Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Miloddan avvalgi VIII asrda
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
Miloddan avvalgi VIII asrda paydo bo‘lgan frigiya yozuvi alifboli bo‘lib, yunon alifbosi bilan o‘xshash joylari bor edi. Ayrim harflarning ma'nosi hali to‘liq o‘rganilmagan. Shuningdek miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi qadimgi Frigiya yozuvi Tiana, Likaoniya va Kichik Osiyoning boshqa o‘lkalaridan topilgan. Bu esa Frigiya kimmeriylar bosqiniga qadar egallagan hududni aniqlashga yordam beradi. Milodiy I asrlarga oid yangi Frigiya yozuvi asosan yunon harflaridan tarkib topgan. Frigiyaliklarning dini Kibela xudosi, uning yori, o‘lib, qayta tiriladigan xudo Attisaga e'tiqod qilish keng tarqalishi bilan ajralib turadi. Keyinchalik bu e'tiqod Yunoniston va Rimda ham keng tarqalib ketdi. Frigiyaning boy madaniyati Kichik Osiyoning g‘arbidagi Germa daryosi vohasida istiqomat qilgan qabilalarga jiddiy ta'sir o‘tkazgan. Ushbu voha Frigiya davlati hududida joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Uning markaziy qismi Midiya tilida Sfart, yunoncha - Saru deb nomlangan. Miloddan avvalgi VII asrda Germa vodiysi aholisini ossuriyaliklar va yunonlar avval meonlar, so‘ng lidiyaliklar deb ataganlar. Lidiyaliklar tili xettlar tiliga o‘xshagan bo‘lishi mumkin. Yunonlarning dalolat berishicha, Germa daryosi vodiysi “jannatmakon” yurt edi. U dehqonchilik va bog‘dorchilik uchun qulay va sun'iy sug‘orishga xojat bo‘lmagan. Bu yerda oltin konlari ham bor edi. Lidiyada hunarmandchilik Yuqori rivojlanganligini oltin, tosh va fil suyaklaridan yasalgan buyumlardan bilib olsa bo‘ladi. 1 Ger’e even published on the philosophy of history: The Philosophy of History from Augustine to Hegel [Filosofija Istorii ot Augustina do Gegelia], Varnadsky, Russian cit., p. 202. 165 Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qadimi Xett davlati tarixi haqida nimalarni bilasiz? 2. Qadimgi Falastin davlati qachon paydo bo‘lgan? 3. Qadimgi Falastin madaniyatining o‘ziga hos jihatlari nimada? 4. Finikiya savdosining rivojlanishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? 5. Qadimgi Finikiya davlati boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan? 6. Qadimgi Suriya davlatida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol qanday edi? 7. Suriya madaniyatida diniy tasavvurlarning o‘rni va roli qanday? 166 9-mavzu.O‘rta Sharqda Qadimgi davlatlarining vujudga kelishi: Qadimgi Midiya va Qadimgi Elam davlatlari. Reja: 1. Qadimgi Midiya davlati. 2. Qadimgi Midiya davlati madaniyati. 3. Qadimgi Elam davlati. 4. Qadimgi Elam davlatning gullab yashnashi va inqirozga uchrashi. Tayanch iboralar: Axriman, Axuramazda, Xvakshatra (Kiaksar), Fravartish (Fravart), maday qabilalari, “taqvodor hakam”, Deyoko, Xagmatana, Vedevdat, nomadlar, Ekbatana, Suza I, Suza II, adda, singilning o‘g‘li, merosxo‘r avlod, buyuk vakil., kassitlar, Gudea. G‘arbiy Eron viloyatlarining ahvoliga oid ma'lumotlar bilan miloddan avvalgi IX asrga mansub mixxat yozuvi manbalaridan tanishish mumkin. Ularda Ossuriya shohlarining Sharqqa yurishlari haqida aytiladi. Ossuriyaliklarning Eronga asosiy yurishi miloddan avvalgi IX asrda boshlangan. Ular avvaliga yaqin viloyatlarga hujum qilganlar, Mazamuadan nariga o‘tmaganlar (Mazamua lulubeylar mamlakati edi) Janubiy-Sharqdagi Urmiya ko‘li yaqinidagi hudud “shoh”lar yoki “rahbarlar” tomonidan boshqarilgan (shunga o‘xshash boshqarish usuli Zagros tog‘ viloyatlarida mavjud bo‘lgan). Miloddan avvalgi VIII asrda va VII asrning boshlariga kelib Elam davlati kuchaydi. Elam Ossuriya bilan urushda kuchli hokimiyat o‘rnata olmadi. Ba'zi tarixchilar miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda Eron va Old Osiyoda kuchli quldorlik davlati vujudga kelgan deb aytadilar. Xorazm, So‘g‘diyona va Parfiya hududlari eng qadimiy davlatlar sirasiga kirgan. Miloddan avvalgi 835-yilda ossur podshosi Salmanasar III madaylar mamlakatiga bostirib kelib, Ossuriyaning Arbeli shahridan Sharqda, ancha uzoqda joylashgan Midiya o‘lkasiga kirib boradi 1 . Ma'lumot ozligi tufayli Midiya davlatining tashkil topish jarayoni 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 Qadimgi Midiya 167 qanday kechgani deyarli noma'lum. Tarqoq maday qabilalari yagona ittifoqqa birlashganlar. Bu ittifoq Midiyaning o‘zinigina emas, balki Eronning boshqa o‘lkalari, jumladan, Persidni ham ichiga olgan. Persid esa keyinchalik mamlakatda yetakchilik qilgan. Gerodot asarlarida bu to‘g‘rida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. U Midiya podsholigining tashkil topish jarayoni midiyaliklar orasida “taqvodor hakam” Deyoko hokimiyatni egallab olishi haqidagi yarim tarixiy afsonada saqlanib qolgan deb yozadi. Unda “Deyoko midiyaliklarni shahar barpo etishga majburladi va ularni bir xalq sifatida birlashtirdi” deb xabar qilinadi. Midiya shohi Kiaksar (Xvakshatra) zamonida mamlakat kuchli davlatga aylandi. Kiaksar ossuriylarning harbiy tajribasidan foydalanib Midiya qo‘shinlarini qaytadan tuzgan va qo‘shinlarni ishlatadigan qurol-yarog‘ turiga qarab, ixtisoslashgan qismlarga bo‘lgan. Bu yangi qo‘shinida nayzabozlar bilan kamonchilarning maxsus qismlari hamda otliq bo‘linmalar tashkil etildi. Kiaksar Midiyaning harbiy qudratiga hamda Bobil podsholigi bilan ittifoqi va uning qo‘shinlari yordamida Ossuriya davlatini (bir vaqtlar shuhrat qozongan qudratli davlat) butkul tor-mor qildi. Shu tariqa Ossuriya xarobalarida yangi va kuchli Midiya saltanati qad ko‘tardi. Kiaksar unga Eronning tog‘li o‘lkalarini, Kappadokiya bilan Armanistonni ham qo‘shib oldi. Midiya hukmdori Ossuriya podsholigining shimoliy qismini zabt etish bilan cheklanmay, O‘rta yer dengiziga yo‘l ochish maqsadida g‘arbga harakat qiladi. Gerodot Midiya bilan Lidiya o‘rtasidagi kurashni tasvirlab, bu kurash besh yil davom etib, ikki yirik davlat o‘rtasida yarash bitimi tuzish bilan yakunlanganini aytadi. Shunday qilib, bu jang miloddan avvalgi 585- yilda ro‘y bergan deb aniq aytmoq kerak. Midiya shohi harbiy yutuqlari va zabt etilgan yerlarini diplomatik bitimlar vositasi bilan mustahkamlab oladi. Bu bitimlar o‘z navbatida podsholar o‘rtasida quda-andachilik munosabatlari bilan mustahkamlanadi. Kiaksar II o‘z qizini 1 Bobil shohi Navuxodonosor II ga berib, o‘g‘li Astiagni esa Lidiya shohining qiziga uylantiradi. Kiaksar miloddan avvalgi 584-yili vafot etadi. Midiyaning so‘nggi shohi Astiag o‘z saltanatini eronliklardan himoya qilishga majbur 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 168 bo‘ladi. Astiag uzoq muddat shohlik qilganidan so‘ng (miloddan avvalgi 580 - 550 yillar) Eron davlatiga asos solgan Kayxisrav (Kiryovush) bilan kurashda yengiladi. Zardusht dinining muqaddas kitobi “Avesto” qadimgi Sharqiy Eron tarixini o‘rganishda asosiy manbalardan biri bo‘lgan. Zardusht dinining oliy ma'budi Axuramazda yomonlik timsoli - Anxro Manyu (Axrimon) bilan kurash olib boradi. Hozirgi vaqtda zardusht diniga mansub bo‘lgan forslar jamoasi (Eron va Hindistonda) saqlanib qolgan. Arab istilosiga qadar (Sosoniylar davrida) zardushtiylik Eronning davlat dini hisoblangan. “Avesto” qadimgi Sharqiy eron tilida yozilgan. “Avesto” grammatik jihatdan qadimgi fors tilidan deyarli farq qilmaydi. Ko‘p tadqiqotchilar fikriga ko‘ra “Avesto” O‘rta Osiyo, xususan Xorazmda miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida vujudga kelgan. Muqaddas kitobda keltirilgan jo‘g‘rofiy ma'lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baktriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi. Eron yassitekisligida tashkil topgan qadimgi davlatlar ichidan ozmi - ko‘pmi aniq ma'lumotga egamiz, faqat Midiya saltanati haqida. Midiya shohligi hozirgi Eronning shimoli- g‘arbiy va xozirgi Ozarbayjon hududida joylashgan edi. Sharqshunos olim V.I. Avdiyev “Qadimgi Sharq tarixi” asarida Midiya Zagrosning tog‘li o‘lkalarida va undan Sharqda joylashgan hosildor yerlardagi hududni egallaydi deb yozadi. Ossur yozuvlarida miloddan avvalgi IX asrda maday qabilalari haqida ham aytilib, ular ossuriyaliklar bilan shiddatli janglar olib borganligi haqida so‘zlanadi. Ossuriyaliklar bilan madaylar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari asosida Midiyaga ossur - bobil madaniyati elementlari kirib kelganligi aniqlangan. Midiya haqidagi dastlabki ma'lumotlar miloddan avvalgi X - IX asrlarga oid bo‘lib, unga ko‘ra mahalliy halq chorvachilik bilan ham ko‘chma, ham o‘troqlashgan tarzda shug‘ullanganliklari ma'lum. Shu bilan birga, ular dehqonchilik ham qilganlar. Midiya shohligida bu davrda rivojlangan sinfiy davlat bo‘lmay, balki bir nechta qabilalar Midiya madaniyati 169 birlashmasidan (konfederatsiya) iborat edi. Gerodot asarlarida ular olti qabiladan tashkil topganligi eslatiladi. Muallif ulardan to‘rttasini “nomadlar” deb ataydi. Miloddan avvalgi VII asrda Midiyada tom ma'noda davlat emas, balki qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan, xolos. Bu ittifoqda oliy hukmdor bilan birga unga tobe boshqa hukmdorlar (aslida qabila boshliqlari) ham bo‘lganligi tilga olingan. Miloddan avvalgi IX - VIII asrlardayoq midiyaliklar jamoasida urug‘chilik tuzumining yemirilish jarayoni boshlangan va sinfiy ajralish yuzaga kelgan. Bir tomondan, urug‘ ichidan zodagonlar ajralib chiqib, boshqa tomondan esa dehqonchilik va o‘troq chorvachilikning rivojlanishi bilan qulchilik paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlardagi ossuriyaliklarni midiyaliklar bosqinidan muntazam ravishda muhofaza qilish uchun qulchilik muhim o‘rin tutadigan bo‘lib bordi. Bu hol midiyaliklarning qabila ittifoqiga birlashib, Midiyada quldorlik davlatining tashkil topishini tezlashtiradi. Miloddan avvalgi VII asrda Midiya shohligi ancha kuchli Sharq saltanatiga aylanadi. Uning markazi Ekbatana (hozirgi Hamadon) shahri edi. Midiya poytaxtiga oid nisbatan to‘liq ma'lumot saqlanib qolgan va ularni boshqa manbalar bilan qiyoslab uning haqiqatga to‘g‘ri ekanligi aniqlangan. Bu davrda Midiya qabila ittifoqini o‘zida jamlab, unda qadimgi harbiy demokratiya an'analariga ko‘ra shoh jamoa majlisida saylangan. Kiaksar Ossuriylar bilan hal qiluvchi jangi arafasida harbiy islohotni amalga oshirgan: mamlakat va xalqlardan yoppasiga olinadigan qo‘shin muntazam otliqlar, kamonchilar va qalqonchilardan tashkil topgan edi. Qadimgi Elam davlatining tarixi Ikkidaryo quldorlik jamiyatining tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Bu mamlakat (shumerlarda “Nim”, aqqodlarda - “Elamtu” nomini olgan) Shumerdan Sharqda joylashgan. Elam tog‘li yerda joylashib, faqat mol boqishga yaraydigan tog‘lar bilan birga, Elamning ikki katta daryosi 1 - g‘arbda Xoasl (hozirgi Kerxe) va Sharqda Evleya (hozirgi Karun) bo‘yida serhosil vodiylar ham 1 Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. Thower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd edn., e book, Chicago 2008. Qadimgi Elam 170 bo‘lgan. Xoaslning Sharqiy sohilida (bu yerda uning oqimi Evleya yaqinidan o‘tadi) Suza manzilgohi bo‘lib, u yerda e'tiqod qilingan bosh xudo Shumerda ham qadrlangan. Xo‘jalik hayot va ijtimoiy munosabatlar. Hozirga qadar Elam tilining qaysi tillar guruhiga oid ekanligi aniqlanmagan. Qadimiy Suza shahridagi uzoq yillik qazish ishlari bu yerda qator madaniy qatlamlar mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Suza I nomini olgan qatlam eng muhim. Bu qatlamning pastki chegarasi (xronologiyasi) hali aniq topilmagan. Uning ustki chegarasi, ya'ni keyingi Suza II qatlamining boshlanishi miloddan avvalgi III ming yillik oxiriga oid. Suza I qatlamida manzilgoh izlari bilan birga qabriston ham saqlanib qolgan bo‘lib, bu hol manzilgohning qadim ahlining marhumga bag‘ishlangan marosimlaridan dalolat beradi. Suza I qatlamida topilgan buyumlar eneolit davriga oid deb hisoblash kerak. Pishiq-puxta yasalgan va silliqlangan tosh qurollar bilan bir qatorda bu yerda misdan yasalgan buyumlar kamdan-kam uchraydi. Suza I madaniy qatlamidan farqli ravishda, undan keyingi Suza II qatlami madaniyati, nafaqat Suzada, balki janubiy-Sharqiy Eronning boshqa nuqtalarida ham tarqalgan bo‘lib, Elamning g‘arbidagi mamlakatlar, birinchi navbatda Shumer madaniyati bilan tutashgan. Elam davlati miloddan avvalgi II ming yillikda katta mavqyega ega bo‘lgan. Urning III sulolasi paytida ham Elam boshqa davlatlar kabi Shumer-Aqqod davlati tarkibiga butunlay kirmay, balki Elamning turli shahar va viloyatlarini mahalliy hukmdorlar boshqarib turganlar. Urning III sulolasi inqirozga yuz tutganidan so‘ng, Elam davlati yana mustaqillikka erishdi. Shu vaqtda unda Bobildagi kabi quldorlik kuchaygan. Buni shu vaqtgacha yetib kelgan ko‘pdan - ko‘p huquqqa oid hujjatlar ham tasdiqlaydi. Ayrim viloyatlarda shoh yoki “ota” lar (adda) hukmronlik qilganlar. Ammo taxt otadan o‘g‘ilga emas, balki tog‘adan jiyanga, ya'ni singlisining o‘g‘liga o‘tgan. Shu bilan “singilni o‘g‘li” iborasi “merosxo‘r avlod” ma'nosini ifoda etgan. Elam viloyatlariga “buyuk vakil” (shumer tilida sukkal-shax) unvonini olgan buyuk hukmdor hukmronlik qilib, viloyat hukmdorlari esa ko‘pincha “buyuk vakil” ning yaqin qarindoshlari bo‘lganlar. Davlatning gullab yashnashi va inqirozi 171 Miloddan avvalgi XII asr boshida elamliklarning yangi bosqinchilik davri boshlandi. Ular Dajla daryosi vohasi viloyatlarini va Eshnunna shahrini bosib olishadi. Shu o‘lkadan Eron orqali muhim karvon yo‘llari o‘tar edi. Elamliklar hatto Bobil shimolida joylashgan Sippar, Bobil va Ichinur shaharlarini bosib olishga erishgan. Lagash hukmdorlarining miloddan avvalgi XXV asrdagi yozuvlari paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab bu urushlar to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. Elam o‘z g‘arbiy qo‘shnisi - Ikki daryo vohasi bilan yaqin aloqada edi. Miloddan avvalgi XXIV-XXIII asrlarda Suza Aqqod davlati tarkibiga kiritilib, natijada Ikki daryo madaniyatining Elamga ta'siri ancha kuchaydi. Urning III sulolasi davrida Elam yana Ikki daryo hukmronligida qolib, sulolaning eng zabardast vakili Shulgi Suzada “Suza xudosi va hukmdori 1 ”, ya'ni Inshushinak Sharafiga maqbara quradi. Ur davlati kuchsizlangan vaqtda Elam hukmdorlari o‘z mustamlakachilarini tor-mor qilishga muyassar bo‘ldilar. Bu voqyealar shoh Kuternaxxunt davrida ro‘y beradi. Miloddan avvalgi 2024-yilda Kuternaxxunt Urni bosib olib, vayronaga aylantirgan, Elam bundan sal avvalroq Frot oqimining o‘rta qismidagi Mari manzilgohida joylashib oladi. Amoriylar tomonidan berilgan zarbalar natijasida Urning III sulolasi barpo etgan davlat quladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qadimgi Midiya davlati tashkil topish tarixi. 2. Qadimgi Elam davlati boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan? 3. Qadimgi Midiya davlatini markazlashtirishda harbiy islohotlarning ahamiyati qanday bo‘lgan? 4. Qadimgi Midiya davlati madaniyati haqida nimalarni bilasiz? 5. Qadimgi Elam davlatning gullab yashnashi va inqirozga uchrashining asosiy sabablari nimalardan iborat? 6. Miloddan avvalgi II ming yillikda Elam davlatining ijtimoiy va siyosiy tuzumini tasvirlab bering. 7. Suza I va Suza II madaniyatining asosiy xususiyatlari nimadan iborat? 1 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., «Владос», 2000. 172 10-mavzu. Yaqin va O‘rta Sharq qadimgi davlatlari madaniyati Reja: 1. Qadimgi Xett madaniyati. 2. Qadimgi Falastin madaniyati. 3. Qadimgi Finikiya madaniyati. 4. Qadimgi Finikiya madaniyati. 5. Qadimgi Suriya madaniyati. 6. Qadimgi Midiya madaniyati. Tayanch iboralar: Bo‘g‘oz qoya, Yazili qoya, mixxat, xurritlar, teshub, Telepin, Xett mamlakatining 1000 xudosi, Xanaan, Bet - shanda, Mekal, Tangri El tog‘i, Tavrot, Xerovoam, psevdoiyeroglifik, tangrilar shohi, Xalpat alifbesi, “Vaal va Aliyyan” dostoni, nomadlar, Ekbatana. Qadimgi Xett madaniyati o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, arxeologik qazilma ishlari ayniqsa, Yazili qoyadagi bo‘rtma rasmlar orqali boy ma'lumotga ega bo‘lish mumkin. Bu rasmlarda xett ahlining o‘nlab xudolari tasvirlangan bo‘lib, bu rasmlar xurritlar va bobilliklar san'ati ta'sirida ijod qilgani ko‘rinib turibdi. Bo‘g‘oz qoya yaqinida arxeologlar tomonidan Xett davlati poytaxti - Xattusa shahri qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu shahar antiqa me'morchilik namunalari bilan ajralib turgan. Shahar bahaybat toshlardan terilgan devor bilan o‘ralib, ular baland minoralar bilan birga mustahkam qal'a tashkil etgan. Shahardagi qasrlarning devorlari tosh plitalar bilan bezatilgan bo‘lib, shahar darvozasi oldida dushmanga vahima solish uchun ikki ulkan sher haykali o‘rnatilgan. “Bo‘g‘oz qoya” arxivlarida Gisgimmas haqidagi rivoyatlar saqlanib qolgan 1 . Bu rivoyatlar matnini o‘rganish natijasida Gisgimmas afsonalari Shumer va Aqqodda mavjud Gilgamesh haqidagi afsonaning aynan o‘zi ekanligi aniqlanadi. Garchi qahramonning ismi xett tiliga moslashtirilsada, Gilgamesh va Gisgimmas yagona obraz bo‘lib qolavergan. 1 Enteen, Gorn, Kern, Soviet cit., p. 54, note 10. These decrees were phrased relatively early, at the turn of 1920s to 1930s, but were published for the first time in 1936. Xett madaniyati 173 Xett davlati tarixi va madaniyatini o‘rganilishi Kichik Osiyoda yashagan xettlar Old Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida vositachi vazifasini bajarganlini ko‘rsatadi. Misrliklar Xanaan deb atagan bu mamlakat hududida Gaza, Megiddo, Kadesh va Iyerusalim kabi shahar-davlatlar gullab yashnagan. Ular Finikiya, Suriya, Misr, Mesopotamiya kabi mamlakatlar bilan keng savdo aloqalarini o‘rnatgan. Falastinda qadimdan me'morchilik, to‘qimachilik, zargarlik, temirchilik, kulolchilik va kemasozlik rivojlangan. Miloddan avvalgi XIX - XVIII asrlarda Falastin shaharlari gullab yashnagan. Falastinning boyliklari qo‘shni davlatlarni o‘ziga tortgan. Asrlar davomida misrliklar, Bobil, Aqqod, Ossuriya, Xett, Eron, Yunon, Rim qo‘shinlari Falastinga ko‘plab yurishlar qilib, mamlakatni vayron qilib, talofatlar keltirganlar. Masalan, Bet-Shan xarobalarida Misrning XVIII - XIX sulola fir'avnlari zamonida, jumladan Seti I va Ramzes II davrida, qurilgan ibodatxonalar qoldiqlari aniqlanib, Suriya - Finikiyaning Vaal - Dagon va Vaalat-Ashtoret zamoniga oid ibodatxonadan misrliklar uslubida ishlanib, Misr yozuvlari bitilgan qabr toshi topilgan. Unda Suriya - Finikiya xudosi Mekal nomi bilan ataladi. Shu bilan bir vaqtda Bet - Shanda muqaddas ilonga ham sig‘inganlar. Qazish ishlari vaqtida topilgan ko‘plab buyumlar, jumladan, qadimgi Bobil yozuvlarida “Shan” nomi bilan uchraydigan muqaddas ilon uyalari ham shundan dalolat beradi. Bu diniy e'tiqod shakllari eng qadimgi yahudiy qabilalarining diniy qarashlariga mos keladi. Qadimgi yahudiylar ham o‘sha davrning o‘zga xalqlari kabi turli tabiat kuchlari hamda hayvonlarga topingani to‘g‘risida ma'lumotlar bor. Misr yozuvlarida Falastinning “Tangri El tog‘i” deb atalgan joyi xatga olingan. Isroilning ilk shohi Xerovoam tepalik ustida ibodatxona qurgan. Falastinning turli joylaridan muqaddas hisoblangan toshlar topilgan. Tavrotda “dalolat uchun” tosh uyumini qilish odati ta'rif etiladi 1 . Tavrot kitoblarida ta'rifi keltirilgan oltin buzoq va mis ilon o‘sha davrda hayvonlar ilohiylashtirilib, ularga sig‘inganlikni qo‘rsatadi. Din adabiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. “Tavrot” 1 Monmonier M., Rhumb Lines and Map Wars. A Social History of the Mercator Projection, Chicago 2004. Qadimgi Falastin madaniyati 174 kitoblarida qadimgi adabiyotning turli asarlari: diniy asotirlar, tarixiy afsonalar, qahramonlar haqida xalq dostonlari saqlangan. Tavrot asarlarida Xanaan hamda Bobil va Misr adabiyotining ta'siri sezilib turadi. “Tavrot” o‘z navbatida qadimgi xristian adabiyotiga ta'sir ko‘rsatgan. Payg‘ambarlarning va'zlari va badiiy jihatdan g‘oyat yuksak lirik she'rlar (diniy qasidalar) jahon adabiyotining eng go‘zal asarlari qatoridan joy olgan. Qadimgi Falastinda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo -sotiq rivojlangan. Xo‘jalikni boshqarish uchun xatni biladigan savodli mirzolar, amaldorlar, harbiylar, me'morlar, hunarmandlar talab etilgan. Ularni qadimgi maktablarda tarbiyalashgan. O‘sha davrda qadimgi oromiy yozuvidan foydalanilgan. Falastinda yozuv va amaliy bilimlarning vujudga kelishi xo‘jalik rivojiga katta ta'sir ko‘rsatgan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling