Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


360) qiyos qilishadi. Ammo ma'lumki, guptalar Samudraguptaning 
janubga yurishi chog‘ida bosib olingan barcha viloyatlarni rasman o‘z 
imperiyasi tarkibiga qo‘shib olishni lozim topdilar. Har ikki sulola 
vakillari do‘stona aloqalar o‘rnatish muhimligini yaxshi tushunar, 
guptalar vakataklar orqali janubiy hududlarga ta'sir o‘tkazish niyatida 
edilar. Vakataklar esa ochiq jangda guptalarga jiddiy qarshilik 
ko‘rsata olmasdilar. Bu vaqtda guptalar o‘z diqqatlarini g‘arbiy 
kshatraplar bilan bo‘ladigan janglarga qaratadilar. Rudrasena I 
nabirasi shahzoda Rudrasena II esa Prabxavatigupta - gupta shohi 
Chandragupta II Vikramadityaning qiziga uylanadi. 
Vakataklar saroyida guptalar ta'siri kuchaydi. Bu davrda 
mamlakat poytaxti Nandivarxanga guptalar elchisi, undan tashqari 
o‘zga mansabdor shaxslar ham kelardilar. Ko‘p o‘tmay, yagona sulola 
bir necha mahalliy sulolarga bo‘linib ketdi. Ulardan biri - Vatsagulimi 
(Janubiy Berar) vakataklari katta obro‘-e'tiborga ega bo‘ldi. 
VI asr oxirida shoh Samxavishnu yangi sulolaga asos soldi va 
Pallavlar davlati hududini Kavera daryosiga qadar kengaytirdi. U 
Pandya, Chola, Chera sulolalari va Shri-Lanka hukmdorlarini ustidan 
g‘olib keldi. Samxavishnuning o‘g‘li va vorisi Maxendravarman I 
Chaluki sulolasiga oid qudratli hukmdor - Pulakeshin II dan mag‘lub 
bo‘lib, Vengi viloyatini qo‘ldan boy berdi.  
Janubiy Hindiston siyosiy tarixida Kalombo (Karnatak), Ganga 
(hozirgi Maysur shtati) sulolasi mavjud bo‘lganligi ma'lum. Ganga 
sulolasiga  IV asrda asos solinib, poytaxti Talanavaputra bo‘lgan. 
Uning mustaqilligiga 1004 yili Cholalar chek qo‘ydi
2

Janubiy Hindistonda davlat tuzumi. Qadimgi yozuvlar va adabiy 
manbalarda aytilishicha Janubiy Hindiston va Dekanda taxt qat'iy 
ravishda otadan farzandga meros sifatida o‘tgan. Davlatni boshqarish 
uslubi monarxiya ko‘rinishida bo‘lgan. Satavaxan va Vakataklar 
davrining ilk ma'lumotlaridan bir necha yuz yil ichida davlatni 
boshqarish tizimida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganligi ma'lum. 
Vakataklar imperiyasida markazlashgan boshqaruv va markazning 
                                                 
1
 History of ancient civilization. Charlez Seignobos 2006 page:155-156/ 
2
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
222
qat'iy nazorati yo‘lga qo‘yilgan. Satavaxanlar davlati viloyat 
(janapad)larga bo‘lingan. Ular tepasida maxsus harbiy amaldor - 
maxasenalar turgan. Viloyatlar o‘z navbatida amat, ya'ni okruglarga 
bo‘lingan. Vakataklar imperiyasida: rashtra (radja), vishaya, bxakti, 
axara kabi ma'muriy bo‘linish turlari mavjud bo‘lgan. Qadimgi 
yozuvlarda yerni in'om qilish to‘g‘risidagi farmonlarda amaldorlar 
(rajuklar), qishloq amaldorlari (gramaxumalar) haqida aytib o‘tiladi. 
Kushon davlati siyosiy jihatdan parchalanib 
ketganidan so‘ng, maydonga qudratli Guptalar 
imperiyasi chiqdi. Bu davrga kelib kushonlarning so‘nggi vakillari 
G‘arbiy Panjobda kichik hududdagina egalik qilardilar. Gujorat, 
Rojaston va Malvada kshatraplar hukm surar, Gang vodiysida, 
jumladan, respublika toifasidagi davlatlar mavjud edi. Magadxada 
birin-ketin ko‘plab sulolalar almashib, ular Shimoliy Hindistonning 
ijtimoiy va iqtisodiy hayotida ancha jiddiy o‘rin tutdilar.  
 
Hindiston qadimgi sivilizatsiyasining gullagan davrida Guptalar 
davlati 200 yildan ortiq hukm surdi. Bu davlat Hindiston iqtisodiy 
hayotida o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Magadxada hunarmandchilik 
keng rivojlandi. Qishloq xo‘jaligi aholining oziq-ovqatga bo‘lgan 
ehtiyojini to‘liq ta'minlardi. Magadxa asosiy metall yetkazib 
beruvchiga aylandi. Bundan tashqari, u budda dinining muqaddas 
qadamjoyi sifatida mashhur bo‘ldi. Homiylar va Buddaga e'tiqod 
qiluvchilardan tushgan mablag‘ yangi ehromlar barpo qilish uchun 
sarflandi.  
IV asrning birinchi yarmida Magadxa gullab yashnadi. U 
Guptalar imperiyasining siyosiy markaziga aylandi. Bu imperiya 
mamlakat tarixida chuqur iz qoldirdi. Mazkur sulola asoschisi 
Chandragupta guptalardan bo‘lgani uchun davlat uning nomi bilan 
ataldi. Guptalar davlatining bosh davri 320 yillarga to‘g‘ri keladi. Shu 
davrdan sulolaning barcha vakillari nomiga “gupta” qo‘shimchasi 
qo‘shildi.  Chandragupta I Maxarajatxiraja, ya'ni «shohlar shohi» 
nomini oldi. Bundan, u mustaqil hukmdor bo‘lgan deb xulosa qilish 
mumkin. U o‘zining qisqa muddat hukmronligi davrida davlat va 
sulola obro‘sini oshirdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u qo‘shni lichchxaviylar 
sulolasi malikasiga uylanib, katta siyosiy yutuqqa erishdi. Uning 
rafiqasi Kumara Deva haqida muayyan ma'lumotlar mavjud. Bu 
davrda zarb etilgan tangalarda ham shoh o‘z rafiqasi bilan birga 
Guptalar imperiyasi. 

 
 
223
tasvirlangan. Lichchxaviylar o‘ta qadimgi qabila bo‘lib, ular hozirda 
Bixar shtatining shimoliy qismini egallaganlar. Bu nikohdan so‘ng 
guptalar mavqyei yanada oshishi, Sharqiy chegaralardagi kuchlar 
nisbati o‘zgarishiga olib keldi. Manbalarda yozilishicha, 
Chandraguptaning o‘g‘li Samudraguptaning onasi lichchxaviylardan 
bo‘lgan. Shunday qilib, bu qarindoshlik rishtalari ikki katta davlatni 
birlashtirib, kudratli imperiyaga aylanishiga olib keldi. Yana shu 
yozuvlarda Samudragupta ikki davlat vorisi sifatida ko‘rsatiladi. U 
taxminan 380-yillarda vafot etgan. 
Epigrafik ma'lumotlarga ko‘ra, Samudragupta vafotidan so‘ng 
taxt uning o‘g‘li - Chandragupta II ga o‘tib, u 375-415 yillarda 
hukmronlik qilgan. Qadimgi hind mualliflaridan Visakxaddatning 
«Devichandragupta»  (VI asr) asarida Chandragupta II 
hukmronligida guptalar yanada gullab yashnagan deb aytiladi. Lekin u 
akasi Ramagupta bilan shiddatli janglardan so‘nggina hokimiyatni 
egallay oldi. Aka-uka orasidagi bu kurash akasining o‘limi bilan 
tugab, Chandragupta II akasining xotini - Dxuruvadeviga uylanadi. 
Chandragupta II kshatraplar bilan bo‘lgan janglarida qozongan 
g‘alabalari ham unga muvaffaqiyat keltirdi. V asr boshlarida g‘arbiy 
kshatraplar hududida Chandragupta II tangalari muomalaga kiritildi. 
Bundan tashqari, u g‘arbga yurishlarida bir necha viloyatlar, 
jumladan, sohil bo‘yi yerlarini bosib oldi. Shu tarzda guptalar muhim 
savdo-sotiq markazlariga ega bo‘lib, natijada tashqi aloqalar kengaydi.  
Chandragupta II faoliyatiga oid tarixiy hujjat - Dehlidagi 
mashhur temir ustun yozuvlari hisoblanadi. Unda Vanga (Sharqiy 
Bengaliya) va Baxlika (Shimoliy Afg‘oniston)ni egallab olgan 
hukmdor - shoh Chandra haqida hikoya qilinadi. Yozuvlarda 
aytilishicha,  Chandragupta II yetti devon osha shimoliy-g‘arbga 
yurishlar uyushtirgan. 
Chandragupta II vafotidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li 
Kumaragupta o‘tirdi (415-455). U ham otasi kabi imperiya qudratini 
saqlab qolishga intildi. Sulolaning keyingi vakili Skandagupta (455-
467) ham mamlakatni butunligini saqlab qoldi. Manbalarda u sulola 
xaloskori sifatida tilga olinadi. Guptalarning so‘nggi vakili 
Budxagupta 20 yildan ortiq (475-497) hukmronlik qilgan. Uning 
vafotidan so‘ng xun-eftalitlarga qarshi urush boshlangan. 

 
 
224
Mashhur xitoy sayyohi Fa Syan  Chandragupta II hukmronligi 
davrida Hindistonga sayohat qildi. Uning yo‘li Gobi cho‘li va 
Xo‘tanning tog‘li tumanlari, Pomir tog‘ etaklari, Svat va Gandxara 
orqali o‘tdi. U Hindistonning Peshovar, Matxura va boshqa yirik 
shaharlarini ziyorat qildi. Uning asosiy maqsadi buddaviylik diniga 
oid osori atiqalarni izlab topishdan iborat edi. Sayyoh hayoti haqidagi 
esdaliklariga 399-414 yillar voqyealarini kiritgan. U Pataliputrada uch 
yil yashab, bu vaqtda sanskrit tilini o‘rgandi. 
Guptalar davlat tuzumi. Birinchi asrlarda Hindiston hududidagi 
yirik imperiyalardan biri - Guptalar davlat tuzumi haqida kengroq 
ma'lumotlar saqlangan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra
1
, mazkur davlat 
ilk davrlardan markazlashgan boshqaruv tizimiga ega edi. Ularning 
boshqaruv tizimi Mauriylarning boshqaruvidan deyarli farq qilmasa 
ham, ko‘p jihatdan mukammal bo‘lgan. Bu imperiya hukmdorlari 
mazkur tuzumga bir qancha o‘zgartirishlar kiritdilar. Ma'lumki, taxt 
otadan o‘g‘ilga o‘tar, ba'zi hollarda hukmdor vorisni o‘zi tayinlardi. 
Shu sababli taxt uchun kurash shoh o‘limidan oldin voris 
aniqlanganidan so‘ng boshlanib ketardi. 
Guptalar o‘z istilochilik yurishlarida yengilgan shohlarni qatl etar, 
yerlarini esa o‘z hududlariga qo‘shib olardilar. Bu davrga kelib Gang 
vodiysida yashayotgan xalqlar orasida tenglik qaror topdi. Viloyatlar 
orasidagi savdo aloqalari iqtisodiy turmushni taraqqiy ettirdi. 
Viloyatlar o‘lka va shaharlarga bo‘lingan, imperiya hududidan 
tashqarida unga bo‘ysungan vassal davlatlar ham bor edi.  
Xun-eftalitlar bosqini va Guptalar imperiyasining qulashi. 
Kumaragupta vafotidan so‘ng Guptalar imperiyasining osoyishtaligi 
buzildi. Uning vorisi Hindistonga bostirib kirgan xun - eftalitlar bilan 
shiddatli kurash olib bordi. Sinxa va Banerjining yozishicha, II asr 
o‘rtalariga kelib katta kuch to‘plagan Xun - shu qabilasi Xitoyning 
Sharqiy qismidan Yue-chji qabilasini siqib chiqardi. So‘ng ular 
yanada g‘arbroqqa kirib borib, Amudaryo voxasidagi xalqlarni 
xonavayron etdilar. Ularning eftalit - “oq xunlar” deyilishi ham 
shundan. Ular bilan ba'zi turk qabilalari ham ittifoq tuzganlar. 
Eftalitlar hududiga kirgan yerlar xitoy olimlari tomonidan 
yozilgan asarlarni eng so‘nggi arab va fors manbalari bilan 
solishtirgan holda aniqlandi. Bu hududga, asosan, Markaziy Osiyo va 
                                                 
1
 History of ancient civilization. Charlez Seignobos 2006 

 
 
225
Toxariston kirgan. Bundan tashqari eftalitlar janubga ham bir necha 
bor istilochilik yurishlari qilganlar. Ular V asrga kelib katta kuch 
to‘pladilar va Kushon davlati hamda Eron sosoniylari uchun katta 
xavf tug‘dirdilar. Bu ikki davlatni mag‘lub etgach, Hindistonning 
shimoliy-g‘arbiy qismiga ham bostirib kirdilar. Taxminan 457-yilda 
guptalar xunlar bilan ilk bor to‘qnashganlar. Manbalarda guptalar bu 
kurashda yengib chiqqanlari haqida ma'lumotlar bor. Ular xunlardan 
katta o‘lpon to‘lashni talab etganlar. Natijada xunlar oltin tangalarning 
vaznini kamaytirish va zarb etilgan metallar turini ko‘paytirishga 
majbur bo‘lganlar. 
 
Toramana vorisi Mixirakula davrida guptalar jiddiy talofat 
ko‘rdilar. Ammo hal qiluvchi jangda guptalar hukmdori 
Narasimxaning qo‘li baland keldi va Mixirakula shimoliy-g‘arbiy 
Hindistonni tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Narasimxa o‘z qo‘lida 
Panjob va Gandxara viloyatlarini saqlab qoldi. 533-yilda Malva 
hukmdori ham xunlarni mag‘lub etdi. Biroq bu davrga kelib 
guptalarning kuchi qirqilgan edi. Ba'zi viloyatlar mustaqil bo‘lib, 
imperiya tarkibidan chiqib ketdi. Guptalar ma'lum vaqt Magadxa va 
boshqa viloyatlarda hokimiyatni qo‘llarida tutib turdilar. Bu davlatni 
boshqargan hokimlar guptalarning so‘nggi va zaif hukmdorlari edi.  
Eftalitlar ulkan davlat barpo etdilar. Bu davlat chegaralari 
Kushonlar imperiyasi hududidan ham katta bo‘lgani bilan turli xalq va 
millatlardan iborat bo‘lgani uchun mustahkam emas edi. Eftalitlar 
Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari turmush tarziga o‘ziga xos ta'sir 
ko‘rsatdilar. Ular ko‘pincha o‘zlari bosib olgan xalqlar dinini qabul 
qilar, ular bilan assimilyatsiyalashib ketardilar. Bu siyosiy kurash 
oqibatida Guptalar imperiyasi qulab, uning o‘rnida bir necha tarqoq 
davlatlar paydo bo‘ldi. 
Yer egaligi. Xususiy yer egaligining taraqqiy etishi. I asrda 
yerga egalik, xususiy mulkchilik va yer egasining mulkiy daxlsizligi 
saqlanib qoldi. Birovning yerini nohaq o‘zlashtirish jinoyat hisoblanar 
va buning uchun katta jarima solingan. Yer egasi o‘zi ishlashi yo yerni 
ijaraga berishidan qat'i nazar, yer egasi hisoblangan. Guptalar davrida 
yer sotilishi va olinishiga oid yorliqlar paydo bo‘ldi. Davlat yer 
egalarini muhofaza etar, jamoa xususiy yer egalari ko‘payishiga qarshi 
bo‘lsa ham, ular ixtiyoridagi yerlar kengayib bordi. 

 
 
226
Bu davrda yerni ijaraga berish keng tarqaldi. Ba'zi ijaradorlar 
bora-bora yer sohiblariga mute' bo‘lib qolardilar.  
Hunarmandchilik. Bu davrda hind degrez va misgarlari mamlakat 
ichida ham, tashqarisida ham mashhur edilar. V asrda ular balandligi 
7 metr, og‘irligi 6 tonnali temir ustun bunyod etganlar. Oradan bir 
yarim ming yil o‘tganiga qaramay, uning biror yeri na zanglagan, na 
yemirilgan. Uni tayyorlash siri hozirgacha ma'lum emas.  
O‘sha vaqtlardayoq oltin, mis, qo‘rg‘oshindan turli bejirim 
buyumlar yasash yo‘lga qo‘yilgan. Shoh ixtiyorida maxsus temirchi 
va qurolsozlar bo‘lgan. Ular davlat nazoratida turganlar. Shuningdek, 
konlar, qurol ishlab chiqarish ham uning tasarrufida edi. Qurol 
yasashda yunon-rim hunarmandlari tajribasidan foydalanilgan. Biroq 
ko‘plab temirchilar faqat mahalliy an'analarga tayanib ish yuritardilar. 
Ular chiqargan mahsulotlar a'lo sifatli bo‘lgani uchun chet 
mamlakatlarda ham xaridorgir edi. Temir va po‘lat hatto Afrika 
portlarida ham sotilar, zargarlik buyumlari esa Hindistondan yiroqda 
ham qadrlangan.  
Taksilada chet el hunarmandlari yasagan buyumlar topilgan. 
To‘qimachilik, ayniqsa, ip - gazlama xaridorgir bo‘lib, xorijda ham 
unga talab katta bo‘lgan. Bu davrda hunarmandlar uyushmalari - 
shrenlar yanada rivoj topdi
1
. Ularning nufuzi ancha baland bo‘lib, 
hukumat ularni o‘z tasarrufiga olishga intilardi. Ular xususiy shaxslar 
bilan Shartnomalar tuzar, hukmdorlar bilan bitimlar imzolar edilar. 
Ularning badavlatlari buddaviy rohiblarga sovg‘a-salom berar, 
ibodatxonalar bunyod etardilar. Arxeologiya qazilmalari jarayonida 
ularning shaxsiy muhrlari topilgan.  
Savdo. Bu davrda savdo tez rivojlandi. Guptalar hukmronligi 
davrida ochilgan yo‘llar tashqi va ichki savdoni kengaytirishda muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Hind va Gang daryolari bo‘ylab savdo 
kemalari qatnar edi. Gang vodiysi asosiy savdo markazlaridan biri 
bo‘lib, bu yerdan mamlakatning barcha burchaklariga yo‘llar o‘tgan. 
Bu markazlardan g‘arbda Goxarukachgxa, Hind deltasi, Patala, 
shimoliy-g‘arbiy Pugikalavata va Sharqda Tampalipti, Gang vodiysida 
Varanasi, Kaushambi, Pataliputralar joylashgan edi. Savdo kemalari 
Bengal ko‘rfazidan janubga yo‘l olganlar. Shimoldan jun matolar, 
                                                 
1
 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., 
«Владос», 2000. 

 
 
227
janubdan esa qimmatbaho tosh va ziravorlar, Sharqdan metall va ipak, 
g‘arbdan gazmol va yilqi keltirilgan. Sind va Araxosiya otlari bilan 
nom chiqargan. Kushon va guptalar davrida tashqi savdoning gurkirab 
rivojlanishiga hukmdorlarning atrofdagi mamlakatlar nazarida katta 
nufuzga egaligi sabab bo‘ldi. 
 
Qadimgi hindlar mohir dengizchi bo‘lib, musson shamollaridan 
ustalik bilan foydalanganlar. Bu mintaqada Rim imperiyasi savdo 
yo‘nalishlarini belgilab turgan. U Hindistondan ko‘plab mahsulot 
xarid qilish bilan birga, bu yerda o‘z savdo shahobchalarini ham 
tashkil etgan. Ayniqsa, Arikamedu (hozirgi Patucheri yaqini)da ana 
shunday shahobchalar mashhur edi. Arxeologlar bu yerdan Rim 
tangalari, oyna va amforalarni topdilar. Bu davrda Avgust va Troyan 
kabi imperatorlar huzuriga hind elchilari jo‘natilgan. G‘arbda hind 
dorivorlari, upa-eliklar katta shuhrat qozongan edi. Hindistondan fil 
suyagidan yasalgan qimmatbaho buyumlar va tilla taqinchoqlar ham 
uzoq o‘lkalarga olib ketilgan. Bundan tashqari, musiqa va raqs 
san'atini o‘rgangan joriyalar savdosi ham yo‘lga qo‘yilgan. 
Hindistonning Uzoq Sharq va G‘arb bilan aloqalarini yo‘lga 
qo‘yishda Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati juda katta edi. Savdo ishida 
shren nomini olgan birlashmalar faoliyat ko‘rsatgan. 
Buddizm tanazzuli va hinduizm. Guptalar va ulardan keyingi 
davrlarda budda dini o‘z ta'siri va ahamiyatini asta-sekin yo‘qota 
boshladi. Buddaviy ibodatxonalar xarobaga aylanib, kohinlar ham 
e'tibordan chetda qola boshladilar. Buddizm shimolda va 
Kashmirdagina o‘z mavqyeini saqlab qolib, Gang vodiysida vishnu va 
shiva dinlari taraqqiy etdi. Natijada mamlakat hududida yangi din - 
hinduizm vujudga kelib rivojlandi. Shimolda saqlanib qolgan budda 
dini ham tobora hinduizm bilan qo‘shilib, yagona dinga aylandi. 
Yangi din jamiyatda tez tarqaldi. Ibodatxonalarda hind ma'budalari 
qad ko‘tardi.  
 
Hinduizmning ikki asosiy yo‘nalishidan biri vishnuizm bo‘lib, u 
mauriylar davridayoq tarkib topgan edi. Guptalar davrida bu din yana 
ham taraqqiy etdi. Bunda yana bir ma'bud - Krishnaga e'tiqod qilina 
boshlandi. Mazkur diniy ta'limotning boshqa dinlardan farqi - uch 
ma'budaga birday ibodat qilinishida edi. Bu «uchlik»  hindularda 

 
 
228
«Trimurti» nomini oldi
1
. Ular olamni yaratuvchisi - Brahma, olamni 
saqlovchisi - Vishnu va vayron etuvchisi - Shiva ma'budalaridir. 
Vayron qilish - Shivaga xos xislat bo‘lib, ikkinchi tomondan u 
odamlarni tarkidunyochilik va xayr-ehson qilishga da'vat etadi
2

«Mahabxarata»ning bir qismini o‘z ichiga olgan 
«Bxagavadgita» hindlarning ma'naviy hayotida o‘ziga xos o‘rin 
tutadi. Undagi yetakchi g‘oya yaxshi xulq, insoniylik, dunyoviylik va 
ilohiylikning o‘zaro uzviyligidan iborat. 
 
                                                 
1
 Monmonier M., Rhumb Lines and Map Wars. A Social History of the Mercator 
Projection, Chicago 2004. 
2
 Бонгард – Левин Г.М. Древнеиндийская цивилизация. История. Религия. 
Философия. М., 2000г.  

 
 
229
12-mavzu. Qadimgi Hindiston tarixnavisligi. Qadimgi Hindiston 
madaniyati va tashqi aloqalari 
 
Reja: 
1. Qadimgi Hindiston manbashunosligi va tarixnavisligi.  
2. Mauriylar davrida madaniyat.  
3. Kushonlar va Guptalar davri madaniyati.  
4. Qadimgi Hindistonning tashqi aloqalari.  
5. Qadimgi Hindiston va Eron.  
 
Tayanch iboralar: Xarappa madaniyati, «Monu qonunlari», 
«Bxagavadgita», “kotib”, «Lalita vistara», vidaxi, Maxavira, 
Shakala, «shohlar shohi», «Buddaxacharita», «Saundrananda va 
Nanda», «Shariputraprakana», «Shakuntala», «Vikramarvashi», 
Aryabxata, «Bixatsamxita», matxura, andxra, «elchixonalar davri». 
 
Hindiston eng qadimgi davrlardanoq ko‘plab 
uzoq va yaqin qo‘shnilari bilan madaniy va 
savdo-sotiq aloqalari o‘rnatgan. Xarappa 
madaniyati davrida (miloddan avvalgi III-II ming yilliklar) hind 
hunarmandlari yaratgan buyumlar O‘rta yer dengizi mamlakatlari, 
Mesopotamiya, Markaziy Osiyogacha yetib borgan. Keyingi asrlarda 
Hindiston G‘arb va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan 
mustahkam aloqalar bog‘ladi. Miloddan avvalgi VI asrda Shimoli-
G‘arbiy Hindiston ahmoniylar tasarrufiga o‘tganidan so‘ng, 
Makedoniyalik Iskandar bu o‘lkaga yurish qildi. Shundan so‘ng bu 
o‘lka haqidagi ma'lumotlar olamga yanada kengroq tarqaldi. Hindiston 
yurishi ishtirokchilarining asarlari, Salavk elchisi Megasfen xotiralari, 
yunon mualliflari Arrian, Strabon, Pliniy kitoblarida bu mamlakat 
haqida turli-tuman va diqqatga sazovor ma'lumotlar mavjud. 
Sharqning mashhur qomusiy olimi va dastlabki buyuk hindshunos 
Abu Rayhon Beruniy (XI asr) hind xalqining urf-odati, turmush tarzi, 
dini va dunyoqarashi, mamlakat ijtimoiy tuzumi, tarixi, o‘simlik 
hamda hayvonot dunyosi, barcha ilm-fan taraqqiyoti haqida 
«Hindiston» nomli nodir asarini yaratdi. Beruniy Hindistonda shaxsan 
bo‘lib, bu o‘lkani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, har tomonlama chuqur 
o‘rgangan edi. 
Qadimgi Hindiston  
manbashunosligi va 
tarixnavisligi. 

 
 
230
Hindistonning qadimiy tarixi va madaniyatini ilmiy jihatdan 
o‘rganish  XVIII asr oxiridan boshlandi. Ingliz tarixchisi U. Jons 
(1746-1791) ilk bor sanskrit tilidagi qadimiy hind adabiy 
yodgorliklarini tadqiq etishga kirishdi va «Monu qonunlari» ni ingliz 
tiliga tarjima qildi. 1785-yilda esa Ch.Uilkins ko‘hna Hindistonning 
diniy-falsafiy asari - «Bxagavadgita»ni ingliz tilida chop ettirdi. 
Avvalo Angliya, so‘ng G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida qadimgi 
Hindiston tarixiga oid ilk asarlar paydo bo‘ldi. Ammo ularning jiddiy 
kamchiligi shunda ediki, mualliflar ingliz mustamlaka 
ma'muriyatining vakillari bo‘lib, ular qadimiy Hindistonning talay 
yutuqlari G‘arbdan olingan, butun Sharq madaniyati singari hind 
madaniyatiga ham qoloqlik va turg‘unlik xos deb uqtirishga intildilar. 
Hind tarixchilari XIX asrdayoq bunday g‘ayri ilmiy qarashlar 
haqiqatdan yiroq ekanligini isbotladilar.  
XIX asrning oxirgi choragi va XX asr boshlarida Hindistonda 
arxeologik tekshirishlar boshlandi. 20-30 yillarda hind 
qadimshunoslari Hind vohasidagi eng qadimiy madaniyatni kashf 
qildilar. Hind daryosi vodiysidagi qazilmalar Hindiston tarixi ming 
yillar avval boshlanganligini isbotladi. Qadimgi Hindistonning boy 
madaniyati oriylardan meros emas, balki ulardan ancha avval ham 
mamlakatning tub aholisi yuksak madaniyatga ega bo‘lganligi 
aniqlandi. 
XX asrning 30-yillaridan boshlab, ayniqsa so‘nggi o‘n yillarda 
dunyo hindshunosligida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini 
tadqiq etishga e'tibor kuchaydi. Tarixnavislikda qadimgi 
Hindistondagi quldorlik munosabatlari masalalari yorita boshlandi. 
Qadimgi hind madaniyatini o‘rganish, adabiyotini tarjima qilib nashr 
etish borasida qator ishlar amalga oshirildi.  
Hindiston mustaqillikka erishgach, uning qadimgi tarixini 
o‘rganishda yangi davr boshlandi. Hind tarixchilari vatan tarixiga oid 
ko‘plab yirik asarlar yozdilar, talaygina ilmiy va adabiy kitoblarni 
qadim sanskritdan hozirgi hind tiliga o‘girib nashr etdilar. 
Yozuvning tarqalishi. Hindistonning ko‘plab 
viloyatlarida topilgan Ashoka bitiklariga ko‘ra, 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling