guruhga ajratilib, nagar nomini olgan. Shaharlarda 211 hunarmandchilik, ayniqsa, zargarlik, temirga ishlov berish va to‘quvchilik yaxshi rivoj topgan. Ayniqsa, Varanasi, Matxura, Ujayanda tayyorlangan ip-gazlamalar qadrlangan. Gandxara o‘zining jun matolari bilan mashhur bo‘lib, gazlamalar Barigazi shahri orqali G‘arbga olib ketilgan. Savdogarlar ham o‘z tashkilotlariga ega bo‘lib, har bir viloyat muayyan tovar sotishga ixtisoslashgan. Mauriylar davrida aloqalar, asosan, yo‘llarning ochilishi tufayli kengayib bordi. Ayniqsa, shimoliy va janubiy savdo yo‘llari mashhur edi. Quruqlikdagi savdo va dengiz savdosi ham yaxshi rivoj topdi. Manbalarda yozilishicha, hind savdogarlari yarim yillab davom etgan xatarli dengiz safarlariga chiqqanlar. Ikki asosiy savdo yo‘li Sharqiy Hindistonni shimoliy- Sharq, Taksila bilan bog‘lovchi shimoliy Uttarapatxa va Godavari bo‘yidagi Pratixtaxanani Magadxaning eski poytaxti Radjagrixa bilan bog‘lagan Janubiy Dakshinatxa hisoblangan. Birinchi katta qatnov yo‘li O‘rta yer dengizi, Markaziy Osiyo, Xitoy savdo yo‘llari kesishgan Baqtriyadan o‘tgan. Savdo yo‘llari Varanasidan Ujayani, Videxu, Shrivasti, Taksila, Kapilavasta, Kushinagar, Matxura, Mitxiluga, Radjagrixadan Shrivasti, Pushkalavatiga, Shrivastidan Kaushambi va Pratishtaxaniga, Saketidan Pataliputraga olib borardi. Daryo savdo yo‘llari orasida Gang va Jamna bo‘ylab o‘tgan yo‘l katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling