Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Navkratis shahri ham muhim o‘rin tutgan. Greklar Egey dengizining  shimoliy sohilini o‘zlashtirib olgach, koloniyalarini Gellespont


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


Navkratis shahri ham muhim o‘rin tutgan. Greklar Egey dengizining 
shimoliy sohilini o‘zlashtirib olgach, koloniyalarini Gellespont 
qirg‘og‘i (Dardanella bo‘g‘ozi) tomon surib, so‘ng Propontidaning 
(Marmar dengizi) janubiy qirg‘og‘ini ishg‘ol qilganlar, va nihoyat, 
Frakiya Bospori (Bosfor) sohillariga kelib joylashganlar. 

 
 
290
Ioniya greklari Taman yarim oroli Kuban daryosi havzasida bir 
qancha koloniyalar barpo etib, ular orasida Fanagoriya ajralib turgan. 
Lekin grek metropoliyasi, hamda koloniyalarning turli hududlari bir 
tekis rivojlangan. Bolqonning Gretsiya dengiz gavanlaridan yiroq 
joylarida ibtidoiy turmush qoldiqlari uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. 
Bu polislarda qadimgi zodagonlar hukmronlik qilgan bo‘lib, 
tiraniyalar yuzaga kelmagan. Qulga aylantirilgan qishloq aholisi 
mahalliy zodagonlar uchun mehnat qilishi lozim bo‘lgan. Lakoniya, 
Argolida, Fessaliya, Krit va boshqa joylarda ahvol shunday edi. 
Qadimgi Afina. Attika O‘rta Gretsiyaning janubiy-Sharqidagi yarim 
orolda joylashgan edi. Attikaning g‘arbiy qismi tog‘lik-dengiz oralig‘i 
keng tekislik bo‘lib, o‘rtasi qoyalikdir. Miloddan avvalgi II ming 
yillikda bu yerda Afina shahri barpo bo‘ldi. Tepalik o‘rtasida Akropol 
qad ko‘targan bo‘lib, uning atrofida turar joylar qurilgan.  
Miloddan avvalgi VIII - VII asrlarda Qadimgi Gretsiyada shahar 
- davlatlar (polislar) vujudga keldi. Ulardan eng yiriklari: Afina, 
Korinf, Megara, Xalkida, Eretriya, Egina, Milet, Smirna, Efes 
kabilar dengiz bo‘yi yoki dengizga yaqin yerda, ayrimlari qazilma 
boyliklarga boy hududda joylashgani sababli, savdo va 
hunarmandchilik ancha rivojlandi. 
Bu vaqtda Attika tepaliklarida uzum, vodiylarda esa zaytun 
yetishtirilib, vinochilik va yog‘ tayyorlash rivoj topdi. Hunarmandlar 
loydan amfora (xum), quvur va boshqa kulolchilik buyumlari 
yasaganlar. Shuningdek, Attikada temirdan mehnat qurollari va qurol-
yarog‘ yasash, mato to‘qish, teridan charm mahsulotlari tayyorlash 
kabi hunarmandchilik sohalari taraqqiy etdi. Afina janubidagi 
konlardan kumush qazib olingan va miloddan avvalgi VII asrda 
Afinada kumush tangalar zarb qilina boshladi. Attikada xo‘jalik 
rivojlanishi qullar soni ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Attika bilan savdo 
qiladigan davlatlarning savdogarlari Afina bozorlariga oziq-ovqat va 
hunarmandchilik mahsulotlari bilan bir qatorda ko‘p miqdorda qullar 
ham keltirganlar. 
Miloddan avvalgi VIII asrda afinalik zodagonlar Attika aholisini 
o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Afina va Attikaning qolgan hududlarini 
zodagonlardan iborat oqsoqollar kengashi idora qilib, ular o‘z 
hukmronliklarini aristokratiya (“eng yaxshi kishilar hokimiyati”) deb 
ataganlar. Attikaning qolgan ozod aholisi demos nomini olgan. 

 
 
291
Demosning asosiy qismini dehqonlar, dengizchilar, hunarmand va 
mardikorlar tashkil etardi. 
Attikada hunarmandchilik, savdo-sotiq va dengizchilikning 
rivojlanishi qullarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Qullar sonining 
ko‘payishi yerlik dehqonlar ahvolini o‘zgarishiga olib keldi. 
Kambag‘al dehqon - geomoralar tokzor va zaytun bog‘larini 
kengaytirishga mablag‘lari yetishmas, buning ustiga Attikada tez-tez 
ro‘y beradigan qurg‘oqchilik sababli yaxshi hosil ololmasdilar. 
Oqibatda geomoralar zodagon - yevpatridlardan foiz evaziga qarz 
olishga majbur bo‘lardilar. Agarda geomora qarzini foizi bilan vaqtida 
qaytara olmasa, o‘z yeridan ajralar, hatto o‘zi va oila a'zolari bilan 
birga qul qilinar edi. 
Geomora qarz olganida, yevpatrid uning yeriga qarz toshini 
o‘rnatgan. Toshga geomora kimdan qancha qarzdorligi va qarzini 
qachon uzish muddati yozib qo‘yilgan. Miloddan avvalgi VII asrda 
ko‘plab geomoralar xonavayron bo‘lib, qullik asoratiga tushib qolgan. 
Ayrim shunday qullar yevpatridlar tomonidan chetga qul sifatida sotib 
yuborilardi. 
Miloddan avvalgi VII asr o‘rtalarida demosning zodagonlarga 
qarshi kurashi keskin tus olib ketdi. Butun Attikada ular o‘rtasida 
qonli to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Demos vakillari to‘planib, 
zodagonlarga qarshi birgalikda kurashish uchun til biriktirdilar. 
Butun Attikada vaziyat keskinlashganligi tufayli, zodagonlar 
demosga bir oz yon bosib, ko‘pdan va'da qilingan qonunlarni ishlab 
chiqishga rozi bo‘ldilar. Miloddan avvalgi 621 yili qonunlarni ishlab 
chiqib qog‘ozga tushirish vazifasi hukmdorlardan biri - Drakonga 
topshirildi. Endi Attikada barcha sud ishlari “Drakon qonunlari”ga 
binoan amalga oshirila boshlandi. Ular zodagonlarning hayoti va mol-
mulkini muhofaza qilar, qonunlarga ko‘ra odamlar arzimagan aybi 
uchun ham jiddiy jazoga tortilgan. “Drakon qonunlari”da, ayniqsa, 
o‘g‘rilarga qattiq jazo berilib, hatto birovning bog‘idan meva yoki bir 
bosh uzum o‘g‘irlaganlarga o‘lim jazosi belgilangan. Shu sababli 
odamlar “Drakon qonunlari”ni “siyoh emas, qon bilan yozilgan” deb 
ataganlar. “Drakon qonunlari” oddiy xalqning mavjud iqtisodiy 
ahvolini yaxshilamay, unga hech qanday siyosiy huquq bermagani 
uchun, demos bilan zodagonlar o‘rtasidagi ziddiyatni yo‘qota olmadi. 

 
 
292
Solon hokim bo‘lgach, uning dastlabki ishi - Salamin orolini 
qo‘lga kiritish maqsadida u yerga qo‘shin yo‘lladi. Megara polisiga 
tegishli Salamin oroli afinaliklar uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy 
jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular Salamin orolini egallab 
olishga erishdilar. 
Arastu guvohlik berishicha, Solon yer islohoti ham o‘tkazgan. 
Unga ko‘ra dehqonchilik maqsadidagi yer miqdori cheklab qo‘yildi. 
Natijada, Attikada ko‘p odamlarning yer maydoni kichik va 
cheklangan bo‘lib qoldi.  
Solon Attikadan bug‘doy olib chiqib ketishni ta'qiqladi. Chunki 
mamlakatda bug‘doy yetishtirish uchun Sharoit yo‘qligi tufayli 
chetdan keltirilardi. Lekin bu yerda zaytun bog‘lari ko‘pligi sababli 
zaytun yog‘ini chetga sotish imkoniyatlarini yaratib berdi. Bog‘, 
tokzorlar va boshqa ekin maydonlari yaratishni rag‘batlantirish haqida 
qonun ham qabul qildi. 
Solon savdo-sotiq, hunarmandchilikni rivojlantirishga oid 
qonunlar qabul qilib, bu sohalarni amalga oshirishda yengilliklar 
yaratish uchun pul islohoti o‘tkazdi. Attikada yagona pul birligi joriy 
etildi va muomaladagi og‘ir egin talant puli kichik hajmdagi evbey 
talant puli bilan almashtirildi. 
Iqtisodiy islohotlar bilan birga bir vaqtda siyosiy o‘zgarishlar ham 
amalga oshirildi. Solon mavjud bo‘lgan zodagon urug‘ hokimiyati - 
genokratiyani (“genos” - urug‘) bekor qilib, uning o‘rniga 
timokratiya (“time” - narx) hokimiyati, ya'ni mulkiy senzga 
asoslangan hokimiyat o‘rnatdi. Birinchi guruhga yerdan kamida 500 
medimn donli yoki suyuqlik mahsuloti miqdorida daromad 
oladiganlar kiritildi. (medimn - hajm o‘lchov birligi; turli vaqtlarda 
medimn 41 dan 52,5 litrga qadar bo‘lgan). Ularni pentakosiomedimn, 
ya'ni besh yuz o‘lchovli deb atashgan. Ikkinchi toifaga o‘z yeridan 
kamida 300 medimn daromad oladigan aholi kiritildi. Ular otlari bilan 
otliq qo‘shinda xizmat qilishlari ham kerak bo‘lgan. 
Bu ikkala guruh eng katta daromad olib, barcha siyosiy 
huquqlarga ega edi va davlat tepasidagi yirik lavozimlarni 
egallaganlar. Pentakosiomedimnlar harbiy qo‘shinda xizmat 
qilmasalar ham, o‘z hisobidan davlatga turli to‘lovlar to‘lar yoki 
kemalar qurib berardilar. Uchinchi toifadan o‘z yeridan kamida 200 
medimn daromad oladiganlar joy oldi. Ular zevgit, ya'ni arava yoki 

 
 
293
chana deb atalib, ho‘kiz qo‘shilgan aravalari bo‘lgan. Ular piyoda 
qo‘shinda xizmat qilishga majbur edilar va og‘ir qurollari bo‘lishi 
kerak edi. To‘rtinchi guruh yeridan 200 medimndan kam daromad 
oladigan aholi kiritilib, ular fet deb nomlangan. Harbiy xizmatda ular 
yordamchi vazifasini bajarib, yengil qurollangan piyoda qo‘shinni 
tashkil etganlar. 
Solon islohotlari natijasida Attika hayotida xalq yig‘ini yanada faol 
o‘rin tutdi. Bu yig‘inda siyosiy va iqtisodiy masalalar muhokama 
qilingan. Shuningdek, islohotlar tufayli ko‘plab yerlar dehqonlarga 
qaytarilib, Attikada o‘rta va mayda mulkdorlar ko‘payishiga olib 
keldi. Bu esa o‘z navbatida quldorlik xo‘jaligini rivojlantirib yubordi 
va Attikaga chetdan qul olib kelish yanada ko‘paydi. Savdo-sotiq va 
hunarmandchilikni taraqqiy ettirish maqsadida qabul qilingan 
qonunlar o‘rtahol shahar demosi ahvolining yaxshilanishiga olib keldi.  
Lekin Solon hokimiyat tepasidan ketgach, Attikada sinfiy va 
siyosiy kurash avj oldi. O‘zaro kurash davomida uch xil ijtimoiy-
siyosiy va hududiy guruh shakllandi: 1)  pediey (hosildor vodiy 
aholisi), yer egalari manfaatini himoya qiluvchi guruh. Pedieylarning 
ko‘pchiligini yevpatridlar tashkil etib, ular Solon islohotlariga qarshi 
edilar; 2paraliy (sohilbo‘yi aholisi) guruhi. Shahar va qishloqlarning 
o‘rtahol aholisi, savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. 
Ular Solon islohotlarini qo‘llab-quvvatlab, uni mustahkamlashga 
intilganlar;  3)  diakriy (tog‘li joy aholisi) guruhi. Kambag‘al 
dehqonlar, ular o‘zlariga tegishli ekin maydonlarini va siyosiy 
huquqlarini kengaytirish tarafdori edilar. Ularga fetlar guruhiga 
mansub shahar kambag‘allari ham qo‘shilgan. 
Bu guruhlarning o‘zaro kurashi natijasida miloddan avvalgi 560 
yili diakriylar yo‘lboshchisi Pisistrat hokimiyatni egallab oldi. 
Miloddan avvalgi 560 - 527 Pisistrat va miloddan avvalgi 527 - 510 
yillarda uning o‘g‘illari Gippiy  va  Gipparx Attikada hokimiyatni 
boshqargan davrda o‘zaro urushlar davom etdi. Yevpatridlar ushbu 
hukmdorlar hokimiyatiga qarshi kurashib, Gipparxni o‘ldirdilar. 
Bu vaqtda Attikada ichki vaziyat keskin bo‘lganidek, forslarning 
Kichik Osiyoni egallashi tashqi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. 
Forslar bosqini Afinaning dengiz orqali savdosiga katta zarar 
yetkazdi. 

 
 
294
Attikada demos mavqyeining oshib borayotganidan xavotirga 
tushgan Sparta zodagonlari miloddan avvalgi 510 yili Gippiyga qarshi 
yurish qildilar va uni hokimiyatdan mahrum qildilar. Sparta va Afina 
zodagonlari tomonidan Afinada yana o‘z hokimiyatini tiklashga 
urinish afinaliklar qo‘zg‘oloniga sabab bo‘ldi. Bu kurashda demos 
Afina va Sparta zodagonlari ustidan to‘liq g‘alabaga erishdilar. Sparta 
davlatining paydo bo‘lishi. Sparta arxaik Gretsiyaning eng qadim 
davlati bo‘lib, miloddan avvalgi IX asrda doriy qabilalari ko‘chgan 
so‘nggi davrda yuzaga kelgan. Xuddi shu davrda Lakoniya, 
Arkadiya va Axeyadan boshqa viloyatlar bu yerga avvalroq ko‘chib 
kelgan doriylar tomonidan ishg‘ol qilingan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan 
so‘nggi doriy qabilalari uzoq kurash oqibatida Lakoniyani zabt 
etganlar. Lakoniya bosib olingach, doriylar mahalliy aholini o‘zlariga 
bo‘ysundirdilar. Shu tariqa Sparta davlati yuzaga keldi. 
Peloponnes hududiga bostirib kirganlarning mahalliy aholiga 
nisbatan ancha kamligi va ular hali urug‘doshlik tuzumida ekanligi 
sababli ularning hukmronligi o‘ziga xos ko‘rinish kasb etgan. 
Mahalliy aholi o‘z manzilida qolgan-u, ammo kelgindilar uchun 
ishlashi lozim bo‘lgan. Ammo yerlik aholi hayoti qullarning hayoticha 
qadrlanmas, chunki qullarga egalik qilgan quldorlar ular mehnatidan 
manfaatdor edi. Biroq kelgindilar uchun mahalliy aholi sonining 
ko‘paymasligi foydali bo‘lgan. 
Serhosil vodiylarda yashagan mahalliy aholi huquqsiz shaxs-
ilotlarga aylantirilgan. ”Ilot” so‘zining ma'nosi hozirga qadar 
mavhum. Bu nom bir vaqtlar doriylar zabt etgan Gelos shahri 
nomidan olingan degan faraz mavjud. Istilochi - doriylar o‘zlarini 
bosh shahar - Sparta nomi bilan spartaliklar deb atay boshlaganlar. 
Peloponnesning tog‘li hududlarida yashovchi qabilalar hamda 
doriylarga ixtiyoriy bosh eggan axeyyaliklar perieklar nomini 
olganlar. Bu xalq teng huquqli bo‘lmasa ham asoratga solinmagan. 
Sparta aholisining asosiy sinf - tabaqalari - spartaliklar, perieklar va 
ilotlar shu tariqa vujudga kelgan. 
Dehqonchilik. Lakoniyaning iqtisodi o‘ta sust rivojlanib, ibtidoiy 
darajada bo‘lgan. Qadimgi Spartada yer xususiy bo‘lmay, balki jamoa 
mulki hisoblangan. Jamoa o‘z a'zolariga vaqtincha foydalanish uchun 
alohida yer bo‘laklari berib turgan. Ular yerni na sota olar, na ijaraga 
bera olar edilar. Yer ibtidoiy qurollar, ya'ni omoch, motiga bilan 

 
 
295
ishlangan. Suli, arpa, bug‘doy, palba ekilgan. Sabzavot ham 
o‘stirilardi. Spartalik va uning oilasi o‘z yerida ishlolmas, balki 
biriktirilgan ilotlar ishlab, dehqonchilik qilgan. Spartaliklar ilotlardan 
hayiqar, shuning uchun tunda shahar hududida bironta ilot qolmasligi 
Shart bo‘lgan. Ilotlar hosil miqdoridan qat'iy nazar natural obrok 
to‘lar, ya'ni spartalikka o‘zlari yetishtirgan hosilning ma'lum qismini 
don, qora mol, o‘simlik moyi va boshqa mahsulotlar topshirishlari 
kerak edi. Bu obrok hajmi katta bo‘lib, shuning uchun ham ilotlar 
qashshoqlikda kun kechirardilar.  
Hunarmandchilik. Spartada yaxshi rivoj topmagan 
hunarmandchilik bilan perieklar shug‘ullanar, ular eng zarur 
narsalarnigina tayyorlar edilar. Uylar ikki asbob: bolta va arra 
yordamida qurilgan.  
Savdo-sotiq. Davlatda har qanday tashqi savdo ta'qiq ostida 
bo‘lgan. Birorta ajnabiy savdogar Spartaga kelolmas, boshqa 
mamlakatlardan tovar kiritilmas edi. Faqat mamlakat ichida mahalliy 
bozorlarda savdo-sotiq qilingan. Sparta pullarining noqulayligi ham 
savdo ayirboshlashni qiyinlashtirib qo‘ygan edi. Pullar temirdan 
yasalganligi tufayli juda og‘ir bo‘lgan. 
Spartaliklar turmush tarzi va tarbiyasi. Spartada imtiyozli tabaqa 
hisoblangan spartaliklar ”tenglar jamoasi” jamiyatiga o‘tish davri 
uchun o‘ziga xos harbiy demokratiya qoldig‘i edi. Lekin ”tenglar 
jamoasi” Sparta quldorlik davlati Sharoitida ilotlar va perieklarni 
itoatda tutish uchun hukmron sinf (spartaliklar tabaqasi)ning 
harbiylashtirilgan birlashmasidan iborat edi. 
Sparta aholisi faqat harbiy ish bilan shug‘ullangan. Spartada 
kuchli va irodali jangchilarni tarbiyalab yetishtirish uchun maxsus 
tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. 
Yangi tug‘ilgan har bir chaqaloqni Sparta oliy mahkamasi - 
gerusiyaga, ya'ni oqsoqollar kengashiga olib borib, unda chaqaloqni 
tirik qoldirish yoki o‘ldirish masalasi ko‘rilgan. Chaqaloq zaif bo‘lsa, 
uni qoyadan uloqtirganlar. Sog‘lom va kuchli chaqoloq tirik 
qoldirilgan, lekin u yetti yoshgacha onasi qo‘lida tarbiyalangan. 
So‘ngra bola balog‘at, ya'ni 18 yoshgacha jamoat maktabida yashab 
o‘qigan. Maktabda juda qattiq tartib-qoida o‘rnatilgan. O‘g‘il bolalar 
yostiqsiz, qattiq bo‘yra ustida yotib, yengil ko‘rpa yopib uxlaganlar. 

 
 
296
Ular qishin - yozin oyoq yalang va bosh yalang bo‘lganlar, ham 
sovuq, ham issiqqa birday chidamli bo‘lishlari lozim edi. 
Maktabda o‘g‘il bolalar jismoniy mashq va harbiy ish bilan 
shug‘ullanganlar. Tarbiyadan maqsad - kuchli, chiniqqan jangchi 
o‘stirish bo‘lgan. Ular o‘qish, yozish, hisoblash, qo‘shiq aytish va 
raqsga tushishni o‘rganganlar, vatanparvarlik mavzuidagi she'rlar 
yodlaganlar. Falsafa va suxandonlik bilan shug‘ullanishga ruxsat 
etilmagan (ruscha ”govorit lakonichno” iborasi Lakonika mamlakati 
nomidan olingan). Onaning o‘g‘lini urushga kuzatayotganda 
aytadigan so‘zlari bunday lo‘nda va ma'nodor fikrga misol bo‘la oladi. 
Ona o‘g‘liga qalqonni bera turib: “Qalqon bilan yoki qalqonda qayt”. 
Yagona yunon mamlakati - Spartada xotin-qizlarni tarbiyalashga 
ham katta e'tibor berilgan. Unda ayollar ko‘pchilikning hurmatini 
qozongan. Spartaliklar sog‘lom onadan sog‘lom bola tug‘iladi deb 
hisoblaganlar. Shu sababli qizlar uy-ro‘zg‘or ishlari bilan 
shug‘ullanmagan. Bu ishlarni ilot ayollari bajargan. Sparta ayollari esa 
bolalik chog‘laridan gimnastika va sport bilan shug‘ullangan, o‘g‘il 
bolalar kabi o‘qish, yozish va hisoblashni bilganlar. Mamlakatda 
gimnastika va yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib turilgan. 
Avval yigitlar, so‘ngra qizlar musobaqasi bo‘lib o‘tgan. Yugurishda 
g‘olib chiqqan spartalik qizning haykali bizga qadar saqlanib qolgan. 
Fiditiya a'zolari “tenglar jamoasi” ni tashkil etganlar va barcha 
siyosiy huquqlarga ega bo‘lganlar. Fiditiyaga a'zo bo‘lmoq uchun 
umumiy tushki ovqatga muayyan miqdorda natura bilan haq to‘lashi 
kerak edi. Agar spartalik kambag‘allashib, tushki ovqat haqini to‘lay 
olmasa, fiditiyadan chiqarilgan va shu qatorda “tenglar jamoasi” ni 
ham tark etgan. U siyosiy huquqlaridan ham mahrum bo‘lgan. 
Spartaliklarning butun hayoti mamlakat harbiy qudratini 
mustahkamlashga qaratilgan. Spartalik birinchi navbatda jangchi 
bo‘lishi lozim edi. Bu tashqi dushman yaqinligidan emas, balki 
ezilgan, noxayrixoh kayfiyatdagi ilotlar bilan birga yashashdan kelib 
chiqqan zarurat bo‘lgan.  
Sparta davlati faoliyati ilotlarni itoatda tutishga qaratilgan bo‘lib, 
ular butunlay huquqsiz edilar. Spartalik ilotni o‘ldirish huquqiga ega 
bo‘lgan. Har yili bir marta xunrezlik kuni - “kriptiya” kuni tashkil 
etilgan (“kriptiya” - grekcha “o‘ldirish” demakdir). Spartalik yigitlar 
kechalari yig‘ilib, niqob va uzun plash kiyib, ilotlar manziliga yo‘l 

 
 
297
oliWar, yo‘lda uchragan ilotlarga hujum qilishgan. Spartaliklar bunda 
yosh va kuchli ilotlarni o‘ldirishga harakat qilganlar. Boshqa aholidan 
ajralib turish uchun ilotlar ustlariga maxsus kiyim, boshlariga it 
terisidan telpak kiyishgan. Qo‘shinda ilotlar yordamchi vazifalarni 
bajarardilar. 
Ilotlar hayoti qadrlanmagan, aksincha, kriptiyalar davrida ular 
hatto beayov qirilgan. Boshqa yunon davlatlaridagi qullar bilan ilotlar 
o‘rtasidagi farq shunda ediki, ilotlar biron shaxsga emas, balki butun 
Sparta jamoasiga qaram bo‘lganlar. Chunki Lakoniya ilotlarini 
qullikka solish davrida spartaliklarda ijtimoiy jamoa munosabatlari 
hali yo‘qolmagan edi. Ilotizm doriy qabilalari Peloponnesni zabt etishi 
oqibatida yuzaga kelgan. Doriylar tomonidan egallangan Fessaliya va 
Kritda mahalliy aholi ham ilotlar kabi qullikka solingan edi. 
Sparta davlati. Ilotlar soni spartaliklarga nisbatan bir necha bor 
ko‘p bo‘lganligi uchun, ularni itoatda saqlash qiyin edi. Tabiiyki, 
Sparta davlatini faqat harbiy kuch yordamida saqlab qolish mumkin 
bo‘lgan. Yuqorida ko‘rganimizdek, spartaliklarning butun hayoti va 
tarbiyasi shu maqsadga bo‘ysundirilgandi.  
Sparta davlatining qonunchilik ishlari Likurgga nisbatdan 
beriladi. Uning afsonaviy shaxsi yoki Plutarx, Fukidid va boshqa 
antik mualliflar guvohligicha, haqiqatdan ham mavjud bo‘lganmi, 
yoki bo‘lmaganligi hamon noma'lum. Ammo spartaliklarning urf-odat 
va qonunlari Likurgning xohishiga binoan emas, balki barcha kuchni, 
davlat harbiy tuzumini mustahkamlashga qaratish kabi hayotiy zarurat 
tufayli yuzaga kelgan.  
Hukmdorlar  basiley va arxaget nomi bilan atalgan. Ular kohin 
martabasiga ega bo‘lib, avliyo hisoblangan. Urush vaqtida hukmdorlar 
qo‘shinga qo‘mondonlik qilib, Sparta davlatining oliy zodagonlik 
organi - gerusiya tarkibiga kirganlar. Hukmdorlar real hokimiyatga 
ega bo‘lmaganlar. Hatto eforlar, ya'ni barcha muassasalar ustidan 
nazorat qiluvchi oliy mansabdor shaxslar hukmdorni huzurlariga 
chaqirish huquqiga ega bo‘lgan. Efor huzuriga kelmagan hukmdorni 
zo‘rlab olib kelganlar. Eforlar beshta bo‘lib, ularni xalq yig‘inida bir 
yil muddatga saylaganlar.  
Davlatni boshqarish huquqiga ega organ - gerusiya edi. Gerusiya 
(“geront” - yunonchadan “keksa”) Spartaning zodagon va e'tiborli 
urug‘lari vakillaridan iborat oqsoqollar majlisi hisoblanadi. Gerusiya 

 
 
298
tarkibiga  60 yaWar 28 odam va 30 yoshga yetgan ikki hukmdor 
kirgan. Agar podsholar yosh bo‘lsa, podsho qarindoshlaridan bo‘lgan 
vasiylar gerusiyaga umrbod a'zo bo‘lmaganlar. Gerontlardan birortasi 
vafot etsa, bo‘shagan o‘ringa yangi vakil saylangan. Geront  yoshi 
oltmishdan kam bo‘lmagan, o‘z nomzodini xalq yig‘inida (apellada) 
taklif etgan spartaliklardan saylangan. Apelladan ajratilgan maxsus 
komissiyani yopiq binoga joylashtirganlar. Shundan keyin gerontga 
o‘z nomzodlarini qo‘ygan kishilar shu bino yonidan o‘tganlar. 
Komissiya o‘tayotganlarni ko‘rmagan va gerontlar eng baland ovozda 
qichqirgan nomzodni tanlaganlar. Eforlar ham, Arastu aytganidek, 
xuddi shunday “bolalarcha usuli” yordamida saylangan. Gerusiyaning 
bir a'zosi bitta ovozga ega bo‘lgani sababli, hukmdorlar jiddiy 
e'tiborga ega bo‘lmagan. Sparta aristokratlar davlati bo‘lib, unda 
gerusiya va eforlar bosh o‘rin tutgan. 
Peloponnes ittifoqi. Peloponnesning eng kuchli davlati bo‘lgan 
Sparta miloddan avvalgi VI asrdayoq ikki qirg‘inbarot urushdan so‘ng 
qo‘shni mamlakat - Messeniyani zabt etib, uning aholisini ilotlarga 
aylantiradi. Sparta Janubiy Yunoniston hududidagi qolgan davlatlarni 
zabt etolmagan bo‘lsa-da, lekin ular ham vaqti kelib unga 
bo‘ysunishga majbur bo‘lib, o‘zaro Peloponnes ittifoqini tashkil 
etganlar. Bu ittifoqqa mustaqilligicha qolgan Argos bilan Axayya 
kirmagan, xolos. Ammo o‘rta Yunonistonda joylashgan Megara ham 
Peloponnes ittifoqiga kirgan. Sparta Peloponnes ittifoqida asosiy o‘rin 
tutgan. 
Sparta va Peloponnes ittifoqi harbiy jihatdan butun Yunonistonda 
ustuvor mavqyega ega bo‘lgan. O‘z zamonasi uchun Sparta qo‘shini 
yaxshi tashkil etilgan. Qo‘shin oldiga solib haydab borilgan ilotlar 
ketidan yosh spartaliklar, so‘ng katta yoshdagilar jangga kirganlar. 
Ular bolalikdan nayza, qalqon kabi qurollarni ishlata bilganlar. Bu 
qo‘shin miloddan avvalgi VI-V asrlardagi Yunonistonda eng kuchli 
qo‘shin hisoblangan. 
Sparta tuzumi qadimgi grek davlatlari orasida eng reaksion tuzum 
edi: Peloponnes ittifoqida gegemon bo‘lib qolgan Sparta mazkur 
ittifoq bilan birga Qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan 
antidemokratik oqimlar va harakatlarning hammasini qo‘llab-quvatlab 
kelgan.  

 
 
299
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling