Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
asrlarda suv toshqini tufayli uni tashlab chiqib ketgan. Bu voqyea «Maxabxarata»
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arvarta
- «dushman»
- Ushas va falak tartiboti mabudasi Varuna
- Varuna o‘z aravasida sayr qilib yurgan. U dunyoda tartibot himoyachisi hisoblangan. Vedizm
- A.Ch.Banerji va N.K. Sinxa
- “Rigveda”
- “Atxarvaveda”
- “Samaveda”
- «vedanta»
- «Ramayana» miloddan avvalgi I ming yillik oxiri - milodiy I asrda
- «Mahabxarata»
- «Mahabxarata»da
- Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda
- «Atxarvaveda»da
- «Ardxashastra»
- (miloddan avvalgi 493- 461yillar)
- (miloddan avalgi 461-445 yillar)
- «Indika 1 »
- «Eronga qaram bo‘lgan va boj to‘lagan»
- Miloddan avvalgi 327-yilda
asrlarda suv toshqini tufayli uni tashlab chiqib ketgan. Bu voqyea «Maxabxarata» ma'lumotlariga mos keladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, qadimgi hind manbalari Kurukshetradagi jangdan so‘ng yangi davr boshlanganini qayd etadi. Shimoliy Hindistondagi qadimiy sulola va davlatlar 193 Avvaliga qudratli va nufuzli panchal va kuru qabilalari o‘zining siyosiy mavqyeini yo‘qotib, maydonga Sharqiy Hindistonda kichikroq davlatlar, birinchi navbatda Koshala (poytaxti Ayodxa va Shravasti), Kashi (bosh shahri Varanasi), Videxa (poytaxti Mitxeli) chiqadilar. Hozirgi Bixarning janubida Magadxa davlati (poytaxti Giravraja, so‘ng Rajagrixa) g‘arbiy tumanlarda-Avanti (poytaxti Ujjayn- Ujjayani) muayyan mavqyega ega bo‘ldilar. So‘nggi vedalar adabiyotida mamlakat uch qismga bo‘linganligi haqida aytiladi. Ular Arvarta (oriylar mamlakati) va Dakshinapatxa - (janubiy mamlakat) dan iborat edilar 1 . Tadqiqotchilar ixtiyoridagi arxeologik manbalar qatoriga o‘sha paytlarda yaratilgan adabiyotlar - vedalar va qadimgi hind eposi ham qo‘shilgan. Shu yerda ta'kidlash joizki, shimoliy Hindiston tarixida miloddan avvalgi II-ming yillik oxiri va I-ming yillik boshlari vedalar davri deb yuritiladi. Vedalar davrining ko‘p jihatlarini bugun umumiy ko‘rinishda tasavvur etish mumkin. Tarixiy dalillar yetishmasligi tufayli veda adabiyotiga oid ayrim asarlar sanasini aniqlash qiyin. Qadimgi Hindiston tarixi bosqichlari bir-biridan farq qilsa ham, olimlar o‘sha davr moddiy, ma'naviy, madaniy va ijtimoiy hayotining asosiy xususiyatlarini ochib berganlar. Xalqlar orasida ana shu uzoq o‘tmish to‘g‘risida umumiy farovonlik va haqiqat davri degan tasavvur saqlanib qolgan bo‘lib, bu davr «Oltin asr» nomi bilan mashhur. Veda davrining oxirida ozod to‘rt tabaqali tizim tarkib topishi bilan kishilar o‘rtasidagi tengsizlik yuzaga keldi. Bu ijtimoiy tabaqalanishdan dalolat berib, jamiyatning mohiyati uni ikki sinf: qul egalari va qullarga bo‘linishini keltirib chiqardi. Qul so‘zini anglatuvchi «das» iborasi qadimiy va uning dastlabki ma'nosi «dushman», «johil», «dindan qaytgan» ma'nolarini anglatgan. “Rigveda” da bu so‘z «qabilalararo to‘qnashuvlarda asir tushgan yoki jamoaning qullikka mahkum qilingan a'zosi» ma'nosini bildirgan. «Oriy» so‘zi «das» so‘ziga qarama-qarshi bo‘lib, “oliy himmat” hamda "ozod" ma'nosida qo‘llanilgan. Birinchi navbatda harbiy asirlar va mahv etilgan aholi qul qilingan. Biroq qullik faqat 1 V. Sogrin, A. Chubaryan, Highlighting Some Problems of World History, in “Social Sciences”, 1990, 2, pp. 35-45. 194 urush tufayli kelib chiqmay, balki ibtidoiy jamoada ishlab chiqarish kuchlarining rivoji va ijtimoiy tengsizlik tufayli uning kelib chiqishi uchun Shart-Sharoit yetilgan. Qullar ham mulkning bir qismi hisoblangan. Vedalar davrida yashagan hindlar Gang vodiysining o‘rmon bilan qoplangan katta qismini o‘zlashtirganlar. Bu jarayon uzoq davom etgan. Hind-oriy qabilalari yerli xalq bilan aralashib, mahalliy hayot tarzi va xo‘jalik faoliyatiga ko‘nika boshladilar. Temir qazib olish va qayta ishlash o‘sha davrning asosiy yutuqlari sifatida xo‘jalik hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Gang vohasining g‘arbiy tumanlarida olib borilgan qazish ishlari odamlar o‘sha davrda temirdan foydalanganligidan dalolat beradi. Masalan, 130 ga yaqin turli temir buyum - kamon uchi, nayza, bolta, pichoq, igna va shu kabi ashyolar topilgan. Qadimgi hindlar garpun, uy- ro‘zg‘or buyumlari, qurilish ashyolari - mix kesgich, qisqich, qishloq xo‘jaligi buyumlari - o‘roq, bolta, zeb-ziynatlar yasashgan. Nisbatan mukammal ishlangan mehnat qurollari yangi yerlar ochishda qo‘l kelgan. Arpa, sholi, bug‘doy, suli, boshoqli donlar ekilgan. Arpaning qora, tezpishar va boshqa navlari haqida ma'lumotlar bor. Shuningdek, paxta ham yetishtirilgan. Manbalarda ayrim meva nomini uchratish mumkin. Yerlar omoch yordamida haydalgan. Sun'iy sug‘orish mavjud bo‘lgan. “Rigveda”da charxpalak - “chakra” haqida ma'lumot berilgan. Qoramol, birinchi navbatda, sigir qadimgi hindlarning asosiy boyligi bo‘lgan. Tadqiqotchilar hinduizm dinida sigirga e'tiqod qilish shu tariqa kelib chiqqan deb ta'kidlaydilar. Veda adabiyotida temirchi, kulol, duradgor, konchi, zargar, qassob, musallas tayorlovchi, sartarosh, tikuvchi kabi kasb egalari haqida ma'lumotlar uchraydi. To‘qimachilik, asosan, uy mashg‘uloti bo‘lgan. Qadimgi Hindiston tarixining vedalar va ulardan keyingi davr haqida anchagina ma'lumot mavjudligiga qaramay, ushbu davr, xususan, vedalar davrining siyosiy tarixini tiklash hamon muammo bo‘lib qolmoqda. Purana va epos manbalari bir-biriga zid. Eng qadimgi puranalar nisbatan kechroq, III-IV asrlarda yaratilgan. So‘ngi yillarda mazkur muammoni o‘rganishga yangicha yondashilmoqda. 195 Vedizm Hindistonning eng qadimiy diniy tizimidir. U mamlakatning keyingi davrdagi diniy qarashlari va falsafiy ta'limotiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Veda diniga politeizm - ko‘p sonli ma'budalarga e'tiqod etish xos. Vedalar davrida hindlar tabiat, uning hodisalari shuningdek, ma'budalarga sig‘inganlar. Ularning fikricha, xudolar insonga xos fazilat va nuqsonlarga ega edilar. Veda xudolari odam va jonivor shaklida tasvirlangan. Xudolar Sharafiga madhiyalar o‘qilib, qurbonliklar qilingan. Qadimdagi hindlar dunyosi uch qismdan: osmon, yer va antariksha (yer va osmon orasidagi makon) dan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z ma'budiga ega deb hisoblaganlar. Samo ma'budalari qatoriga Quyosh ma'budasi Sur'ya, tong ma'budasi Varuna'>Ushas va falak tartiboti ma'budasi Varuna kirgan. Yer ma'budalari ichida olov ma'budasi Agni va ichkilik ma'budasi Somaga ko‘proq e'tiqod etilgan. Antariksha ma'budalari qatorida momaqaldiroq ma'budasi Rudra, shamol ma'budasi Vayyu va qudratli ma'buda Lindrani ko‘rsatish mumkin. “Rigveda” madhiyalarining katta qismi aynan unga bag‘ishlangan. Ma'buda Agni alohida ehtiromga ega bo‘lgan. Olov din uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, odamlar bilan ma'budalar o‘rtasida vositachi hisoblangan. Quyosh ma'budasi Sur'ya go‘yo har tongda otash rangli otlar qo‘shilgan aravada namoyon bo‘lgan. U atrofni yoritib, hayotbaxsh issiqlik taratadi deb hisoblangan. Xalq e'tiqodiga ko‘ra osmon egasi qadimgi ma'buda - Varuna o‘z aravasida sayr qilib yurgan. U dunyoda tartibot himoyachisi hisoblangan. Vedizm ibtidoiy dinlardan odamlarning ijtimoiy tengsizligini ilohiylashtirish bilan farq qilardi. Karma haqidagi ta'limot ijtimoiy tengsizlikni oqlash imkoniyatini bergan. Hukmdorlar ilohiylashtirilgan, ma'budalarga to‘la-to‘kis bo‘ysunish har bir odamning oliy burchi bo‘lgan. Dastlab, veda qabilalarining ehromlari bo‘lmagan, keyinchalik, ma'budalarga sig‘inish uchun maxsus binolar qurdilar. Vedalar Hindistonning adabiy yodgorligidir. Ular o‘zida turli tarixiy bosqichlarga matnlarni jamlagan. Hind tarixchilaridan A.Ch.Banerji va N.K. Sinxa veda adabiyoti miloddan avvalgi 2500-yildan to 500-yilga qadar bo‘lgan davr oralig‘ida yaratilgan deydilar. Bugungi kunda ham hindlar tug‘ilish, Vedalar davrida din va madaniyat. Veda adabiyoti 196 o‘lim yoki nikoh to‘yi munosabati bilan bog‘liq diniy marosimlarni qadimgi veda urf-odatlari bo‘yicha o‘tkazishadi. Brahmanlarning har kuni uch mahal qiladigan toat-ibodati ikki yoki uch ming yil ilgarigi vedalardan kelib chiqqan. Vedalar davridan so‘ng rivojlangan sanskrit adabiyotining asosi va kelib chiqishi vedalar bilan bog‘liq. Hind falsafiy tizimlari asosida Vedalar ta'limoti yotadi. Hindlarning an'anaviy huquqiy munosabatlari, xo‘jalik va diniy urf-odat va marosimlari hamon Vedalarga asoslangan. Veda adabiyotining tarkibiga Samxit, ya'ni madhiyalar, toat- ibodat, qurbonlik duolari va h.k. kiradi. To‘rtta vedalar to‘plami mavjud: “Rigveda” (madhiyalar devoni) eng muhim to‘plam. U miloddan avvalgi XI - X asrlarga taalluqli bo‘lib, 1028 madhiyadan (sukt) iborat. Ba'zi madhiyalar marosim duolari sifatida xizmat qilgan, ammo boshqacha yo‘nalishdagi madhiyalar ham bor. Bular samoviy va to‘y madhiyalaridir. Yana bir madhiyalar to‘plami “Atxarvaveda”. Hozirgi kunda u 731 madhiyadan iborat bo‘lib, 20 ta kitobga bo‘linadi. Bu asar “Rigveda”ga nisbatan kechroq yaratilib, ruhlar, jin va sehrli kuchlarga e'tiqod xususidagi ma'lumotlarni jamlagan. Olimlar fikricha, u etnografiya va din tarixi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Uchinchi to‘plam - “Samaveda” (qo‘shiqlar devoni) - 1549 madhiyadan iborat. Ular qurbonlik marosimida aytilgan. To‘rtinchi to‘plam - “Yajurveda” (qurbonlik va xayr-ehson, tilovatlar devoni). U qisman madhiyalar va nasr parchalar (jurlar) dan iborat. Urf-odatlar va qurbonlik marosimlariga oid duolardan iborat. “Rigveda”ga taalluqli ilk brahman “Aytareye brahman” va “Kashutaki brahman” katta ahamiyatga egadir. Aranyaklar yoki o‘rmon kitoblari. Bu kitoblar shu qadar muqaddas hisoblanganki, ularni faqat o‘rmonda (aranya) o‘qishga ruxsat etilgan. Ular falsafiy mulohazalar, majoziy marosimlar va sahiylarning sirli ahamiyatidan bahs etadi. Aranya o‘rmonda hayot kechirayotgan zohidlar uchun yozilgan deb faraz qilinadi. Bu asarlarda qurbon keltirish marosimlari asta-sekin keyingi o‘ringa o‘tib, ularning o‘rnini haqiqat va tabiat haqida falsafiy mulohazalar egalaydi. Brahmanlar yoki nasriy matnlar 197 Upanishadlar va ularning ta'limoti. Veda adabiyotining xotima qismi upanishadlar, ya'ni veda rivoyatlari va marosimlariga oid turli falsafiy va diniy-falsafiy Warhlarni jamlagan matnlar yig‘indisidir. Upanishadlar «vedanta», ya'ni vedalar nihoyasi deb atalgan. Taxminlarga ko‘ra 108 upanishad bo‘lib, ularning eng qadimgisi miloddan avvalgi VII-IV asrlarda yaratilgan. Ulardan 13 matn asosiy deb hisoblanadi. Shuni ta'kidlash lozimki, biror xalq qadimgi hindlar kabi ibtidoiy jamoadan to sivilizatsiya davrigacha vedalardek ko‘plab yodgorlik qoldirmagan. To‘rt ming yildan ortiq davr ichida yuzlab brahman avlodlari vedalarni xotiralarida saqlab kelishgan va yozma ravishda tarix yodgorligi sifatida qoldirishgan. Epik adabiyot. Qadimgi Hindistonning eng katta epik dostonlari «Mahabxarata» bilan «Ramayana» miloddan avvalgi I ming yillik oxiri - milodiy I asrda shakllandi. «Mahabxarata»da pandaviylar bilan kauraviylar o‘rtasida Kurukshetra maydonida 18 kun davom etgan jang haqida hikoya qilinadi. «Ramayana»da yovuz jin - Ravana tomonidan Lanka oroliga zo‘ravonlik bilan olib ketilgan shoh Ramaning sevgilisi Sitani qutqarish uchun Ramaning shu orolga yurishi to‘g‘risida so‘zlanadi. Bir qator olimlarning fikricha, «Ramayana»da hind-oriylarning shimoldan uzoq Lanka (hozirgi Shri - Lanka)ga kirib borishi haqidagi tarixiy fakt ifodasini topgan. Ikkala doston ham yirik asar: «Mahabxarata» 100000 bayt (shlok), «Ramayana» esa, 24000 shlokdan iborat. «Mahabxarata» muallifi sifatida donishmand Vyasega nisbat berishadi. «Ramayana»ning muallifining nomini esa Valmike deb ataydilar. Ammo, olimlar bu ikki shoir hayoti haqida aniq ma'lumot keltirmaganlar. Ularning har ikkisi ham shu qadar ma'lum va mashhur bo‘lganlarki, nomlari asrdan asrga saqlanib qolgan. Ikkala asar ham qadimgi Hindistonning o‘ziga xos yodgorligi va qomusi hisblanadi. Ularda o‘sha davr siyosiy, madaniy, ijtimoiy hayoti, davlat tuzumi, qadimgi hindlarning kundalik turmushi to‘g‘risida qiziqarli va diqqatga sazovor ma'lumotlar bor. Hindistonning hozirgi, shuningdek, qadimgi hududida bu asarlarga teng o‘zga asar yo‘q. Qadimgi davr Sharqiy va Janubiy Osiyo, Uzoq va YAqin Sharqda bu asarlarning ahamiyati beqiyos bo‘lgan. Ular Yevropa tillariga ham tarjima qilingan. Ko‘plab adabiyot, san'at 198 arboblarini shu asarlar mazmuniga hamohang yangi san'at asarlariga ilhomlantirgan. Hozir ham Hindistonda bu dostonlar sevib, ardoqlab o‘qiladi. «Mahabxarata»da hikoya qilingan urush taxminan miloddan avalgi 1100-yili bo‘lib o‘tgan. So‘nggi vedalar davrida Kerru qabilasi eng qudratli oriy qabilalaridan hisoblangan. Xastinapur va Indraprastxa esa tarixiy shaharlar. Kosala uzoq vaqt mobaynida qadimgi Hindistonning buyuk davlatlaridan biri bo‘lib keldi. Olimlar fikricha, «Ramayana» syujeti ham tarixiy haqiqatga mos keladi. Nafaqat Hindistonda, balki umuman Sharqda bunchalar shuhrat qozongan doston mavjud emas. Bu asarlar Sharq va G‘arb xalqlarida Betxoven, Hyeyne, Gandi hamda Tagor kabi arboblarni o‘ziga maftun qilgan. Veda matnlari asosida vedalar davridagi ilmiy bilimlarning rivojlanishini kuzatish mumkin. Vedalarda matematika fanining rivojlanishi haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Shulpasutralar, ya'ni o‘lcham qoidalari to‘plami alohida qiziqish uyg‘otadi. Shulpasutralarda turli shakllarning tuzilishi, hisoblash tizimlari haqida bayon qilingan. Tibbiyot yuksak darajada rivojlangan. Bu sohada hindlarning bilimi chuqur bo‘lib, ular turli o‘tlar, suv, maxsus malham va duolar yordamida ko‘p kasalliklarni davolaganlar. Ilk veda asarlarida aytilishicha, u vaqtlarda bxishaj nomi bilan atalgan tabiblar bo‘lgan. «Atxarvaveda»da tibbiyot to‘g‘risida keng ma'lumot beriladi. Qadimgi hindlar kasallik sababini xudoning g‘azabiga yo‘yib, bemorning sog‘ayib ketishini tangri rahmdilligi tufayli deb bilganlar. Qadimgi shifokorlar yurak, oshqozon, ko‘z, teri va o‘pka kasalliklarini tuzata olganlar. Matnlarda odamning 300 ga yaqin tana a'zolari nomi qayd etilgan. Vedalar davri ahli astronomiyani yaxshi bilgan. Ular nafaqat Quyosh va Oy, balki sayyoralar va yulduzlarni ham batafsil o‘rganishgan. Qadimgi hindlar taqvim (kalendar) lar tuzganlar. Ushbu taqvimga ko‘ra yil 12 oy, bir oy esa 30 kundan iborat bo‘lgan. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Shimoliy Hindiston. Miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida shimoliy Hindistonda temirchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, shahar rivojlanishi, pul muomalasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot belgilaridan Ilmiy bilimlarning paydo bo‘lishi 199 hisoblangan. Qo‘shni xalqlar bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kengayishi ijobiy o‘zgarishlar keltirib chiqargan. Chunonchi, dunyodagi uch yirik dindan biri - buddizmning rivoji o‘z davri madaniyati bilan chambarchas bog‘liq edi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda dastlabki yirik davlatlar tashkil topdi va ular o‘rtasida ustunlikka ega bo‘lish uchun kurash kuchaydi. Manbalar ko‘plab urushlar, ya'ni xalqlar, qabilalar, monarxiya to‘qnashuvlari hamda sulolalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar haqida ma'lumot beradi. Ilk buddizm asarlariga ko‘ra 1 , Budda davrida Shimoliy Hindistonda 16 ta maxajanapad - «buyuk davlat» mavjud bo‘lib, ular: Anga, Magadxa, Kashi, Koshala, Vaji, Mala, Chedi, Vamsa, Kuru, Panchali, Magxa, Shurasena, Ashmaka, Avanti, Gandxara, Kambodja davlatlaridir. Ba'zi ma'lumotlar mazkur ro‘yxat miloddan avvalgi VI asr o‘rtalariga emas, balki undan oldingi davrga to‘g‘ri kelishini ta'kidlaydi. Bu ro‘yxatda shimoliy Hindistondagi qudratli va yirik davlatlar nomi zikr qilingan. Qadimgi Hind olimi Paninining ta'kidlashicha, asli bu raqam juda katta, ya'ni 30 tadan ko‘proq bo‘lgan. ya'ni davlatlar Puranlarda esa 175 ta Janapat - davlat nomi ko‘rsatilgan. Ba'zi Janapatlar asta-sekin o‘z hududini kengaytirib borgan, ba'zilari esa yirik davlatlar tarkibiga kirgan. Manbalarda ularning hammasi mustaqil davlat deb aytilmaydi. Magadxa davlati shimoliy Hindiston siyosiy xaritasida markaziy mavqye egallagan. Bu nom ilk bor «Atxarvaveda»da uchraydi, shuningdek, ba'zi keyingi davr qadimgi hind manbalari, chunonchi, “Braxman”, “Araniyaka”, epik doston, puran, shastri va boshqa hujjatlarda ham qayd etiladi. Miloddan avvalgi 1 ming yillik o‘rtalarida to‘rt asr mobaynida davom etgan qadimgi Hindiston tarixining yangi davri - Magadxa mauriylar hukmronligi boshlandi. Mauriylar davrida Hindiston tarixida ilk bor yaxlit va yagona davlat vujudga keldi, madaniyat yuksaldi, yozuv keng tarqaldi. Bu paytda buddizm barqarorlashib, quloch yoydi, vishnuizm va shivaizm dinlari yuzaga keldi. 1 J. Basista, Soviet Influence on History Teaching and Textbooks in Poland, in “OAH Council of Chairs Newsletter”, 1997, 55, February, pp. 9-14. 200 Magadxa-mauriylar davrini o‘rganishda epigrafik manbalar (mauriy shohi Ashoka farmonlari va yozma asarlar, masalan, shoh Chandragupta saroyidagi salavkiylar elchisi Megasfenning xotiralari) katta ahamiyat kasb etadi. Chandragupta maslahatchisi Kautiliya qalamiga oid «Ardxashastra» siyosiy asari ham mauriylar sulolasi davri va undan oldingi paytga mansub. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda qadimgi Magadxa davlati hozirgi janubiy Bixar hududida muhim jo‘g‘rofiy, strategik va savdo mavqyeini egallagan. Daryolar kema qatnovi uchun qulay bo‘lib, suvidan sug‘orish ishlarida foydalanilgan. Mazkur davlat Hindistonning ko‘p o‘lkalari bilan savdo ishlarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, qazilma boyliklari, ayniqsa, metall ko‘pligi bilan ajralib turgan. Qadimgi Rajagrixa (hozirgi Rajgir) ba'zida Giribaj (tog‘li qal'a) nomi bilan atalib, uning atrofi tepaliklar bilan o‘ralgan. Bimbisaraning o‘g‘li Ajatashatru davrida (miloddan avvalgi 493- 461yillar) Magadxaning siyosiy yutuqlari nikoh - qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlandi. U Koshala ustidan g‘alaba qozondi. Buddaviy va jaynlar matnlaridan ma'lum bo‘lishicha, shimol davlatlari bilan kurash uzoq davom etgan. Kurashlarning asosiy sababi daryo yo‘lini nazorat qilish imkonini bergan Gang daryosi portining mavjudligidir. Ajatashatru lichchxavlarning bosqinidan saqlanish maqsadida Pataligamu qal'asini qurdirgan. Shuningdek, ushbu sulola davrida Magadxa davlati o‘z hukmdorligini G‘arbiy Hindistonga ham yoydi. Udayin (miloddan avalgi 461-445 yillar) Magadxa tarixida ilk marotaba poytaxtni Rajagrixadan Pataliputraga ko‘chirdi. Shahar tez orada shimoliy Hindistonning yirik markaziga aylandi. Poytaxtning Pataliputraga ko‘chishi Magadxa va uning istilochilik siyosati kuchayganidan dalolat beradi. Bimbisara asos solgan Xaryanka sulolasi miloddan avalgi 437-411, Shishunaga sulolasi miloddan avalgi 413-345 yillarda hukmronlik qilgan bo‘lsa, Nandalar sulolasi miloddan avalgi 345-317/314 yillarda taxtga o‘tirdi. Kir Kanishkani vayron qilib, Hind daryosi va Kofen (Qobul) orasidagi viloyatlarni ham bo‘ysundirgan. Yunon tarixchisi Arianning «Indika 1 » asarida Hind daryosi g‘arbida yashovchi hind qabilalari 1 Ferro M., The Use and Abuse of History, or how the past is taught to children, London - New York 2003. 201 «Eronga qaram bo‘lgan va boj to‘lagan» deyiladi. Ksenofontning «Kironediye» asarida Kir Baqtriya va hindlar hududini bosib olganligi aytiladi. Chamasi fors shohi Gandxaraning bir qismini ham egallagan. Bu o‘lkalarda Ahamoniylar Eronining madaniy va siyosiy ta'siri sezilarli bo‘lgan. Oriylar tili Ahamoniylarning rasmiy ishlarida qo‘llanib, bu hududda keyingi davrlarda ham istifoda etilgan. Yunon tarixchisi Gerodotning guvohlik berishicha, Gandxara Eron imperiyasining yettinchi satrapiyasiga kirgan. Hind vodiysi esa yigirmanchi satrapiyani tashkil qilgan. U Ahamoniylar davlatida eng ko‘p daromad keltiradigan viloyat hisoblangan. Gerodot Eronga har yili boj sifatida 360 talant (taxminan 9 tonna qum aralash yuvilmagan oltin) to‘langanini qayd etadi. Mahalliy qo‘shinlardan tashkil topgan Kserks qo‘shini Iskandarning Hindistonga yurishidan avval ham mashhur bo‘lgan. Viloyatning asosiy savdo markazi Pushkaravati hozirgi Charasa o‘rnida joylashgan. Hind-yunon davriga oid tanganing bir tomonida hind tuyasi, ikkinchi tomonida esa qo‘lida nilufar tutgan ona ma'buda Ambi tasvirlangan. Takshashila (Taksila)da topilgan tangalarni o‘rganish natijasida olimlar Magadxa miloddan avvalgi V asrning oxiridan boshlab Uttarapatxa, ya'ni «Markaziy mamlakat»ga olib boriladigan savdo-sotiq yo‘lini to‘liq nazorat qilganligini aniqladilar. Miloddan avvalgi 327-yilda makedoniyalik Iskandar Panjobga kirib keladi. Bu yurishdan so‘ng yunonlarning Hindiston haqidagi tasavvurlari o‘zgaradi. Avvallari yunonlar Hindistonni afsonaviy mamlakat, fillar kabi qo‘lga o‘rgatish mumkin bo‘lgan noyob jonivorlar, daraxtlarida jun tolalar o‘sadigan, shakar va bambuk esa bahaybat daraxtlardan terib olinadigan o‘lka ko‘rinishida tasavvur qilishar edi. Bu o‘lkada kam mehnat evaziga, yiliga 2-3 marta hosil olinishi yunonlarni lol qoldirardi. Chunki ular yurtida yiliga faqat bir marta hosil olinardi. Makedoniyalik Iskandar G‘arb va Sharq hukmdorlarini yengib, Elladadan to Hind daryosiga qadar hududlarni egallagan ulkan imperiya yaratdi. Iskandar Hindistonni buyuk g‘alabalari tufayli shon-shuhratga burkangan davrda bosib oldi. Kuchli va yaxshi qurollangan qo‘shini History of the Communist Party of the Soviet Union (Bolsheviks), Short Course, 1939, URL http://www. marx2mao.com/Other/HCPSU39NB.html, accessed on 23 March 2011. 202 unga muvaffaqiyat va yutuqlar keltirdi. Erondagi yengil g‘alaba va Hind daryosi ortining afsonaviy boyliklari buyuk sarkardaning diqqat- etiborini jalb etdi. O‘ttiz kunlik qamaldan so‘ng, u Charasaddani ishg‘ol qildi. Arrian ma'lumotlariga ko‘ra, yunon-makedon qo‘shinining Hind va Gidasp orasidagi Taksila shahri hokimi makedoniyaliklarni qulay manzil va mo‘l-ko‘l oziq ovqat bilan ta'minlab, kuchli qo‘shni dushman davlatlarga qarshi yunonlar bilan birga qo‘shilib jang qilish istagini bildirdi. Arrian malumotlariga ko‘ra, bazi qabilalar kuchli qurollangan edilar. Ularda 30000 gacha piyoda, 2000 gacha suvoriy, 30 tagacha fillar bo‘lgan. Por 1 nomi bilan ma'lum bo‘lgan Po‘rular shohi o‘zining kuchli qo‘shini bilan yunonlarga qarshi chiqdi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling