Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


miloddan avvalgi III asrdan


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


miloddan avvalgi III asrdan boshlab mamlakatda yozuv keng 
yoyilgan. Ammo, yozuvning bir necha asr oldin ham mavjud 
bo‘lganligi shubhasiz. Talay buddaviy asarlarda maktub jo‘natish, 
Mauriylar davrida 
madaniyat. 

 
 
231
podsho farmonlarini tarqatish, kotiblarga maktabda yozuv o‘rgatish 
haqida so‘z boradi. Panini grammatikasida
1
  “kotib”, “mirzo” 
tushunchasini anglatgan iboralar uchraydi. Ashoka farmonlarida 
brahmi, oromiy va boshqa yozuvlar qayd etilgan. Yunon tarixchisi 
Nearxning ma'lumotlariga ko‘ra, Makedoniyalik Iskandar Hindistonga 
qilgan yurishidan so‘ng, bitiklar ip-gazlamaga tushiriladigan bo‘lgan. 
Odatda yozish uchun palma barglari ishlatilgan. Biroq namgarchilik 
tufayli bunday yozuvlar bizga qadar yetib kelmagan. O‘sha davr 
yozuv san'atining yagona guvohi qoya toshlardir. Miloddan avvalgi 
III asrda brahmi asosiy yozuv tizimiga aylandi. Olimlar orasida 
brahmi tilining kelib chiqishi haqida turli farazlar mavjud. Uni 
Xarappa, janubiy arab yozuvi, hatto yunon yozuvi bilan bog‘lashadi. 
Miloddan avvalgi II asrga oid yozuvlar bir necha xil bo‘lgan. Budda 
hayotiga bag‘ishlangan «Lalita vistara
2
» asarida (milodiy I asr 
boshida) mahalliy hind va o‘zgacha 64 xil yozuv haqida aytib o‘tiladi. 
Ilm-fan taraqqiy etishi. Mauriylar davrida ilm - fan rivojlandi. Bu 
davrda astronomiya, geologiya, handasa, adabiyot kabi fanlar ravnaq 
topdi. Buddizm va jaynizmga oid juda katta adabiy asarlar yaratildi. 
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda sanskrit tili grammatikasi haqida 
yozgan mashhur hind olimi Panini yashab ijod etdi. Miloddan avvalgi 
II asrda yana bir hind olimi Patanjali sanskritning yangi 
grammatikasini yaratdi. Bu ikkala tilshunos olim mahalliy lahjalarni 
yaxshi o‘rgandilar. Patanjali asarida prakrit tiliga oid ma'lumotlar 
keltirilgan. Ular asarlariga ko‘ra o‘sha davrda dramatik asarlar ham 
yozilgan. Mazkur asarlarda aktyorlar, sahna va musiqa asboblari 
haqida bayon etiladi. 
Me'morchilik va haykaltaroshlik. Bu davrdagi me'morchilik 
inshootlarining aksariyati yog‘ochdan qurilganligi sababli, ular bizga 
qadar butun holda yetib kelmagan. Vaqt o‘tishi bilan bunday 
inshootlar qurilishida tosh ham ishlatila boshlandi. Pataliputra 
qazishmalaridan shoh saroyi va ustunli qasr qoldiqlari topilgan. 
Miloddan avvalgi III - II asrlarga oid Sanga va Bxarxutdagi 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 
2
 Monmonier M., Rhumb Lines and Map Wars. A Social History of the Mercator 
Projection, Chicago 2004. 
 

 
 
232
buddaviy supalar qiziqish uyg‘otadi. Ashoka farmonlari o‘yib 
yozilgan ustunlarning tepa qismi ajoyib san'at yodgorliklaridan biridir.  
Mauriylar davri diniy oqimlari. Jaynizm ta'limoti. Bu ta'limot 
miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lib, unga vidaxi (hozirgi Bihar) 
kshatriylaridan bo‘lgan Vardxamana asos soldi. 28 yoshida u o‘gay 
ota xonadonini tashlab ketib, o‘rmonda umr kechirdi va tarki dunyo 
qilib, haqiqatga erishishga intildi. U oddiy hayot tarzidan voz kechib, 
o‘zini azob-uqubatlarga duchor qilib, ochlik va tashnalik bilan 
badanini chiniqtirdi. Hindiston viloyatlarida targ‘ibot ishlarini yuritdi 
va atrofiga ko‘plab muridlar to‘pladi. Hindistonning uzoq o‘lkalarida 
ham uning ta'limot markazlari paydo bo‘ldi. U 80 yil yashadi. Yangi 
ta'limot asoschisini Maxavira, ya'ni “buyuk qahramon” yoki Jina - 
«g‘olib» deb atay boshladilar. Bunday faxriy unvon alohida hurmat-
e'tiborga sazovor bo‘lgan diniy murabbiylarga berilardi. Yangi 
ta'limot nomi - jaynizm jina iborasidan kelib chiqdi. Rohiblar kabi 
hayot kechirgan yangi din namoyondalari qatoriga ko‘p sonli oddiy 
hayot kechiruvchilar, ya'ni mol-mulki va oilasidan judo bo‘lmagan, 
jaynizm rasm-rusumlariga amal qiluvchilar qo‘shildilar. Vaqt o‘tishi 
bilan bu ta'limot Hindistonning nafaqat madaniy, balki ijtimoiy 
hayotidagi muhim hodisaga aylandi. 
Dunyoda keng tarqalgan buddizm dinining kelib 
chiqishi Gautama nomi bilan bog‘liq. U avvalo 
oddiy fuqaro sifatida hayot kechirgan bo‘lsa, so‘ng tarki dunyo qilib, 
asketlar turmush tarzini qabul kiladi. Hayotni kuzatish, o‘rganish va 
chuqur mushohada qilish oqibatida u Budda, ya'ni «bilimli», 
«ma'rifatli» nomini oladi. Gautama - Budda o‘z tarafdorlarini to‘rt 
muqaddas haqiqatni anglashga da'vat etib, unga erishish yo‘llarini 
bayon qiladi. Ya'ni u e'tiqod, to‘g‘ri fikr, to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri xatti-
harakat, halol yo‘l bilan tirikchilik qilishni tashviq etgan. 
Buddizm boshqa diniy-falsafiy ta'limotlar singari shimoliy-
Sharqiy Hindistonga, avvalo, Magadxaga yoyildi. Og‘ir kasta 
cheklashlariga qarshi chiqqan, tug‘ilishidan boshlab insonlar orasida 
tenglikka chaqirgan bu din yangi ijtimoiy pillapoyaning quyiroq 
pog‘onasini egallagan savdogar va badavlat vayshiylarga ma'qul 
bo‘ldi. Buddizm kshatriylar uchun ham mos edi. 
Sidxartxa Gautama Budda nomi bilan tanildi. Aslida, u qudratli 
Shakya qabilasi boshlig‘ining o‘g‘li bo‘lib, dunyo lazzatlaridan voz 
Ilk buddizm va 
uning asoslari. 

 
 
233
kechib, darveshlarcha hayot kechirgan. Budda miloddan avvalgi 563 
yilda tug‘ilib, 483 yilda vafot etdi. 
Mauriylar imperiyasining so‘nggi davrini o‘rganishda Ashoka 
haqida buddaviy rivoyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 
Ashokaning umri oxirida hokimiyatdan chetlashtirilishiga oid 
ma'lumot ko‘p asarlarda saqlangan. Ashoka bu vaqtga kelib xazinani 
sovura boshlagan. Manbalarda ta'kidlanishicha, Ashoka umrining 
oxirida Budda ta'limotini yanada kengroq yoyish maqsadida buddaviy 
rohiblariga ko‘plab sovg‘a-salomlar jo‘natgan. Buning natijasida 
davlat xazinasi ancha bo‘shab qolgan. Podsho a'yonlari taxt vorisi - 
nevarasi Sampadiga imperatorning haddan tashqari katta xayr-
ehsonlar qilayotganini yetkazganlar va bu holga chek qo‘yishni talab 
qilganlar. Sampadi buyrug‘iga ko‘ra, Ashoka farmonlarini bajarmay 
qo‘yishadi. Davlatni boshqarish huquqi Sampadiga o‘tib, Ashoka o‘z 
g‘oyalarini oxirigacha amalga oshira olmaydi. 
 
Buddizm asoschisi shahzoda Siddharta Gautama bo`lib, 
Hindistonning shimolidagi Shakyamuni qabilasiga mansub 
aslzoda bo`lgan !  
 
Manbalarga qaraganda, Ashokaning buddaviylarga yon bosishi 
braxman va jaynlar noroziligini kuchaytiradi. Jaynizm tarafdori 
bo‘lgan Sampadi esa, yirik amaldorlar tarafidan qo‘llab-quvvatlanadi. 
Bu vaqtda mamlakatda og‘ir moliyaviy vaziyat vujudga keladi. 
Qo‘zg‘olonlar ko‘tarilib, buddizmga qarshi bo‘lgan imperatorning 
rafiqasi malika Tsharakshita ham shoh dushmanlariga qo‘shiladi. 
Budda rivoyatlariga ko‘ra, u xasta imperatordan taxtdan voz 
kechishini talab qiladi.  
Miloddan avvalgi I asr - milodiy I asrda Shimoliy-G‘arbiy 
Hindiston. Mauriylar davrining oxiridayoq, shimoliy-g‘arbiy 
Hindiston viloyatlarining ko‘pchiligi amalda markazdan ajralib 
bo‘lgandi. Keyinroq bu viloyatlar yunonlar ta'siriga tushib qoldi. 
Ko‘plab hind-yunon hukmdorlari orasida podsho Menandr (hind 
an'anaviy manbalarida - Milinda) ajralib turardi. Chamasi bu hukmdor 
Budda dinini qabul qilgan yoki unga homiylik ko‘rsatgan. Davlat 
poytaxti Shakala - hozirgi Sialkat shahri bo‘lgan. Uning hukmdorligi 
Gandxara, Araxosiya, Panjobning ba'zi tumanlariga yoyilgandi. 

 
 
234
Miloddan avvalgi I asrda Markaziy Osiyodan shimoliy-g‘arbiy 
Hindistonga Xitoy manbalarida Se qabilalari deb nomlangan sak 
qabilalari kirib keldi. Saklar avval hind-yunon sulolalari bilan 
to‘qnashib, ular qo‘l ostiga o‘tgan bo‘lsalar, keyinchalik o‘z hind-sak 
davlatini barpo qildilar. Ulardan eng mashhuri, Maues chamasi 
miloddan avvalgi birinchi asr o‘rtalarida hukm surgan bo‘lib, 
Gandxara, Svat vodiysi va taxminan Kashmirning bir qismi uning qo‘l 
ostida edi. Uning vorisi Az «shohlar shohi» nomiga sazovor bo‘ldi. 
Uning davlatiga Araxosiya ham kirar edi. Milodiy birinchi asrda 
maydonga hind-parfiya sulolalari chiqib, shiddatli kurashlar boshlanib 
ketdi. Ulardan Gondofor Gandxara, Araxosiya (hozirgi 
Afg‘onistonning bir qismi) hamda Sakaston, ya'ni saklar mamlakati 
(hozirgi Seyiston) nomi bilan ma'lum bo‘lgan Drangiananing bir 
qismini qo‘lga kiritdi. 
Miloddan avvalgi II asrda yashab hukmronlik qilgan Appolodot 
davri tangalaridagi chakra tasviri ushbu hukmdor budda dinini qabul 
qilgani yoki unga xayrixohlik qilganidan darak beradi. Milinda 
hukmronligi davrida yunon qo‘shinlari Sharqiy Hindistonga yurish 
qilganlar. 
Hind tarixchilari N.K.Sinxa  va  A.Ch.Banerji  yozishicha, 
Menandr qudratli hukmdor bo‘lgan. U zarb etgan tangalar g‘arbda to 
Qobulgacha, Sharqda Matxura, hatto Bundelkxandgacha yetib borgan. 
Xuddi shu asrda hukmronlik qilgan yunon shohi Demetr yerlari Hind 
vohasi bilan cheklanib, «hindlar hukmdori» nomi bilan mashhur 
bo‘lgan. U tangalarni ikki - yunon va hind-kxorashtxi tilida zarb etgan 
dastlabki hukmdordir. Mamlakat shimoliy-g‘arbidagi so‘nggi yunon 
hukmdori kushonlar shohi Kadfiz I tomonidan (miloddan avvalgi I 
asr) taxtdan tushirilgan. 
Dramaturgiya va adabiyot. Kanishka 
davrida mashhur hind faylasufi, 
dramaturg Ashvagxosi yashab o‘tgan. Uning bizgacha yetib kelgan 
«Buddaxacharita»  («Buddaning hayoti»),  «Saundrananda va 
Nanda» va «Shariputraprakana» (Shariputrakananing budda dinini 
qabul qilishi haqidagi drama) asarlari ma'lum. Bu asarlar qadimgi hind 
dramaturgiyasi uchun asos bo‘ldi. Tadqiqotchilar Bxasa asarlari ham 
hind tragediyasining qadim namunalaridan deb faraz qiladilar. Yana 
bir - «Loydan yasalgan aravacha» deb nomlangan asarda (muallifi 
Kushonlar va Guptalar 
davri madaniyati. 

 
 
235
Shudraka) xonavayron bo‘lgan savdogar bilan joriya muhabbati 
hikoya qilinadi. 
Qadimgi hind madaniyatiga hissa qo‘shgan adiblardan yana biri - 
Kalidasa. Bizga uning uchta asari ma'lum: «Shakuntala» («Uzuk 
orqali tanilgan Shakuntala»), «Malyavikagnimitra» («Malyavika va 
Agnimitra»), «Vikramarvashi» («Urvashining jasorati»). Bundan 
tashqari, uning «Megxudata» («Bulut - darakchi») dostoni va ikki 
epik: 
«Kumarsambavaxa» («Kumaraning tug‘ilishi»), 
«Ragxuvansha» («Ragxu avlodi») dostonlari saqlangan
1
.  
Ilm - fan. Bu davrda ilm-fan tez taraqqiy etdi. Matematika, 
falakiyot, tibbiyot, handasa kabi ilmlar rivojlandi. Mashhur 
matematiklar - Aryabxata, Braxmagupta va Varamixiralarning 
kashfiyotlari fanga katta yangiliklarni olib kirdi. O‘sha davrdayoq 
Hindistonda Pifagor teoremasi ma'lum bo‘lgan. Aryabxata ikki 
noma'lum chiziqli tenglamaning o‘ziga xos yechimini kashf etdi. Ular 
1, 2,… sonlarini ochib, sanoq tizimini soddalashtirdilar. Keyinchalik 
bu sonlar arablar tomonidan o‘zlashtirildi. Shu sababli bu sonlar butun 
olamda arab raqamlari sifatida ma'lum bo‘ldi. Braxmagupta qator 
tenglamalarni yechish usullarini topdi.  
Falakiyot ilmiga oid asarlar ham bu davrga kelib ko‘paydi va 
taraqqiy etdi. Guptalar davrida olimlar osmon yoritgichlarining 
harakati, Quyosh va Oy tutilishi sabablarini yaxshi bilganlar. 
Aryabxata Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishini isbotladi. Braxmagupta 
ingliz olimi Nyutondan bir necha asr avval Yerning tortish kuchini 
aniqlagan. Varaxamixiraning «Bixatsamxita» asarida falakiyot, 
jo‘g‘rofiya va mineralogiyaga oid muhim faktlar keltirilgan. 
Me'morchilik. Bu davr me'morchiligi yangi bosqichga qadam 
qo‘ydi. Birinchi asr boshlarida Bombey yaqinidagi qoyalarda 
ibodatxonalar majmui barpo etildi. Hindistondagi eng ulkan - Gayy
ehromining uzunligi 38 metr, kengligi va balandligi 14 metr bo‘lgan. 
G‘or ichidagi eng katta zalda ustunlar, supa va turli tosh haykalchalar 
joylashgan. G‘or ichiga yorug‘lik maxsus yog‘och panjaralar orqali 
tushgan. Undagi barcha tasvirlar monolit qoyalardan tashkil topgan. 
Ularning hajmi kishini hayratga soladi. Ajanta ehromlari guptalar 
davrida me'morchilik naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganini 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
236
ko‘rsatadi.  V asrda bunyod etilgan Sangi ibodatxonasi devorlarida 
Ashoka ustunlaridagi kabi sherlar tasviri tushirilgan. Bu hind 
me'morchiligining eng yaxshi an'analaridan hisoblanadi. Poydevori 
hozirgacha saqlanib qolgan Nalandada ulkan universitet bo‘lib, unda 
ko‘plab talabalar tahsil olganlar. IV asrda Budx - Gayyada hashamatli 
ehrom qurilishi boshlanib, bosh minorasi balandligi 58 metrga yetgan. 
U Osiyodagi eng baland budda dini ehromidir. Muhtasham me'moriy 
obidalar Shimoliy Hindistonda ham ko‘plab bunyod etilgan. Qurilishi 
II asrda boshlangan Taksila va Dxarmarajika ibodatxonasi V asrga 
kelib mahobatli inshootga aylandi. 
Tasviriy san'at. Bu davrda tasviriy san'at va haykaltaroshlikning 
bir necha yo‘nalishlari vujudga keldi. Agar Markaziy Osiyoda, 
Baqtriya davlatida dunyoviy g‘oyalar hukmron bo‘lgan bo‘lsa, 
Shimoliy Hindistonda gandxara, Gang vodiysida - matxura, janubda 
esa andxra maktablari mavjud edi. Gandxara maktabida budda ta'siri 
kuchli bo‘lib, gandxara haykaltaroshligida Budda tasviri paydo bo‘ldi. 
Bu davrga qadar Buddaning qiyofasi Shartli belgilar yordamida 
ifodalangan. Gandxaraning haykaltaroshlik an'analari uzoq va yaqin 
mamlakatlar san'atiga ham ta'sir ko‘rsatdi. Buddaviy haykaltaroshlik 
bilan birga dunyoviy haykaltaroshlik, ya'ni matxura san'ati o‘ziga 
xosligi bilan ajralib turadi. Bunda Kushon hokimlari va oddiy 
fuqarolar haykallari yasalgan. Matxura haykaltaroshlik maktabi 
guptalar davrida Shimoliy hind an'analari ta'sirida yuzaga keldi. 
Bunda Budda tasvirida oddiylik va odmilik ko‘zga yaqqol tashlanadi. 
Hindu dinining tiklanishi ham haykaltaroshlikda o‘z ifodasini topdi. 
Vishnu va shiva diniga oid tasvirlar keng yoyildi.  
Guptalar davrida qadimgi hind rassomchilik san'ati muhim bosqich 
bo‘ldi. Ajantadagi mashhur devor naqshlari hind va jahon san'atining 
bebaho yodgorligidir. U yerda g‘ordagi suratlar syujeti juda xilma-xil: 
Budda hayoti, jatakalarga oid suratlar, buddaviy portretlar, odamlar 
tasviri, turli naqsh va bezaklar shular jumlasidan hisoblanadi. 
Shuningdek, tabiat manzaralari va oddiy hayotiy ko‘rinishlar ham ular 
qatoridan joy olgan. Mazkur rasmlar guptalargacha bo‘lgan davrlarda 
yaratilib, I asr davomida takomilga erishgan. Bu buyuk san'at 
durdonalari nafaqat hind, balki butun Sharq ma'naviyatida o‘ziga xos 
o‘rin tutadi. 

 
 
237
Qadimgi Hindistonning tashqi aloqalari. Qadimgi Hindiston 
Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan keng aloqalar o‘rnatgan. Bu 
munosabatlar yillar davomida shakllanib, har ikki mintaqa xalqlari 
madaniyatiga ta'sir etgan. 
Qadimgi Hindiston va Eron. Eron Hindistonning eng yaqin 
qo‘shnisi bo‘lib, u bilan madaniy va ma'rifiy aloqalar o‘rnatgan 
birinchi mamlakatlardan edi. Arxeologlar bu ikki mamlakat aloqalari 
neolit davridan boshlangan deb aytishadi. Har ikkala mamlakatda ham 
yuksak ziroatchilik mavjud bo‘lib, shahar sivilizatsiyasiga o‘tish 
jarayonlarini deyarli bir vaqtda boshdan kechirdi. Bu ikki mamlakat 
savdogarlarining o‘zaro oldi-sotdisi miloddan avvalgi IV-III asrda 
taraqqiy eta boshlagan. Xarappa sivilizatsiyasi davrida bu 
munosabatlar voqyea, rivoyat va dostonlarda saqlanib qoldi. Antik 
davr mualliflarining ma'lumotlariga ko‘ra, shimoliy hind o‘lkalari 
miloddan avvalgi 518 yilda Doro I tarafidan ishg‘ol etildi. 
Galileyadagi jangda Hind daryosining janubiy hududlarida yashovchi 
aholi forslar tarafida kurashdi. 
Ahamoniylar davrida Eron va Hindiston o‘rtasida savdo aloqalari 
mustahkamlandi. Suzadagi (Eron) saroy qurilishida Hindistondan 
keltirilgan qurilish materiallari ya'ni, Gandharadan temir daraxti va fil 
suyagi keltirilgani Doro yozuvlarida saqlanib qolgan. 
Miloddan avvalgi V asrgacha Bobilda topilgan hujjatlar va 
miloddan avvalgi V asr oxiri IV asrlarga oid Persepoldagi Elam 
matnlarida aytilishicha, Hindiston, Eron va Mesopotamiya viloyatlari 
bir imperiya bo‘lib birlashganidan so‘ng, savdo va madaniy aloqalar 
kuchaygan. Bobil hujjatlarini o‘rgangan hind Sharqshunoslari Nippur 
atrofida hind koloniyalari bo‘lganligini va ularning nomlarini 
aniqladilar. Ma'lum bo‘lishicha, hindlar tub aholi bilan yaxshi 
munosabatda bo‘lganlar, egallagan yerlari uchun ijara to‘lovi haqida 
Shartnomalar tuzganlar. Ular harbiy xizmatni ham ado etganlar. 
Persepol yozuvlari Erondan Hindistonga o‘tgan. Masalan, miloddan 
avvalgi 498-yilda Qarabbo ismli hindning 180 kishilik karvonga bosh 
bo‘lib, Hindistonga borganligi haqida ma'lumot beriladi. Ahmoniylar 
tarafidan hind yerlariga oromiy yozuvi kiritildi va bu tub aholi 
madaniyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Ba'zi tadqiqotchilar qoya 
toshlariga farmonlarni yozdirish forslardan kirib kelgan odat deb 

 
 
238
ta'kidlaydilar. Madaniy jarayon uyg‘unlashib bordi. Sanskrit tilida 
forscha so‘zlar paydo bo‘ldi. 
 
Bilasizmi? 
“Maxabxarata”(“Bxarata avlodlari 
jangnomasi”)sanskrit tilida yozilgan b-b,100 
ming baytni o‘z ichiga olgan 18 kitobdan 
iborat afsonaviy shoh Bxaratning 
avlodlaridan 2 toifa:kavravlar va 
nandavlarning o‘zaro adovatlari va urushlari 
tarixi talqin etiladi. 
 
Rus hindshunoslari G.M.Bongard-Levin va G.F.Ilin 
Hindistonning antik adabiyot davridan keyingi davrni «elchixonalar 
davri» deb ataydilar. Ular miloddan avvalgi VI asr oxiri - III asr 
boshini ana shu nom bilan belgiladilar. Deymaxning «Indika» asari 
deyarli saqlanib qolmagan bo‘lsa ham, u orqali Ashokaning shoh 
Antiox (Suriya), Antigen (Makedoniya), Eneolit (Epir) va Ptolemeyga 
(Misr) elchi yuborganligi ma'lum. Bu yozuvlar Hindistonning 
Yuqoridagi davlatlar bilan aloqasidan dalolat beradi. 
Rim imperiyasi bilan Hindiston o‘rtasida ham diplomatik aloqalar 
mavjud bo‘lgan. Antik manbalarda imperator Avgust (miloddan 
avvalgi 24-14 yillar), Trayan (98-117 yillar), Andrian (117-138 
yillar) va yana qator hukmdorlar huzuriga hind elchilari yuborilgani 
haqida aytiladi. Yunon-Rim dunyosi Hindiston diniy-ma'rifiy 
manbalari va falsafasi bilan yaqindan tanishdi. III asrda yashab 
o‘tgan mashhur faylasuf Filostrat Hindistonga sayohat qilgani, u yerni 
o‘rgangani ma'lum. 
Megasfen Chandragupta hayoti haqida yozib, “shoh oshpazlari 
unga barcha hindlar iste'mol qiladigan sharobdan berishadi” deb 
ma'lumot keltiradi. Shubhasiz, sharob Yunonistondan keltirilar, 
qadimgi tamil shoiri ularning xushta'mligiga e'tibor qaratadi. 
Hindiston va G‘arb o‘rtasidagi savdo aloqalari o‘zaro madaniy 
aloqalarga ham muayyan hissa qo‘shgan. Hindistondan turli dorivor 
va ziravorlar, zeb-ziynat buyumlari, metall va yana boshqa 
qimmatbaho mahsulotlar olib keltirilar, o‘z navbatida O‘rta Yer 
dengizi mamlakatlaridan turli mahsulotlar keltirilib, savdo qilinardi. 
Shri-Lanka, Hindiston va Bangladesh bandargohlaridan topilgan Rim 
sopol idishlari va tangalari bu davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq yaxshi 

 
 
239
rivojlanganidan dalolat beradi. Hozirgi Putuchera yaqinida 
Arekamedura nomli Rim savdo faktoriyasi topilishi alohida 
ahamiyatga ega. Pompeydagi arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan 
fil suyagidan yasalgan Lakshmi ma'budasi haykali antik dunyo hind 
madaniyatini yaqindan bilganidan dalolat beradi. Qadimgi tamil 
yozuvlarida yavanlar haqida ko‘plab ma'lumotlar qolgan. Janubiy 
Hindistonda yunonlar va rimliklarni yavanlar nomi bilan ataganlar. 
Ularning ba'zilari bu yerlarda muqim yashar, ko‘pchiligi mahalliy 
shohlarga yollanib, ularning xizmatini qilardilar. 
Gandxara san'atining hind madaniyatida o‘ziga yarasha o‘rni bor. 
Bu yerda Ellin va Rim an'analari hind va budda dini an'analari bilan 
qorishib ketgan. Tadqiqotlar hindlar yunonlardan ko‘p narsa olganlar 
degan xulosaga olib keladi. Tangalar yunonlardan avval ham mavjud 
bo‘lgan, biroq keyinchalik ularning ta'siri yaqqol ko‘zga tashlandi. 
Sopol buyumlar yasash, metall eritish va mis quyishda ham antik 
dunyo ta'siri namoyon bo‘ladi. Hindistonda yunonlar boshqargan 
davlatlarning so‘nggi sulolalaridan so‘ng ham, davlat boshqarish 
tizimining ularga xos ma'muriy yo‘nalish va usullari ancha vaqtgacha 
saqlanib qoldi. Ba'zi joylarda Makedoniya taqvimi qo‘llanib, san'at va 
hunarmandchilikda ham yunon an'analari davom etdi. Hind mualliflari 
Markaziy Hindistondagi Ujayin astronomik rasadxonasi bilan 
Aleksandriya observatoriyasi o‘rtasida bog‘liqlik borligini qayd 
etdilar. Shuningdek, ayrim ko‘hna yunon kitoblarida hind 
ziyolilarining Suqrot bilan uchrashganligi ma'lum. Pifagorning hind 
falsafasiga ta'siri beqiyos. Professor X.Roulinson bu to‘g‘rida, 
«Pifagorchilar targ‘ib qilgan deyarli barcha falsafiy, matematik va 
boshqa ma'lumotlar miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda ma'lum 
bo‘lgan» degan edi.  
Rudramona hukmdorligi davrida janubiy-Sharqiy 
mamlakatlarning ellinlar bilan aloqalari rivojlandi. Ilm-fanni 
yuksaltirgan Iskandariya bilan mustahkam aloqalar o‘rnatildi. 150-
yillarda Yunon tilidan sanskrit tiliga astrologiyaga oid matnlar tarjima 
qilindi. Bizga qadar qadim «Yavanajaki» kitobi (269-270-yillar) yetib 
keldi. Olimlar Bumant bilan tanishgach, uning Iskandariyada 
yozilganini isbotladilar. Epigrafik ma'lumotlarga ko‘ra, Sharqiy 
kshatrap tumanlarida yunonlar yashaganlar. Ehtimol ular bu yerlarda 
bir vaqtlar yashagan yunonlar avlodi yoki savdogar yunonlar bo‘lishi 

 
 
240
mumkin. Vaqt o‘tishi bilan Dekanda yavanlar hindlashib, ko‘pchiligi 
budda va brahmanlik dinini qabul qilganlar. Yunonlar va rimliklar 
hind hamda Bobil olimlarining ilmiy yutuqlarini o‘rganib, xususan, 
falakiyot ilmini o‘zlashtirganlar. 
Parfiyadan O‘rta Yer dengiziga o‘tadigan Buyuk ipak yo‘li 
vujudga kelgan davrdan boshlab Hindistonning Markaziy Osiyo, 
alalxusus, Sharqiy Turkiston bilan aloqalari yuksaldi. Qadimgi 
Turkiston aholisi ko‘pchilikni tashkil etmas edi. Kam sonli aholi 
sekin-asta shahar va qishloqlar barpo etib, yuksalish tomon qadam 
qo‘ya boshladi. Hind-Yevropa negizi miloddan avvalgi II ming 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling