Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


asrlarda suv toshqini tufayli uni tashlab chiqib ketgan. Bu voqyea  «Maxabxarata»


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


asrlarda suv toshqini tufayli uni tashlab chiqib ketgan. Bu voqyea 
«Maxabxarata» ma'lumotlariga mos keladi.  
Shu narsa diqqatga sazovorki, qadimgi hind manbalari 
Kurukshetradagi jangdan so‘ng yangi davr boshlanganini qayd etadi. 
Shimoliy Hindistondagi 
qadimiy sulola va davlatlar 

 
 
193
Avvaliga qudratli va nufuzli panchal va kuru qabilalari o‘zining 
siyosiy mavqyeini yo‘qotib, maydonga Sharqiy Hindistonda kichikroq 
davlatlar, birinchi navbatda Koshala (poytaxti Ayodxa va Shravasti), 
Kashi (bosh shahri Varanasi), Videxa (poytaxti Mitxeli) chiqadilar. 
Hozirgi Bixarning janubida Magadxa davlati (poytaxti Giravraja, 
so‘ng Rajagrixa) g‘arbiy tumanlarda-Avanti (poytaxti Ujjayn-
Ujjayani) muayyan mavqyega ega bo‘ldilar.  
So‘nggi vedalar adabiyotida mamlakat uch qismga bo‘linganligi 
haqida aytiladi. Ular Arvarta (oriylar mamlakati) va Dakshinapatxa 
- (janubiy mamlakat) dan iborat edilar
1
.  
Tadqiqotchilar ixtiyoridagi arxeologik manbalar qatoriga o‘sha 
paytlarda yaratilgan adabiyotlar - vedalar va qadimgi hind eposi ham 
qo‘shilgan. Shu yerda ta'kidlash joizki, shimoliy Hindiston tarixida 
miloddan avvalgi II-ming yillik oxiri va I-ming yillik boshlari 
vedalar davri deb yuritiladi. Vedalar davrining ko‘p jihatlarini bugun 
umumiy ko‘rinishda tasavvur etish mumkin. Tarixiy dalillar 
yetishmasligi tufayli veda adabiyotiga oid ayrim asarlar sanasini 
aniqlash qiyin. Qadimgi Hindiston tarixi bosqichlari bir-biridan farq 
qilsa ham, olimlar o‘sha davr moddiy, ma'naviy, madaniy va ijtimoiy 
hayotining asosiy xususiyatlarini ochib berganlar. Xalqlar orasida ana 
shu uzoq o‘tmish to‘g‘risida umumiy farovonlik va haqiqat davri 
degan tasavvur saqlanib qolgan bo‘lib, bu davr «Oltin asr» nomi bilan 
mashhur.  
Veda davrining oxirida ozod to‘rt tabaqali tizim tarkib topishi 
bilan kishilar o‘rtasidagi tengsizlik yuzaga keldi. Bu ijtimoiy 
tabaqalanishdan dalolat berib, jamiyatning mohiyati uni ikki sinf: qul 
egalari va qullarga bo‘linishini keltirib chiqardi. Qul so‘zini 
anglatuvchi «das» iborasi qadimiy va uning dastlabki ma'nosi 
«dushman»,  «johil»,  «dindan qaytgan» ma'nolarini anglatgan. 
“Rigveda”  da  bu  so‘z  «qabilalararo to‘qnashuvlarda asir tushgan 
yoki jamoaning qullikka mahkum qilingan a'zosi» ma'nosini 
bildirgan.  «Oriy» so‘zi «das» so‘ziga qarama-qarshi bo‘lib, “oliy 
himmat” hamda "ozod" ma'nosida qo‘llanilgan. Birinchi navbatda 
harbiy asirlar va mahv etilgan aholi qul qilingan. Biroq qullik faqat 
                                                 
1
 V. Sogrin, A. Chubaryan, Highlighting Some Problems of World History, in 
“Social Sciences”, 1990, 2,  
pp. 35-45. 

 
 
194
urush tufayli kelib chiqmay, balki ibtidoiy jamoada ishlab chiqarish 
kuchlarining rivoji va ijtimoiy tengsizlik tufayli uning kelib chiqishi 
uchun Shart-Sharoit yetilgan. Qullar ham mulkning bir qismi 
hisoblangan. 
Vedalar davrida yashagan hindlar Gang vodiysining o‘rmon bilan 
qoplangan katta qismini o‘zlashtirganlar. Bu jarayon uzoq davom 
etgan. Hind-oriy qabilalari yerli xalq bilan aralashib, mahalliy hayot 
tarzi va xo‘jalik faoliyatiga ko‘nika boshladilar.  
Temir qazib olish va qayta ishlash o‘sha davrning asosiy yutuqlari 
sifatida xo‘jalik hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Gang 
vohasining g‘arbiy tumanlarida olib borilgan qazish ishlari odamlar 
o‘sha davrda temirdan foydalanganligidan dalolat beradi. Masalan, 
130 ga yaqin turli temir buyum - kamon uchi, nayza, bolta, pichoq, 
igna va shu kabi ashyolar topilgan. Qadimgi hindlar garpun, uy-
ro‘zg‘or buyumlari, qurilish ashyolari - mix kesgich, qisqich, qishloq 
xo‘jaligi buyumlari - o‘roq, bolta, zeb-ziynatlar yasashgan.  
Nisbatan mukammal ishlangan mehnat qurollari yangi yerlar 
ochishda qo‘l kelgan. Arpa, sholi, bug‘doy, suli, boshoqli donlar 
ekilgan. Arpaning qora, tezpishar va boshqa navlari haqida 
ma'lumotlar bor. Shuningdek, paxta ham yetishtirilgan. Manbalarda 
ayrim meva nomini uchratish mumkin. Yerlar omoch yordamida 
haydalgan. Sun'iy sug‘orish mavjud bo‘lgan. “Rigveda”da charxpalak 
-  “chakra” haqida ma'lumot berilgan. Qoramol, birinchi navbatda, 
sigir qadimgi hindlarning asosiy boyligi bo‘lgan. Tadqiqotchilar 
hinduizm dinida sigirga e'tiqod qilish shu tariqa kelib chiqqan deb 
ta'kidlaydilar.  
Veda adabiyotida temirchi, kulol, duradgor, konchi, zargar, 
qassob, musallas tayorlovchi, sartarosh, tikuvchi kabi kasb egalari 
haqida ma'lumotlar uchraydi. To‘qimachilik, asosan, uy mashg‘uloti 
bo‘lgan. 
Qadimgi Hindiston tarixining vedalar va ulardan keyingi davr 
haqida anchagina ma'lumot mavjudligiga qaramay, ushbu davr, 
xususan, vedalar davrining siyosiy tarixini tiklash hamon muammo 
bo‘lib qolmoqda. Purana va epos manbalari bir-biriga zid. Eng 
qadimgi puranalar nisbatan kechroq, III-IV asrlarda yaratilgan. 
So‘ngi yillarda mazkur muammoni o‘rganishga yangicha 
yondashilmoqda.  

 
 
195
Vedizm Hindistonning eng qadimiy 
diniy tizimidir. U mamlakatning keyingi 
davrdagi diniy qarashlari va falsafiy ta'limotiga katta ta'sir ko‘rsatdi. 
Veda diniga politeizm - ko‘p sonli ma'budalarga e'tiqod etish xos. 
Vedalar davrida hindlar tabiat, uning hodisalari shuningdek, 
ma'budalarga sig‘inganlar. Ularning fikricha, xudolar insonga xos 
fazilat va nuqsonlarga ega edilar. Veda xudolari odam va jonivor 
shaklida tasvirlangan. Xudolar Sharafiga madhiyalar o‘qilib, 
qurbonliklar qilingan. Qadimdagi hindlar dunyosi uch qismdan: 
osmon, yer va antariksha (yer va osmon orasidagi makon) dan iborat 
bo‘lib, ularning har biri o‘z ma'budiga ega deb hisoblaganlar. Samo 
ma'budalari qatoriga Quyosh ma'budasi Sur'ya, tong ma'budasi Varuna'>Ushas 
va falak tartiboti ma'budasi Varuna kirgan. Yer ma'budalari ichida 
olov ma'budasi Agni va ichkilik ma'budasi Somaga ko‘proq e'tiqod 
etilgan. Antariksha ma'budalari qatorida momaqaldiroq ma'budasi 
Rudra, shamol ma'budasi Vayyu va qudratli ma'buda Lindrani 
ko‘rsatish mumkin. “Rigveda” madhiyalarining katta qismi aynan 
unga bag‘ishlangan. Ma'buda Agni alohida ehtiromga ega bo‘lgan. 
Olov din uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, odamlar bilan 
ma'budalar o‘rtasida vositachi hisoblangan. Quyosh ma'budasi Sur'ya 
go‘yo har tongda otash rangli otlar qo‘shilgan aravada namoyon 
bo‘lgan. U atrofni yoritib, hayotbaxsh issiqlik taratadi deb 
hisoblangan.  
Xalq e'tiqodiga ko‘ra osmon egasi qadimgi ma'buda - Varuna o‘z 
aravasida sayr qilib yurgan. U dunyoda tartibot himoyachisi 
hisoblangan.  Vedizm ibtidoiy dinlardan odamlarning ijtimoiy 
tengsizligini ilohiylashtirish bilan farq qilardi. Karma haqidagi 
ta'limot ijtimoiy tengsizlikni oqlash imkoniyatini bergan. Hukmdorlar 
ilohiylashtirilgan, ma'budalarga to‘la-to‘kis bo‘ysunish har bir 
odamning oliy burchi bo‘lgan. 
Dastlab, veda qabilalarining ehromlari bo‘lmagan, keyinchalik, 
ma'budalarga sig‘inish uchun maxsus binolar qurdilar. 
 Vedalar Hindistonning adabiy yodgorligidir. Ular 
o‘zida turli tarixiy bosqichlarga matnlarni jamlagan. 
Hind tarixchilaridan A.Ch.Banerji va N.K. Sinxa veda adabiyoti 
miloddan avvalgi 2500-yildan to 500-yilga qadar bo‘lgan davr 
oralig‘ida yaratilgan deydilar. Bugungi kunda ham hindlar tug‘ilish, 
Vedalar davrida din 
va madaniyat. 
Veda adabiyoti 

 
 
196
o‘lim yoki nikoh to‘yi munosabati bilan bog‘liq diniy marosimlarni 
qadimgi veda urf-odatlari bo‘yicha o‘tkazishadi. Brahmanlarning har 
kuni uch mahal qiladigan toat-ibodati ikki yoki uch ming yil ilgarigi 
vedalardan kelib chiqqan. Vedalar davridan so‘ng rivojlangan sanskrit 
adabiyotining asosi va kelib chiqishi vedalar bilan bog‘liq. Hind 
falsafiy tizimlari asosida Vedalar ta'limoti yotadi. Hindlarning 
an'anaviy huquqiy munosabatlari, xo‘jalik va diniy urf-odat va 
marosimlari hamon Vedalarga asoslangan. 
Veda adabiyotining tarkibiga Samxit, ya'ni madhiyalar, toat-
ibodat, qurbonlik duolari va h.k. kiradi. To‘rtta vedalar to‘plami 
mavjud: 
“Rigveda” (madhiyalar devoni) eng muhim to‘plam. U miloddan 
avvalgi XI - X asrlarga taalluqli bo‘lib, 1028 madhiyadan (sukt) 
iborat. Ba'zi madhiyalar marosim duolari sifatida xizmat qilgan, ammo 
boshqacha yo‘nalishdagi madhiyalar ham bor. Bular samoviy va to‘y 
madhiyalaridir. 
Yana bir madhiyalar to‘plami “Atxarvaveda”. Hozirgi kunda u 
731 madhiyadan iborat bo‘lib, 20 ta kitobga bo‘linadi. Bu asar 
“Rigveda”ga nisbatan kechroq yaratilib, ruhlar, jin va sehrli kuchlarga 
e'tiqod xususidagi ma'lumotlarni jamlagan. Olimlar fikricha, u 
etnografiya va din tarixi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Uchinchi to‘plam - “Samaveda” (qo‘shiqlar devoni) - 1549 
madhiyadan iborat. Ular qurbonlik marosimida aytilgan. 
To‘rtinchi to‘plam - “Yajurveda” (qurbonlik va xayr-ehson, 
tilovatlar devoni). U qisman madhiyalar va nasr parchalar (jurlar) dan 
iborat. 
 Urf-odatlar va qurbonlik marosimlariga oid 
duolardan iborat. “Rigveda”ga taalluqli ilk 
brahman  “Aytareye brahman” va “Kashutaki 
brahman” katta ahamiyatga egadir. 
Aranyaklar yoki o‘rmon kitoblari. Bu kitoblar shu qadar muqaddas 
hisoblanganki, ularni faqat o‘rmonda (aranya) o‘qishga ruxsat etilgan. 
Ular falsafiy mulohazalar, majoziy marosimlar va sahiylarning sirli 
ahamiyatidan bahs etadi. Aranya o‘rmonda hayot kechirayotgan 
zohidlar uchun yozilgan deb faraz qilinadi. Bu asarlarda qurbon 
keltirish marosimlari asta-sekin keyingi o‘ringa o‘tib, ularning o‘rnini 
haqiqat va tabiat haqida falsafiy mulohazalar egalaydi. 
Brahmanlar yoki 
nasriy matnlar 

 
 
197
 Upanishadlar va ularning ta'limoti. Veda adabiyotining xotima qismi 
upanishadlar, ya'ni veda rivoyatlari va marosimlariga oid turli falsafiy 
va diniy-falsafiy Warhlarni jamlagan matnlar yig‘indisidir. 
Upanishadlar  «vedanta», ya'ni vedalar nihoyasi deb atalgan. 
Taxminlarga ko‘ra 108 upanishad bo‘lib, ularning eng qadimgisi 
miloddan avvalgi VII-IV asrlarda yaratilgan. Ulardan 13 matn 
asosiy deb hisoblanadi. 
Shuni ta'kidlash lozimki, biror xalq qadimgi hindlar kabi ibtidoiy 
jamoadan to sivilizatsiya davrigacha vedalardek ko‘plab yodgorlik 
qoldirmagan. To‘rt ming yildan ortiq davr ichida yuzlab brahman 
avlodlari vedalarni xotiralarida saqlab kelishgan va yozma ravishda 
tarix yodgorligi sifatida qoldirishgan. 
Epik adabiyot. Qadimgi Hindistonning eng katta epik dostonlari 
«Mahabxarata» bilan «Ramayana»  miloddan avvalgi I ming yillik 
oxiri - milodiy I asrda shakllandi. «Mahabxarata»da pandaviylar 
bilan kauraviylar o‘rtasida Kurukshetra maydonida 18 kun davom 
etgan jang haqida hikoya qilinadi. 
«Ramayana»da yovuz jin - Ravana tomonidan Lanka oroliga 
zo‘ravonlik bilan olib ketilgan shoh Ramaning sevgilisi Sitani 
qutqarish uchun Ramaning shu orolga yurishi to‘g‘risida so‘zlanadi. 
Bir qator olimlarning fikricha, «Ramayana»da hind-oriylarning 
shimoldan uzoq Lanka (hozirgi Shri - Lanka)ga kirib borishi haqidagi 
tarixiy fakt ifodasini topgan. Ikkala doston ham yirik asar: 
«Mahabxarata» 100000 bayt (shlok), «Ramayana» esa, 24000 
shlokdan iborat. «Mahabxarata» muallifi sifatida donishmand 
Vyasega nisbat berishadi. «Ramayana»ning muallifining nomini esa 
Valmike deb ataydilar. Ammo, olimlar bu ikki shoir hayoti haqida 
aniq ma'lumot keltirmaganlar. Ularning har ikkisi ham shu qadar 
ma'lum va mashhur bo‘lganlarki, nomlari asrdan asrga saqlanib 
qolgan. Ikkala asar ham qadimgi Hindistonning o‘ziga xos yodgorligi 
va qomusi hisblanadi. Ularda o‘sha davr siyosiy, madaniy, ijtimoiy 
hayoti, davlat tuzumi, qadimgi hindlarning kundalik turmushi 
to‘g‘risida qiziqarli va diqqatga sazovor ma'lumotlar bor. 
Hindistonning hozirgi, shuningdek, qadimgi hududida bu asarlarga 
teng o‘zga asar yo‘q. Qadimgi davr Sharqiy va Janubiy Osiyo, Uzoq 
va YAqin Sharqda bu asarlarning ahamiyati beqiyos bo‘lgan. Ular 
Yevropa tillariga ham tarjima qilingan. Ko‘plab adabiyot, san'at 

 
 
198
arboblarini shu asarlar mazmuniga hamohang yangi san'at asarlariga 
ilhomlantirgan. Hozir ham Hindistonda bu dostonlar sevib, ardoqlab 
o‘qiladi.  
 «Mahabxarata»da hikoya qilingan urush taxminan miloddan 
avalgi 1100-yili bo‘lib o‘tgan. So‘nggi vedalar davrida Kerru qabilasi 
eng qudratli oriy qabilalaridan hisoblangan. Xastinapur va 
Indraprastxa esa tarixiy shaharlar. Kosala uzoq vaqt mobaynida 
qadimgi Hindistonning buyuk davlatlaridan biri bo‘lib keldi. Olimlar 
fikricha,  «Ramayana» syujeti ham tarixiy haqiqatga mos keladi. 
Nafaqat Hindistonda, balki umuman Sharqda bunchalar shuhrat 
qozongan doston mavjud emas. Bu asarlar Sharq va G‘arb xalqlarida 
Betxoven, Hyeyne, Gandi hamda Tagor kabi arboblarni o‘ziga maftun 
qilgan.  
 Veda matnlari asosida vedalar davridagi ilmiy 
bilimlarning rivojlanishini kuzatish mumkin. 
Vedalarda matematika fanining rivojlanishi haqida ma'lumotlar 
saqlanib qolgan. Shulpasutralar, ya'ni o‘lcham qoidalari to‘plami 
alohida qiziqish uyg‘otadi. Shulpasutralarda turli shakllarning 
tuzilishi, hisoblash tizimlari haqida bayon qilingan. Tibbiyot yuksak 
darajada rivojlangan. Bu sohada hindlarning bilimi chuqur bo‘lib, ular 
turli o‘tlar, suv, maxsus malham va duolar yordamida ko‘p 
kasalliklarni davolaganlar.  
Ilk veda asarlarida aytilishicha, u vaqtlarda bxishaj nomi bilan 
atalgan tabiblar bo‘lgan. «Atxarvaveda»da tibbiyot to‘g‘risida keng 
ma'lumot beriladi. Qadimgi hindlar kasallik sababini xudoning 
g‘azabiga yo‘yib, bemorning sog‘ayib ketishini tangri rahmdilligi 
tufayli deb bilganlar. Qadimgi shifokorlar yurak, oshqozon, ko‘z, teri 
va o‘pka kasalliklarini tuzata olganlar. Matnlarda odamning 300 ga 
yaqin tana a'zolari nomi qayd etilgan. 
Vedalar davri ahli astronomiyani yaxshi bilgan. Ular nafaqat 
Quyosh va Oy, balki sayyoralar va yulduzlarni ham batafsil 
o‘rganishgan. Qadimgi hindlar taqvim (kalendar) lar tuzganlar. Ushbu 
taqvimga ko‘ra yil 12 oy, bir oy esa 30 kundan iborat bo‘lgan.  
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Shimoliy Hindiston. 
Miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida shimoliy Hindistonda 
temirchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, shahar 
rivojlanishi, pul muomalasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot belgilaridan 
Ilmiy bilimlarning 
paydo bo‘lishi 

 
 
199
hisoblangan. Qo‘shni xalqlar bilan savdo-sotiq va madaniy 
aloqalarning kengayishi ijobiy o‘zgarishlar keltirib chiqargan. 
Chunonchi, dunyodagi uch yirik dindan biri - buddizmning rivoji o‘z 
davri madaniyati bilan chambarchas bog‘liq edi. 
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda dastlabki yirik davlatlar 
tashkil topdi va ular o‘rtasida ustunlikka ega bo‘lish uchun kurash 
kuchaydi. Manbalar ko‘plab urushlar, ya'ni xalqlar, qabilalar, 
monarxiya to‘qnashuvlari hamda sulolalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar 
haqida ma'lumot beradi.  
Ilk buddizm asarlariga ko‘ra
1
, Budda davrida Shimoliy Hindistonda 
16 ta maxajanapad - «buyuk davlat» mavjud bo‘lib, ular: Anga, 
Magadxa, Kashi, Koshala, Vaji, Mala, Chedi, Vamsa, Kuru, Panchali, 
Magxa, Shurasena, Ashmaka, Avanti, Gandxara, Kambodja 
davlatlaridir. Ba'zi ma'lumotlar mazkur ro‘yxat miloddan avvalgi VI 
asr o‘rtalariga emas, balki undan oldingi davrga to‘g‘ri kelishini 
ta'kidlaydi. Bu ro‘yxatda shimoliy Hindistondagi qudratli va yirik 
davlatlar nomi zikr qilingan. Qadimgi Hind olimi Paninining 
ta'kidlashicha, asli bu raqam juda katta, ya'ni 30 tadan ko‘proq 
bo‘lgan. ya'ni davlatlar Puranlarda esa 175 ta Janapat - davlat nomi 
ko‘rsatilgan.  
Ba'zi Janapatlar asta-sekin o‘z hududini kengaytirib borgan, 
ba'zilari esa yirik davlatlar tarkibiga kirgan. Manbalarda ularning 
hammasi mustaqil davlat deb aytilmaydi. Magadxa davlati shimoliy 
Hindiston siyosiy xaritasida markaziy mavqye egallagan. Bu nom ilk 
bor  «Atxarvaveda»da uchraydi, shuningdek, ba'zi keyingi davr 
qadimgi hind manbalari, chunonchi, “Braxman”“Araniyaka”, epik 
doston, puran, shastri va boshqa hujjatlarda ham qayd etiladi. 
Miloddan avvalgi 1 ming yillik o‘rtalarida to‘rt asr mobaynida 
davom etgan qadimgi Hindiston tarixining yangi davri - Magadxa 
mauriylar hukmronligi boshlandi. Mauriylar davrida Hindiston 
tarixida ilk bor yaxlit va yagona davlat vujudga keldi, madaniyat 
yuksaldi, yozuv keng tarqaldi. Bu paytda buddizm barqarorlashib, 
quloch yoydi, vishnuizm va shivaizm dinlari yuzaga keldi. 
                                                 
1
 J. Basista, Soviet Influence on History Teaching and Textbooks in Poland, in 
“OAH Council of Chairs  
Newsletter”, 1997, 55, February, pp. 9-14. 

 
 
200
Magadxa-mauriylar davrini o‘rganishda epigrafik manbalar 
(mauriy shohi Ashoka farmonlari va yozma asarlar, masalan, shoh 
Chandragupta saroyidagi salavkiylar elchisi Megasfenning xotiralari) 
katta ahamiyat kasb etadi. Chandragupta maslahatchisi Kautiliya 
qalamiga oid «Ardxashastra» siyosiy asari ham mauriylar sulolasi 
davri va undan oldingi paytga mansub.  
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda qadimgi Magadxa davlati 
hozirgi janubiy Bixar hududida muhim jo‘g‘rofiy, strategik va savdo 
mavqyeini egallagan. Daryolar kema qatnovi uchun qulay bo‘lib, 
suvidan sug‘orish ishlarida foydalanilgan. Mazkur davlat 
Hindistonning ko‘p o‘lkalari bilan savdo ishlarini yo‘lga qo‘ygan 
bo‘lib, qazilma boyliklari, ayniqsa, metall ko‘pligi bilan ajralib turgan. 
Qadimgi Rajagrixa (hozirgi Rajgir) ba'zida Giribaj (tog‘li qal'a) nomi 
bilan atalib, uning atrofi tepaliklar bilan o‘ralgan. 
Bimbisaraning o‘g‘li Ajatashatru davrida (miloddan avvalgi 493-
461yillar) Magadxaning siyosiy yutuqlari nikoh - qarindoshlik 
rishtalari bilan mustahkamlandi. U Koshala ustidan g‘alaba qozondi. 
Buddaviy va jaynlar matnlaridan ma'lum bo‘lishicha, shimol davlatlari 
bilan kurash uzoq davom etgan. Kurashlarning asosiy sababi daryo 
yo‘lini nazorat qilish imkonini bergan Gang daryosi portining 
mavjudligidir. Ajatashatru lichchxavlarning bosqinidan saqlanish 
maqsadida Pataligamu qal'asini qurdirgan.  
Shuningdek, ushbu sulola davrida Magadxa davlati o‘z 
hukmdorligini G‘arbiy Hindistonga ham yoydi. Udayin (miloddan 
avalgi 461-445 yillar) Magadxa tarixida ilk marotaba poytaxtni 
Rajagrixadan Pataliputraga ko‘chirdi. Shahar tez orada shimoliy 
Hindistonning yirik markaziga aylandi. Poytaxtning Pataliputraga 
ko‘chishi Magadxa va uning istilochilik siyosati kuchayganidan 
dalolat beradi. Bimbisara asos solgan Xaryanka sulolasi miloddan 
avalgi 437-411, Shishunaga sulolasi miloddan avalgi 413-345 
yillarda hukmronlik qilgan bo‘lsa, Nandalar sulolasi miloddan avalgi 
345-317/314 yillarda taxtga o‘tirdi. 
Kir Kanishkani vayron qilib, Hind daryosi va Kofen (Qobul) 
orasidagi viloyatlarni ham bo‘ysundirgan. Yunon tarixchisi Arianning 
«Indika
1
» asarida Hind daryosi g‘arbida yashovchi hind qabilalari 
                                                 
1
 Ferro M., The Use and Abuse of History, or how the past is taught to children, 
London - New York 2003. 

 
 
201
«Eronga qaram bo‘lgan va boj to‘lagan» deyiladi. Ksenofontning 
«Kironediye» asarida Kir Baqtriya va hindlar hududini bosib olganligi 
aytiladi. Chamasi fors shohi Gandxaraning bir qismini ham egallagan. 
Bu o‘lkalarda Ahamoniylar Eronining madaniy va siyosiy ta'siri 
sezilarli bo‘lgan. Oriylar tili Ahamoniylarning rasmiy ishlarida 
qo‘llanib, bu hududda keyingi davrlarda ham istifoda etilgan.  
Yunon tarixchisi Gerodotning guvohlik berishicha, Gandxara 
Eron imperiyasining yettinchi satrapiyasiga kirgan. Hind vodiysi esa 
yigirmanchi satrapiyani tashkil qilgan. U Ahamoniylar davlatida eng 
ko‘p daromad keltiradigan viloyat hisoblangan. Gerodot Eronga har 
yili boj sifatida 360 talant (taxminan 9 tonna qum aralash yuvilmagan 
oltin) to‘langanini qayd etadi. Mahalliy qo‘shinlardan tashkil topgan 
Kserks qo‘shini Iskandarning Hindistonga yurishidan avval ham 
mashhur bo‘lgan. Viloyatning asosiy savdo markazi Pushkaravati 
hozirgi Charasa o‘rnida joylashgan. Hind-yunon davriga oid tanganing 
bir tomonida hind tuyasi, ikkinchi tomonida esa qo‘lida nilufar tutgan 
ona ma'buda Ambi tasvirlangan. Takshashila (Taksila)da topilgan 
tangalarni o‘rganish natijasida olimlar Magadxa miloddan avvalgi V 
asrning oxiridan boshlab Uttarapatxa, ya'ni «Markaziy mamlakat»ga 
olib boriladigan savdo-sotiq yo‘lini to‘liq nazorat qilganligini 
aniqladilar. 
Miloddan avvalgi 327-yilda makedoniyalik Iskandar Panjobga 
kirib keladi. Bu yurishdan so‘ng yunonlarning Hindiston haqidagi 
tasavvurlari o‘zgaradi. Avvallari yunonlar Hindistonni afsonaviy 
mamlakat, fillar kabi qo‘lga o‘rgatish mumkin bo‘lgan noyob 
jonivorlar, daraxtlarida jun tolalar o‘sadigan, shakar va bambuk esa 
bahaybat daraxtlardan terib olinadigan o‘lka ko‘rinishida tasavvur 
qilishar edi. Bu o‘lkada kam mehnat evaziga, yiliga 2-3 marta hosil 
olinishi yunonlarni lol qoldirardi. Chunki ular yurtida yiliga faqat bir 
marta hosil olinardi. Makedoniyalik Iskandar G‘arb va Sharq 
hukmdorlarini yengib, Elladadan to Hind daryosiga qadar hududlarni 
egallagan ulkan imperiya yaratdi. 
Iskandar Hindistonni buyuk g‘alabalari tufayli shon-shuhratga 
burkangan davrda bosib oldi. Kuchli va yaxshi qurollangan qo‘shini 
                                                                                                                                                         
History of the Communist Party of the Soviet Union (Bolsheviks), Short Course, 
1939, URL http://www. 
marx2mao.com/Other/HCPSU39NB.html, accessed on 23 March 2011. 

 
 
202
unga muvaffaqiyat va yutuqlar keltirdi. Erondagi yengil g‘alaba va 
Hind daryosi ortining afsonaviy boyliklari buyuk sarkardaning diqqat-
etiborini jalb etdi. O‘ttiz kunlik qamaldan so‘ng, u Charasaddani 
ishg‘ol qildi. Arrian ma'lumotlariga ko‘ra, yunon-makedon 
qo‘shinining Hind va Gidasp orasidagi Taksila shahri hokimi 
makedoniyaliklarni qulay manzil va mo‘l-ko‘l oziq ovqat bilan 
ta'minlab, kuchli qo‘shni dushman davlatlarga qarshi yunonlar bilan 
birga qo‘shilib jang qilish istagini bildirdi.  
Arrian malumotlariga ko‘ra, bazi qabilalar kuchli qurollangan 
edilar. Ularda 30000 gacha piyoda, 2000 gacha suvoriy, 30 tagacha 
fillar bo‘lgan. Por
1
 nomi bilan ma'lum bo‘lgan Po‘rular shohi o‘zining 
kuchli qo‘shini bilan yunonlarga qarshi chiqdi. 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling