Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


Sitseronning yorqin va obrazli tilda yaratilgan, aniq va ta'sirchan 
asarlari undan keyingi yozuvchilar uchun o‘rnak bo‘lib qoldi. Sitseron 
tili klassik yoki lotin prozasining eng go‘zal namunasi. Miloddan 
avvalgi I asrda Rimda falsafiy asarlar ham paydo bo‘lgan. Rim 
nobillari orasida stoiklar falsafasi juda keng yoyilgan, ammo shu bilan 
birga Epikur qarashlari ham katta o‘rin tutgan. Respublika davri oxiri 
Rim mutafakkirlaridan eng taniqlisi Rim materialist-faylasuf 
epikurchilarining namoyondasi Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 98 - 
54 yillar) hisrblanadi. Lukretsiy o‘z qarashlarini “Narsalar tabiati 
to‘g‘risida” nomli asarida bayon qilgan. Muallif bu asarda g‘oyat 
murakkab falsafiy muammolarni keng kitobxonlarga tushunarli 
bo‘lgan tilda, ajib mahorat bilan she'r tarzida ifodalab, ommabop 
didaktik poeziya namunasini yaratgan. 
Lukretsiy Demokrit va Epikurning atom to‘g‘risidagi 
ta'limotini rivojlantirib, atomlar abadiy, o‘zgarmas bo‘linmas, demak 
buzilmasdir, ular o‘zaro faqat shaklan farqlanadi, deb ta'kidlaydi
1

Turli tabiat ko‘rinishlari atomlarning har xil o‘zaro qo‘shilishi va 
ulanishi natijasida vujudga keladi va shu tariqa “o‘z holatini 
o‘zgartirib, tabiatni ham o‘zgartiradi”. Atomlar abadiy harakatda 
bo‘lib, makonda o‘rin almashadi. Koinotning chegarasi cheksiz, 
“uning oxiri ham, hajmi ham yo‘q”. Lukretsiy ruh yoki aql 
tushunchasini tan olgan, ammo shunda ham uni faqat kishi badanining 
funksiyasi sifatida “ruh va jonning tabiati jismoniydir” deb aytgan. 
Lukretsiy o‘z zamonasi jamiyatining illatlarini ham qattiq qoralagan. 
Ayniqsa, siyosiy kurashlardan boylik orttirish uchun 
foydalanuvchilarga nisbatan keskin munosabatda bo‘lgan. 
Yurtdoshlarin qonin to‘kib, orttirarlar sarmoya, davlat 
Boylik to‘plar ochofatlar, qotillikdan tortinmay hatto.... 
                                                 
1
 World History Bibliography Online by CLIOHWORLD Erasmus Network 
http://www.cliohworld.net/ 

 
 
358
Adabiyot va teatr. Rim va Italiyada badiiy adabiyot miloddan avvalgi 
III asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 
taxminan  240 yilda tarentlik asir yunon Andronik (qullikdan ozod 
bo‘lgandan keyin Mark Liviy Andronik nomi bilan Rim fuqaroligi 
huquqini olgan) “Odisseya” va boshqa bir necha yunon tragediyalarini 
lotin tiliga tarjima qilgan. Italiya va Rimda satira va komediya she'riy 
ijodiyotning eng o‘ziga xos shakli bo‘lgan. Qadimgi italiy adabiy 
ijodining bu turlari qishloq bayramlarida qo‘shiq va she'rlar asosida 
yaralgan.  Satira degan nom satura, ya'ni “aralash ovqat” so‘zidan 
olingan. Dastlab bu turdagi she'rlarni Enniy yaratgan, ammo “satira” 
iborasini birinchi bo‘lib o‘z zamoni Rim nobillarining illatlarini o‘z 
she'rlarida shafqatsiz fosh qilgan shoir Lutsiliy (miloddan avvalgi 180 
-100 yillar) qo‘llagan. Dastlabki Rim komediyalari yunon 
namunalariga taqliddan iborat bo‘lgan. Miloddan avvalgi III asr oxiri 
va II asr boshlarida Rimda komediya ustasi, yozuvchi Plavt 
(miloddan avvalgi taxminan 253 - 184 yillar) yashab, ijod qilgan
1

Plavt keyingi maishiy yunon komediyalariga monand pyesalari 
syujetini Rim jamiyatining hayotidan olib, ijtimoiy illatlarni istehzo 
bilan fosh etgan. Plavtning yosh zamondoshi, afrikalik Terensiy 
(sobiq qul) yunon namunalaridan o‘rnak olib, Rim nobillariga xush 
keladigan komediyalar yaratgan. Keyinchalik miloddan avvalgi I 
asrda ba'zi mualliflar xalq tomoshalarini badiiy jihatdan qayta 
ishlaganlar, atellan nomini olgan bu asarlarda doim bir xil obrazlar: 
ochofat, mahmadona, axmoq boy, firibgar faylasuf va shu kabilar 
tasvirlangan. Miloddan avvalgi I asrda Rimda va Italiyaning boshqa 
shaharlarida komediyalar bilan birgalikda o‘g‘ri, fohisha, qo‘shmachi 
kabi razil kimsalar hayotidan olingan tomoshalar keng yoyilgan. Bu 
tomoshalarda mimlar (aktyorlar) ishtirok etgan. Rim nobillarining 
namoyandasi - Katullning (miloddan avvalgi 87 - 53 yillar) ijodida 
Rim respublikasining lirik poeziyasi yuksak taraqqiyot cho‘qqilariga 
                                                 
1
 Stoffers J., Globus und Karte in Karikaturen zur Aussen- und internationalen 
Politik: eine Präsentation  
von 32 Abbildungen, in “Auswärtiger Dienst: Vierteljahreszeitschrift der 
Vereinigung Deutscher Auslands- 
beamten”, 1999, 69, 1-2, pp. 13-38. 

 
 
359
chiqdi
1
. Katull, dastavval, yunon liriklari ta'sirida bo‘lsa ham, lekin 
ajoyib original asarlar yaratgan. U o‘z she'rlarida sevgi quvonchi, 
mahbubaning bevafolik alami va akasining vafoti kabi mavzularni 
qalamga oladi. Katull siyosiy kurashda ishtirok etib, shoirlik 
iste'dodidan halokatga duchor bo‘lgan respublikani himoya qilish 
uchun g‘oyaviy qurol sifatida foydalangan. Katull o‘z 
epigrammalarining birida Yuliy Sezar bilan do‘stlashishni butkul rad 
etadi. 
...Juda o‘lib turganim yo‘q senga mutloq yoqay deb, Sezar 
Oqmisan yo qoramisan - bilishni ham istamayman, ha! 
Tasviriy san'at, haykaltaroshlik va me'morchilik. Rimliklar 
tasviriy san'atda ham ilm-fandagi kabi omilkor bo‘lganlar. Dastavval 
ular rassomlik va haykaltaroshlik san'atida etrusklarga ergashganlar. 
Rim va Italiyada, ayniqsa, portret haykallarini yaratish avj olgan. 
Boylar o‘z uylarida ajdodlarining haykallarini o‘rnatishi rasm bo‘lgan. 
Rimning forumi, maydon va ko‘chalarida sarkarda va siyosiy 
arboblarning haykallari qo‘yilgan. Rim zodagonlarining urug‘ 
sag‘analariga (kolumbariylari) vafot etgan zodagonlarning haykallari 
o‘rnatilgan. Shuning uchun ham rimlik haykaltaroshlar portret 
haykallarini yasashda yuksak kamolotga erishganlar.  
Bino qurish sohasida rimliklar yunonlardan ancha ilgarilab ketganlar. 
Italiyada, keyinchalik O‘rta yer dengizi sohillaridagi boshqa 
mamlakatlarda ham obod yo‘llar hamda daryo, soy va chuqurliklar 
ustiga ko‘priklar qurilgan. Yo‘l yoqalarida ariqlar qazilgan. Har ming 
qadam (milya)da yo‘l bo‘ylarida Rimga va aholi yashaydigan eng 
yaqin joyga masofani ko‘rsatib turadigan yozuvli toshlar o‘rnatilgan. 
Italiya va uning viloyatlarida aholini toza suv bilan ta'minlash uchun 
osma quvurlar qurilgan. Maxsus binolar - sirk va teatr Rim va boshqa 
shaharlarning muhim jihatidir. Bayramlarda bu binolarda pyesalar 
qo‘yilgan, poyga o‘tkazilgan, nihoyat qonli tomosha - gladiatorlar 
janglari uyushtirilgan, o‘limga hukm qilingan jinoyatchilar ustiga 
yirtqich hayvonlar qo‘yib yuborilgan. Qator-qator tosh o‘rindiqlardan 
iborat sirk va teatr binolaridan tashqari miloddan avvalgi I asrda 
amfiteatrlar paydo bo‘lgan. Ular ellipssimon bino bo‘lib, tomoshalar 
qum to‘shalgan sahnalarda qo‘yilgan. 
                                                 
1
  Всемирная  история.  Энсиклопедия.  Том 1. Под  ред.  Ю.Н.Франсева.  М., 
2000 г 

 
 
360
Miloddan avvalgi I asrda Rimda jamoat bog‘lari bunyod qilinib, 
bu bog‘lar atrofiga jamoat hammomlari (termalar) qurilgan, ularga 
doim toza suv oqib turgan. Hammomning issiq va sovuq suv 
to‘ldirilgan hovuzlari, dam olish xonalari bo‘lgan. Miloddan avvalgi 
II - I asrlarda Rimda va boshqa shaharlarda jamoat binolari - 
baziliklar qurilgan. Bunda sud majlislari o‘tkazilgan, magistratlar ish 
olib borganlar, fuqarolar bu yerga kelib, siyosiy va ijtimoiy 
mavzularda suhbatlar qurganlar.  
Qadimgi Rim madaniyati va xristian dinining vujudga kelishi. 
Moddiy madaniyat.  I - III asrlarda Rim O‘rta yer dengizi 
imperiyasining nafaqat ijtimoiy-siyosiy, balki madaniy markaziga 
ham aylandi. Imperiya poytaxti bilan birga katta shaharlar barpo etilib, 
ular dengiz atrofidagi biron viloyatning boshqaruv va ijtimoiy markazi 
hisoblangan. 
Aholisi 500 ming kishidan iborat Misr Aleksandriyasi, Suriyaning 
markazi - Antioxiya, Osiyo viloyatlarining siyosiy markazi Efes 
shahri ana shunday shaharlar hisobiga kirgan. Gretsiyaning Korinf, 
Afrikaning Karfagen shahri imperiya davrining ulkan shaharlari 
bo‘lgan. Poytaxt bilan birga boshqa shaharlarda ham ibodatxonalar, 
ma'muriy va sud vazifalarini o‘tagan saroy, bino, sayrgoh, teatr 
binolari, amfiteatr va sirk binolari qurilgan.  
Hozirgi Liviyaning Sabrat shahrida Rim teatri yaxshi saqlangan. 
Sirklarda ot qo‘shilgan aravada (kvadriga) poygalar uyushtirilgan. 
Milodiy  80 yillarda qurilgan Rim amfiteatri Kolizeydan tashqari, 
Veron, Kapuya, Pompey, Pul, Parij, Arlda amfiteatr qoldiqlari, 
bundan tashqari, Afrikada ikki amfiteatr qoldiqlari topilgan. Tosh 
yotqizilgan ko‘chalar, osma suv quvurlari (akveduklar), chiqindi suvni 
oqizish uchun yotqizilgan quvurlar (kloakalar), milodiy I - III asrlarga 
xos bo‘lgan. Milodiy II - V asrlarda Rimning o‘zida o‘n bitta 
vodoprovod tizimi ishlab turgan
1
. Bu vodoprovodlar (osma quvurlar) 
ustunlarga o‘rnatilgan sopol quvurlardan iborat bo‘lib, tog‘dan oqib 
keladigan suv shu quvurlar orqali shaharga uzatilgan. Rimda hozirgi 
kunda ikkita osma quvur hamon ishlab turibdi. 
Tasviriy san'at. Rimda, Palatin tepaligida Avgustning rafiqasi 
Liviya Druzilla xonalaridagi kabi, Shimoliy Afrikada (Tunis va 
                                                 
1
 Бонгард – Левин Г.М. Древнеиндийская цивилизация. История. Религия. 
Философия. М., 2000г.  

 
 
361
Jazoirda) Rim imperiyasi davridagi villalar devorlariga solingan 
naqshlar saqlangan. Shu va boshqa joylardan topilgan bir qancha 
badiiy parchalar asosida o‘sha davr rassomlik san'ati va Rim 
rassomlari usullari to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Ayniqsa, portret 
haykallari bilan bezatilgan maydonlar, milodiy I - II asrlarga oid 
haykallar va rasmlar mukammal ishlangan.  
Maorif va ilmiy hayot. Rimda va viloyat shaharlarida 
boshlang‘ich ta'lim xususiy muallimlar qo‘lida bo‘lgan. Ular bolalarga 
haq evaziga o‘qish - yozish va hisobni o‘rgatganlar. Bolalar 
o‘qituvchining uyida, ba'zida peshayvonlar yoki jamoat bog‘larida 
ta'lim olganlar. O‘quvchilar ustozi og‘zidan chiqqan ovoz va so‘zlarni 
yod olgan. Keyinchalik o‘qituvchi taxtaga harf va so‘zlarni yozgan. 
O‘quvchilar ularni ko‘chirib yozishgan va yod olishgan. Boshlang‘ich 
maktabda o‘qish 7 yildan 12 yilgacha davom etgan
1
. Boshlang‘ich 
maktabdan keyingi bosqich “grammatika” maktabi deb atalib, unda 
to‘rt yil o‘qilgan. Talabalar shoir va adiblar asarlaridan parchalar 
o‘qishgan, bu asarlarni izohlab, Sharhlab berganlar, yozuv mashq 
qilganlar. O‘qituvchilar yunon va lotin adabiyotini alohida-alohida 
o‘rgatishgan. 16 yoshga to‘lgan talabalar “ritorika” (notiqlik) san'atini 
o‘rganganlar. Rim imperiyasida ritorika san'ati yuksak qadrlangan. 
Ba'zi imperatorlar lotin va yunon ritorika maktablarini ochish uchun 
katta mablag‘ ajratganlar. Milodiy I - IV asrlarda eng katta ellin va 
yunon shaharlaridan Aleksandriya, Pergam, Rodos va Afina Rim 
imperiyasining ilmiy markazlari bo‘lib qolgan. Ular bilan bir qatorda 
Rim, Karfagen va Massiliya ham maorif markaziga aylangan. 
Aleksandriyada kutubxona va Afinada Aflotun tashkil etgan 
Akademiya va Arastu tomonidan yaratilgan Likeyon falsafa 
maktablari  ishlab turgan. Milodiy I asr oxirida  Frotin  “Osma 
quvurlar” nomi gidrotexnika qo‘llanmasini yozgan. Geografiya 
faniga katta e'tibor berilgan, geografiya va etnografiyadan bir necha 
ilmiy asarlar yaratilgan. Strabonning “Geografiya” nomli ilmiy asari 
milodiy 20 yillarda nashr etilgan. Geografiyadan Pomponiy Mela 
yozgan traktat milodiy I asrga taalluqli. Milodiy I asrning ikkinchi 
                                                 
1
 World History Bibliography Online by CLIOHWORLD Erasmus Network 
http://www.cliohworld.net/ 

 
 
362
yarmida Rim sarkardasi Pliniy Sekund  “Tabiat tarixi” ni yozgan
1

Rim tarixchisi Tatsitning Shimoliy va Sharqiy Yevropada yashab, 
Rim imperiyasidan mustaqilligini saqlab qolgan qabila va elatlarning 
maishiy hayoti va ijtimoiy tuzumini tasvir etgan “Publiy Valeriy 
Agrikolaning faoliyati” hamda “Germaniya” nomli ikki asari milodiy 
I asr oxiri va II asr boshida yaratildi. 
Ana shu davrlarda tibbiyot fani katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 
Avgust davrida Rimda vrachlar maktabi ta'sis etilgan. Asklepiadda 
ham ana shunday maktab bo‘lgan. Aleksandriya Museyoni 
imperiyaning astronomiya bilimlari markazi bo‘lib qolaverdi. Unga 
Klavdiy Ptolomey rahbarlik qilgan. Ammo Ptolomey astronomiya 
sohasida Aristarx Samosskiyning jiddiy ilmiy muvaffaqiyatlari va 
koinotni anglashda u kashf etgan geliotsentrik nazariyani qabul 
qilishdan bosh tortgan. Buning o‘rniga u quyosh tizimining markazi 
Yer, Quyosh va boshqa osmon jismlarining bari yer atrofida aylanadi 
degan nazariyani taklif etgan. Bu noto‘g‘ri qarash Aleksandriya 
olimlari, keyinchalik, xristian ruhoniylari tomonidan ham qabul 
qilingan va olamning tuzilishi to‘g‘risidagi o‘rta asr tushunchasi 
uchun asos vazifasini o‘tagan. Milodiy III asrda soxta fan - 
astrologiya Rimda keng tarqalib, rimliklar uni Mesopotamiyadan 
o‘zlashtirganlar. 
I - II asrlarda Afina falsafa markaziga aylandi. O‘sha zamon 
siyosiy arbobi Anney Seneka (milodiy 1 - 65 yillar) stoitsizm 
falsafasining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandasi edi. U bir qancha 
traktat,  Litsiliyga  124 ta ochiq xat, imperator Klavdiyning o‘limiga 
bag‘ishlab satirik doston va bir necha tragediya yozgan
2
. Milodiy II 
asrda imperator Mark Avreliy stoitsizm falsafasining mafkurachisi 
sifatida maydonga chiqdi. 
Adabiyot. O‘rta yer dengizi dunyosining markaziy rayonlarida 
fuqarolar urushining tugab, tinchlik o‘rnatilishi Rim va Italiyada 
madaniy hayot tiklanishiga yordam bergan. Avgust va uning arkonlari 
hokimiyat uchun muxoliflarini yenggach, mavqyelarini 
mustahkamlash uchun eng mashhur yozuvlar xizmatidan 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 
2
 Бонгард – Левин Г.М. Древнеиндийская цивилизация. История. Религия. 
Философия. М., 2000г.  

 
 
363
foydalanganlar. Gay Silsiy Metsenat (miloddan avvalgi taxminan 74-
milodiy  8 yillar) bu ishda Avgustga yordamlashgan. U o‘z 
zamonasining eng zabardast shoirlarini yiqqan, moddiy jihatdan 
ko‘mak bergan va homiylik qilgan. Vergiliy Maron, Goratsiy Flakk, 
Seket Propersiy va boshqa shoirlar Metsenat to‘garagiga a'zo 
bo‘lganlar. Vergiliy Metsenatning iltimosiga binoan, “Georgiklar” 
dostonini yaratib, hayotining so‘nggi yillarida Avgustning talabiga 
binoan katta epik doston ustida ishlagan. Gomer dostonlari yunonlar 
uchun shunday zo‘r asar bo‘lishi Shart edi. Vergiliy “Eneida”sida 
Gomer dostonlarining syujetiga taqlidan troyanlik Eneyning yurtma-
yurt yurishi va Italiyaga kelishini tasvirlagan. Doston qahramoni Rim 
patritsiylari - Yuliylar urug‘ining afsonaviy asoschisi bo‘lib, dostonda 
Yuliy Sezar ham shu urug‘ vakili sifatida tilga olinadi. “Eneida” lotin 
she'riyatining cho‘qqisi bo‘ldi: Rimda biron-bir shoir Vergiliydan 
oldin ham, keyin ham bunday o‘tkir, xushohang va kuchli she'riy 
obraz va tasvirlar bilan to‘lib toshgan, yorqin asar yaratmadi. 
Goratsiy Flakk ijodida lotin she'riyati shakl jihatidan eng buyuk va 
komil taraqqiyotga erishdi. U bir necha qo‘shiqlar to‘plamini yozgan. 
Shoir Albiy Tibull va Seket Propersiy Vergiliy hamda Goratsiyning 
zamondoshlari bo‘lgan. Ular lirik shoirlar bo‘lib, o‘z she'riy asarlarida 
shaxsiy kechinmalar va tinch qishloq hayotini kuylaganlar. Ovidiy 
Nazon esa Avgust prinsipati davrining eng atoqli shoiri bo‘lgan. Rim 
adabiyotining tarixchilari Avgustga zamondosh bo‘lgan shoirlarning 
asarlarini lotin poeziyasining oltin davri deb ataydilar. Keyinchalik 
keng ko‘lamli Rim poeziyasi va prozasida shoir Mark Anney Lukan 
(milodiy  39-65 yillari) Neron davrida ijod qilgan. U Neronga salbiy 
munosabatda bo‘lgan. U “Farsaliya yoki fuqarolar urushi” dostonini 
yaratdi. Bu dostonda Pompeyni ko‘klarga ko‘tarib, Yuliy Sezarni 
yomonlaydi. Shoir Lukan Neronga qarshi fitnadagi ishtiroki uchun 
qatl etilgan. Prozada yozilgan “Satirikon” erkin satirik asari ham 
Neron davrida yuzaga keldi. Ushbu asar imperatorning yaqin 
kishilaridan Petroniy qalamiga mansub degan fikr ham mavjud. Shoir 
bu asarida ikki vatangado sayyohning Italiya bo‘ylab sayohatini 
tasvirlab, o‘z zamonasi jamiyatining turli tabaqalari hayotini 
ko‘rsatadi. Shoir Marsial (milodiy 42-102 yillar) o‘z asarlarini 
tanqidiy ohangda yaratdi. Marsial 1200 ga yaqin epigramma yozib, 
ularda shoir xalq ommasining qashshoqligi, Rim zodagonlarining 

 
 
364
takabburligi, bag‘ri toshligi va zolimligini ifoda etgan. Ya'ni Rim 
jamiyatidagi razolatni fosh qilgan. Satiriklardan biri Yuliy Yuvelan 
(taxminan milodiy 55-132 yillar) o‘n oltita satira yozgan. Satiralarda u 
Rim jamiyati hayotining salbiy jihatlarini Matsialdan ham dadilroq 
ko‘rsatgan.  Apuley milodiy II asr yozuvchisi bo‘lib, yosh yigit 
Lutseyning boshidan o‘tgan sarguzashtlari haqida hikoya qilgan.  
Tarix. Qadimgi Rim va Rim imperiyasining o‘tmishi to‘g‘risida 
ko‘p asarlar bitilgan. Avgust pritsipati davrida Tit Liviy 142 traktatdan 
iborat  “Rimning ta'sis qilinganidan buyongi tarixi”ni yozgan. 
Milodiy I asr oxirida Dionisiy Galikarnasskiy Avgustga xushomad 
qilib, yunonlar etnik jihatdan rimliklarga yaqin deb, bu fikrni 
isbotlashga uringan. U yaratgan yirik tarixiy asarlar bizga qadar yetib 
kelmagan. Shuningdek, tarixchi Yusuf ben Mattafinning asarlari 
dunyo yuzini ko‘rdi. Ko‘proq Yusuf Flaviy nomi bilan tanilgan bu 
tarixchi milodiy 66-73 yillarda Yahudiyada bo‘lib o‘tgan 
qo‘zg‘olonda qatnashgan. U o‘zining “Yahudiy urushi to‘g‘risida” va 
Yahudiyaning qadimgi yodgorliklari” nomli asarlarida vatanining 
tarixiga doir muhim ma'lumotlar bilan birga ellin davlatlari va Rim 
imperiyasining birinchi asr tarixi to‘g‘risida ham g‘oyat qimmatli 
ma'lumotlar beradi. Rimning eng yirik tarixchisi, jahonning mashhur 
tarixchilaridan biri - Korneliy Tatsit (taxminan milodiy 54-120 yillar) 
o‘zining ikki asosiy asarida milodiy birinchi asrdagi Rim imperiyasi 
tarixini bayon etgan. Tatsit Respublika tuzumini ideallashtirib, 
zamonasining siyosiy tartibini qattiq tanqid ostiga oladi
1
. Tatsitning 
“Tarix” nomli ilk asari milodiy 68 - 69 yillardagi fuqarolar urushi va 
Flaviylar zamonini mufassal bayon qiladi. “Annallar” (Yilnomalar) 
nomli ikkinchi asari Avgustning o‘limidan to Neronning vafotigacha 
bo‘lgan vaqt maboynidagi voqyealar tasviriga bag‘ishlangan. 
Plutarxning (taxminan milodiy 46 - 126 yillari) adabiy faoliyati ham 
o‘sha vaqtlarga to‘g‘ri keladi. U xilma-xil mavzularda asarlar yozgan 
(“Axloq to‘g‘risida mulohazalar”, “Musiqa haqida traktat”) hamda 
Gretsiya va Rimdagi bir qancha tarixiy shaxslarning tarjimai hollarini 
keltirgan. Uning “Qiyosiy hayotnomalar” asarining bir qismi bugungi 
kungacha yetib kelgan. Mashhur Rim ma'muri Appian  (170 yillarda 
vafot etgan) yunon tilida “Rim tarixi”ni yozgan. Unda Appian Rimda 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
365
Respublika davridagi fuqarolar urushini batafsil bayon qiladi. Milodiy 
III asrda tarixchilar orasida imperiya boshqarmasida rahbarlik qilgan 
yunon zodagoni Dion Kassiy  (155-235) alohida o‘rin tutadi. U o‘z 
davri voqyealari borishini “Rim tarixi” asarida mufassal bayon etgan. 
Din va xristianlik.  68 - 69 yillarda Rim imperiyasi og‘ir siyosiy 
inqirozga duch kelgan davrda, ayniqsa, Yahudiya va boshqa Sharqiy 
viloyatlar qattiq jafo chekdi. Rimliklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan 
yahudiy xalqi xudo Yaxvo ularga “Messiya” (xaloskor) yubordi va 
“yovuzlar” hukmronligini yemirib, “ming yillik” xudo hokimiyatini 
o‘rnatdi, deb ishonganlar. Bu g‘oya yahudiylar orasida 
“payg‘ambarona” asarlar ko‘rinishida tarqalib, ulardan biri (milodiy 
69 yillar yozilgan) Apokalipsis  nomi bilan xristian diniy adabiyotiga 
kirgan. Rimliklar yahudiylar qo‘zg‘olonini bostirdilar. Minglarcha 
yahudiylar qirib tashlanib, qul qilib sotildi, boshqalari Kichik Osiyo, 
Gretsiya, Makedoniya va hatto Italiyaga qochib ketdilar. 
I asrning so‘nggi choragida Kichik Osiyoning g‘arbiy 
qirg‘oqlaridagi shaharlar va Rim imperiyasining boshqa Sharqiy 
viloyatlarida  xudo Yaxvo va'da qilgan Messiya, xudoning maxsus 
vakili (yunoncha xristos) Yerga tushdi deb ishongan shaxslar guruhi 
paydo bo‘ldi. Milodiy I asr oxiri va II asrda xristian diniy 
birlashmalarning rahbarlari - Matfey, Mark, Luka va Ioann 
tomonidan yozilgan to‘rtta Injil “haqiqiy” deb e'lon qilindi
1
. Isoning 
hayoti va faoliyati to‘g‘risida bayon etilgan boshqa ko‘p asarlar 
qalbaki (apokrifik) deb e'lon qilingan. Messiya  - Isoga eng qadimgi 
jamoalar, avval, shahar aholisining quyi qatlamlari - qullar, qullikdan 
ozod etilganlar, mayda hunarmand va mayda savdogarlar e'tiqod 
qilganlar.  II asr oxiri - III asr boshlarida Rim imperiyasida siyosiy 
vaziyatning keskinlashuvi ruhan taskin topish va najotga intilish 
kayfiyatini kuchaytirgan. Dastlab, hukmron tabaqalarning ayrim 
namoyandalari, keyinchalik, ko‘pincha zodagon quldorlar, harbiylar 
va imperiya ma'muriyatlarining xizmatchilari xristian dinini qabul 
qildilar. Ular Iso Sharafiga madhiyalar o‘qishgan, o‘zini “xudo 
ruhining quroli” (xarizm) deb bilgan shaxslar va'z-nasihatlarini 
tinglashgan. Iso to‘g‘risida qissalarni o‘qiganlar. II asr oxiri - III asr 
boshida xristian dini birlashmalari kichik mazhablardan qudratli 
                                                 
1
  Всемирная  история.  Энсиклопедия.  Том 1. Под  ред.  Ю.Н.Франсева.  М., 
2000 г стр:88-90. 

 
 
366
ijtimoiy kuchga aylangan va Rim imperiyasi hokimlarining jiddiy 
e'tiborini jalb qilgan. Har bir xristian jamoasida a'zolar soni ko‘payib, 
bunday jamoalar Rim imperiyasining g‘arbiy viloyatlari (Galliya, 
Ispaniya, Afrika)da ham paydo bo‘la borgan sari xristianlarni jazolash 
hollari ko‘paygan. Ayniqsa, Yahudiylarning ikkinchi (115 - 117) va 
uchinchi (132 - 135) qo‘zg‘olonlaridan keyin turli maxfiy va yarim 
maxfiy jamoalar va majlislardan imperator ma'muriyati vakillarining 
shubha va noroziligi kuchaydi
1
. Milodiy II asrda xristian 
jamoalarining zakovatli a'zolari publitsistik “Apologiya” larida 
xristian dinining mohiyatini tushuntirib berishga va o‘zlarining 
yahudiy qo‘zg‘olonchilari bilan hech qanday aloqalari yo‘qligini 
isbotlashga urinishgan
2
.  
Bunday asarlar keyingi vaqtlarda ham paydo bo‘lgan. Milodiy II 
asr oxirida Karfagen jamoasining presviteri Gertullian, milodiy III asr 
boshlarida Karfagen jamoasining episkori Kiprian munozarali asarlar 
yozgan. Gertullian va Kiprian asarlarida xristian dini qoidalaridagi 
asosiy e'tiqodlarni himoya qilish bilan birga, xristianlarning o‘zlarini 
qiziqtirgan bahsli masalalar to‘g‘risida ham fikr yuritilgan. Xristian 
cherkovining keyingi rivoyatlariga ko‘ra, imperiya hokimligi 
tomonidan xristianlarni ta'qib qilish Neron davrida boshlangan. Bunda 
ko‘p xristianlar Rimga o‘t qo‘yishda ayblanib, qatl qilingan (milodiy 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling