Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
yillikda ko‘chib borgan to‘xar qabilalari va keyinchalik Shartli ravishda xotan-saklar deb nom olgan qabilalardan tashkil topgan edi. Bundan tashqari Sharqiy Turkistonda so‘g‘dlarning katta guruhlari, Markaziy Osiyoning boshqa qabilalari hamda hindlar yashardi. Mintaqa tarixida xun-nu yoki xunlar, shuningdek, boshqa ko‘chmanchi qabilalar o‘ziga xos iz qoldirganlar. Ilk tarixiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy va Hindiston o‘rtasida savdo yo‘llari miloddan avvalgi II asrda paydo bo‘lgan. Oradan bir asr o‘tib, ular yanada rivojlangan. Quruqlikdan o‘tgan asosiy yo‘l - Buyuk ipak yo‘li bo‘lgan. Birma va Sichuan orqali o‘tgan yo‘llar keyinroq paydo bo‘lgan. Sichuanda budda ibodatxonalari qurilib, turli-tuman Budda haykallari bunyod etilgan. Fa Syan so‘zlariga ko‘ra, u 414-yilda Hindistondan Xitoyga dengiz orqali qaytadi. Bu yo‘l Lanka oroli va Katanga orqali o‘tgan. Tarixchilarning fikricha, ikkinchi asrda xitoyliklar ekspansiyasi G‘arbga qaratilgan. Ayni shu sabab ikkala mamlakat orasidagi aloqalarni muvofiqlashtirish talab etilgan. Biroq mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar Kushonlar davrida ancha yomonlashgan. Xan imperiyasining parchalanishi (II asr oxiri - III asr boshi), mamlakatdagi iqtisodiy tanglik va siyosiy tarqoqlik bu mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni tiklashda muammolar paydo qildi. Parfiya davlati hozirgi Turkmaniston janubida, Eronning shimoli Sharqida joylashgan edi. V asrga kelib Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi aloqalar kuchaya boshladi. 70 yil davomida Hindistondan Xitoyga sakkiz nafar elchi tashrif buyurdi. Madaniy aloqalar kuchayishi natijasida Xitoyga buddizm kirib keldi. VI-asrdagi Xitoy imperatori Mindi taklifiga 241 ko‘ra, ikki buddaviy kohin - Dxarmaratna va Kashyapa Matanga Xitoyning Chanan shahriga kelgan (603-yil). O‘sha vaqtda bu shaharda ilk budda ibodatxonasi qurilgan. Buddizm tarixi bo‘yicha mutaxassis E.Syurix bu din Xitoyga 65-yildan boshlab kirib kelgan deb aytadi. Biroq III asrdagina chuqur ildiz otdi. Buddizm Xitoyda keng rasm bo‘lishi natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarda yangi davr boshlandi. Xitoy sayyohlari Fa Syan, Syuan Szyan budda dini targ‘ibotchisi bo‘lish bilan cheklanmay, qadimgi Hindiston tarixiga oid qimmatli asarlar qoldirdilar. O‘sha vaqtda ko‘plab buddaviy kitoblar hind tilidan xitoy tiliga o‘girildi. Keyinroq mashhur hind olimlari Buddabxadra, Kumarajiva, Paramartxa va Badxidxarmalar bir guruh shogirdlari va rohiblari bilan birga Xitoyga safar qilganlar. Ular Xitoyga o‘zlari bilan birgalikda sanskritdan xitoy tiliga tarjima qilingan budda ta'limotiga oid kitoblar keltirganlar. Hind olimlari keyinroq xitoy tilida ham original asarlar bitganlar. Ular Xitoy adabiyoti, xususan, she'riyatiga ham katta hissa qo‘shganlar. Ikki xalq orasidagi bunday aloqa tufayli xitoyliklar hind astronomiyasi va matematikasini o‘zlashtirdilar. Xitoy amaldorlari hind olimlaridan saboq oliWar, ibodatxonalar qurishda hind uslubidan keng foydalanishardi. Xuddi shu jarayon asosida Xitoyga hind musiqasi ham kirib keldi. Xitoy hududida rasm bo‘lgan budda ta'limoti tez orada Koreya va Yaponiyaga ham tarqaldi. Orolga ilk hindu-oriylar kelishi bilan, Hindistonning Shri-Lanka madaniy aloqalari ham rivojlandi. Ular hind madaniyati, singal adabiyoti va san'atiga katta ta'sir ko‘rsatdilar. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning naqadar tutash ekanligini ularning jug‘rofiy va etnik yaqinligidan ham bilish mumkin. Bu ikki mamlakat deyarli bir xil tarixiy jarayonlarni boshidan kechirgan. Taxminlarga ko‘ra, hindlar paleolit davridayoq bu orolga kelganlar. Arxeolog olimlar bu mamlakatlarning neolit davrini o‘rganib, ular madaniyatining turli jihatlari o‘zaro o‘xshashligini aniqlaganlar. To‘plangan ma'lumotlarni qiyoslash asosida miloddan avvalgi minginchi yillarda Shri-Lankada tili hinduoriylarga o‘xshagan qabilalar paydo bo‘lganligi aniqlandi. Miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Shri-Lanka Hindiston xalqlaridan biri - cholalar bosqinini boshidan kechirdi. Lanka hukmdori Gajabahu (113-135) cholalarga qarshi kurash olib 242 bordi. Natijada Hindistonning janubiy hududlarida singal hukmdorligi yuzaga keldi. Bu hol orolda mahalliy va hind madaniyati rivojiga ta'sir ko‘rsatdi. Ikki buyuk o‘lka - Hindiston va Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyasi beshigi hisoblanadi 1 . Hindiston va Turkiston kabi buyuk o‘lka xalqlari orasida doimo siyosiy, madaniy va iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ular hozir ham davom etib kelmoqda. Bu ikki yurt ko‘p jihatdan o‘xshash, har ikkisi ham Buyuk ipak yo‘lida joylashgan. Neolit davrida Markaziy Osiyo va Hindiston shimolida bir-biriga yaqin dehqonchilik ekinlari ekilgan. Oltintepada (Janubiy Turkmaniston) olib borilgan qazishma ishlari natijasida Hind vodiysi xalqlari bilan Janubiy turkman qabilalari orasida bronza, ya'ni Xarappa madaniyati gullagan bir davrda mustaqil aloqalar o‘rnatilgani ma'lum bo‘ldi. Professor M.Ye.Massonning fikricha, Xarappa madaniyatiga oid fol ochish uchun ishlatilgan fil suyagi topilgan. Xuddi shunday o‘yinchoq suyaklar Xarappa va Moxenjo Darodan ham topilgan. Markaziy Osiyo savdogarlari ushbu buyumni Hindistondan olib kelganligi haqiqatdan uzoq emas. Janubiy Turkmanistondan topilgan uch boshli mahluq ko‘rinishidagi muhrlarda xuddi Xarappa muhrlari kabi ikki echki boshi va baliq tasvirlangan. Oltintepada topilgan yana bir noyob buyum bu ikki belgili qadimiy hind yozuvidir. M.Ye.Masson unda jonivorlar rasmi emas, balki piktografik matn mavjud ekanligiga e'tiborini qaratgan. Uning fikricha, Oltintepada yashagan biron bir kimsa hindcha matnni o‘qiy olmagan. Bundan kelib chiqib, muallif Markaziy Osiyo janubidagi bir necha qabilalar dravid tillari oilasiga mansub degan fikrni o‘rtaga tashladi. Kushonlar davrida Gandxara maktabi va uning buddaviy shakli Tohariston madaniyatiga ham ma'lum ta'sir o‘tkazdi. Buni Dalvarzintepada olib borilgan qazish ishlari natijalari ham tasdiqlaydi. Bu yerda miloddan avvalgi III-II asrda yunon-baqtriya shaharlari bo‘lib, ular, ayniqsa, miloddan avvalgi I asrda-milodiy I asrda yuksalganlar. Aynan shu vaqt - Kadfiz I va Kadfiz II hukmronligi davrida Baqtriyaga budda dini kirib keldi. Mazkur maskanda ehrom, 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 243 hamda unda bir qancha haykal va supachalar bor edi. U yerdagi loy va chinnidan yasalgan haykalchalar devorga osilgan. Haykalchalar an'anaviy hind san'atiga oid bo‘lsa-da, ularda mahalliy urf-odatlar aksini ko‘rish mumkin. Xalchayon va Dalvarzintepa haykallarini taqqoslash oqibatida shu ma'lum bo‘ldiki, har ikki madaniyat turli yo‘ldan borgan. Masalan, Xalchayon haykallari portret ko‘rinishida, real va budda an'analaridan ancha yiroq, Dalvarzintepadagi suratlar esa ancha keyin ishlangan. Shuningdek, bu san'at Baqtriya maktabini ellin hind-budda an'analari bilan bog‘lagan. Shuni ham ta'kidlash lozimki, qadimgi Hindistonning jahon madaniyati, xususan, Sharq madaniyatiga qo‘shgan hissasi ulkan. Qadimgi Hindiston asrlar mobaynida G‘arb va Sharqni ko‘plab mamlakatlari bilan aloqalarni kengaytirgan. Ular bilan turli jabhalarda aloqalarni mustahkamlash bilan birga, o‘z madaniyati va urf-odatlarini ham saqlab qolishga erishdi. Qadimgi hind madaniyati hind xalqining bo‘lg‘usi madaniyatiga asos bo‘ldi. Bu madaniyat shu darajada keng qamrovli, rang-barangki, jahonning istalgan burchagida uning ta'siri sezilib turadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qadimgi Hindiston manbashunosligi va tarixnavisligi. 2. Mauriylar davrida madaniyat. 3. Mauriylar davrida me'morchilik va haykaltaroshlik. 4. Kushonlar va Guptalar davri madaniyati. 5. Qadimgi Hindistonning tashqi aloqalari. 244 13-mavzu. Eronda ilk yirik davlatlarning vujudga kelishi: Ahamoniylar davlati. Yirik istilochilik urushlari Reja: 1. Ahamoniylar davlati. 2. Doro I ning davlat tepasiga kelishi. 3. Ahmoniylar davlatida satrapliklar va savdo - sotiq. 4. Doro I ning tashqi siyosati. 5. Qadimgi Eron dini va madaniyati. Tayanch iboralar: Kayxisrav, Ashshurbanipal, Nineviya, “Anshan shohi”, “Parsu”, “shahanshohi”, Nabonid, Marduk, Smerdis, Samosskiy, Siloson, Anis, Ujagoresent, Bardiya, Kir II, Doro I, Oliy davlat noziri, “shoh hakamlari”, “darik”, “o‘lmas” piyoda, satrap, Nexo, Yaksart, Behistun yozuvi, “Avesto”, “Gatlar”, Axuramazda, “saoshiant”, Mitra, Anaxita, dualism, gnostitsizm Kayxisrav II yurishlari. Eron hududiga midiyaliklar bilan birga boshqa qabilalar ham kirib kelgan. Qabilalardan biri Ossuriya yozuvlarida parsua nomi bilan atalib, ular qadimgi eroniylarning ajdodlari deb taxmin qilinadi. Ossuriya shohlari bu qabilalar bilan kurash olib borganlar. Parsualar Elam o‘lkalaridan biri - Anshanda mustahkam o‘rnashib, bu yerda qabilalarning yirik ittifoqini tashkil qilganlar. Elamning vayron etilishi to‘g‘risidagi rivoyatda Ossuriya shohi Ashshurbanipal “Parsuash shohi Kayxisrav”ni eslatib, Kayxisrav Ossuriya shohiga bo‘ysungani va o‘zining katta o‘g‘lini sovg‘a-salomlar bilan Nineviya shahriga yo‘llaganini aytadi. Ossuriylarga, so‘ngra midiyaliklarga qarshi kurashda Eron qabilalari ittifoqi kuchayib, mustahkamlangan. Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida ancha yirik Eron shohligi tashkil topgan. Tarixiy an'analar va antik mualliflar ushbu davlat shohi Kayxisrav II Ashurbanipalga zamondosh - Kayxisrav I vorislaridan biri ekanligini bir ovozdan ta'kidlaydilar. Kayxisrav II qadim va qudratli Elamning yuksak madaniyatining azaliy an'analariga tayanish niyatida, o‘zini “Anshan shohi”, shuningdek “Parsu”, ya'ni Eron shohi deb ataydi. Gerodot asarida Kayxisravning bolalik, o‘spirinlik Ahamoniylar davlati. 245 yillari va faoliyati tasvirlangan bir qancha rivoyatlar saqlanib qolgan. Ulkan davlatga asos solgan buyuk shaxs hayotini tasvirlagan bu rivoyatlar zamonasiga xos, afsona shaklida berilgan. Kayxisravning faoliyati o‘z zamondoshlariga kuchli ta'sir ko‘rsatgani va o‘z davrining buyuk arbobi Kayxisravning obrazi haqida xalq ijodi, qisman kohinlar madhida shunday hikoya bor: shoh Sargon I kabi Kayxisrav ham asrandi bola bo‘lib, uni bir cho‘pon tarbiyalab o‘stirgan. Boshqa bir hikoyaga ko‘ra esa, Rimga asos solgan Romul va Rem singari Kayxisravni ham bir jonivor boqib katta qilgan emish. Eron shohligiga asos solgan bu mashhur shaxsning sirli kelib chiqishi, uning dunyoga ilohiy tarzda kelganligi haqidagi afsonalarga hatto Gerodot ham tanqidiy nazar bilan qaragan. Bunday afsonalar Eron shohlari qadimgi Sharq dunyosini qurol bilan bo‘ysundirib, istilo qilingan ko‘plab mamlakatlar ustidan Eron “shahanshohi” hokimiyatini o‘rnatish maqsadida keyingi zamonlarda yaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Tarixiy solnomalarda Kayxisrav Midiya shohi Astiagni asir qilib olgandan keyin, unga o‘z davlatidan o‘rin berganligi rivoyati bor. Bu rivoyat Midiya zodagonlari Eronda fors zodagonlari bilan bir xil imtiyozga ega bo‘lganlari to‘g‘risidagi fakt bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Kayxisrav Midiyani istilo qilganidan keyin ham istilochilik siyosatini davom ettiradi. Kayxisrav qisqa vaqt ichida Armaniston, Kappadokiya, Lidiya (miloddan avvalgi 547 - 546 yillar) va nihoyat Bobilni (miloddan avvalgi 538 yil) istilo qiladi. Navuxodonosor II zamonida yuksak taraqqiy etgan yangi Bobil shohligi savdo sohasida yetakchi bo‘lib, poytaxti Bobil shahri qudratli, yengilmas va mustahkam qal'a edi. Kayxisrav Bobilni osonlik bilan qo‘lga kiritgani va o‘z davlatiga qo‘shib olgani barcha manbalarda tasdig‘ini topadi. Bunday muhim siyosiy hodisa to‘g‘risida Nabonidning Bobil solnomasi, Bobil kohini Berosning tarixiy asari, yunon tarixchisi Gerodot asarlari va nihoyat Kayxisrav farmonlarida ham ma'lumot saqlangan. Kayxisrav farmonlarining mixxat bilan yozilgan matni hozirga qadar saqlangan. Unda eroniylarning ko‘p sonli qo‘shini “Bobilga qarshiliksiz kirib keldi” deyiladi. Bu yerda Kayxisrav o‘zini Bobil, uning madaniyati va dini homiysi qilib ko‘rsatadi. Kayxisrav Bobilni istilo qilishda shu 246 yo‘sinda mahalliy kohinlar ko‘magiga tayangani shubhasiz. Kayxisrav o‘z manifestida - “Hamma muqaddas joylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdim, binobarin, Bobil xalqi ham ko‘nglidagi tilak-orzulariga erishdi, uni berahm zulmdan qutqardim... biz ulug‘ tangri Mardukning yuksak nomiga atab chin qalbimizdan quvonch to‘la madhiyalar o‘qiganimizdan keyin, uni izzat qiluvchi men, ya'ni shoh Kayxisravga va o‘g‘lim Qambizga va barcha qo‘shinimizga fotiha berdi” deydi. Butun qadim Sharqni o‘z qo‘l ostida birlashtirishga da'vo qilgan Eron davlatiga Bobilning qo‘shib olinishi Bobilning savdo va quldor zodagonlariga tashqi savdoni rivojlantirish uchun keng yo‘l ochib berdi. Shu sababdan, Bobilning zodagon savdogarlari Eron davlati tarkibiga kirish tarafdori bo‘lib, savdo ko‘lamini kengaytirishdan manfaatdor edilar. Bobil kohinlari ham istilochilarni qo‘llab- quvvatlaganlar. Kayxisrav Bobilni istilo qilish bilan cheklanmadi. U istilochilik siyosatini davom ettirib, Bobil g‘arbidagi mamlakatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishga intilib kelgan zodagonlarning yakka hokimiga aylandi. Qambiz (miloddan avvalgi 529 - 523 yillar) va eroniylarning Misrni istilo qilishi. Qambizning shohlik tarixi bizga yunon tarixchilari hikoyalari va eroniylarning Misr istilosi davriga oid Misr yozuvlaridan ma'lum. Kayxisrav vafotidan keyin uning katta o‘g‘li Qambiz qonuniy vorisi sifatida taxtga o‘tiradi. Biroq bu davrga kelib, mamlakatda ola-g‘ovur boshlanadi. Kayxisrav tomonidan bo‘ysundirilgan, ammo iqtisodiy jihatdan Eronga qaram bo‘lmagan ayrim mamlakatlar davlat tarkibiga hali butkul kirib ulgurmagan edilar. Kayxisrav bo‘ysundirgan ayrim xalqlar mustaqillikka erishish uchun bosh ko‘tarib chiqishlari tayin edi. Ba'zi xalqlar Kayxisrav o‘limidan foydalanib, Erondan ajralib chiqdilar. Qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun Qambiz ko‘p kuch sarflashiga to‘g‘ri keldi. Bu qo‘zg‘olonlarga Kayxisravning ikkinchi o‘g‘li ham aralashgan bo‘lsa, ehtimol. Behistun yozuvida uning ismi Bardiya, Gerodotning asarida esa, Smerdis deb berilgan. Ksenofont aytishicha, “Kayxisrav vafot etishi bilan uning o‘g‘illari o‘rtasida nizo kelib chiqdi, shahar va qabilalar Eron tarkibidan chiqa boshladi”. Qambiz Eron davlatining to‘laqonli shohi sifatida o‘z mavqyeini mustahkamlash maqsadida ukasi Bardiyani qatl qildiradi, ammo Behistun yozuvlarida qayd 247 qilinishicha, “Kambujiy Bardiyani o‘ldirganida xalq bundan bexabar qolgan”. G‘oyat katta qo‘shinini va ittifoqchilari - finikiyaliklar, kiprliklar va samosliklarning kuchli flotiga tayanib, Qambiz miloddan avvalgi 526 yilda Misrga qarshi yurish boshlagan. Bu yurishda Lidiyaning sobiq shohi, keksa Krez va Polikrat Samosskiyning akasi Siloson Qambiz bilan birga ishtirok etgan. Qambiz arab qabilalari yo‘lboshchisi bilan bitim tuzishga muvaffaq bo‘lib, unga ko‘ra, u Sinay ko‘lidan o‘tayotgan Eron qo‘shinlarini suv bilan ta'minlagan. Yunon tarixchilari, Qambizning Misrda juda shafqatsiz tartib o‘rnatganligini so‘zlaydilar. Strabon Qambiz tomonidan Memfis yoqib yuborilganligi haqida yozadi; Diodor esa “Qambiz Ramesseyni talon-taroj qildi” deydi. Gerodot Qambiz yovuzliklarini tasvirlar ekan, uni “aqlsiz va tentak odam” deb ataydi. Gerodot, Qambiz g‘azabi qo‘zg‘ab, o‘zini bilmay qolgan paytda qadimgi misrliklarning muqaddas buqasi - Anisni nayza bilan o‘ldirganidek, homilador xotini Raxshonani o‘ldirgan va umuman Qambiz “telbalik kasaliga” mubtalo bo‘lgan odam edi, deb hikoya qiladi. Qambizning shafqatsizligi va Misrni boshqarishdagi zolimligi haqida yunon tarixchilari so‘zlarini Elefantin papiruslaridagi yozuvlar ham qisman tasdiqlaydi. Papirusda: “Qambiz Misr xudolarining barcha ibodatxonalarini buzib tashladi”, deyiladi. Shu davrga oid Misr yozuvlaridan birida: “butun mamlakat boshiga bu qadar og‘ir kulfat tushgan emas”, deyiladi. Qambizning istilochilik siyosati Midiya va Eron davlati tarkibidagi bir qancha mamlakatlarda norozilik kelib chiqishiga, Misrda vatanparvarlik ruhi kuchayib, yunon olami junbushga kelishiga sabab bo‘ldi. Misrda g‘alayonlar boshlanib, eroniylar jazo choralarini qo‘llaydilar, jumladan, XXVI sulolaga mansub so‘nggi Misr fir'avni Psametix III ni o‘ldiradilar: Gerodot guvohligicha, u “misrliklarni qo‘zg‘olonga chaqirishda ayblanadi”. Shuning uchun Qambizning shafqatsiz va mustabidligi haqida afsonalar to‘qilgan. Bu afsonalar yunon tarixchilari, jumladan Gerodot asarlarida aniq aks etgan. Nasihatgo‘y yunon tarixchilari “insonparvar va odil” Kayxisravni “rahmsiz va farosatsiz” Qambizga qarshi qo‘yadi, lekin har ikkovining xislatlari ham mubolag‘alashtirib yuborilgan. Masalan, Gerodot eroniylar “Qambizni xoja, Kayxisravni ota deb ataydilar, 248 chunki Qambiz “shafqatsiz va takabbur”, Kayxisrav esa “shafqatli va fuqaro foydasini ko‘zlaydigan odam edi” deydi. Qambiz Misr dinini tahqirlamagan, aksincha, Ujagoresent guvohligicha 1 , Misr kohinlarining eroniylarga tarafdor doiralariga tayanib ish ko‘rgan. Masalan, uning hikoya qilishicha, Qambiz Saisdagi ma'buda Neyt ibodatxonasini tiklagan, qadimgi Misr ismini va Misr fir'avni unvonini qabul qilgan va hatto ma'buda Neyt Sharafiga uyushtirilgan diniy marosimlarda qatnashib turgan. Binobarin, yunon tarixchilari yozganidek, Qambiz misrliklar diniga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lmagan. Ruhoniyning faxr bilan aytishicha, Qambiz uning iltimosiga ko‘ra “Neyt ibodatxonasiga kirib olgan osiyoliklarni haydab chiqarish, ularning ibodatxona ichidagi uylarini buzib tashlash... Ibodatxonani poklash, uning barcha xizmatchilari va soqchi kohinlarini qaytarish” to‘g‘risida buyruq bergan. “Shoh hazratlari Saisda ilgarigidek, buyuk xudolar onasi - ulug‘ Neyt Sharafiga nazr-niyoz berish va qurbonlik keltirishga buyruq berdi”. Behistun yozuvida: “Qambiz Misrga jo‘nab ketganidan so‘ng xalq unga yov bo‘lib, mamlakatda hamda Eron va Midiyada, shuningdek, boshqa mamlakatlarda unga qarshi gap- so‘z ko‘paydi” deyiladi. Qambizning Misrda uzoq vaqt qolishi, uning Efiopiyaga yurishining muvaffaqiyatsiz chiqishidan foydalanib, Midiya kohinlaridan Gaumata o‘zini Eron shohining o‘ldirilgan ukasi Bardiya deb atab, Qambizga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Bu qo‘zg‘olonni Midiya mustaqilligini tiklash va zodagonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini tiklash niyatida Midiya zodagonlari hamda kohinlari tashkil qilganlar. Gaumata xalqqa murojaat qilib, ularni harbiy majburiyatdan uch yilgacha ozod qilishi va soliqlarni kamaytirishi to‘g‘risida va'dalar berib, atrofiga ko‘pgina kuch to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Qambiz vafotidan keyin ko‘pgina tobe mamlakatlarda Eron hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Ulkan Eron davlati tezda parokandalikka uchraydi. 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 249 Doro I ning davlat tepasiga kelishi. Davlat apparati. Miloddan avvalgi 523 yil boshlarida Qambiz Efiopiya yurishidan qaytib, Misr poytaxti Memfisda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostiradi. Miloddan avvalgi 522 yilning bahorida esa ukasi Bardiya Eronda qo‘zg‘olon ko‘tarib, o‘zini shoh deb e'lon qilganligi ma'lum bo‘ladi. Ammo u yo‘lda Bardiya tarafdorlari tomonidan o‘ldirildi. Bardiya aslida kimligi to‘g‘risida turli ma'lumotlar mavjud. Mashhur Behistun yozuvlari, shuningdek, Esxil, Gerodot, Ktesiy, Pompey Trog, Poliyen kitoblarida u to‘g‘rida turlicha faktlar keltirilgan. Behistun yozuvlarida Qambiz Misr yurishidan oldin Bardiyani o‘ldirganligi haqida aytiladi. Gerodot guvohligicha, Bardiya (ya'ni Smerdis) Misr yurishidan keyin o‘ldirilgan. Boshqa mualliflar ham Yuqoridagi ma'lumotni takrorlaydilar. Gaumata davlat to‘ntarishini amalga oshirgach, mamlakatni yetti oy davomida boshqargan. U Bardiya o‘limidan xabar topib, o‘zini Kir II o‘g‘li deb atab, mamlakatni idora qila boshlagan. Gaumata davlat boshiga kelishi bilan mamlakatni turli hududlarida qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonlar Midiya, Marg‘iyona va boshqa viloyatlarga yoyilgan. Gaumataga yetti qabila oqsoqollari kengashi norozilik bildiradi. Keyinroq Gaumata miloddan avvalgi 522 yil dekabr oyida Doro I tomonidan o‘ldirilgan. Eron shohligi viloyatlari o‘rtasida aloqalar yo‘qligi, Qambiz shohligining oxirida va Doro I shohligining dastlabki davrida keskin sinfiy kurash islohotlar o‘tkazishni talab qilgan. Bu islohotlar Eron davlatining ichki ahvolini mustahkamlashi kerak edi. Yunon tarixchilari aytishicha, Doro butun Fors davlatini bir qancha viloyatlar (satrapliklar)ga bo‘lib, har bir o‘lkaga muayyan miqdorda xiroj solgan. Bu xiroj muntazam ravishda shoh xazinasiga jo‘natilgan. Bundan tashqari, Doro pul islohoti o‘tkazib, davlat uchun yagona oltin tanga - darik joriy qildi (darik - 8,416 gramm oltinga to‘g‘ri kelgan). So‘ngra Doro yo‘l qurish ishlarini avj oldirib, davlatning eng muhim iqtisodiy, ma'muriy va madaniy markazlarini yo‘llar orqali bir-biriga bog‘lagan, aloqa ishlarini yo‘lga qo‘ygan, va nihoyat, qo‘shin hamda harbiy ishni qaytadan qurgan. Doro I islohotlari va undan keyingi hukmdorlar faoliyati natijasida Eron davlati monarxiya tarkibiga kirgan xalqlarning madaniy yutuqlaridan samarali foydalanib, yangicha davlat tashkilotiga ega bo‘lgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling