Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


Polibuslar tarixi bu mil.av 264-146 yillardagi 
birinchi puni urishlaridan karfagen va krit 
davlatlarining vayron qilinishiga bo‘lgan rim 
imperiyasi ummumiy tarixini to‘liq qamrab olgan kitobdir. 
Polybius [mil avv 200-118Megalopolis (Arkadiya)da tug‘ildan 
bir taniqli greatsiyadagi mashhur Achaean ligasi vakilining o‘g‘li 
bo‘lgan. Rimliklarning makedoniya ustidan g‘alabasidan keyin, u 
rimga garov sifatida yuboriladi va u yerda zodagonlar uyida talim 
oluvchi sifatida 17 yil umri shu tarzda o‘tadi. Gretsiyaga qaytib 
borishgan oldin u yosh scipioning do‘sti va vakili sifatida ushlab 
turishadi. 
Rim imperiyasining 
umumiy tarixi 

 
 
320
Uning tarixiy ishlaridan faqat dastlabki 5 jiltli tarix asarining bir 
necha parcha qismlari saqlanib qolgan. Uni rim tarixgrafiyasining 
asoschisi sifatida qarashadi chunki u tarixning sabab va natijalarini 
izchillik bilan yorishga harakat qilgan. Nafaqat u urishlar ketmaketligi 
yoki voqealarni soda tarzda tahlil qilishni taminlashda muofaqiyatga 
erishdi, balkim tarix manzaralarini ham birlashtirishga muofaq bo‘ldi. 
Uning tarix asari geografiyaga bog‘liq ma’lumotlar, dunyo 
aholisini(oykumena)ni  bilish va historygrafik metodologiyalarni 
qamrab olishi bilan ham mashhurdir. Shuningdek u polibuslar rim 
dunyosi kuchini greaklarga muqarrar rim qonun qoidalarini qabul 
qilshning muhimligini ishontirishiga harakat qilishi borasidagi 
takliflar ham mavjuddir 
 Voqealarda har bil detallarning amalga oshishi uchun men yetarli 
darajada qiyin bo‘lgan mavzuni tanliyman va yoshu qari umuman 
hammani mening izchil tariximni diqatlik bilan o‘qishiga undayman. 
Shunchalik qadr- qimmatga ega bo‘lmagan yoki azo bo‘lmaganlar 
rimliklarning siyosiy tizimi qandayligini yoki uning manosini 
tushunmaganlar sifatida salkam 53 yil davomida shunday qaralganmi 
? yoki deyarli butun dunyo aholisi(oykumena) va ularning yaka-yu 
yagona hukumati tarixda bir butun narsa edimi ? 
Men ma’lum qilishi maqsad qilgan davrning qanday aqli 
shoshirib qo‘yadigan va shoh spektakllarning namoyish qilinish bu 
tarixchilarning asosiy mavzusini yaratadigan o‘tgan davrning mashhur 
imperiyalarining mulklari bilan taqqoslasak va holis fikr yuritsakgina 
bu narsa yaqqol ko‘rinadi. Buning uchun ularning loyiq bo‘lishligi 
shuningdek holis fikrlilik va ularni taqqoslashdir 
Forslar muayan bir davr mobaynida bulkan imperiya asoschilari 
bo‘lgan lekin ma’lum vaqtdan so‘ng osiyo hisobiga o‘z chegarasini 
kenggartitishi nafaqat imperiya xavfsizligiga balki ularning o‘zlariga 
ham haf sola boshlagan. 
Lacedaemonianlar ancha yillardan keyin gretsiya boshqaruviga 
aralasha boshlashgan, kamida buni udasidan ham chiqan lekin uni o‘z 
qo‘lida ushlab turish 20 yil davom etgan. 
Makedonlar boshqaruvi yevropagacha kengayib bu mintaqada 
unchalik muhim kasb etmagan hududlar bo‘lgan Adriatikadan 
Danubegacha mavjud bo‘lgan 

 
 
321
Keyinchali, forslar imperiyasining dunyo bo‘ylab kengayishi 
tufayli ular ham Osiyoda ahamiyatli bo‘la boshladi. Lekin hozirda 
ularning imperiyasi mavjud davlatlar geografik va siyosiy jihatdan eng 
yirigi sifatida qaralsada ular dunyo aholising katta qismidan ulardan 
tashqarida yashashgan. Ular Sitsiliya, Sadrina yoki Liviya kabi 
davlatlarga egalik qilish borasida hech qanday tortishuvga o‘rin 
bo‘lmasada G‘arbiy yevropaning urishishga moil bo‘lgan jangari 
xalqlari hususida, oddiy haqiqat bilan aytadigan bo‘lsak, hech qanday 
ma’lumotga ega bo‘lmagan 
Lekin Rimliklar o‘zlarini boshqaruvini shunaqanggi yo‘lga 
qo‘yganki bu nafaqat kichik qismlar balki deyarli butun dunyo aholisi 
ustidan o‘rnatgan va shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan imperiyalardan 
ulkanroq lekin kelajakda esa raqobatda vahima tushush kerek 
bo‘lmagan imperiyaga asos solgan. 
Ishning bu kursning ko‘lami aniqroq ko‘rinadi(buning kuchi qaysi 
bosqichda ega bo‘lishi), va izchil tarix mmunosabatidan talaba qanday 
ajoyib va qancha ko‘p maslahatlar tegishi mumkinligi yoritilgan. 
Dastlabki bo‘lgan dunyoda, aytaylik, yaqona boshqaruvga ega 
bo‘lgan bir necha azolarning boshqarilishi tarqalishi, natijasi, 
joylashishi; shu sanadan boshlab tarixning birlikga birlashishi, va 
Italiya va Liviyadagi jarayonlarning Gretsiya va Osiyodagilar bilan 
chambarschas bog‘liq ekonligi kabilari oxirgi biri tugallangunicha 
asosiy ro‘l o‘ynagan.  
Bu esa sistemali tarixning sanalardan boshlanishini ifodalaydigan 
mening sabablarimdir 
Karfagenlarning rimliklar bilan bo‘lgan ganibal urishidagi 
mag‘lubiyati tufayli ular o‘zlarining ummumbaShariy hujmlarini 
beradigan loyihalarni amalga oshirishning muhim davri va bu 
yurishlarda o‘zlarini boshliq sifatida korishga imkon berib bu 
boshqalarni o‘z qo‘lida saqlashiga dalda bergan, yurishlarni davom 
etirish orqali o‘z armiyasini greatsiya va markaziy osiyoga 
qaratgan[……] 
Mening ishim qanday mahsus xususiyatlar, bugungi davr eng 
ajoyib husuisyatlarini beradi. Taqdir deyarli olamning holtini ma’lum 
yo‘nalishda boshqaradi, ularni bir va bir bir xil nihoya bilan 
yakunlashga majbur etadi. Shuningdek tarix ham uning ummumiy 
maqsadlarini bajarish orqali xitobxon uni qo‘liga olishgan oldin ish 

 
 
322
faoliyatning sentetik manzarasini tasavur qilishi kerek. 
Qo‘shimchasiga u ayniqsa mening topshirig‘imni o‘z bo‘ynimga 
olishim takliflar va ruhlantirishlar beradi; ikkinchidan, haqiqatdam 
mening zamondoshimning hech biri ummumiy tarixni yozishni o‘z 
zimasiga olmagan,shu sababdan men uni o‘z qo‘limga olishim uchun 
bir oz tirishqoqroq bo‘lishim kerek. Buning sababi, men bir necha 
muayan holat va urishlar borasida katta tajribaga ega bo‘lgam 
mualifllarni kuzatish davomida, hech qaysisi voqealar jarayoni qachon 
va qayerda umumiy va har tomonlama vujudga kelganligini va qanday 
boshlanib qanday tugallanganligini menchalik habardor emas. 
Biz bir vaqtlar butun dunyo shalki g‘oyasi anglashdan ko‘ra 
muayan hodisalar harakatining tarixiy shaklini anglashdan ko‘proq 
umid qila olaymiz. Bu mayl va tartib mashhur shaharlar tashrif 
buyurish orqali ketmaketligda, yoki qo‘shimcha tarzda mazmuni 
o‘xshash bo‘lmagan natijalarning har bir alohida rejalarga nazar 
tashlash bilan amalga oshish mumkin. U qo‘shimchasiga tarixni 
alohida o‘rganadiganlar tomonidan tarixning ko‘rinishini bir butun 
sifatida adolatli tarzda ega bolishiga ishonishadi, menga tuyulganidek, 
bir vaqtlar tirik va betakror bo‘lgan hayvonlarning shohidan ma’lum 
maqsadda foydalanishning topilganidan keyin bu hodisa va 
g‘o‘zallikning o‘zi yaratilishiga guhoh bo‘lganining bir sababidandir. 
Bir qismdan butunigacha bo‘lgan bir necha g‘oyalar olishimiz 
mumkin lekin bilm va aniq firkni emas. Shu yo‘sinda mahsus tarix 
butun bilimlarga va uning rostligini boshqarishga bir bo‘lsada o‘z 
hissasini qo‘shadi. O‘rganish orqali faqatgina biz ularning o‘ziga hos 
ummumiy ko‘rnishini yarata oladigan o‘xshashlik va farqlarini shu 
yo‘shinda tarixdan foyda va mamnunlikga sazovor bo‘lamiz. Men 
rimliklarning Italiyadan dengizga chiqishi (Italiya tashqisida davom 
etirish) birinchi sababi sifatida faydalanaman. Quyidagilar tezlik bilan 
timezuz tarixiga yaqinlashdi va 129-olimiyada (264-261) bo‘lib 
o‘tibdi.  
Dastlabki ma’lumotlar ummumiy tanishtiruv bo‘lishi mumkin va 
hodisalarning muqarar shakli garchi holatni bartaraf etishning 
qisqacha xulosalash va sanalar jihatlarining axamiyatini o‘z ichiga 
olgan. Agar tushunmaslik va biron bir ochilgan mavzuda totushuv 
bo‘lsa, ishonich yoki qabul qilish qayidagi holda imkonsizdir. Lekin 

 
 
323
qachondir biz bizning kitobxonlarni umumiy hamfikrlik asosida 
keying hikoyada tinglashiga unday olganmiz. 
Miloddan avvalgi II ming yillikda Italiyada quldorlik tuzumining 
paydo bo‘lishi. Miloddan avvalgi II ming yillikda, Italiyada, bronza 
davrida patriarxal urug‘chilik tuzumi aholini asosiy jamoa tuzumi 
hisoblangan. 
Miloddan avvalgi II ming yillik oxiri - I ming yillik boshlarida 
Italiya temir asriga o‘tdi. Temir mehnat qurollarining takomillashuvi 
(temir omoch), ekin maydonlarini kengaytirish imkonini berdi. Bu 
bilan chorvachilik ta'minoti uchun qulay Sharoit yaraldi.  
Temir asrida qishloqlar shahar tusini ola bordi. Tarixiy 
ma'lumotlarga ko‘ra, Latsioda ularning soni (Rim bilan birga) 
o‘ttiztani tashkil etgan. Aholi bir-biridan mol-mulk hajmiga ko‘ra 
farqlangan. Chunonchi, boy va kambag‘allarga tegishli ashyolarning 
topilishi bunga dalil bo‘la oladi. Ijtimoiy hayot murakkablashdi. 
Urug‘chilik aloqalari uzila boshladi. Bolonya, Vey, Sere, Este, Tarent 
nikropollarida qullar dafn qilingan mozorlar mavjud bo‘lgan. Esteda 
askarlar va qo‘llari bog‘langan asirlar surati tushirilgan bronza idish 
topilgan. Bu Italiyada qullarning eng qadimgi tasviridir. 
Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida Janubiy 
Italiya va Sitsiliya yunonlar tomonidan istilo qilindi. Ammo hosildor 
yerlarni egallash, ya'ni Buyuk Yunon mustamlakasi davri miloddan 
avvalgi VIII - VI asrlarga to‘g‘ri keladi. Yunonlarning ilk koloniyasi 
Kum shahriga taxminan miloddan avvalgi 750 yilda Evbeya 
Xalkidasi aholisi tomonidan asos solingan. Sitsiliya orolidagi 
dastlabki yunon koloniyasi Naksos (miloddan avvalgi 734 yil) edi. 
Shu qatori axeylar tomonidan Sirakuza (miloddan avvalgi 733 yil) va 
spartaliklar tomonidan Tarent (miloddan avvalgi 706 yil) rodosliklar 
va kritliklar tomonidan esa, Gela shahriga (miloddan avvalgi 688 yil) 
asos solingan. Yunonlar tomonidan mustamlaka sifatida bosib olingan 
Janubiy Italiya va Sitsiliya - Buyuk Yunoniston nomi bilan 
yuritilgan. Yunonlar nafaqat iqtisodiy, madaniy taraqqiyotni, balki 
Italiya uchun yangi ijtimoiy tuzum, ya'ni quldorlik tuzumini olib 
keldilar. Iqtisodiy o‘sish aholining ijtimoiy tabaqalanishiga olib keldi 
va Buyuk Yunoniston polislarida ma'lum darajada sinfiy tuzum 
shakllandi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, quldorlik munosabatlarning 
shakllanishi Bolqon Yunon polislari bilan aloqada ro‘y berdi. Bu 

 
 
324
polislarda ayni vaqtda (miloddan avvalgi VIII - VI asrlar) urug‘chilik 
tuzumi qoldiqlariga qarshi kurash borib, quldorlik tashkil topa 
boshladi. Jadal ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish 
uchun ko‘plab ishchi talab etilgan. Mehnatga mahalliy aholi jalb 
qilingan, so‘ng qullik asoratiga solingan. Aristokratiya (zodagonlar), 
katta yer egalari, kema egalari, savdogarlar, ustaxona egalari quldorlar 
sinfini tashkil qilib, ular erkin fuqaro hisoblangan. Erkin fuqarolarning 
yana bir qatlami - hunarmandchilik ustaxonalarida mehnat qilib, 
kichik savdogarlik bilan shug‘ullangan va aholining alohida sinfini 
tashkil etgan. Aristokratiya bilan demokratik ruhdagi o‘rtahollar va 
qul qilingan mahalliy aholi o‘rtasida doimiy tengsizlik mavjud 
bo‘lgan. Yunon mustamlakalarida zodagonlar va yangi aslzoda 
quldorlar manfaatini himoya qiladigan oligarxiya hokimiyati 
o‘rnatilgan. Hokimiyatni qo‘liga olgan oligarxiya o‘z manfaatlariga 
mos huquq me'yorlarini ishlab chiqdi. Qonun va huquq kodeksini 
tuzgan  Lokralik Zalevkning  Kampaniyalik Xaronda haqida 
qaydlari saqlanib qolgan. Ushbu hujjatlarda qayd etilgan ijtimoiy- 
siyosiy rivojlanish Buyuk Yunoniston sinfiy jamiyati va davlat 
apparati Yuqori darajada shakllanganligidan dalolatdir. 
Italiya janubi va Sitsiliyadagi yunon polislari Italiyaning umumiy 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojida muhim rol o‘ynagan. Yangi 
quldorchilik munosabatlarining polis tuzumi shakllari mahalliy italiy 
qabilalarining tarixiy rivojlanishi jarayonini tezlashtirib, urug‘chilik 
munosabatlari buzilishi, davlatning vujudga kelishi hamda 
quldorchilik jamiyati shakllanishiga olib keldi. 
 
Bilasizmi? 
Apennin yarim orolini Italiya 
tarjimasi yunonlar "buzoqlar 
mamlakati" deb atashgan. 
 
Ibtidoiy jamoa tuzumining quldorchilik 
bilan almashishi Italiyada bir necha 
yuz yil davom etdi. Italiya viloyatlarini urug‘chilik tuzumidan ilk 
sinfiy quldorlik tuzumiga o‘tishi, avvalo, etrusk shaharlari va yunon 
(grek) mustamlakalarida ro‘y berdi. Rim va lotin shaharlarida sinfiy 
tuzum miloddan avvalgi VI asrlarda shakllandi. Samnit, osklar va 
tog‘lik qabilalarda ibtidoiy tuzum uzoq vaqt davom etdi. Ularda davlat 
Miloddan avvalgi VI-IV 
asrlardagi ijtimoiy tuzum 

 
 
325
apparatini shakllanishi miloddan avvalgi IV asrlarda boshlangan. 
Urug‘chilik tuzumidan quldorchilik tuzumiga o‘tishni Rim davlat 
muassasalarini va jamiyatning rivoji misolida ko‘rish mumkin. 
Erta Rim jamiyatining asosiy sinflari patritsiy, plebey va qullar 
bo‘lib, ular bir vaqtda tabaqalarga ajralib, o‘zaro ishlab chiqarish 
vositalari hamda huquqlariga ko‘ra ajralganlar: to‘la huquqlilar - 
patritsiylar, kam huquqlilar, plebeylar hamda umuman xech qanday 
huquqga ega bo‘lmagan qullar. 
Qullar ahvoli. Miloddan avvalgi VI - III asrlarda Rimda qullar 
mehnatidan dalalar, ustaxonalar va uy xo‘jaligida foydalanilgan. 
Harbiy asirlar, qarzini to‘lay olmaganlar qulga aylantirilgan. 326 yilda 
Rimda qarzini to‘lay olmagan qarzdorlarni qul qilishni bekor 
qilinishidan keyin, harbiy asirlar qullar sinfini to‘ldirib turuvchi asosiy 
manba bo‘lib qoldi. 
Asir olinganlar eng huquqsiz kishilar bo‘lgan. Chunki ularning 
yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, ya'ni hech kimi bo‘lmagan. Shu sababli 
sinfiy ziddiyatlar yashirin ko‘rinishga ega bo‘lgan. Ular mustaqil 
chiqish qila olmay, yashirin kurash olib borganlar (qochib ketish, 
mehnat qurollarini buzish va sindirish) yoki yarim erkin va qashshoq 
aholining chiqishlarida ishtirok etganlar. Jumladan, qullar Apiy 
Gerdoniy hukmronligini tiklash va miloddan avvalgi 460 yilda 
Kapitoliy qal'asini egallash, IV asr boshida qarzdorlar g‘alayonlari, 
miloddan avvalgi 342 yildagi umumxalq harakatiga qo‘shilganlar. 
Patriarxal quldorchilikdan klassik quldorchilikka o‘tish. 
Milodiy I asrlarda Rim respublikasining quldorlik munosabatlari 
taraqqiyoti patriarxal shakldan klassik shaklga o‘ta boshlashi bilan 
farqlanadi. Miloddan avvalgi V - III asrlarda Rim davlati Italiyada 
olib borgan urushlari natijasida xorijlik qullar soni ko‘paygan. 
Etrusklarning  Veyyami shahri bilan urushda rimliklar 8 ming asir 
olganlar va qul qilib sotib yuborganlar. Miloddan avvalgi 306 yilda, 
Tit Liviy guvohligicha, 7 ming samnit qul qilib sotilgan. Biroq Italiya 
o‘ziga bo‘ysundirgan qabila va elatlarni erkin qoldirgan, chunki qullar 
mehnati hali u qadar foyda keltirmagan. 
Miloddan avvalgi III asr boshiga kelib, egasi ixtiyoridagi buyum 
sifatida qaralgan qullarni butunlay huquqsiz qilgan yangi qoidalar 
tarkib topdi. Qul uy hayvonini o‘ldirgani yoki mayib qilgani uchun 
bozor narxida jarima solinib, egasi tomonidan to‘langan. Shunday 

 
 
326
qilib, huquq normalari rivojida qullar huquqsizligini qonunlashtirish, 
ularni fuqarolar hayoti va siyosiy hayotdan chiqarib tashlashga intilish 
ko‘zga tashlanadi. 
Miloddan avvalgi IV - III asrlarda Rim jamiyatida murakkab sinfiy 
va ijtimoiy tuzum tarkib topgan. Jamiyat erkin kishilar va qullarga 
bo‘lingan. Erkin kishilar o‘z navbatida nobillar (Rim senatida 
senatorlik vazifasini ado etuvchilar), suvoriylar va aholining aksariyati 
qishloq va shahar plebsi: mayda dehqon va shahar hunarmandlariga 
ajralganlar. Erkin kishilar ichida kam huquqli guruhlar - ozodlikka 
chiqarilgan qullar, asoratga solingan shaxslar bo‘lgan. Ulardan 
ba'zilari erkin kishilar bilan qullar o‘rtasida oraliq o‘rin egallaganlar. 
Ozod qilingan qullarning aksariyati kabi huquqlarga ega bo‘lganlar. 
Rimliklar avvalroq ham qullar qo‘zg‘olonlarini bostirishlariga 
to‘g‘ri kelgan. Qullar bu yerda miloddan avvalgi V asr oxiridayoq 
birinchi bor qo‘zg‘olon ko‘tarishga harakat qilganlar. Ikkinchi Pun 
urushidan so‘ng Italiyaga minglab qullar olib kelingan. Miloddan 
avvalgi 198 yilda Latsiyada qullar g‘alayoni, 196 yili Etruriyada, 185 
yili Italiya janubida, Apuliyada qullar qo‘zg‘olon ko‘tarishga 
uringanlar. Kichik qo‘zg‘olonlar osonlik bilan bostirilgan. Ammo 
markaziy va janubiy Italiya, ayniqsa, Sitsiliya orolida qullar 
ommasining ko‘payib borishi bilan miloddan avvalgi II asrning 
uchinchi choragida qullarning ozodlik harakati keskin kuchaygan. 
Miloddan avvalgi 150 - 130 yillarda rimliklar qullar qo‘shinini 
to‘ldirish maqsadida Pireney yarim orolida iber qabilalariga qarshi 
urush olib borganlar. 
Numansiya bilan bo‘lgan urushda (miloddan avvalgi 138-133 
yillar) o‘zini qahramonona himoya qilgan Numansiya lashkarlari Rim 
qo‘shinlarini bir necha bor mag‘lub qilganlar. Bu urushlardan birida 
numansiyaliklar konsul Mansin boshchiligidagi Rim qo‘shinini tog‘ 
oralig‘ida qurshab olganlar. Rimliklarni bu tang ahvoldan Mansinning 
bosh xazinachisi Tiberiy Grakx Semproniy urushni to‘xtatishga va'da 
qilib, numansiyaliklarni rimliklarga yo‘l ochib berishga ko‘ndirgan. 
Lekin Rim senati bunday tahqiromuz Shartnomani tasdiqlamagan. 
Senat Ispaniyaga o‘sha davrda Rimning eng yaxshi sarkardasi Stsipion 
Emilianni yo‘llaydi. U Numansiyani qamal qilib, oziq-ovqatsiz qolgan 
shahar aholisining qahramonona qarshiligini yengadi (miloddan 
avvalgi  133 yil). Rim qo‘shinining asosiy kuchlari Pireney yarim 

 
 
327
orolida band bo‘lgan bir vaqtda, Sitsiliyada qullar qo‘zg‘olon 
ko‘taradilar (miloddan avvalgi 138 - 132 yillar). 
Sitsiliyada qullar qo‘zg‘oloni. Sitsiliyada miloddan avvalgi V - IV 
asrlardayoq yirik quldorlik xo‘jaliklari bo‘lgan. Miloddan avvalgi II 
asrda Sitsiliyalik quldorlar, tarixchi Diodorning fikricha, ko‘plab 
qullarni sotib olganlar. Qullar orasida miloddan avvalgi 130 yillar 
boshidagi Suriya qo‘zg‘olonining ishtirokchilari ham bor edi. 
Miloddan avvalgi 138 yilda ulardan biri, Yevn ismli shaxs Enna 
shahri hukmdorlariga qarshi fitna uyushtiradi. Qo‘zg‘olon ko‘targan 
qullar shaharni egallab, egalarining jabr - zulmi uchun ulardan ayovsiz 
o‘ch olganlar. Yevn qo‘zg‘olonchilar yo‘lboshchisi qilib saylangan. U 
o‘zini hukmdor Antiox deb e'lon qiladi. O‘z shohligini “Yangi 
Suriya”, qo‘zg‘olonchilarga esa o‘zlarini “suriyaliklar” deb atashni 
buyurgan. Yevn qullar ichidan shoh kengashini tanlab oladi. 
Kilikiyada tug‘ilgan Kleon Yevnga qarshi chiqadi. U o‘z 
tarafdorlarini yig‘ib, Yevn qo‘shinlariga zarba beradi. 
Qo‘zg‘olonchilar “Yangi Suriya shohligi” poytaxti Ennadan tashqari 
yana bir necha shaharlarni egallaganlar. Tavromeniy 
qo‘zg‘olonchilarning qo‘rg‘oni edi. Ular mayda erkin dehqonlarga 
tegmaganlar, hunarmandlarni o‘zlariga qurol yasashga majbur 
etadilar. Sitsiliyadagi qo‘zg‘olon ta'sirida boshqa joylarda ham qullar 
g‘alayon ko‘tardilar. Sitsiliyadagi voqyealarning kengayishidan 
tashvishga tushgan Rim senati qo‘zg‘olonni bostirish uchun katta 
harbiy kuch yo‘llaydi. Ammo, dastavval, Rim qo‘shinlari 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Miloddan avvalgi 132 yildagina 
konsul Rutiliy qattiq janglardan keyin avval Tavromeniyni, so‘ng 
xoinlar yordamida Ennani bosib oladi. Qo‘zg‘olonchilar qo‘shinini 
lashkarboshisi Kleon jangda halok bo‘ladi, shoh Yevn esa asir tushib, 
qiynab o‘ldiriladi. Rim qo‘shinlari butun Sitsiliya bo‘ylab 
qo‘zg‘olonchilarni qon qaqshatdilar. Sitsiliyadagi qo‘zg‘olon 
bostirilmay, Kichik Osiyoda, Pergam shohligida quldorlik tuzumiga 
qarshi yangi ommaviy harakat boshlangan. 
Pergamda Aristonik qo‘zg‘oloni. Rim respublikasi bilan yaqin 
ittifoq bo‘lgan Pergam shohlari miloddan avvalgi II asr davomida 
rimliklarga tobora ko‘proq qaram bo‘la bordilar. Makedoniya, 
Yunoniston va Egey arxipelagida Rim bosqini avj olgan sari ko‘plab 
Rim-Italiya savdogar va sudxo‘rlari Egey havzasi mamlakatlariga 

 
 
328
qatnay boshladilar. Ular soliqlar to‘plash va boj olishni garovga olib, 
mahalliy hukmdorlarni mablag‘ bilan ta'minlaganlar, hukmdorlar 
qarzni qaytarmagan taqdirda ularga qarashli yerlik aholini qul qilib 
haydab ketganlar. Kichik Osiyo aholisi yunonlar zulmidan norozi 
bo‘lib, qo‘zg‘olon ko‘targan. Pergam shohligidagi ellinlashgan 
zodagonlar voqyealarning shu tariqa rivojini oldindan bilib, shoh 
Attal III o‘limidan so‘ng (miloddan avvalgi 133 yil) marhum o‘z 
vasiyatnomasida shohligini “senat va Rim xalqiga” topshirgan deb 
e'lon qilganlar. Rim senati Pergam shohining merosini qabul etgan va 
shohlikni Rimning Osiyodagi viloyati deb e'lon qilgan. Lekin Pergam 
aholisi mamlakatda Rim hukmronligini istamas edi. Pergam shohining 
so‘nggi avlodi - Aristonik xalq noroziligidan foydalangan. U erkin 
kambag‘allar va qullar harakatiga tayanib, Pergamda hukmronlikni 
qo‘lga olishga urinadi. U rimliklar va ularning tarafdorlariga qarshi 
qo‘zg‘olonga chaqirgan. Aristonik qullikka asoslanmagan davlat 
tuzib, unga “Geliopolis” (Quyosh shahri) deb nom berishni, o‘z 
tarafdorlari Pergam aholisini “geliopolisliklar” deb atashni va'da 
qilgan. Ammo Pergamning o‘zidagi, shuningdek, Efes, Smirna, Milet, 
Kizik kabi yunon shaharlarining boy zodagonlari rimliklarni qo‘llab, 
qo‘zg‘olonga qo‘shilmadi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun konsul 
Publiy Krass boshchiligida qo‘shin yuborilgan. Qo‘zg‘olonchilar bu 
qo‘shinni tor - mor keltirib, Krassni o‘ldiradilar. Ko‘p vaqt o‘tmay, 
yangi Rim qo‘shini tuziladi. Unga ellinlashgan shohliklar - Pontiya, 
Vifin, Paflagon, Kappadokiya o‘z qo‘shinlari bilan, shuningdek, 
yunon shaharlarining bo‘linmalari ham qo‘shilib, katta kuch 
to‘planadi. Aristonik qo‘shini bo‘lib o‘tgan jangda yengilib, uning o‘zi 
Strantonikeyga qochadi, ammo u yerda asir tushib, Rim 
qamoqxonasida vafot etadi. Geliopolisliklar qo‘zg‘oloni bostirilib, 
Osiyoda quldorlik tuzumi va Rim hukmronligi o‘rnatilgan. Rim 
respublikasi ellin quldorlarining ishonchini oqlab, butun O‘rta yer 
dengizida quldorlik tuzumi tayanchi bo‘lib qoldi.  
Miloddan avvalgi 130 yillarda agrar islohot tufayli yuz bergan 
ijtimoiy kurash (Tiberiy Grakxning siyosiy faoliyati). Miloddan 
avvalgi II asrda Italiyada ijtimoiy tabaqalanish (ayniqsa mayda erkin 
dehqonlar sonining kamayishi va ko‘plab qullarning paydo bo‘lishi) 
Rim nobillarining kelajakni oldindan ko‘ra olgan ba'zi vakillarini 
tashvishga solib, ular Rim respublikasining harbiy qudrati zaiflanishi 

 
 
329
va eski urf - odatlar inqirozidan xavfsiraganlar. Qullar va shahar 
kambag‘al ommasining o‘sib borishi bilan birga oddiy fuqarolar 
sonini kamayishi rimlik zodagonlarda xavf tug‘dirgan. Ular o‘z puliga 
harbiy qurol - yarog‘ olishga qurbi yetgan va harbiy xizmat o‘tashga 
majbur erkin qishloq fuqarolarining soni kamayib borayotganligi 
tufayli, legionlarni jangchilar bilan to‘ldirish murakkablashadi deb 
xavotirga tushganlar. 
Miloddan avvalgi 140 yilda Karfagen g‘olibi Stsipion Emilian 
atrofida nobillar va Rimda yashagan yunon zodagonlari vakillaridan 
iborat to‘garak tarkib topgan. Stsipion xotinining ukasi Tiberiy 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling