Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


Yunon - Fors urushlari. Yunon-fors urushlariga oid asosiy 
manba Gerodotning “Tarix” asari bo‘lib, bu asar bayoni miloddan 
avvalgi  478 yil voqyealaridan so‘ng to‘xtagan. Qator qadim grek 
tarixchilari bu urushlarga oid ayrim voqyealar va xususiyatlar 
xususida hikoya qiladilar. Esxill “Forslar” tragediyasida shohid hamda 
bevosita ishtirokchi sifatida Salamin oroli yonida greklarning forslar 
bilan dengiz jangini yorqin tasvirlagan. Miloddan avvalgi V asr 
obidalarida ham bir qancha yozuvlar saqlanib qolgan. Keyinroq 
yunon-fors urushlari haqida sitsiliyalik Diodor yozgan. Plutarx o‘sha 
zamonda Afinaning atoqli siyosiy va harbiy arboblari - Femistokl, 
Aristid va Kimonning tarjimai hollarini bayon etadi. Afinada va jang 
bo‘lgan boshqa joylarda topilgan arxeologik qazuv materiallari ham 
muhim ahamiyatga ega. 
 Yunon-fors 
urushlari 
davrida 
forslar va greklar. Miloddan 
avvalgi  VI asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan va miloddan avvalgi VI 
asrning II yarmida barcha Yaqin Sharq davlatlarini zabt etgan 
qudratli Eron shohi Doro I miloddan avvalgi VI asrning oxirlarida 
o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi. Bu hukmdor davrida ulkan 
davlatni idora qilish tizimi tashkil etilib, qo‘shinlar harakatlanadigan 
strategik va savdo yo‘llari takomillashtirilgan, qaram qilingan qabila 
va xalqlardan olingan xirojlar Eron poytaxtiga keltirilgan. Forslar 
hukmronligi ostidagi viloyatlardan doimiy suratda katta xiroj 
undirilishi natijasida mazkur viloyatlar asta-sekin inqirozga yuz 
tutgan. Shu sababli, Eron davlati yangi hududlarni egallashga 
kirishgan. Yangi yerlarni istilo qilish va Eron davlatini kengaytirish 
siyosati butun davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy natijasi bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi VI asrdayoq forslar Kichik Osiyoning Egey dengizi 
bo‘yidagi boy yunon polislarini zabt etib, so‘ng Kichik Osiyoning 
ayrim orollari va Egey dengizining shimolidagi yunon koloniyalarini 
bo‘ysundirganlar. Bu istilolar jarayonida forslar Marmar va Qora 
dengizlarning Yevropa qirg‘oqlarida yashovchi frakiyaliklar va 
skiflarning jangari qabilalariga qarshi kurashganlar.  
Doro I Eron davlatiga xos istilochilik siyosatini davom ettirib, Kichik 
Osiyo yunonlarining boy shaharlari ustidan hukmronligini 
mustahkamlash maqsadida miloddan avvalgi 513 yilda Frakiya orqali 
Shimoliy Qora dengizning shimoliy qismiga - skiflarga qarshi yurish 
boshlagan. Turli qabilalardan iborat Doro I qo‘shini tarkibida Kichik 

 
 
300
Osiyo yunonlarining harbiy bo‘linmalari hamda Gellespont va Qora 
dengizning Yevropa qirg‘og‘idagi forslarga qaram bo‘lgan yunon 
shaharlari aholisidan tuzilgan otryadlar ham bo‘lgan. Eron hukmron 
doiralari o‘z kuchlariga ishongan holda aholisi ko‘p va boy 
Yunonistonni osonlik bilan bo‘ysundirish va undan qo‘shimcha 
daromadlar olishga umid bog‘laganlar. Istilochilik harakatlarini 
boshlashga faqat bahona yo‘q edi, xolos. Uni yunonlarning o‘zlari 
topib berganlar.  
Yunon-fors urushlarining boshlanishi. Kichik Osiyoning grek 
shaharlari aholisi, ayniqsa, Eron soliq tizimidan ko‘p jabrlangan. 
Forslar tayinlagan hokimlarning zulmi aholi ahvolini yanada 
og‘irlashtirdi. Asta-sekin vaziyat murakkablashib, arzimas bahona 
bilan qo‘zg‘olon ko‘tarilib ketishi mumkin bo‘lib qoldi. 
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Qaysi omillar qadimgi Afinada zodagonlar bilan 
demos o‘rtasidagi kurashga sabab bo‘ldi? 
2. Solon islohotlari demos uchun qanday qulayliklar 
yaratdi? 
3. Yunon-fors urushlarining boshlanish sabablar 
nimada edi? 
4. Spartaning harbiy davlat tuzumidan qolgan yunon 
demokratik polislarga o‘xshash va o‘xshamaslik 
belgilarini ko‘rsatib bering. 
5. Nima uchun Spartada madaniyat yuksak rivoj 
topmadi? 
6. Qaysi omillar qadimgi yunon davlatlarining o‘zaro 
urushlarini to‘xtatishga xizmat qildi? 
7. Yunonlarning forslar ustidan g‘alaba qozonishi 
sabablarini ayting. 
 

 
 
301
17-mavzu. Qadimgi Yunoniston tarixi manbalari va 
tarixnavisligi. Yunonistonda madaniyat. 
 
Reja: 
1. Qadimgi quldorlik davlatlari. 
2. Ellin madaniyatini  
3. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda yunon madaniyati. 
4. Olimpiya o‘yinlari.  
5. Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlar. 
 
Tayanch iboralar: 
Meteklar, dikasteriyalar,Samos, Pisandr, 
Epidamn koloniyasi Messeniya, Perikl. Geliyespont, satrap, Tir, 
Finikiya, Gurgon, Maroqanda Antropomorfizm, Geya, Tartar, 
Gestiya, sirenalar, orakullar, panafeniyalar, apeyron, efir, tragos, 
difiramblar, skena, Ezop, kolonnalar, Meduza, arxaik, rupor, klassik 
davr, Troya, bulevteriyalar, kannelyurlar, kapiteli, kariatidalar, Afina 
Pramaxos, atlet, ginekeya, Arxilox, gekzametr, kuros, arxaik, doriycha 
uslub, korifey, koturna, rupor, tiraniya, volyutlar, freska, monumental, 
totemizm, nimfa, kentavr, atom, sofistlar, Propileya, induksiya, 
oligarxiya, oxlokratiya. ellinizm, koyne, demotik tili, kosmopolitizm, 
gelpola, gelepola, peristal, Museyon, stoiklar, epikurchilar, 
peripatetiklar, geliotsentrik, idiliya, sinkretizm. 
 
Qadimgi Gretsiya va Rimda quldorlik davlatlari 
yuksak taraqqiy etdi. Buni quldorlik jamiyati, 
shuningdek, antik jamiyat deb ham atash 
mumkin. Qadimgi Gretsiya tarixi miloddan avvalgi III ming yillikdan 
to milodiy davrgacha o‘rganiladi. Eng qadimgi Gretsiya qadimgi 
Sharqning g‘arbiy chekkasida joylashgan, Misr hamda Old va Kichik 
Osiyo xalqlari bilan bevosita aloqada bo‘lgan keng o‘lka edi. 
Miloddan avvalgi III-II ming yillikda urug‘ tuzumi yemirilib, ilk 
quldorlik jamiyatining shakllanishi va ilk quldorlik davlatlari taraqqiy 
etishi boshlandi. 
XIX asrning 70-yillarigacha qadimgi Gretsiya tarixi odatda 
Gomer davri (miloddan avvalgi XI-IX asrlar) nomini olgan davrdan 
o‘rgana boshlanardi. XIX asrga oid tadqiqotlar miloddan avvalgi II 
ming yillikda Egey dengizi havzasida sivilizatsiya o‘sha davr Misr, 
Qadimgi quldorlik 
davlatlari. 

 
 
302
Bobil va Xett kabi davlatlardagidek yuksak darajada rivojlanganligini 
ko‘rsatadi. Ushbu hududdagi arxeologik kashfiyotlarning batafsil 
bayoni va aniq ta'rifi V.P.Buzeskulning “Otkritiya XIX-nachala XX 
vv. v oblasti istorii drevnego mira” (Drevnegrecheskiy mir. II-qism, 
1924) asarida berilgan. 
Shuningdek, qadimgi Gretsiya tarixiga doir asosiy qo‘llanmada 
grek dini va afsonalariga ham alohida o‘rin berilganligi sababli 
N.A.Kunning  “Qadim Yunonistonning afsona asotirlari” - (M, 
1954) kitobi bilan tanishib chiqishni ham tavsiya etamiz  
Qadimgi Gretsiya tarixida, ayniqsa, uchinchi arxeologik davr 
(miloddan avvalgi VIII - VI asrlar) muhim bo‘lib, bu vaqtda antik 
quldorlik munosabatlari tarkib topmoqda edi. Arxaik davrdagi grek 
xo‘jaligi va jamiyati haqidagi ma'lumotlar Gesiodning “Trudi i dni” 
(miloddan avvalgi VIII - VI asrlar) dostonida berilgan. 
“Qadimgi Sparta” mavzusida - greklar siyosiy hayotida muhim 
o‘rin tutgan qadimgi Gretsiyaning quldorlik davlati bilan tanishib 
chiqiladi. Talabalar miloddan avvalgi IX asrda Sparta davlatining 
tashkil topishida o‘ziga xos jihatlari hamda harbiy tusga ega ekanligini 
ko‘rsatib berishlari kerak. 
Sparta davlatining tashkil topishi tarixiga doir manbalar juda kam. 
Bizga qadar yetib kelgan Ksenofont, Platon (Aflotun) va Aristotel 
(Arastu) asarlarida Sparta tuzumi qisman ideallashtiriladi. Qadimgi 
Sparta haqida qadimgi Gretsiyaning eng yirik tarixchilari Gerodot va 
Fukidid asarlarida ob'yektiv ma'lumotlar beriladi. Shuningdek, 
Pavsaniyaning “Opisaniye Elladi” (miloddan avvalgi II asr) asaridan 
ham birmuncha aniq ma'lumotlar olish mumkin.  
Mavzuni o‘rganish vaqtida Yuqorida ko‘rsatilgan manbalar bilan 
tanishib chiqish, Sparta iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari va Sparta 
(Lakedemon) davlat tuzumining xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, 
spartaliklar turmushi va tarbiyasining o‘ziga xosligiga e'tibor berish 
kerak. 
Sparta jamiyati uch tabaqa: spartaliklar, perieklar va ilotlarga 
bo‘lingan. Ilotlar boshqa grek davlatlaridagi qullardan farq qilar va 
ular davlatga qaram bo‘lib, spartaliklarga yerlari, mehnat qurollari 
bilan birga berilar edi. Sparta davlatida tabaqalar o‘rtasidagi 
ziddiyatning keskinlashuvini (ilotlar qo‘zg‘oloni) anglab yetish 

 
 
303
muhim va uning ijtimoiy hayotga ta'siri A.Bergerning “Sotsialniye 
dvijeniya v drevney Sparte” (M, 1936) kitobida berilgan. 
Spartaga qarama-qarshi davlat - Attika (miloddan avvalgi VII - V 
asr) tarixida quldorlikning tashkil topishi va uning eng yuksak shakli - 
demokratik quldorlik respublikasining paydo bo‘lishini kuzatish 
mumkin.  
Grek-fors urushlari tarixiga doir asosiy manbalar
Gerodotning “Tarix” kitobi, sitsiliyalik Diodorning “Tarix 
kutubxonasi” asari, Plutarx qalamiga mansub Femistokl, Aristid, 
Kimon va Periklning tarjimai hollari, Esxilning “Forslar” nomli 
tragediyasi va hokazolar. 
Afina demokratiyasining ahamiyatiga baho berilganda, bu 
mavzuga doir qo‘shimcha adabiyot sifatida quyidagilarni tavsiya etish 
mumkin: 
V.P.Buzeskul. Afinskaya demokratiya. Obщiy ocherk. Xarkov. 
1920.; V.Andreyev. Afinskaya rabovladelcheskaya demokratiya. 
“Vestnik drevney istorii”, 1960. №4
Peloponnes urushi tarixiga oid asosiy manba o‘sha zamon 
tarixchisi va shu urush qatnashchisi Fukididning “Tarix” asari 
hisoblanadi. Urushning so‘nggi davriga oid manbalar esa 
Ksenofontning “Gretsiya tarixi” kitobi, sitsiliyalik Diodorning 
“Tarixiy kutubxonasi”dan lavhalardir. Afina ijtimoiy-siyosiy tuzumini 
analiz qilish uchun Aristofan komediyalari, Aristotelning “Afinskaya 
politiya” komediyasi, Afina notiqlarining ba'zi bir nutqlari, 
arxeologik manbalardagi o‘sha davr yozuvlari katta ahamiyatga ega. 
Qadimgi greklarning falsafa va boshqa fanlar rivojlanishidagi 
rolini aniqlashda Gretsiya tarixchilari Gerodot, Fukidid va Ksenofont 
ijodini, shuningdek, mashhur grek notiqlari Lisiy, Demosfen, Sokrat 
va Esxill ijodi bilan tanish bo‘lishi kerak. 
Darslikka qo‘shimcha material sifatida I.M.Tronskiyning “Antik 
adabiyot tarixi” (3-nashr, L, 1957) asaridan va A.G.Chegodeyevning 
umumiy tahriri ostida chiqqan “Qadimgi dunyo san'ati” (M, 1956
kitobidan foydalanish mumkin. 
“Iskandar Zulqarnayn davlati” mavzusini o‘rganishda darslikdan 
tashqari professor A.B.Ranovichning “Ellinizm va uning tarixiy roli” 
(M-L.,  1950) monografiyasining II bobini o‘rganish foydadan xoli 
bo‘lmaydi.  

 
 
304
Ellin davlatlari tarixiga oid asosiy manbalar: Polibiyning 
“Umumiy tarix” kitobi, sitsiliyalik Diodorning “Tarix kutubxonasi” 
asari,  Strabonning “Geografiya” asari, Fokion, Evlen, Demetriy, 
Poliokretlarning Plutarx tomonidan bitilgan tarjimai holi, 
Akkianning “Suriya ishi” ham boy arxeologik materiallardir. 
Ellin madaniyatini o‘rganishda talabalar uning eng muhim 
markazlari (Misr Iskandriyasi, Antioxiya, Pergam) haqida, 
shuningdek, shu davr texnika, tibbiyot, matematika fanlari, badiiy 
adabiyoti va tasviriy san'ati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. 
Falsafiy tizimlar orasida Epikur falsafasi katta ahamiyatga ega. Ellin 
davrining eng mashhur fan (Arximed, Geran, Feafrast, Aristarx, 
Evklid, Eratosfen, Gerofil, Gipparx), adabiyot arboblari (Lisipp, 
Apelles, Aleksandr) va falsafa namoyandalari (Epikur, Zenon)ning 
nomlarini va ular erishgan yutuqlarni yodda tutish tavsiya etiladi.  
Bu bo‘lim bo‘yicha qo‘shimcha adabiyot sifatida A. B. 
Ranovichning “Ellinizm va uning tarixdagi roli” ( VII bob, Ellin 
madaniyati) kitobini tavsiya etish mumkin. 
 Arxaik davr yunon madaniyati krit - 
miken davri va undan keyingi 
miloddan avvalgi XI - IX asrlar doriylarning ko‘chish va istilolari 
davriga borib taqaladi. Bu madaniyat shu davrga xos qo‘l mehnati 
qurollari bazasida rivojlangan. Bevosita ishlab chiqaruvchilar - 
dehqon va hunarmandlar davlatmand va boy yunonlar qo‘l ostida qul 
kabi ishlaganlar. Quldorlik munosabatlari asta-sekin rivojlangan 
bo‘lsa ham, lekin jismoniy mehnat erkin shaxsni xo‘rlaydi, deb 
hisoblangan. Bu davrga oid muomala va munosabatlar Gesiodning 
“Mehnatlar va kunlar” poemasida yorqin aks ettirilgan. 
Din. Yunon dini krit - miken zamonida va urug‘doshlik tuzumi 
buzilayotgan davridayoq (miloddan avvalgi XI - IX asrlarda) tarkib 
topa boshladi. Miloddan avvalgi VIII - VII asrlarda bu din to‘liq rivoj 
topib ulgurdi. Bu din antropomorfizm, ya'ni insonni ilohiylashtirish, 
xudolarni o‘lmaydigan va abadiy yoshligicha qoladigan kuchli, go‘zal 
kishilar degan tasavvurdan iborat bo‘lgan. Greklarning tasavvuriga 
ko‘ra, olam avval Xaosdan iborat bo‘lib, Yer - Geya va yer osti olami 
- Tartar ham mavjud bo‘lgan. 
Geyadan uning o‘g‘li Uran - osmon xudosi tug‘uladi. Uran bilan 
Geyadan titan Kronos tug‘ilgan va o‘z otasiga qarshi chiqqan. Bular 
Miloddan avvalgi VII - VI 
Asrlarda yunon madaniyati 

 
 
305
titan - katta xudolar edi. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demetra, 
Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan. 
Yunonlar tasavvurida tabiat ilohiy mavjudotlar bilan to‘lib 
toshgan. Ular nazarida, chakalakzorda driad, nimfa va echkioyoq 
satirlar yashagan, dengizda nayada va sirenalar - ayol boshli qushlar 
yashagan. 
Yunonistonda yarim xudo - qahramonlar e'zozlangan. Yunonlarning 
fikricha, bu yarim xudo - qahramonlar xudolar bilan odamlarning 
nikohidan tug‘ilgan. 12 jasorati evaziga Gerakl alohida hurmatga 
sazovor bo‘lgan. U sher terisida va qo‘lida tayoq bilan tasvirlangan. 
Gerakl yovuzlikka qarshi kurashib, uni yengib kelgan shaxs obrazi 
edi. 
Bayramlar. Qadimgi Yunoniston madaniy an'ana va odatlari turli 
shaharlarni bir-biriga bog‘lagan va yunon xalqini birlashtirgan. 
Bolqon yarim oroli shaharlari o‘z bayramlari, o‘yinlari bilan 
yunonlarni birlashtirgan. Yunonistonda xudolarga atalgan maxsus 
bayramlar o‘tkazilib, ular faqat diniy tusda bo‘lmay, jismoniy tarbiya 
musobaqalari hamda musiqa, qo‘shiq va shu kabilar bayramlarning 
muhim jihatlari hisoblangan. 
Olimpiya o‘yinlari. Bayramlardan tashqari umummilliy sport 
musobaqalari ham yunonlarni birlashtirgan. Peloponnesda o‘tgan 
Olimpiya o‘yinlari mamlakatda dong taratgan. Bu o‘yinlar xudolar 
otasi, chaqmoqsochar Zevs Sharafiga o‘tkazilgan. Olimpiada Zevs 
ibodatxonasida bo‘lib, unda Zevsning ulkan haykali o‘rnatilgan. 
Olimp o‘yinlari har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilib, binobarin, qadimgi 
yunonlar keyinroq vaqt hisobini olimpiadalar asosida yurgiza 
boshlaganlar. Rivoyatga ko‘ra, ilk olimpiada miloddan avvalgi 776 
yilda o‘tkazilgan. 
Olimpiadalarda barcha yunonlar qatnasha olishi uchun bu vaqtda 
urushlar to‘xtatilgan. Shunday qilib, Olimpiya o‘yinlari tinchlik 
darakchisi bo‘lgan. 
Orakul (bashoratchi)lar. Orakullar ham yunonlar hayotida muhim 
o‘rin tutganlar. Ular tufayli yunon kohinlari juda katta foyda 
ko‘rganlar, chunki o‘z savoliga javob olishni istagan kishilar ularga 
pul yo qimmatli buyumlar keltirganlar. Orakullar deganda ayrim 
shaxslarni emas, balki bashorat qilish, ya'ni kelajakdan xabar berish 
bilan shug‘ullanuvchi butun ibodatxonalarni anglamoq kerak. 

 
 
306
Ayniqsa,  Fokididdagi Delfa orakuli (bashoratchisi) keng dong 
taratgan. Bu yerda tog‘lar orasida dara bo‘lib, undan zaharli bug‘ 
chiqib turgan. Shu dara oldidagi sepoyada bashoratchi kohin ayol 
Tifiya o‘tirgan. Zaharli bug‘dan bu ayol hushidan ketib, hushsiz holda 
so‘zlagan. Uning so‘zlarini kohinlar izohlab, bashoratchiga berilgan 
savollarga javob qaytarganlar. 
Delfalik orakul nafaqat yunon, balki boshqa davlatlarda ham 
shuhrat qozongan. Orakullar katta siyosiy rol o‘ynaganlar. Ularning 
javoblarini turlicha talqin qilish mumkin edi, chunki haqiqatda orakul 
(bashoratchi) hech nimani oldindan aytolmagan. Lekin o‘z obro‘larini 
yo‘qotmaslik uchun kohinlar buni tan olmaganlar.  
Falsafa. Kichik Osiyo yunon shaharlarining hunarmandchilik va 
savdo - sotig‘ining taraqqiy etishi, shahar aholisining roli oshib borishi 
natijasida mafkura ko‘rinishi ham o‘zgardi. Yunonlar endi olamning 
diniy izohi bilan qanoatlanmay, savollarga moddiy olamdan javob 
izlaydilar. Mafkuraviy (diniy) va materialistik qarashlar o‘rtasida 
kurash boradi va uning jarayonida miloddan avvalgi VII - VI asrlarda 
materialistik falsafa paydo bo‘ladi. Bu ilk falsafa stixiyali yoki 
ibtidoiy materializm deb ham ataladi. Miletlik Fales dastlabki ana 
shunday faylasuf bo‘lish bilan birga fizik va matematik ham bo‘lgan. 
U butun olamning asosi - suv deb izohlagan. Uning ta'limotiga ko‘ra, 
butun olam suvdan paydo bo‘lgan va shuning uchun butun 
mavjudotning negizi suvdir. Falesning shogirdlaridan biri - 
Anaksimen, birlamchi materiya, ya'ni “apeyron” butun mavjudot 
ibtidosidir deb hisoblagan. 
Anaksimandr olamning asosi - havo, “efir”, u butun mavjudotga 
singib, olam undan kelib chiqqan deb ta'lim beradi. Faylasuf Geraklit 
olam olovdan paydo bo‘lgan deb hisoblagan: “Olam - abadiy 
alangalanib va abadiy so‘nib turadigan olovdir”. Geraklit Efes 
shahrida yashagan va o‘z falsafasini shu yerda yaratgan. Bugungi 
kunda uni birinchi dialektik deb hisoblashadi. Darhaqiqat, Geraklit 
ta'limoti yerda buyumlar yo‘q, balki yuz berib turadigan jarayonlar bor 
deb uqtiradi. Geraklitning bosh qoidasi: “Hamma narsa oqib turadi, 
har narsa o‘zgaradi”. “Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi, 
chunki birinchi tushganingizda suvning bir xil zarralari oqsa, ikkinchi 
marotaba suvning boshqa zarralari oqadi”. 

 
 
307
Fales, Anaksimen va Anaksimandr Milet maktabi faylasuflari 
edilar. Qadimgi Yunonistonda, shuningdek, mafkuraviy falsafa ham 
mavjud bo‘lib, u olamning ibtidosini tabiat va uning hodisalarida 
emas, balki g‘oyalarda deb bilgan. Miloddan avvalgi VI asrda 
Sitsiliyada yashagan Pifagor ana shunday idealist faylasuf edi. Pifagor 
yunon matematikasining asoschilaridan biridir. Pifagor sonlarni 
o‘rgangan, shuning uchun uning nazarida olma muayyan sonlar va 
ularning o‘zaro munosabatlaridan iborat bo‘lgan. U Sitsiliyada, 
asosan, aristokrat oilalardan kelib chiqqan muxlislari, izdoshlari 
jamoasini tuzgan. 
Yunon yozuvi. Yunon alifbo yozuvi miloddan avvalgi IX - VIII 
asrlarda finikiyaliklar alifbosi asosida yuzaga kelgan. Finikiyaliklarga 
savdo ishlarida, hisob-kitob yurgizishda alifbo zarur bo‘lgan, ammo 
belgilari ko‘p qadimgi Sharq yozuvini o‘rganishga na vaqt, na 
imkoniyatlari bo‘lgan. Hisob-kitobni aks ettiradigan hamda tezda 
o‘rganish mumkin bo‘lgan qisqa va aniq alifbo kerak edi. 
Finikiyaliklar 22 harfdan iborat yangi alifbo tuzganlar, lekin bu harflar 
faqat undosh tovushlarni anglatgan. Yunonlar finikiya yozuvidan 
foydalanganlar, lekin qisman o‘zgartirib, unga unli tovushlarni ham 
bildiruvchi harflarni qo‘shganlar. Shunday qilib, ular 24 harfdan iborat 
yangi yunon alifbosini yaratganlar. Biz uchun yunon alifbosining 
ahamiyati shundaki, ushbu alifbo keyinchalik slavyan (kirill) 
alifbosiga asos bo‘ldi. 
Adabiyot. Yangi alifbo va yozuvning yaratilishi yunon adabiyoti 
rivojida juda muhim qadam bo‘ldi. Miloddan avvalgi VIII asrning 
ikkinchi yarmida Beotiyada yashagan shoir Gesiod ikki yirik adabiy 
asar yaratdi: birinchisi - “Teogoniya” bo‘lib, unda yunonlarning 
xudolar va olamning kelib chiqishiga oid qarashlari bayon qilingan; 
ikkinchisi - “Mehnatlar va kunlar” asari edi.  
Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda yunon lirikasi yuzaga kelib, 
yuksak darajada rivojlangan. Bu - yunon polislarida aristokratiya bilan 
demokratiya o‘rtasidagi kuchli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurash 
davri bo‘lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlar davri doimiy kurash 
ruhi bilan shoirlarning she'rlarida aks etdi. Bu she'rlar qisqacha bo‘lib, 
zamona kishilarining kayfiyati va o‘y-fikrlarini ifodalagan. Shoirlar 
ozgina so‘z bilan kuchli his-tuyg‘ular, qayg‘u va shodlikni 
tasvirlashga intilganlar. 

 
 
308
Lirika so‘zi o‘sha davr musiqa asbobi - lira nomidan olingan. 
Odatda she'riy asarlar lira musiqasi jo‘rligida qiroat bilan o‘qilgan. 
Yunon lirikasiga asos solgan dastlabki shoirlardan biri - Arxilox Paros 
orolida tug‘ilgan. U aristokratiya bilan demokratiya kurashida faol 
ishtirok etgan. O‘z she'rlaridan birida Arxilox hayot yo‘lida omad goh 
kelib, goh ketishi haqida so‘zlaydi. Agar “seni yengsalar, - der edi u, - 
g‘am yema, uyga berkinib yig‘lama. Omad kelganda me'yorida 
shodlan, kulfat tushganda me'yorida qayg‘ur. Inson hayoti pinhona 
ohangini angla”. Miloddan avvalgi VI asrda satirik poema yuzaga 
keladi.  V.A.Jukovskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilingan 
“Sichqonlar va qurbaqalar urushi” poemasi buning yorqin namunasi. 
Satirik poemalar gekzametr vaznida, ya'ni Gomer dostonlari yozilgan 
she'r vaznida bitilgan. 
San'at. Ana shu davrda yunon tasviriy san'ati vujudga kela 
boshladi. Dastlab, bu san'at arxitektura va haykaltaroshlikda qadimgi 
Sharq san'atidan ancha orqada qoladi. Lekin miloddan avvalgi VI asr 
oxirlarida yunon san'ati gurkirab rivojlandi. Dastlabki paytlarda yunon 
me'morchiligi (arxitekturasi) nomukammal bo‘lgan. Miloddan avvalgi 
VIII - VII asrlardagi yunon ibodatxonasi uch tomoni devorli va 
to‘rtinchi tarafi ochiq yog‘och imoratdan iborat bo‘lgan. To‘rtinchi 
tomondan tomni ushlab turish uchun oldida ustun tirkab qo‘yilgan. 
Tosh me'morchiligi paydo bo‘lgach, ustunlar toshdan yasaladigan 
bo‘ldi. Shu tariqa qator ustun (kolonna)lar paydo bo‘lgan. Miloddan 
avvalgi VII asrda ibodatxonalar xom g‘ishtdan qurilgan. Keyinchalik 
tosh ishlatish rivoj topdi. Miloddan avvalgi VII asr oxirlarida 
ibodatxonalarning atrofiga ustunlar o‘rnatib, yangicha shaklda qurish 
rasm bo‘ldi. Xuddi shu vaqtdan boshlab doriycha uslub paydo bo‘ldi. 
Bu uslub uchun qator ustunlar xos. Kolonna tagkursi, poydevor va 
tepaqoshga bo‘lingan. Doriycha ustunlar qoshi oddiy, bezaksiz 
bo‘lgan. 
Yunonistonda haykaltaroshlik ham eng ibtidoiy shakllardan asta-
sekin mukammal ko‘rinish ola bordi. Miloddan avvalgi VIII asrda 
ibodatxonalar uchun xudolarning yog‘och suratlari yasalgan. 
Miloddan avvalgi VII asrda tosh haykallari paydo bo‘lgan. Dastlab bu 
haykallar ibtidoiy shaklda edi. Masalan, Samoslik Geraning haykali 
ana shunday, u yog‘ochdan yasalib, kiyintirilgan haykalga o‘xWardi. 
Uning qomati deyarli bilinmaydi. Haykal dum-dumaloq qilib 

 
 
309
ishlangan. Miloddan avvalgi VII asr oxiri haykallari odamga o‘xshatib 
ishlana boshlandi. Masalan, Demoslik Artemidaning haykali ana 
shunday. Unda garchi uning ko‘rinishi birmuncha ibtidoiy bo‘lsa ham, 
qaddi-qomati aniq sezilib turadi. Bosh, gavda, qo‘l va oyoqlar bor, 
lekin bularning hammasi yassi va sxematik ishlangan. Miloddan 
avvalgi VI asrda qora figurali vazalar yasalgan, ya'ni tabiiy qizg‘ish 
vazalar ustiga qora lak bilan rasmlar tushirilgan. Ba'zan rasmlar 
boshdan oyoq “qirilgan” va so‘ng qizil, oq bo‘yoq bilan bo‘yalgan. 
Faqat arxaik davr rasmlari shunday usul bilan ishlanardi. Korinf 
sarg‘ish gilvata vazalari bilan shuhrat qozongan. Miloddan avvalgi VI 
asrda Attikada ishlab chiqarilgan lak davrimizga qadar o‘chmay 
saqlanib qolgan. 
Klassik davr yunon madaniyati. Hozirgi madaniyat ko‘p 
ko‘rinishlari bilan qadimgi Yunonistonning ko‘p qirrali madaniyatiga 
borib taqaladi. Fan va texnika hamda falsafa, adabiyot, arxitektura, 
shuningdek, tasviriy san'atning turli shakllari - jahon madaniyatida 
muvaffaqiyatli suratda rivojlanib kelgan. 
Yunon teatri. Qadimgi yunon madaniyatining eng ajoyib hodisalaridan 
biri - teatr. Teatr dehqonchilik homiysi - Dionis xudosi bayramida ijro 
etiladigan xalq qo‘shiqlari va o‘yinlari asosida paydo bo‘lgan. Dionis 
tabiat kuchlarini hosil qiluvchi ma'bud bo‘lib, unga sig‘inish qishloq 
xo‘jaligini yuritish mashaqqatlari va quvonchlarini aks ettirgan. 
Qadimgi Yunoniston tabiiy Sharoitiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida, 
asosan, uzum yetishtirilgan. Toklar barg chiqargan bahorda Dionisiya 
bayrami o‘tkazilgan. Ayniqsa, bu bayram quvnoq kechgan, ya'ni yangi 
vino ichilib, davra qurilib, lapar, qo‘shiq aytib, raqsga tushilgan.  
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling