Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


asrdagi falsafiy asarlarda davlatni idora qilish tamoyillari vujudga 
keladi hamda alg‘ov-dalg‘ovlar davridan keyin mustabid tuzumni 
tiklash zarurligi ko‘rsatiladi. Masalan, faylasuf Men - Szi 
dehqonchilik ustidan davlat nazorati o‘rnatilishini tavsiya qiladi. 
Jumladan, qishloq xo‘jaligini yuksaltirish uchun imperatorlarga 
irrigatsiya choralarini ko‘rish xususida ko‘rsatma beradi.  
Miloddan avvalgi IV asrda Sin shohligi boshqa barcha katta 
podsholiklar orasida eng kuchli podsholik bo‘lib qoldi. Sin shohligi 
hukmdorlari butun Xitoyga hokimlik uchun bir asr mobaynida qattiq 
kurash olib bordilar. 
Sin hukmdori Chjen barcha qolgan shohliklarni bo‘ysundirib, 
butun Xitoyni o‘z hokimiyatiga birlashtirib, Sin Shixuandi (miloddan 
avvalgi 221-210 yillar) unvoniga ega bo‘ldi. Uning hukmronligi 
davrida yagona va markazlashgan Xitoy davlati tiklandi. Avvalgi 
mustaqil shohliklar o‘z mustaqilligini yo‘qotdilar. Shu tariqa Chjou 
xonligi tugatilib, o‘rniga yangi markazlashgan Sin shohligi tashkil 
topdi. 

 
 
270
Miloddan avvalgi IV asr 
va III asr boshlarida 
Xitoyning tobora parchalanib borish jarayoni mamlakatda ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning va ayirboshlashning rivojlanishiga to‘siq 
bo‘ldi. Butun mamlakatda yagona sug‘orish tarmoqlarini vujudga 
keltirish, daryo suvlarini muntazam taqsimlab turish ishi barcha 
o‘lkalar birlashuvini taqozo etgan. Ammo maydalashuv Sharoitida 
buning iloji bo‘lmagan. Shunday hodisalar yuz berganki, bir tumanda 
boshqalari bilan kelishmay turib, to‘g‘on qurilishi tabiiy ofat keltirib 
chiqargan. Ikkinchi tomondan, o‘zaro dushman bo‘lgan shohliklarning 
chegaralarida o‘rnatilgan bojxona g‘ovlari xo‘jalik sohasidagi o‘zaro 
munosabatlar taraqqiyotiga to‘sqinlik qilgan. Shuni ham nazarda 
tutish kerakki, sinfiy kurashning keskinlashuvi va ko‘chmanchilar 
tomonidan solingan xavf hukmdor tabaqalarda mamlakat birligini 
tiklashga intilish paydo qilgan. Ichki va tashqi dushmanlarni yengish 
uchun quldorlar markazlashtirilgan hokimiyatni mustahkamlashga 
muhtoj edilar. 
Mamlakatni yangidan birlashtirishda Xitoyning g‘arbiy 
tumanlarini o‘z ichiga olgan va hukmronligini janubdan Yanszi 
qirg‘oqlarigacha o‘rnatgan Sin shohligi asosiy o‘rin tutdi. Miloddan 
avvalgi IV asrda Sin shohligida Shan Yan nomli katta 
mansabdorning tashabbusi bilan muhim islohotlar o‘tkazilgan. Bu 
islohotchi davlat xizmatidagi oqsuyaklarga va savdogar-sudxo‘rlar 
doirasiga tayanib, patriarxal oila va qishloq jamoalariga qat'iy zarba 
bergan. Yer islohoti shundan iborat ediki, yerni istagancha xususiy 
mulk qilib olish hamda yerni erkin tarzda sotish va sotib olish mumkin 
bo‘lgan. Shan Yan katta oilalarning parchalanib, mulklari bo‘linishiga 
xayrixoh, shuningdek, jamoadagi chek yerlarni sotishga ijozat bergan. 
Soliq zulmi kuchaytirilgan. 
Sin hukmdorlari shu yo‘l bilan g‘oyat katta mablag‘ to‘plaganlar. 
Bu mablag‘ ularga qo‘shinni qayta tashkil etishda yordam bergan. 
Bronza qurol-yaroq o‘rnini temir qurollar egallagan. Qo‘shinda 
yanada qattiqroq intizom, rag‘batlantirish va mukofotlash tartibi 
o‘rnatilgan. 
Shan Yan islohotlari tufayli Sin podsholigi qo‘shini o‘z 
jangovarligi bilan boshqa shohliklarning qo‘shinlaridan ustun bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi III asrning birinchi yarmida Sin podsholari 
Miloddan avvalgi III asr boshlarida 
Xitoyda Sin sulolasi davri. 

 
 
271
barcha dushmanlarini tor-mor qildi. Chjou sulolasi miloddan avvalgi 
III asr o‘rtalarida hokimiyatni qo‘lidan boy berdi.  
In Chjen o‘z shohligi davrida (miloddan avvalgi 246-210 yillar) 
butun hududdagi barcha mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. Miloddan 
avvalgi  221 yilda u imperator (xuandi) unvonini olib, Sin Shixuandi 
(Sinning birinchi imperatori) degan nom oldi. 
U shimolda xunnlar, janubda (Yanszi) Yue mamlakati bilan 
(hozirgi Guandun va Guansi viloyatlari hududi ham shu mamlakat 
tarkibiga kirgan) bir necha bor muvaffaqiyatli urush qilgan. Shimoliy 
ko‘chmanchilardan mamlakatni himoya qilish uchun Buyuk Xitoy 
devori (Saddi Chini) qurilgan. Bu tuproq tepalar, tosh va g‘ishtdan 
ishlangan devor va minoralardan iborat murakkab istehkom bo‘lib, 
uning uzunligi 4000 kilometr, balandligi 10 metrga teng. Devor shu 
qadar qalinki, uning ustida yonma-yon oltita otliq bemalol yura oladi. 
Bu istehkom qurilayotganda avvalgi istehkomlar ham Buyuk Xitoy 
devoriga qo‘shilib ketgan. Bu istehkom qurilishida salkam ikki 
million kishi (asosan harbiy asirlar va hukm qilingan jinoyatchilar) 
mehnat qilgan.  
Sin Shixuandi o‘zining ichki siyosatida Shan Yan qonun-
qoidalariga amal qilgan. Butun davlat 36 viloyatga bo‘linib, bu 
viloyatlar shoh amaldorlari tomonidan idora qilingan. Avvalgi 
zodagonlar boshqarish ishlaridan chetlashtirilib, qattiq nazorat ostiga 
olingan. 
Xitoyda markazlashtirish jarayoni avj oldi. Bir-biriga tayanch 
bo‘lib, bir-birini qo‘llab-quvvatlamasligi uchun imperator Vey daryosi 
shimoliy sohilidagi yangi poytaxt - Syanyan shahriga aslzoda oilalarni 
ko‘chirib kelgan. Ular o‘zlarining avvalgi mahalliy urug‘-
qabilalaridan uzoqlashib, poytaxtda hech qanday tayanch va kuchga 
ega bo‘la olmaganlar. Vassallarning mahalliy etnik ism bilan atalishi 
ma'n etilib, oddiy aholi “qoraboshlar” nomini olgan. 
Sin Shixuandi tadbirlari qattiqqo‘llik bilan o‘tkazilgani tufayli, 
nafaqat oddiy xalq, balki zodagonlarning ham qarshiligiga uchradi. 
Sin Shixuandi davrida Xitoyning barcha tumanlarida qo‘zg‘olonlar 
ko‘tarilib, ular ayovsiz bostirilgan. Imperator hayotiga to‘xtovsiz 
suiqasdlar uyushtirilgani sababli, u o‘z makonini doimo o‘zgartirib 
turgan. Sin Shixuandi miloddan avvalgi 210 yilda asab kasalligidan 

 
 
272
vafot etgan. Uning hukmdorlik davridan nishona sifatida Buyuk Xitoy 
Devori qoldi, xolos.  
Sin Shixuandi o‘limidan so‘ng dehqonlarning ommaviy 
qo‘zg‘olonlari ko‘tarilib, unga qullar ham qo‘shilganlar. Ayniqsa, bu 
harakat yo‘lboshchilaridan biri Lyu Ban ismli qishloq oqsoqoli nom 
qozondi. U xalq ommasigina emas, balki Sin Shixuandi vaqtida tor-
mor bo‘lgan zodagonlarni ham o‘ziga og‘dirib, raqiblarini davlat 
boshqaruvidan chetlashtirgan. Miloddan avvalgi 206-yilda u Sin 
sulolasining so‘nggi vakilini ag‘darib, birinchi, ya'ni Katta Xan 
sulolasi deb nom olgan yangi sulolaga asos soldi. 
Qadimgi Xitoy Xan sulolasi davrida (miloddan avvalgi 206-
milodiy 220 yillar). Sin sulolasi hukmdori Sin Shixuandi 
hokimiyatiga qarshi dehqonlarning noroziligi ortib, ular ko‘plab 
qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Miloddan avvalgi 206yili qo‘zg‘olonchi 
dehqonlar yo‘l boshchilaridan biri Lyu Ban taxtni egallab, Sin sulolasi 
hukmronligiga yakun yasadi va yangi davlatga asos soldi. Bu 
qo‘zg‘olon natijasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli birmuncha 
yaxshilanib, soliqlar kamaytirildi va davlat mehnat majburiyatlari 
yengillashtirildi. Ammo hokimiyat quldor zodagonlar qo‘lida 
qolaverdi. Ular, dastlab, dehqonlarga bir oz yon bergan bo‘lsalar ham, 
vaqt o‘tishi bilan Sharoit yana ilgarigi ahvoliga qaytdi. 
Mehnatkashlar ommasining xonavayron bo‘lishi quldorlikni 
yanada o‘sishi va mamlakatda qullar sonining ortishiga sabab bo‘ldi. 
Nochor ahvolda qolib, amal-taqal tirikchilik qilgan kambag‘allar 
ko‘pincha bolalarini qul qilib sotishga majbur bo‘lganlar. 
Urush yillarida mamlakat xo‘jalik hayoti izdan chiqib, hukumat 
qo‘shimcha soliqlar solar edi. Xan sulolasi davrida odatiy soliqlardan 
tashqari, hosilga qarab natural soliq joriy qilingan bo‘lib, u yeri bor 
odamlardan olingan. Shu bilan birga aholidan olinadigan pul solig‘i 
joriy qilingan. U-di hukmronligi davri xazina tushumini oshirish 
maqsadida tuz va temirga monopoliya joriy qilingan. Qul savdosi 
rivojlanib, maxsus qul bozorlari vujudga kelgan.  
Qullar soni ko‘payganligiga qaramay, ularning mehnati u qadar 
foyda bermay qo‘ydi. Qullar mehnatining unumini oshirish maqsadida 
qullarga kichikroq yer berilib, shaxsiy xo‘jalik yuritishga ruxsat 
etilgan. 

 
 
273
Ayni vaqtda ijara munosabatlari ham taraqqiy eta borib, 
dehqonlar boylar yerini hosilning 50% evaziga ijaraga olganlar. Ijara 
haqining Yuqoriligi tufayli ko‘plab dehqonlar asoratga tushganlar.  
Xan davrida Xitoyning tashqi savdosi o‘sib, istilochilik siyosati 
keng ko‘lamda yuritildi. Xitoyliklar miloddan avvalgi II asr oxirlarida, 
imperator U-di davrida (miloddan avvalgi 140 - 87 yillar) g‘arbning 
uzoq joylari, O‘rta Osiyogacha, “G‘arbiy chet joy” (Si yuy) deb 
atalgan mamlakatga qadar kirib borganlar. Xitoy karvonlari Sharqiy 
Turkiston orqali Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi o‘lkalarga yetib 
borgan. Xitoyliklar, ayniqsa, Farg‘ona bilan savdo munosabatini 
o‘rnatganlar. Xitoy mollarini Eron savdogarlari bu yerdan Suriya, 
Eron, hatto Rim imperiyasigacha olib borganlar. 
Muhim savdo yo‘li - “Buyuk Ipak yo‘lini” qo‘lga kiritishga 
intilish istilochilik siyosatining davom etishiga sabab bo‘ldi. Xitoylik 
sarkarda va diplomat Ban Chao (miloddan avvalgi 32 - 102 yillar) 
Sharqiy Turkistonga bir necha marta qo‘shin tortib borgan va istilo 
qilgan. Xitoyliklar Sharqda Koreya, Hindi-Xitoyning ayrim 
hududlariga ham kirib borib, Hindistonga yo‘l ochmoqchi bo‘lganlar. 
Tashqi savdo va istilochilik siyosati kengayib borishi oqibatida 
zodagonlar yanada boyiganlar. 
Xan davrida Xitoy davlati qudratining oshishi madaniyatning 
yuksalishida ham o‘z ifodasini topgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, 
bu vaqtda akademiya, kutubxona tashkil qilingan, davlat 
yozuvchilarga homiylik qilgan, ochiq imtihonlar o‘tkazib, 
amaldorlarning malakasini oshirgan. Ammo mehnatkash xalq ahvoli 
og‘ir bo‘lib qolavergan. 
Ijtimoiy ziddiyatlarni kamaytirish maqsadida Dun Chjunshu, Van 
Chun va Van Man islohotlar o‘tkazishga harakat qilganlar. Dun Chjun 
- katta yer-mulklarning bir kishi qo‘lida bo‘lishini ta'qiqlash, tuz va 
temir monopoliyasi, “quldorlarning o‘z qullarini qatl etish huquqini 
bekor qilib, quldorlikka barham berish”, soliqlarni kamaytirish, harbiy 
va mehnat majburiyatlarini yengillashtirishni taklif etgan. 
Xitoyda o‘tkazilgan islohotlar kutilgan natija bermagan. 
Pirovardida kambag‘allar ocharchilik natijasida ko‘targan 
qo‘zg‘olonlari tobora kuchayib bordi. 
Fan Chun boshchiligida 18-yilda ko‘tarilgan “qizil qoshlilar” 
qo‘zg‘olonida Shandun aholisining ko‘p qismi ishtirok etdi. Van Man 

 
 
274
islohotlaridan norozi ayrim zodagonlar ham qo‘zg‘olonga qo‘shildilar. 
Fan Chun rahbarligidagi 10 ming kishilik qo‘zg‘olonchilar lashkari 
Van Man qo‘shinini mag‘lub etdi. 23-yili Van Man qo‘shini batamol 
tor-mor etilib, poytaxtni qo‘zg‘olonchilar egallab olishdi. Lekin 27-
yilda 
“qizil qoshlilar” orasiga kirib olgan zodagonlar 
qo‘zg‘olonchilardan ustun kelib, ularni tor-mor keltirganlar va avvalgi 
tartibni qayta tiklaganlar. 
184-yilda yana bir katta qo‘zg‘olon ro‘y berdi. Bu Chjan Szyao 
rahbarligidagi “sariq ro‘molliklar” qo‘zg‘oloni bo‘ldi. 
Qo‘zg‘olonchilarning qo‘shini bir necha yuz ming kishiga yetgandi va 
ko‘p sonli qullardan iborat alohida bo‘linmalari ham bor edi. Bu 
ommaviy, haqiqiy xalq harakati keng tus olganiga qaramay, 
qo‘zg‘olon bostirilgan. Biroq Xan sulolasi hokimiyatni o‘z qo‘lida 
saqlab qola olmadi. Ko‘pdan-ko‘p qo‘zg‘olonlar Xan davlatini holdan 
toydirib, davlatni parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Chjou qabilalari qayerlarda yashagan va Chjou 
davlatini qanday tashkil qilganlar? 
2. Chjou davlatining ijtimoiy va siyosiy tuzumi 
qanday bo‘lgan? 
Chjou shohligi inqirozining asosiy sabablari 
nimalardan iborat edi? 
1. 
Shan Yan islohotlari nima maqsadda 
o‘tqazilgan? 
2. 
Xitoyda markazlashtirish jarayoni qanday 
to‘siqlarga duch keldi? 
3. 
Nima uchun Sin Shixuandi konfutsiychilar 
ta'limotini ta'qiqlab qo‘ydi? 
4. 
Xan sulolasi hukmronligi o‘rnatilganidan so‘ng, 
hokimiyatni mustahkamlash uchun qanday tadbirlar 
amalga oshirilgan? 
5. 
Xan davlatida yirik qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishi 
sabablari nimalardan iborat? 
 
 
 

 
 
275
15-mavzu. Qadimgi Xitoy manbashunosligi va tarixnavisligi. 
Van Man islohotlari. Qadimgi Xitoy madaniyati. 
 
Reja
1. Chjou davlati (miloddan avvalgi XII - VIII asrlar) 
2. Chjou davlatining xo‘jaligi va ijtimoiy tuzumi.  
3. Chjou podsholigining inqirozga uchrashi  
4. Miloddan avvalgi III asr boshlarida Xitoyda Sin sulolasi davri. 
 
Tayanch iboralar: 
fetishizm, totemizm, Konfutsiy, Lao-szi, 
matriarxat, “Qo‘shiqlar kitobi”, Shan Yan, manevrli suvoriylar, In 
Chjen, Xuandi, Sin Shi, xunnlar, Saddi Chin, konfutsiychilar, Lyu Ban, 
Katta Xan sulolasi 
 
 Xitoyning to‘rt ming yillik yozma 
tarixi bizga qadar yetib kelgan. 
Tarixchilar xitoy xalqining eng qadimgi hayot yo‘lini so‘nggi 
davrlargacha saqlangan va bir qadar o‘zgargan tarixiy an'analar 
asosida emas, balki qadimgi yozma yodgorliklari asosida o‘rgandilar. 
Arxeologiya manbalari qadimgi Xitoy iqtisodi va taraqqiyotini qisman 
yoritsa ham, ammo Xitoyning eng qadimgi tarixi to‘liq manzarasini 
bermaydi. Eng qadim hujjatlar, jumladan, miloddan avvalgi II ming 
yillikka oid hamda toshbaqa kosalaridagi yozuvlar tarix uchun 
muayyan ahamiyatga molik. Miloddan avvalgi Shan In davlatiga oid 
qisqa ma'lumotlarni Yuqoridagi manbalardan olish mumkin. Qadimgi 
Xitoy tarixiy an'analari klassik adabiyot asarlarida o‘z aksini topadi, 
uning tarkibiga tarixiy, diniy-falsafiy va badiiy asarlar kiradi. Biroq 
qadimgi Xitoy klassik adabiyoti asarlari miloddan avvalgi V - III 
asrlarda bir muncha tahrirdan o‘tgan. Ba'zi klassik kitoblar ma'lum 
bir davrda hukmron ijtimoiy-siyosiy va diniy-falsafiy nazariyalar 
ta'sirida butkul qayta ishlangan va shu tufayli matnlar ancha 
o‘zgargan. Masalan: Lu xonligining tahrir qilingan, tuzatilgan 
solnomasi Chun Syu - “Bahor va kuz” kitobida Lu hokimlaridan to‘rt 
nafari qatl qilingani, bittasi haydab yuborilgani, yana biri dushman 
tomonidan o‘ldirilgani haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. 
Xitoyning turli viloyatlari xalq qo‘shiqlarini yig‘ish natijasida 
mashhur  “Qo‘shiqlar kitobi” - “Shitszin” yuzaga kelgan bo‘lib, 
Qadimgi Xitoy davlatlari 
tashkil topishi 

 
 
276
ulardagi mifologik ohanglar qadimgi tarixiy voqyealar to‘g‘risida xalq 
yodida saqlanib qolgan xotiralar bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur 
kitobdagi muqaddas qo‘shiqlarda qadimgi xitoyliklarning ota-bobolari 
ilohiylashtirilgan qahramonliklari haqida kuylanadi.  
Qadimgi Xitoy klassik adabiyotiga kirgan tarixiy kitoblar orasida 
“Hujjatlar kitobi” ni, “tarixiy kitob” - “Shutszin”ni alohida ta'kidlab 
o‘tish lozim. Bu kitobda qadimgi hukmdorlar yoki ularning 
maslahatchilariga qarashli nutq, nasihatlar va farmonlar keltirilgan. 
Undan mamlakatning topografiyasi va boshqarish tizimiga doir 
qiziqarli ma'lumotlarni topish mumkin. Biroq “Hujjatlar kitobi”ni 
Konfutsiy qayta ishlagan va natijada u diniy va siyosiy an'analar bilan 
omuxta bo‘lib, nasihatlar to‘plamiga aylanib qolgan. Xitoy tarixining 
to‘laqonli ravishda poydevorini yaratgan shaxs Sima Syan 
hisoblanadi. U mashhur tarixchi bo‘lib, miloddan avvalgi II - I 
asrlarda Xitoyda yashab o‘tgan. Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” 
deb nomlangan asari qadimgi Xitoy tarixiga oid manba hisoblanadi. 
Muallif bu asarida Xitoyning qadimgi tarixini tartibga soladi. Sima 
Syanning bir qadar siyosiy axloqiy va tarixiy asari Xitoy 
tarixshunosligi rivojiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Keyinchalik Xitoy 
tarixnavisligida barcha sulolalar tarixi haqida kitoblar saqlanib qolgan. 
“Yuan tarixi”, “Min tarixi”, “Sin tarixi” asarlari shular 
jumlasidandir. Ularda saroy tantanalari haqida ma'lumot beriladi. 
Bundan tashqari, har bir imperator va u yuritgan tashqi siyosat haqida 
aytib o‘tiladi. 
Marko Poloning  “Mo‘'jizalar kitobi”,  Plan Kornining 
“Sharqqa sayohat” hamda Rubruk asarlaridan ushbu mamlakat va 
uning tarixiga oid ko‘plab qiziqarli ma'lumotlar olish mumkin. Xitoy 
tarixiga bag‘ishlangan dastlabki asarlardan biri - Mendozaning 
“Buyuk Xitoy shohligi tarixi”dir. Bu asar 1585-yili nashr etilgan. 
1618-yili missioner Goesning Xitoyga qilgan sayohati haqidagi kitob 
chop etildi. XVIII asrda ko‘plab yevropaliklar Xitoyga missioner 
sifatida tashrif buyuradilar. Ular Xitoy adabiyoti va klassik yozuvi 
haqida bir qancha ma'lumotlar yozib qoldiradilar. Fransuzlar Abel 
Remyuza va Shovoni Sima Szyanning “Tarixiy xotiralar” asarini 
birinchi marta fransuz tiliga tarjima qilib, Yevropani Xitoy tarixi bilan 
tanishtiradilar. 

 
 
277
Xitoy tarixini o‘rganishda rus olimlarining asarlari qimmatli 
manbalardan biridir. Rus sayohatchilari va olimlari xitoy tili, tarixi va 
adabiyotini o‘rganish ishiga yirik hissa qo‘shdilar. Rossiya XVI asr 
boshlarida Xitoyga o‘z missionerlarini jo‘natadi. Ulardan 
V.Tyumenets, I.Petlin, I.Boykov, N.G.Spafariylar qimmatli 
ma'lumotlarni yozib qoldirganlar. Masalan, Spafariy “Xitoy baland 
devorlari” nomli asarini yozgan.  
XIX asrda taniqli rus xitoyshunosi I.Bichurin o‘zining o‘n yetti 
yil umrini Xitoyda o‘tkazadi. Uning “O‘rta Osiyoda eng qadimdan 
yashab kelgan xalqlar. Tibet va xunlar tarixi” nomli asari katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Bichurin Xitoy viloyatlari topografiyasini 
xaritalar bilan izohlab berdi. Uning asarlari nafaqat rus 
xitoyshunosligida, balki Yevropa sinologiyasining taraqqiy etishiga 
ham ta'sir ko‘rsatdi. Keyinchalik V.P.Vasilyev “O‘rta Osiyoning 
qadimgi tarixi” asarida ham ko‘p ma'lumotlarni bayon etgan. U 
Xitoyda budda dinining yoyilishi haqida “Xitoy xrestomatiyasi”, 
“Buddizm va uning tarixi” asarlarini yaratdi. Rus olimlari Potonin, 
Grum - Grjimaplo - Obruchev, Kozlovlar tomonidan boy 
materiallar to‘plandi. 
Qadimgi Xitoyning madaniyati va tarixini o‘rganishga mashhur 
xitoy olimi Gomo-Jo ham yirik hissa qo‘shdi. U Xitoy tarixining yirik 
tadqiqotchisi sifatida boy manbalar qoldirdi. Olimning “Qadimgi 
Xitoy jamoasi”, “Quldorlik davri” asarlari diqqatga sazovor. 
Van Man islohotlari. Sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi 
hukmron sinf bo‘lmish zodagonlarning boyishiga jiddiy xavf tug‘dira 
boshlaydi. Ijtimoiy islohotlar o‘tkazishga urinishlar qattiq sinfiy 
kurashni kuchsizlantira olmaydi. Xan davrida Xitoy qay ahvolda 
bo‘lganligini Van Man islohotlari ochiq namoyish etdi. Van Man 
qishloq va shaharlarda yashagan o‘rta tabaqa aholining iqtisodiy 
ahvolini yaxshilashga va ijtimoiy ziddiyatlarni susaytirishga intilgan. 
Van Man shu o‘rta tabaqadan chiqqan degan farazlar mavjud. 8-yilda 
Van Man taxtga chiqib, yangi - Sin sulolasiga asos soldi. 
Shu davrda sinfiy ekspluatatsiyani susaytirishni maqsad qilgan 
nazariyalar tarqala boshladi. Keskin tus olgan ijtimoiy ziddiyatlarni 
bir qadar susaytirish orqali qo‘zg‘olonlarni bostirishga harakat qilindi. 
Bu jihatdan Dun Chjunshu va Van Chun g‘oyalari hamda Van Man 
islohotlari o‘ziga xos ahamiyatga egadir. 

 
 
278
9 - 10 yillarda Van Man talay islohotlarni amalga oshirdi. Uning 
g‘oyalarida  “Szintyan” tizimi, ya'ni qadimgi jamoa yer mulkini 
tiklash islohotlari e'lon qilindi: 
1. Yer islohoti. Zodagonlarga qarashli yerlar musodara qilinib, 
davlatga tegishli hamma yer “hukmdor yeri” - “vantyan” deb e'lon 
qilingan. Shu bilan birga yer fondini qaytadan taqsimlashga hamda yer 
egaligini cheklab qo‘yishga harakat qilingan. 
2. Yer va qul sotish ta'qiqlangan. Qullarni “shaxsiy qaramlar” - 
“si shu” deb nomlash qulchilikni bekor qilish yo‘lidagi ilk qadam 
bo‘lsa ajab emas. 
3. Davlatning temir, tuz, vino va kon hunarmandchiligi ustidan 
monopoliyasi vaqtincha susaygan bo‘lsa ham, keyinchalik u yanada 
kuchaydi. 
4. Ishlab chiqarish va savdoni tartibga solish maqsadida
mamlakat xo‘jalik hayoti ustidan qat'iy va amaliy nazorat o‘rnatishda 
davlat hokimiyatidan foydalanilgan. 
Lekin bu islohotlar Yuqori tabaqalar tomonidan qo‘llab-
quvvatlanmagan. Van Man islohotlari muvaffaqqiyatsiz yakunlandi. 3 
yildan keyin, 12 yilda yer islohoti bekor qilindi. Qul sotish va sotib 
olishga yana ruxsat berildi. Bu yarim islohotlar kutilgan natija 
bermadi. Ikkinchi tomondan, ular Yuqori tabaqalarning manfaatlariga 
zid bo‘lib, ular o‘rtasida norozilik keltirib chiqardi. I asrning Xan 
davridagi qadimgi Xitoy jamiyatida kambag‘al xalqning ahvoli tubdan 
o‘zgargani yo‘q. Kambag‘allarning qo‘zg‘olonlari, ijtimoiy harakatlari 
davom etib, tobora kuchayib bordi. 
Qadimgi Xitoy madaniyati. Xitoy madaniyati juda qadim 
zamonlardan mavjud. Eng qadimgi iyeroglif yozuvining paydo 
bo‘lishi dastlabki taraqqiyot jarayonlarini kuzatish imkonini beradi. 
Saqlanib qolgan adabiy manbalar, qadimgi Xitoyning klassik 
adabiyoti, Xitoy diniy falsafasi, huquqshunosligining qanday paydo 
bo‘lib rivojlanganini va juda qadimgi ijtimoiy-siyosiy tizimlarning 
taraqqiyotini kuzatishga imkon beradi. Bu jarayon ko‘p ming yillar 
davom etib kelgan. 
 Yozuv. Qadimgi iyeroglif yozuvi mil.av.II m.y. paydo bo‘lgan 
va hech qachon unutilmagan. Zamonaviy xitoy tili ham kadimgi xitoy 
tiliga asoslanadi. Mil.av.II m.y. (Shan-In davri)da iyeroglif-belgilar 
soni 2000 bo‘lgan, Xan saltanati davrida ularning soni 18 minga 

 
 
279
yetgan. Bizgacha ayrim matnlar hayvon suyaklarida va toshbaqa 
kosalarida yetib kelgan (mil.av. II m.y., Xan davri fol ochadigan 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling