Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


III asrda Rim imperiyasidagi siyosiy inqiroz va Dominat


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


III asrda Rim imperiyasidagi siyosiy inqiroz va Dominat 
davri. Milodiy II asr oxirlarida Rim hokimiyatini Severlar sulolasi 
boshqargan (192 - 235 yillar). Bu sulolaga Septimiy Sever asos 
soladi. Uning davrida Rim viloyatlaridagi munitsiya doiralarining 
imperiya siyosiy hayotiga aralashishi shahar hududidagi barcha erkin 
aholiga Rim fuqarolik xuquqlarini berish to‘g‘risidagi farmon bilan 
qayd qilingan; bu farmon milodiy 212 yili  Septimiy Severning 
Korakalla ismli o‘g‘li - Avreliy Antonin vaqtida chaqirildi. Severlar 
sulolasining so‘nggi vakili - Aleksandr Sever  (222 - 235 yillar) 
imperiyaning ichki siyosiy ahvolini mustahkamlash uchun muayyan 
tadbirlar ko‘rgan. U imperiyani idora qilgan davrda huquqshunoslar 
Rim huquqlari asosini tuzganlar va qonun chiqarishga doir bosh 
tamoyilni quyidagicha ifodalashgan: “imperatorga manzur barcha 
narsa qonun kuchiga ega bo‘lishi shart”
Aleksandr Sever toifalar tizimini tiklagan va katta yer egalari - 
zodagonlarga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechish bilan 
cheklanmay, balki imperator ixtiyoridagi yerlarning ko‘p qismini 
ularga in'om etgan. U qo‘shindagi yordamchi qismlarni mahalliy 
bo‘linmalar bilan to‘ldirib, jangchilarga chegara viloyatlardan yer 
bo‘lib bera boshlagan. Aleksandrning bu tadbirlari muntazam qo‘shin 
- legionlarning noroziligiga sabab bo‘lib, u o‘z sarkardasi tomonidan 
o‘ldirilgan. 

 
 
348
Milodiy III asr ikkinchi yarmida german va dunay qabilalarining 
tazyiqi kuchayib, bu urug‘ va qabilalarni birlashishiga majbur qilgan. 
Afrikada berber qabilalari Mavritaniya va Namibiyaning bir qismini 
bosib olgan. Reynda frank va alman qabilalari ittifoqi vujudga kelgan. 
Dunayda markoman, sarmat va gotlar Dakiyaning qatta qismini qo‘lga 
kiritdilar. Sarmat, alan va ilk slavyan qabilalari Qora dengiz sohillari, 
Bolqon va Kichik Osiyo viloyatlariga hujum qilib, bu yerlarni 
xonavayron qildilar. 
299 yili Galliya, Britaniya va Ispaniya hududida Galliya 
imperiyasi tashkil topdi (poytaxti Triyer)
1
. Katta yer egaligi endi 
tarkib topa boshladi. Markaziy hokimiyat zaiflashib, siyosiy inqiroz 
davom etayotgan bir Sharoitda, kuchli xalq harakati qarshisida ojiz 
qolgan hukmron tabaqalar imperator hokimiyati bilan murosa qilishga 
majbur bo‘ldilar. 
O‘z navbatida milodiy III asr oxirlarida imperiyani idora qilgan 
“askar” imperatorlardan Avrelian (270 - 275 yillar) va Prob (276 - 
280 yillar) yer aristokratiyasining moddiy manfaatlari bilan 
hisoblashganlar va mahalliy qabilalardan askar to‘plab, ularni 
chegaraga yaqin joylashtirganlar. Murosaga kelish og‘ir kechsa ham, 
viloyatlardagi (separatizm)ni sindirishga, xalq harakatini bostirishga 
erishganlar. Avrelian gotlarni Dunay bo‘yi viloyatlaridan haydab 
chiqarib, Italiyaga bostirib kirishga uringan va imperiya birligiga 
rahna solgan qabilalarni birin-ketin tor-mor etadi. Avrelian imperiya 
poytaxtini xavfdan saqlash uchun Rimni katta qal'a devorlari bilan 
o‘rab oladi. Bu devor qisman hozirga qadar saqlangan. 273 yili 
Avrelian qo‘shinlari Suriyada Palmira markazini ishg‘ol qiladi. U 
imperiya birligini saqlash maqsadida “Yengilmas quyosh” degan 
davlat dinini joriy qilib, barcha unga e'tiqod qilishini talab etgan. 
275 yili Avrelian fitnachilar tomonidan o‘ldirilgach, uning 
siyosatini  Mark Avreliy Prob davom ettirdi
2
. U Rim imperiyasi 
chegaralarini muvaffaqiyat bilan himoya qilsa ham, jangchilar 
                                                 
1
 History of ancient civilization. Charlez Seignobos 2006 
2
 Sezgin F., Mathematical Geography and Cartography in Islam and their 
Continuation in the Occident III  
(volume of Maps), being an English version of vol. XII, Geschichte der 
arabischen Wissenschaften, Frankfurt  
am Main 2000. 

 
 
349
beboshligini yenga olmagan. Prob qo‘shin saflarida intizom 
o‘rnatishga urinayotib, jangchilar tomonidan o‘ldiriladi. 
Dominat davri.  284 yili imperator Diokletian taxtga o‘tirib, u 
305 yilga qadar imperiyani idora etdi. Diokletian g‘oyat katta 
imperiyani yakka o‘zi idora qila olmasligini tushunib, o‘ziga 
hokimdoshlar tayinlagan. Ulardan biri Maksimian Galliyadagi 
bagaudlar harakati va Afrikadagi “yovuz” mavritan qabilalarining 
qo‘zg‘olonlarini bostirgan. Diokletian va uning har bir noibi muayyan 
hududda hokimlik qilgan. Diokletianning o‘zi va do‘sti Maksimian 
avgust unvonini, ikki noibi esa Sezar nomini olgan. 
Diokletian saroyida dabdabali tantanalar o‘tkazib, imperator 
hokimiyatining obro‘sini mustahkamlashga harakat qilgan. Imperator 
bilan salomlashishning alohida tartibi - uning alvon libosi etagini 
o‘pib,  dominus (uy egasi, xo‘jayin) deb murojaat qilish marosimi 
joriy qilingan. Diokletian o‘rnatgan boshqaruv tartibi tarixda 
“dominat” deb nom olgan. 
Dominatning tayanchi bo‘lgan zodagonlar Diokletianni “oltin 
davr” otasi deb ataganlar. Shu bilan birga hukumat viloyatlardagi 
zodagonlarning kuchayib borayotgan ta'sirini kamaytirish maqsadida 
munitsipal yer egaligini qo‘llab-quvvatlagan. Imperator farmonlari 
(ediktlari) mayda mulkni zo‘rlik bilan tortib olishni cheklab qo‘ygan. 
Qarz bergan kishining qarzdor yerini o‘zboshimchalik bilan egallab 
olishi, arzon narxda sotib yuborishi taqiqlangan. 
Diokletian imperiyaning ichki birligini mustahkamlash maqsadida 
qator islohotlar o‘tkazgan. Yangi ma'muriy bo‘linishga muvofiq 
imperiya hududi 12 diotsezga, diotsezlar 114 ta viloyatga bo‘lingan. 
Soliq olish ham tartibga solingan. Jon boshi solig‘i bilan birga yangi - 
yer solig‘i joriy qilingan. Bu soliq hajmini belgilashda yer, ish kuchi 
va jonivorlar soni hisobga olingan. Diokletianning moliyaviy islohoti 
narx-navoning oshishini to‘xtata olmagan, chunki muomalaga 
chiqarilgan, to‘la qimmatga ega bo‘lgan pullar qadrsizlanib ketgan. 
Konstantinning imperatorlik davri (306-337 yy.). Diokletiandan 
keyin taxt uchun kurashda sezarlardan birining o‘g‘li - Konstantin 
g‘olib chiqdi. U Sharqiy viloyatlardagi zodagonlarga tayanib ish 
ko‘rgan va jamoalarning qo‘llab-quvvatlashiga erishishga intilgan. 
313 yili Konstantin “diniy e'tiqod erkinligi” to‘g‘risida farmon 
chiqarib, Buyuk Konstantin nomini oladi. Imperator hokimiyati diniy 

 
 
350
munozaralarda faol ishtirok etib, hukmron rasmiy cherkov ta'limotini 
qo‘llab - quvvatlagan. Konstantin Vizantiyada yunon koloniyasi 
o‘rnida yangi poytaxt ta'sis qiladi. Bu poytaxt Sharqdagi savdo-sotiq 
bilan bog‘liq zamindor zodagonlarning siyosiy va iqtisodiy tayanchi 
bo‘lib qoldi. Shahar 10 yil davomida qurilib: unda imperator saroyi, 
ko‘shklar, kutubxona va ippodrom bino qilingan
1

Dominat boshqaruv idoralari Konstantin taxt tepasida bo‘lgan 
davrda tugallangan. Imperiyaning butun hududida yagona ma'muriy 
taqsimot vujudga keldi. Fuqarolik hokimiyati harbiy hokimiyatdan 
ajratilib, hokimiyatni zo‘rlik yo‘li bilan tortib olish imkoniyatiga 
barham berildi. 
325 - 326 yillarda shahar aholisi (kurial)lar istiqomat qilib turgan 
joyiga biriktirilgan. Milodiy 332 yilda kolonlar uchun yangi farmon 
chiqariladi. Farmonga ko‘ra kolonlar o‘z yerini tashlab ketmasligi, 
shahar hunarmandlari qo‘shin va ma'muriyatni mahsulot bilan 
ta'minlab turishga majbur bo‘lgan. Rim va Konstantinopolga g‘alla va 
boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish savdogarlar 
zimmasiga yuklangan. Shahar kuriallari jamoat binolarini ta'mirlash 
va soliq to‘lamaganlarning qarzini to‘lashga majbur etilgan. 
Yulianning ijtimoiy va diniy siyosati muvaffaqiyat qozonmadi, 
uning ko‘p farmonlari amalga oshmay qoldi. Imperator Valentin 
davrida  (364 - 373 yillar) esa eski Rim aristokratiyasi bilan birga 
majusiylikka qarshi kurash olib borildi. Majusiylar ommaviy qirg‘inga 
uchrab, xristian dini vakillari ustun keldilar. 
Rim imperiyasining parchalanishi va G‘arbiy Rim imperiyasining 
inqirozi. Imperiyaning feodallashuvi. Zamindor zodagonlar dominat 
davrida o‘z mavqyelarini mustahkamlab olib, qishloq erkin va qaram 
aholisining turli qatlamlarini ekspluatatsiya qila boshladilar. Aholi 
qaramlik darajasi ortishi oqibatida erkin va qaram dehqonlarning 
ahvoli o‘zaro tenglashib bordi. 
455 yili Rim vandallar tomonidan talon-taroj qilinadi. Italiya 
varvarlar bilan to‘lib toshdi. V asrda varvar askarlaridan iborat qo‘shin 
haq ololmaganligi tufayli joylashish uchun yer berilishini talab qiladi. 
476 yili qo‘shin o‘z boshlig‘i Odoakrni qirol deb e'lon qiladi va 
Rimning so‘nggi imperatori Romul Avgustul taxtdan ag‘darib 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
351
tashlanadi. G‘arbiy Rim imperiyasi qulab, quldorlik tuzumiga 
asoslangan tuzum va ijtimoiy munosabatlarga barham beriladi. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Nima uchun Rim tarixining ilk davrini 
o‘rganish muammo tug‘diradi? 
2. Ilk Rim respublikasining ijtimoiy-siyosiy 
tuzumi qanday bo‘lgan? 
3. Italiyada miloddan avvalgi II - I ming yillikda 
ilk quldorlik davridagi qullar ahvoli rivojlangan 
quldorlik davridan farq qilganmi? 
4. Nima sababdan Spartak qo‘shinlari va Kriks 
askarlari ikkiga ajralib ketdilar? 
5. Nima uchun milodiy III asr oxirlarida Rimdagi 
siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi? 
 
 
 
 
 

 
 
352
19-mavzu. Qadimgi Rim madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Reja: 
1. Qadimgi Rim madaniyati  
2. Qadimgi Rimda ilmiy bilimlar. 
3. Adabiyot va teatr. 
4. Tasviriy san'at, haykaltaroshlik va me'morchilik.  
5. Qadimgi Rim madaniyati va xristian dinining vujudga kelishi. 
 
Tayanch iboralar: travertin, osklar, etrusklar, kloakalar va penatlar, 
atriya, pontifik, avgur, gloriya, viktoriya, konkordiya, virtus, annallar, 
stoiklar, epikurchilar, satira, atellan, kolumbariylar, amfiteatr, 
bazilika, akveduk, grammatika maktabi, ritorika maktabi, museyon, 
stoitsizm, Xristos, messiya (masih), apokrifik, xarizm, apologiya, 
Apokalipsis. 
 
 Qadim zamonlarda Rim Tibr daryosi etagidan 
20 kilometr Yuqoridagi chap qirg‘oqning qir - 
tepaliklarini egallagan kichikroq bir manzil edi. 
Miloddan avvalgi VII-V asrlarda shahar aholisi turli xalqlardan 
iborat bo‘lgan. Shahar aholisining Palatin tepaligida yashagan asosiy 
qismi lotin qabilasiga mansub bo‘lib, shu bilan birga Seliy tepaligida 
samnit qabilasi, Palatin va Kapitoliy tepaliklari o‘rtasidagi sohilda 
etrusklar yashaganlar (shaharning bir qismi keyingi zamonda ham 
Tus, ya'ni Etrus mahallasi deb atalgan). 
VII asrda bir necha tepalik va ular o‘rtasidagi (keyinchalik bozor 
maydoniga, so‘ngra esa shaharning markaziy maydoni - Rim forumiga 
aylantirilgan) halqob pastlik tosh devorlar bilan qurshab olingan va bir 
butun shahar jamoasiga aylantirilgan. 
Kapitoliy tepaligi shahar markazida bo‘lgan. Bu yerda eng e'tibor 
ma'budlar Sharafiga ibodatxonalar qurilgan. Kapitoliy etagida Tibr 
qirg‘og‘ida eng qadim zamonlardan lashkar to‘planadigan joy bo‘lib, 
xalq majlislari ham shu yerda o‘tkazilgan. Urush ma'budi va shahar 
aholisining nomi bilan bu joy Mars maydoni deb atalgan. 
Shaharning Sharqiy darvozasidan forum orqali shimoliy-g‘arbga - 
Kapitoliy tomon uzun tosh yo‘l qurilgan. Diniy bayram namoyishlari 
Qadimgi Rim 
madaniyati 

 
 
353
va zafar tantanalarida g‘olib sarkardalar boshida Rim qo‘shinlari shu 
yo‘ldan yurib o‘tganlar. Bu yo‘l Muqaddas yo‘l deb atalgan.  
Avval boshda shahar uylari xom g‘ishtdan qurilib, tomlari poxol 
bilan yopilgan. Keyinchalik ibodatxonalar, jamoat binolari va 
boylarning shaxsiy uylari pishiq g‘ishtdan solinib, devorlari mahalliy 
arzon marmar-travertin bilan qoplangan. Tomlari cherepitsa bilan 
yopiladigan bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi III asr o‘rtalaridan e'tiboran yunonlardan 
namuna olib hashamatli uylar qurila boshlangan, miloddan avvalgi II 
- I asrlarda shaharda ko‘p qavatli binolar paydo bo‘lib, ularda ayrim 
uylar ijaraga berilgan. Bu binolar juda omonat qurilib, shaharda tez-
tez bo‘lib turadigan yong‘inlarda kuyib kul bo‘lgan.  
Qadim zamonda Rim binolari bir-biriga yopishib turgan, 
ko‘chalar egri-bugri labirintdan iborat bo‘lgan. Ko‘pchilik ko‘chalarga 
tosh yotqizilmagan, ular yomg‘irda yurib bo‘lmaydigan botqoqqa 
aylangan. 
Axlat va iflos suvlarni oqizib yuborish uchun Rimda miloddan 
avvalgi VI asr oxirlarida yer tagidan katta quvur - kloaka o‘tkazilgan
1

Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda etrusk hunarmandlari Rim 
hunarmandlariga metallsozlik kasbini o‘rgatganlar. Rimliklar qurilish 
san'atining asosiy usul va tamoyillarini, shuningdek, arxitekturaning 
muhim xususiyatlarini ham etrusklardan o‘rganganlar.  
Zodagonlar kiyadigan kiyimlarda, dabdabali mebel yasashda, bir 
qancha urf-odatlari, diniy marosimlar, xususan, qurbon qilingan 
jonivorlarning ichak-chavog‘i va qushlarning uchishiga qarab 
istiqbolni aytib berishlarida ham etrusklar ta'siri namoyon bo‘ladi. Eng 
qadimgi va ko‘proq afsonaviy Rim tarixining eng muhim davrlariga 
oid doston va qissalar ham etrusklar bilan bog‘liq. 
Italiy - Rim madaniyatining vujudga kelishi va taraqqiy etishiga 
etrusklardan tashqari boshqa qadimgi italiy xalqlari, ayniqsa, janubiy 
Italiyada, qisman, Kampaniyada yashagan osklar ham birmuncha ta'sir 
ko‘rsatganlar. Osklar nafaqat o‘z tili, balki yozuviga ham ega 
bo‘lganlar. Ular boshqa italiy xalqlaridan oldin Apennin yarim 
                                                 
1
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002. –стр:15. 

 
 
354
orolining janubidagi yunonlar bilan aloqa bog‘lab, boshqa italiy aholi, 
jumladan, rimliklarga yunonlarning madaniy ta'sirini o‘tkazganlar. 
Miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmi va III asr 
boshlarida rimliklar janubiy italiy aholisi va bu viloyatlarning yunon 
shaharlari bilan siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lganlar. 
Greklar qisqa vaqt ichida Rim aholisining shaxsiy va ijtimoiy hayotiga 
nihoyatda kuchli madaniy ta'sir ko‘rsatgan. Rimliklar janubiy 
Italiyaning yunon shaharlarini o‘zlariga bo‘ysundirgach, Rimda 
ko‘plab yunonlar paydo bo‘ldilar. Ular qisman harbiy asir va qullar, 
qisman ko‘chib kelgan kishilar - savdogarlar, hunarmandlar, erkin 
kasb egalari edilar. Yunonlar Rim hukmron tabaqalariga yunon tili-
ellinizm davrida O‘rta dengiz xalqlarining xalqaro tilini 
o‘rganishlariga yordam berganlar, ularni yunon adabiyoti, fani va 
falsafasi bilan tanishtirganlar. Rimda yunonlarning olimpiya 
xudolarini hurmatlay boshlaganlar, natijada yunon ibodatxonalari 
paydo bo‘lgan, yunon me'morchiligi va haykaltaroshligi asarlari  
yaratilgan.  
Din. Dastavval turli italiy xalqlarining, shu jumladan, rimliklarning 
ham diniy tasavvurlari lar va penatlar nomini olgan, oila va ro‘zg‘or 
homiylari hisoblangan ajdodlar ruhi va ma'budlarga sig‘inishdan 
iborat bo‘lgan. Miloddan avvalgi II - I asrlarda ham ajdodlarning 
suratlari, lar va penatlar Rim zodagonlarining uylarida, mehmonxona 
(atriya)da, o‘choq yonida, kichikroq qurbongoh o‘rnatilgan muqaddas 
joyda saqlangan. Ayniqsa, butun Rim ro‘zg‘ori homiysi ma'buda 
Vestani ulug‘lashga katta e'tibor berilgan, Rim forumida unga atab 
ibodatxona qurilgan. Vesta kohinlari - Rimning zodagon urug‘laridan 
bo‘lgan qizlar o‘sha ibodatxonalarda yashaganlar. Ular erga 
tegolmaganlar va qurbongohdagi o‘tni o‘chirmay saqlashlari lozim 
bo‘lgan. O‘t o‘chishiga sababchi bo‘lganlar qatl qilingan. 
“Muqaddas” Vesta o‘tining biron sabab bilan o‘chib qolishi katta 
falokat sanalgan.  
Rimda qadimdan osmon xudolariga sig‘inganlar, buni italiyaliklar 
etrusklardan o‘zlashtirgan bo‘lsalar kerak. Ularning asosiylari: bosh 
xudo Yupiter, donishmandlik ma'budasi Minerva va Rim homiysi - 
urush xudosi Mars. 
Diniy marosimlarni ijro etuvchi kohinlar (pontifiklar) va turli 
alomatlarga qarab xudo irodasini aytib beruvchi folbinlar  (avgurlar) 

 
 
355
uzoq vaqtlargacha patritsiylardan saylanib kelingan. Ular Rim 
respublikasining ijtimoiy va siyosiy hayotiga katta ta'sir ko‘rsatganlar. 
Ularning kattasi - ulug‘ pontifik Rimning bosh kohini hisoblangan. 
Davlatning biron tadbiri muvaffaqiyatli bo‘lish-bo‘lmasligi, ayrim 
shaxslarning taqdirini xudo nishonalariga, ya'ni momaqaldiroq va 
yashinga, qushlarning qay tarzda uchishiga bashorat qiluvchi avgurlar 
ham Rim jamiyatida jiddiy o‘rin tutgan. So‘yilgan qurbonlikning 
jigariga qarab istiqbolni aytib berish rom ochishning muhim turlaridan 
hisoblangan. Rimliklar xudo bilan “maslahatlashmay” turib na 
tinchlik, na urush vaqtida biror - bir jiddiy ishga qo‘l urmaganlar.  
Rimliklar xudolar bilan o‘zaro munosabatlar to‘g‘risidagi 
tasavvurlarni, duolarni bexato va aniq o‘qish, qurbon berish urf - 
odatlarini mukammal bajarish asosida qurganlar va ularni ijro etish 
paytida xudolar sig‘inuvchilarning iltijolarini inobatga oladi deb 
hisoblaganlar. 
Jamoat bo‘lib sig‘inish va yakka sig‘inishdan tashqari Rim 
jamiyatida har xil tushunchalar chunonchi, shon-Sharaf (lotincha - 
gloriya), g‘alaba (lotincha - viktoriya), bitishuv (lotincha - 
konkordiya), jasurlik (lotincha - virtus) va hokazolarni ilohiylashtirish 
keng tarqalgan. 
Rimning eng qadimgi Yupiter Kapitoliyskiy ibodatxonasi 
etrusklar nusxasida miloddan avvalgi VI asr oxirlarida qurilgan. 
Rimda Appolonga va boshqa yunon xudolariga sig‘inish keng 
yoyilgan, bu xudolar avvalgi xudolardan (Yupiter - Zevsga, Yunona 
Geraga, Venera - Afroditaga, Diana - Artemidaga, Minerva - 
Afinaga, Vulkan - Gefestga va h.k.) andoza olgan, desa ham bo‘ladi. 
Miloddan avvalgi II asrdan e'tiboran Rimda Sharq xudolariga 
sig‘inish rasm bo‘lgan. Masalan, Kichik Osiyo yurishlaridan keyin 
xudolarning ulug‘ onasi Kibelga e'tiqod qila boshlaganlar
1
. Miloddan 
avvalgi II asr o‘rtalarida Italiya va Rimda Osiris, Izida va Dionis 
(Vakx) Sharafiga bayramlar - vakxanaliyalar o‘tkazilgan. Miloddan 
avvalgi I asrda eronliklar xudosi Mitraga sig‘inish paydo bo‘lgan. 
Dastlabki vaqtlarda senat chet el xudolari, ayniqsa, Sharq xudolariga 
                                                 
1
 George M.D., English Political Caricature to 1792 (1798-1832). A Study of 
Opinion and Propaganda, Ox- 
ford 1959. 

 
 
356
topinishni qoralagan, hatto man qilgan bo‘lsa ham, keng aholi ommasi 
ichida bunday e'tiqod tobora keng yoyilib bordi. 
Bundan tashqari, Rim panteonida ikki qiyofali Yanus  (kirish va 
chiqish xudosi, boshlanish va tugallash xudosi ham) mavjud edi. 
Xudolar ma'lum tabaqalarga tegishli deb hisoblangan. Plebeylar 
homiysi - SereraProzerpina - o‘simlik va do‘zax xudosi, Libera esa 
- vino va xushdillik xudosi. 
Ilm - fan. Rimliklar etrusklar alifbosini lotin tiliga moslab, qisman 
qayta ishlab chiqqanlar. Eng qadim zamonlarda qisqa yozuvlar faqat 
qabr toshlariga o‘yilgan va rasmiy hujjatlar (masalan, XII jadval 
qonunlari) da ishlatilgan. Miloddan avvalgi III asr o‘rtalaridagina 
avval adabiy, keyinroq, tarixiy va ilmiy asarlar yaratila boshlangan. 
Rimda savdo arifmetikasi, qurilish ishlari, gidrotexnika va 
agronomiya bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqarilgan. Qadimda 
birinchi marta soatlar (dastlab quyosh soati, keyin suv soati) paydo 
bo‘lgan. Aniq taqvim (kalendar) ham rimliklar tomonidan ishlab 
chiqilgan. 
Rim ilmiy tafakkurining amaliy ko‘rinishi, ayniqsa, Katton, 
Katta Varron asarlarida yorqin aks etgan. Rimda tarixiy adabiyot 
miloddan avvalgi III asrda paydo bo‘lgan. 
Kampaniyada tug‘ilib o‘sgan Neviy birinchi Puni urushi tarixini 
she'riy bayon etgan. Undan keyinroq Kalabriyadan chiqqan Kvint 
Enniy Rimning eng qadim zamonlardan o‘zi yashagan davr 
voqyealarigacha tarixni gekzametr (olti turoqli) she'r bilan bayon 
etgan. Rim tarixi birinchi marta nasr (proza) bilan yunon tilida Fabiy 
Piktor asarida tasvirlangan (miloddan avvalgi II asr), lekin bu asar 
to‘liq saqlangan emas. Rim tarixining lotincha nusxasi - Kattonning 
“Boshlang‘ich” asari bizga qadar yetib kelmagan. 
Solnomachi - mualliflarning aksar tarixiy asarlari miloddan 
avvalgi II asrga mansub. Ularning ko‘pchiligi bizgacha saqlanib 
qolgan qisqa parchalardan ma'lum. Miloddan avvalgi I asrda Rim 
tarixi prozasi Gay Yuliy Sezar (miloddan avvalgi 101 - 44 yillar) va 
Gay Sallyustiy Krisp (miloddan avvalgi 86 - 85 yillar) asarlarida 
kamol topdi. Sallyustiy aslida Sezar va uning tarafdorlari 
manfaatlarini himoya qilgan. 
Miloddan avvalgi I asrda boshqa bir qancha tarixchilar - kichik 
solnomachilar bo‘lib o‘tgan voqyealarni o‘z siyosiy qarashlariga 

 
 
357
muvofiq tarzda yoritganlar. Rimda tarixiy proza bilan birga sof 
publitsistika tipidagi asarlar keng tarqalgan. Mark Publiy Sitseron 
(miloddan avvalgi 106 - 43 yillar) - Rim publitsistikasining eng yorqin 
namoyandasi. Sitseron sud, senat, xalq majlislarida so‘zlangan 
nutqlar, bir necha (“Davlat to‘g‘risida”, “Vazifalar to‘g‘risida” ) 
traktat va g‘oyat ko‘p maktublardan iborat boy adabiy meros 
qoldirgan. 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling